#Nazm_gulshani to`garagidan 7
#SAODATLI_TUSH
Bu dunyodan sarmast uyquga ketdim,
Tushda bir darveshning ko‘rindi yuzi.
Meni ko‘rgan zahot chorladi imlab:
"Qani, beri kelchi, ummatning qizi".
Allohning ismila ayladim salom
Yetti pushtimgacha aytdilar rahmat.
Yo Rab, davomida qo‘shib qo‘ydilar
Rasul payg‘ambarga o‘nta salovat.
So‘zin bo‘lmay yana ettirdi davom
Shoshayotgan misol gapirardi tez.
U so‘zin tugatdi, lekin men gungman,
Unga hech so‘z demay, uyg‘ondim shu kez.
O‘zni poklash uchun olib tahorat,
Allohning huzuri tomon shoshildim.
Tahajjud o‘qidim, keyin bir muddat
Joynamoz ustida turib qoldim jim.
Birdan ko‘zlarimdan yosh oqdi duv-duv,
Robbimdan kechirim so‘radim tinmay:
"Tushimda uchradim bir mo‘ysafidga,
Yo Rahmon, nima so‘z deyishim bilmay".
Sahoba ekan u, Rasulga yondosh,
Kelibdi qandaydir vazifa bilan.
Meni ko‘rib dilga tushibdi hadik
"Asri saodat"dan so‘zlashlik birdan.
Gap oxirda menga so‘z qotib dedi:
"Aytgin, ey ummatning qizi, salom ayt.
Zamondosh ummatlar nomini ham qo‘sh
Bu kecha orzular ushalajak payt".
Lekin men gung bo‘ldim, demadim bir so‘z,
Aytgin, ey Allohim, nima ham derdim?
Zamondosh "ummatlar" qilmishin o‘ylab,
Orzudan kechdim-u, bo‘lib qoldim jim.
Aytgin, nimani ham ayta olardim,
Bular Rasulni ham bilmasliginmi?
Til-u dili boshqa munofiqlarning
Yaxshilikni ko‘zi ko‘rmasliginmi?
Qadr kechasini chiqarib yoddan,
Yangi yil uxlamay kutilishinmi?
Iftorlik ko‘rmagan og‘izlarda-chi,
G‘iybatlar to‘xtamay yutilishinmi?
Iymonni yot bilgan bu nokas qalblar
Nomidan yo‘llaymi, Rasulga salom?
Aytchi, yo Rahmonim arzirmikanmiz,
Ummat bo‘lishlikka bizlardek odam?
O‘zing kechirginey, rahmdil, Xoliq,
Iymondan porlasin ko‘ksimda yurak.
Inshaalloh, yo‘llay go‘zal salomim
Ul sahoba qayta berganda darak.
Islom nuri ila bu ojiz dilni
Shayton fitnasidan olgin panohga.
Munosib ummatlik nasib aylasin
"Ummatim" deb o‘tgan Rasulullohga!..
✍️ Zarifa Mardiyeva
Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I
@ikki_qalb_izdoshlari
#SAODATLI_TUSH
Bu dunyodan sarmast uyquga ketdim,
Tushda bir darveshning ko‘rindi yuzi.
Meni ko‘rgan zahot chorladi imlab:
"Qani, beri kelchi, ummatning qizi".
Allohning ismila ayladim salom
Yetti pushtimgacha aytdilar rahmat.
Yo Rab, davomida qo‘shib qo‘ydilar
Rasul payg‘ambarga o‘nta salovat.
So‘zin bo‘lmay yana ettirdi davom
Shoshayotgan misol gapirardi tez.
U so‘zin tugatdi, lekin men gungman,
Unga hech so‘z demay, uyg‘ondim shu kez.
O‘zni poklash uchun olib tahorat,
Allohning huzuri tomon shoshildim.
Tahajjud o‘qidim, keyin bir muddat
Joynamoz ustida turib qoldim jim.
Birdan ko‘zlarimdan yosh oqdi duv-duv,
Robbimdan kechirim so‘radim tinmay:
"Tushimda uchradim bir mo‘ysafidga,
Yo Rahmon, nima so‘z deyishim bilmay".
Sahoba ekan u, Rasulga yondosh,
Kelibdi qandaydir vazifa bilan.
Meni ko‘rib dilga tushibdi hadik
"Asri saodat"dan so‘zlashlik birdan.
Gap oxirda menga so‘z qotib dedi:
"Aytgin, ey ummatning qizi, salom ayt.
Zamondosh ummatlar nomini ham qo‘sh
Bu kecha orzular ushalajak payt".
Lekin men gung bo‘ldim, demadim bir so‘z,
Aytgin, ey Allohim, nima ham derdim?
Zamondosh "ummatlar" qilmishin o‘ylab,
Orzudan kechdim-u, bo‘lib qoldim jim.
Aytgin, nimani ham ayta olardim,
Bular Rasulni ham bilmasliginmi?
Til-u dili boshqa munofiqlarning
Yaxshilikni ko‘zi ko‘rmasliginmi?
Qadr kechasini chiqarib yoddan,
Yangi yil uxlamay kutilishinmi?
Iftorlik ko‘rmagan og‘izlarda-chi,
G‘iybatlar to‘xtamay yutilishinmi?
Iymonni yot bilgan bu nokas qalblar
Nomidan yo‘llaymi, Rasulga salom?
Aytchi, yo Rahmonim arzirmikanmiz,
Ummat bo‘lishlikka bizlardek odam?
O‘zing kechirginey, rahmdil, Xoliq,
Iymondan porlasin ko‘ksimda yurak.
Inshaalloh, yo‘llay go‘zal salomim
Ul sahoba qayta berganda darak.
Islom nuri ila bu ojiz dilni
Shayton fitnasidan olgin panohga.
Munosib ummatlik nasib aylasin
"Ummatim" deb o‘tgan Rasulullohga!..
✍️ Zarifa Mardiyeva
Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I
@ikki_qalb_izdoshlari
❤4👍4