Imtiyoz.uz
1.06K subscribers
225 photos
86 videos
110 files
714 links
Download Telegram
#Bilasizmi

⚡️Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun imtiyozli shartlarda 33 million so'mgacha kredit ajratiladi. Batafsil...

⚡️Professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga to‘lov-kontrakt summasining bir qismi to‘lab beriladi. Batafsil...

⚡️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari xarajatlari qoplab beriladi. Batafsil...

⚡️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi. Batafsil...

⚡️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratiladi. Batafsil...

Yoshlar daftariga kimlar kiritiladi? Javob...

Yoshlar daftariga kirish uchun kimga murojaat qilish kerak? Javob...

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️2024-yil 1-iyunidan mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda ularning oila aʼzolarini bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi

Shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalingan shaxslarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatiga muvofiq bepul tibbiy yordam koʻrsatish amaliyotini yoʻlga qoʻyiladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Forwarded from Avazbek Yo‘ldoshev
⚡️10-aprel – Ramazon hayiti

🇺🇿 O'zbеkiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kеngashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024 yil 10 aprеli, chorshanba kuniga to'g'ri kеlishi kutilayotganini ma'lum qildi.

❗️Shu munosabat bilan talabalar 3 kun ketma-ket dam olishadi:

10 aprel Chorshanba (Hayit kuni)
11 aprel Payshanba (dam olish kuni)
12 aprel Juma dam olish kuni

☝️Dam olishdan 1 kun avval ketib shanba ham dam olib dushambadan o‘qishga qaytishni niyat qilayotgan talaba do‘stingizga jo‘natib qo‘ying!

🎓 @aayoldoshev
#pedagoglarga | #imkoniyat

⚡️Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

❗️Ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to‘lanadi:

Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olishi;

Prezident maktablarida kamida bir yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo‘yicha kamida S1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2024
yildagi PF-55-sonli Farmoni.


🇺🇿 @imtiyozuz
#Talim_krediti

⚡️Imtiyozli taʼlim krediti ajratayotgan banklar ro'yxati

Bugungi kunda quyidagi banklarning rasmiy saytlarida taʼlim krediti ajratilayotgani maʼlum qilingan.

Biznesni Rivojlantirish Banki
🌐 Sayt: https://brb.uz/credits/show/22
☎️ Tel: 1254

Turonbank
🌐 Sayt: https://turonbank.uz/oz/private/crediting/kelazhak-talim-krediti/
☎️ Tel: 1220

Oriyent Finans bank
🌐 Sayt: https://ofb.uz/uz/credits/student-loan/
☎️ Tel: 4004

Aloqabank
🌐 Sayt: https://aloqabank.uz/uz/private/crediting/education-loan/
☎️ Tel: +998712307777

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi

⚡️Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun imtiyozli shartlarda 33 million so'mgacha kredit ajratiladi. Batafsil...

⚡️Professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga to‘lov-kontrakt summasining bir qismi to‘lab beriladi. Batafsil...

⚡️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari xarajatlari qoplab beriladi. Batafsil...

⚡️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi. Batafsil...

⚡️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratiladi. Batafsil...

Yoshlar daftariga kimlar kiritiladi? Javob...

Yoshlar daftariga kirish uchun kimga murojaat qilish kerak? Javob...

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 648 ming so‘m  etib belgilandi

Statistika agentligiga ko‘ra, minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga shunchani tashkil etadi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Prezident va nomli davlat stipendiyasini olgan talabalar qanday imtiyozga ega?

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatgandan soʻng ikki yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatganidan soʻng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik boʻyicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari boʻlgan magistratura bosqichi talabalari oliy taʼlim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari kimlarga tayinlanadi?
Batafsil: https://t.iss.one/imtiyozuz/2243

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori

🇺🇿 @imtiyozuzimtiyoz, imkoniyat, huquq va burchlaringizdan habardor qilib boruvchi telegram kanali.
⚡️Pensiyalar miqdori oshirildi

Pensiya jamgʻarmasining maʼlum qilishicha, pensiyaning eng kam miqdorlari minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkazildi.

🇺🇿 Prezident farmoniga koʻra, 2024-yilning 1-mayidan boshlab minimal isteʼmol xarajatlari 648 ming soʻm etib belgilanganligi sababli:

ish staji toʻliqsiz chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻmga;

boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻmga oshirildi.

❗️Maʼlumot uchun, yuqoridagi miqdorda pensiya oluvchilarga nafaqalar joriy yilning may oyidan yangi miqdorda toʻlanadi.

🇺🇿 @imtiyozuz
#Qabul2024

⚡️Davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi.

Bunda:

🔴 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

🟢 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:
Batafsil: https://t.iss.one/Talim_huquqi/3735

⚡️Davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi.
Batafsil: https://t.iss.one/Talim_huquqi/3736

Grantda o‘qiganlarga 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Batafsil: https://t.iss.one/Talim_huquqi/3737

⚡️Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi.
Batafsil: https://t.iss.one/Talim_huquqi/3738

⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichga ajratildi.
Batafsil: https://t.iss.one/Talim_huquqi/3739

⚡️Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi.
Batafsil: https://t.iss.one/Talim_huquqi/3740

⚡️Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha izoh.
Batafsil: https://t.iss.one/Talim_huquqi/3741

⚡️OTMlarning ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarida kvotalari qisqartiriladi.
Batafsil: https://t.iss.one/Talim_huquqi/3742

⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi.
Batafsil: https://t.iss.one/Talim_huquqi/3723

⚡️Kontrakt narxlari ham oshirilishi mumkin.
Batafsil: https://t.iss.one/Talim_huquqi/3743

🇺🇿 @imtiyozuz
#bilasizmi

⚡️QO'SHIMCHA DAM OLISH KUNI

16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi.

Asos: Mehnat kodeksining 399-moddasi.
Havola: https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6266458

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️SQB bankdan imtiyozli taʼlim krediti.

Kredit shartlari:
14 foizi (xotin-qizlarga foizsiz)
Muddati: o'qish davri + 7.5 yil
Miqdori: shartnomaga asosan
Imtiyozli davri: o'qish davri + 6 oy

Batafsil: https://sqb.uz/uz/individuals/credits/educational-credit-uz/

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Taʼlim krediti ajratishning yangi tartibi

Prezidyent farmoniga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan oliy va profyessional taʼlim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

⁃ oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;

Taʼlim krediti:

⁃ oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda profyessional taʼlim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

⁃ oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

❗️Bundan “Ijtimoiy himoya yagona ryeyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.

🇺🇿 @imtiyozuz
#Rasman

⚡️Bakalavr va magistratura uchun til bilish darajasini baholovchi tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Batafsil: https://t.iss.one/Talim_huquqi/3754
#Rasman

⚡️Xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi.
Batafsil: https://t.iss.one/Talim_huquqi/3755
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dasturlashni o‘rganib kompyuterga ega bo‘ling

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 8 milion 500 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Dasturlashni o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach kreditga kompyuter xarid qilish mumkin. Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.

Batafsil: https://uzbekcoders.uz/

@imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Quyidagi abituriyentlardan kirish imtihonida qatnashish uchun to‘lov undirilmaydi

test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.

❗️Eslatma: Boshqa toifa abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.

🇺🇿
@imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?

Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

☝️Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar yer solig‘idan ozod etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalarni va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
📑 PQ-238-son 27.06.2024

Unga ko'ra:

2030-yil 1-yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslar yer solig‘idan (ekin maydonlari bundan mustasno) ozod etiladi.

Imtiyoz Soliq kodeksiga tegishli o'zgartirishlar kiritilgandan keyin qo'llaniladi.

Qishloq xo'jaligi korxonalari uchun mavjud soliq imtiyozlari

Mol-mulk solig'i
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan baza qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash, shuningdek pillachilik uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansidagi mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga kamaytiriladi.
📑 Soliq kodeksi 414-modda

Foyda solig‘i
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo‘jaligi korxonalari o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan foydasi bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi 0 % etib belgilangan.

Shu bilan birga, soliq to‘lovchilar o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari jami daromadning 90 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etsa, faoliyatning barcha turlari bo‘yicha 0 % miqdorida soliq stavkasini qo‘llashga haqlidir.
📑 Soliq kodeksi 337-modda.

🇺🇿 @imtiyozuz