#Bilasizmi
⚡️Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratiladi
✅ Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratiladi.
❗️Bunda er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi, mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar bilan ta’minlanmagan, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan hamda har ikkisi yoki biri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lishi talab etiladi.
🇺🇿 @imtiyozuz

📑 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son qarori.
🌐 Havola: https://lex.uz/uz/docs/-6051791
🇺🇿 @imtiyozuz
👍8
⚡️O‘zbek tilidan milliy sertifikat olgan o‘qituvchilarga 50 foiz ustama to‘lanadi.
Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Odatda, milliy sertifikat uchun 20 foiz ustama to'lanadi.
Prezident "O‘zbek tili va adabiyoti" fani o‘qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi adolatdan bo‘lishini ta’kidladi.
☝️Bundan tashqari, o‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi, g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.

👍7
⚡️Yoshlarga imtiyoz beradigan “Yosh vatanparvar" ko‘krak nishoni ta’sis etilishi mumkin
22-dekabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi taklifi bilan Vazirlar Mahkamasining “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishonini ta’sis etish bo‘yicha qarori muhokamaga qo‘yildi.
Ko‘krak nishoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan musobaqa g‘olibi bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfida o‘qiydigan o‘g‘il bolalar mukofotlanadi.
✅ Nishon har yili 30-iyun — “Yoshlar kuni”da g‘oliblarga tantanali ravishda topshiriladi. Qaror muhokamasi 2024-yil 6-yanvargacha davom etadi.

❗️U bilan taqdirlanganlarga 2 yil mobaynida amal qiladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:
▪️oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida qo‘shimcha 3 ball;
▪️birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqirilish.
✅ Nishon har yili 30-iyun — “Yoshlar kuni”da g‘oliblarga tantanali ravishda topshiriladi. Qaror muhokamasi 2024-yil 6-yanvargacha davom etadi.
🇺🇿 @imtiyozuz
👍2
#Bilasizmi
⚡️Halok bo'lgan harbiy xizmatchining (xodimning) farzandlari maktabgacha ta'lim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va OTMda tanlovdan oʻtib davlat granti asosida qo'shimcha kvotalar bo'yicha ta'lim olishi mumkin.
Asos: https://lex.uz/docs/-6405725

⚡️Halok bo'lgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalariga yiliga 2 marta temir yo'l va havo yo'lovchilar transportidan bepul foydalanish mumkin.

❗️Prezident farmoniga ko‘ra, har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat ko‘rsatgan sanitar tozalash korxonalari xodimlari uchun “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovi o‘tkaziladi.
🎓💵 Mazkur xodimlardan 100 nafarining davlat OTMga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktining to‘liq summasi to‘lab beriladi.
🇺🇿 @imtiyozuz
🎓💵 Mazkur xodimlardan 100 nafarining davlat OTMga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktining to‘liq summasi to‘lab beriladi.
🇺🇿 @imtiyozuz
👍7
#Bilasizmi
✅ “Ishga marhamat” monomarkazlarida inklyuziv ta'lim asosida kasb-hunarga o'qitilayotgan nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik nafaqasi bilan bir vaqtda, BHMning 2 baravari (680 ming so'm) miqdorida har oylik stipendiya to'lab beriladi.
Asos: https://lex.uz/docs/-5989741

👍6
⚡️Xarid chekidan 1% keshbek olishda oylik cheklov o‘rnatildi
2024-yil 1-yanvardan boshlab xarid summasidan 1% keshbek olishda oylik xarid summasiga BHMning 60 baravari, yaʼni 20 mln 400 ming so‘m miqdorida chegaraviy miqdor o‘rnatildi. Agar cheklardagi oylik summa mana shu miqdordan oshsa, 1% keshbek berilmaydi.
Shuningdek, korporativ kartalar orqali sotib olinadigan tovarlar uchun keshbek berish bekor qilindi.

👍6🫡2👌1
❗️Ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan OAVlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar roʻyxati
2024-yil 10-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxati.

❓Qaysi toifadagi fan o'qituvchilariga 70 foizlik ustama beriladi va bu qachondan boshlab kuchga kiradi?
Pedagog xodimlarga malaka toifasi berishning yangi tartibiga ko'ra xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo'lgan pedagglarga 70 foizlik ustama berish yo'lga qo'yilmoqda.
❓Pedagoglarga 70 foizlik ustama berish qachondan boshlanadi?
Ushbu tartibni yo'lga qo'yish uchun birinchi navbatda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 2025-yil 1-yanvarga qadar pedagoglarga malaka toifasi berish tizimini xalqaro e'tirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o'tkazishi kerak.
Shundan keyingina xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga 2025-yil yanvar oyidan boshlab bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlash boshlanadi.
❗️70 foizlik ustama faqat chet tili fani o'qituvchilariga beriladimi
Yo'q, bunday emas. Katta ehtimol bilan ushbu 70 foizlik ustamalar xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati qo'lga kiritgan barcha pedagog xodimlarga beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori tasdiqlangan ilovada alohida pedagoglar qatlami belgilanmagan. Demak bu barcha pedagoglar uchun tatbiq qilinadi.
Bizningcha, 2025-yil 1-yanvarga qadar xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo'lgan pedagglarga 70 foizlik ustama berish tartibi bo'yicha yana alohida qo'shimcha hujjat imzolanadi.

👍5
#Bilasizmi
⚡️Ko'p yillik ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga ustama to'lanadi
✅ Vrachlarga, o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog'liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to'lanishi kerak:
➖ uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;
➖ uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;
➖ uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma'lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;
➖ uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma'lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.
Asos: https://lex.uz/docs/-941878

⚡️Ijtimoiy nafaqa oluvchi o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz shaxslarga kompensasiya to'lovi joriy etilgan.
✅ Bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz shaxslar uchun har oylik kompensasiya to'lovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida (167 ming 400 so'm) to'lanadi.
☑️ Shuningdek, yoshi 100 ga to'lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (372 ming so'm) miqdorida qo'shimcha to'lov belgilangan.
▫️Bunda, 100 yoshga to'lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to'lanadigan qo'shimcha to'lov pensiya va nafaqa tayinlagan tashkilot orqali moliyalashtiriladi.
📌 Kompensasiya to'lovi, uni olish huquqiga ega bo'lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ularning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat'i nazar to'lab boriladi.

#Talabalarga
❓Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi? Javob...
⚡️Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin. Batafsil...
⚡️Pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalar 3-kursdan boshlab maktabda ishlashi mumkin. Batafsil...
⚡️Quyidagi oʻqish davrlari ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari hisoblanadi. Batafsil...
⚡️Toʻlov-kontrakt uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi. Batafsil...
⚡️Oliy ta'lim muassasalari talabalariga akademik ta'til quyidagi hollarda berilishi mumkin: batafsil...
⚡️Talabalar My.gov.uz portali orqali oʻqish joyidan maʼlumotnoma olishi mumkin. Batafsil...
⚡️Kompyuterda tez ishlash uchun kerak boʻladigan tezkor tugmachalar kombinatsiyasi: batafsil...
⚡️DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha). Batafsil...
❓Qishki perevodda qaysi uzrli sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish mumkin? Javob...

👍6🤩1
#Bilasizmi
❓Kimlar poyezdlarda yiliga bir marta bepul yurish huquqiga ega?
✅ Qonunchilikka ko'ra, temir yo'llarda chiptaning to'liq qiymatidan 50 foiz chegirmalar bilan yiliga 1 marta yurish huquqi (borish va kelishga) talonlarga almashtirish va guvohnoma taqdim etish bo'yicha quyidagilarga berilgan:
➖ 3-guruh urush oqibatida nogironligi bo'lgan shaxslarga;
➖ urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga.
📌 Shuningdek, ayrim shaxslar temir yo'llarda yiliga bir marta bepul yurishi (borish va kelish) mumkin.

⚡️O‘qituvchilarga berilgan ayrim imtiyoz turlari
➖ 1 oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi.
➖ Bolalarga taʼlim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
➖ Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi.
➖ Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.
➖ Maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.
➖ Fan olimpiadasi g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi.
➖ O‘qituvchilar kasal bo‘lib qolganida moddiy yordam beriladi.
➖ Olimpiada g‘olibi bo‘lgan o‘qituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.
➖ O‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
➖ “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.
➖ Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.
➖ Olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.
➖ Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladi.
➖ Ko‘p yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.
➖ Xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan o‘qituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.
➖ Respublika fan olimpiadasi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi.
➖ Tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.
➖ Taʼlim muassasalarining chet tillar fanlari o‘qituvchilariga oylik ustamalar beriladi.
➖ O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.