Imtiyoz.uz
1.06K subscribers
225 photos
86 videos
110 files
714 links
Download Telegram
#Bilasizmi

⚡️IT yo‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

☝️Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilangan.

Asos: https://lex.uz/uz/docs/-213812

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi

⚡️Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga 50 foiz ko‘proq stipendiya beriladi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat bog'chalari va maktablarga navbatga qo'yilmasdan joylashtiriladi.

💰Shuningdek ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda o'qiyotganda har o'quv yilida 1 marotaba o'quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 875 ming so'm) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar o'qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to'lanadi.

Asos: https://lex.uz/docs/-5569689

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Talabalarga uyni ijaraga bergan shaxslar daromad solig‘i to‘lamaydi.

🔔 Soliq kodeksining 378-moddasi 19.1 bandiga muvofiq, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

📝 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali
(ijara.soliq.uz) hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Ko'p yillik ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga oylik ustama to'lanadi.

Vrachlarga, o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog'liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to'lanishi kerak:

uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;

uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;

uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma'lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;

uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma'lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.

Asos: https://lex.uz/docs/-941878

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi | #Xotin_qizlar

⚡️Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun 33 million so'mgacha kreditlar ajratiladi

Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

🔰 Kreditlar quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli tugatgan xotin-qizlarga beriladi:

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi ma’qullangan dasturlar asosidagi o‘quv kurslari;

“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta’lim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlari.

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi | #Xotin_qizlar

⚡️Yolg'iz ayollarning farzandlari bog'chaga imtiyozli ro'yxat asosida qabul qilinadi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

🇺🇿 @imtiyozuz