#Nazm_gulshani to`garagidan...1

* * *
( hazil sheʼr)
Koʼzlarimda achchiq hasrat, achchiq damlar,
Mehnatimga yarashasi shu edimi?!
Yuzlarimni siypalaydi shaffof namlar,
Menga birov bu tashvishni qil dedimi?!

Qilmasam ham boʼlmas juda kerak, zarur,
Kunidamas kunda koʼzim yoshlasa ham.
Koʼz yoshimga tovon soʼrab bir kun magʼrur,
Pichoq olib shartta sanchsam... bu unga kam.

Meni yigʼlatmadi doʼst-u yorlari,
Yigʼlatmadi turmushning arazi, nozi.
Meni har kun yigʼlatdi faqat va faqat,
Oddiygina roʼzgʻorning oddiy piyozi.


Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 9-"A" sinf oʻquvchisi Diniqulova Mohira

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Nazm_gulshani to`garagidan...2

Ayol

Ey ayol,
Porloq koʻzingdan nur õğirlab yulduz,
Aybiga iqroran aytmasdan hech sõz.
Osmon-u falakni aylabon makon
Uyatdan tushmagay kõkda u hanuz.

Ey ayol,
Kõnglingni yaratgan pok qilib Alloh,
Soflikdan õğirlab, qilgan suv gunoh.
Endi u nopokni pok qilmoq uchun
Nopok bõlganiga bõlganmiz guvoh.

Ey ayol,
Sendan õğirlagan sabrni ham tosh,
Endi u tepkiga bermoqda bardosh.
Qiynalar armonin kõmar qalbiga,
Kõz yoshin kõrsatmas, tõkmas aslo yosh.

Ey ayol,
Alloh sochmish olam yaratgan mahal
Hislating dunyoga oh, qanday gõzal.
Shoirlar ilhomi õzingsan ayol,
Faqat sen haqingda ming-minglab ğazal.


Mashhura Umaraliyeva, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 9-B sinf oʻquvchisi

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram

@ikki_qalb_izdoshlari
#Nazm_gulshani to`garagidan...3

Drabllar

*
Uning “ko’z gavhari” uchun yomg’ir ham ezilib-ezilib yig’ladi.
Axir uning o’zi ham yomg’irdan daryo o’zani toshishini bilmagandi.

*
Dard bugun yomg’ir yog’ganidan xursand. Chunki yomg’ir qut-barakadir. Ha, ammo o’sha baraka g’amga yo’g’rildi. Dard o’z dardlariga soyabon topa olmay qoldi…

*
O’rik gullari ho’l bo’lgan yopinchig’ini tomchilar tufayli ocha olisholmayapti. Men ularga achinsam, shirin og’ular kipriklarimni silab shivirlashdi.

*
Osmon paxtaga o’zini tashladi. Afsuski, paxta ho’l ekan…
Suvlar siqilib yerni uyg’otdi.

*
Qizcha kulbasiga keldi-da, ivigan, yamoq etigini yechdi. Ammo u juda mamnun. Chunki uning uchun "yangitdan" hayot boshlandi…

Eshboyeva Marjona, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 8-A sinf o’quvchisi

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram

@ikki_qalb_izdoshlari
#Nazm_gulshani to`garagidan...4

Orzular yurtini orzu qilgan qiz

Orzular yurtini orzu qilgan qiz ,
Orziyingiz yolqin, mohitobmisiz.
Bilgan dillarim negadir nursiz,
Sizning qalbingizga havaslar qildim ,
Orzular og'ushin otashin bildim.

Sizning chehrangizda quyoshlar kulsa,
Oppoq gilamlarda ko'klam yasharsin.
Men ham bo'lgim kelar ko'kdagi yulduz,
Nurli qasringizga havaslar qildim,
Orzular og'ushin otashin bildim

Qalbingiz misoli musaffo anhor,
Samo gavharidan menda tomchi bor.
Hech dilga bermayin zarracha ozor,
Sizning qalbingizga havaslar qildim,
Orzular og'ushin otashin bildim.

She'rlarim osmondir, lekin kim uchun?
O'zimdan axtararman iroda kuchin,
Iqbol manzillarin sog'inib kutdim,
Sizning qalbingizga havaslar qildim ,
Orzular og'ushin otashin bildim.

✍️Suyunova Zulayho, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram

@ikki_qalb_izdoshlari
#Nazm_gulshani to`garagidan...4

Ishq

Qalam qoshmu ul pari,
Nozik niholli sarvi?
Qaysni xarob, xor etgan -
Majnun sevgisi - Layli.

Choʻlda bulut misoli,
Zuhro yulduz timsoli,
Ummon sevgi hisobi -
Majnun sevgisi - Layli.

Ne karvonlar oʻtmish der,
Ne zamonlar oʻtmish der.
Bu haqiqiy suyish der -
Majnun sevgisi - Layli.

Shaydo etdi bogʻlarni:
Yemirdi hu togʻlarni,
Ado etdi soylarni -
Majnun sevgisi - Layli.

Otildi qancha toshlar,
Koʻzlardan oqdi yoshlar.
Ular chin bir ertakmu -
Majnun sevgisi - Layli.

Shaydo Ergasheva, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 7-"B" sinf o'quvchisi

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram

@ikki_qalb_izdoshlari
#Nazm_gulshani to`garagidan 7

#SAODATLI_TUSH

Bu dunyodan sarmast uyquga ketdim,
Tushda bir darveshning ko‘rindi yuzi.
Meni ko‘rgan zahot chorladi imlab:
"Qani, beri kelchi, ummatning qizi".
Allohning ismila ayladim salom
Yetti pushtimgacha aytdilar rahmat.
Yo Rab, davomida qo‘shib qo‘ydilar
Rasul payg‘ambarga o‘nta salovat.
So‘zin bo‘lmay yana ettirdi davom
Shoshayotgan misol gapirardi tez.
U so‘zin tugatdi, lekin men gungman,
Unga hech so‘z demay, uyg‘ondim shu kez.
O‘zni poklash uchun olib tahorat,
Allohning huzuri tomon shoshildim.
Tahajjud o‘qidim, keyin bir muddat
Joynamoz ustida turib qoldim jim.
Birdan ko‘zlarimdan yosh oqdi duv-duv,
Robbimdan kechirim so‘radim tinmay:
"Tushimda uchradim bir mo‘ysafidga,
Yo Rahmon, nima so‘z deyishim bilmay".
Sahoba ekan u, Rasulga yondosh,
Kelibdi qandaydir vazifa bilan.
Meni ko‘rib dilga tushibdi hadik
"Asri saodat"dan so‘zlashlik birdan.
Gap oxirda menga so‘z qotib dedi:
"Aytgin, ey ummatning qizi, salom ayt.
Zamondosh ummatlar nomini ham qo‘sh
Bu kecha orzular ushalajak payt".
Lekin men gung bo‘ldim, demadim bir so‘z,
Aytgin, ey Allohim, nima ham derdim?
Zamondosh "ummatlar" qilmishin o‘ylab,
Orzudan kechdim-u, bo‘lib qoldim jim.
Aytgin, nimani ham ayta olardim,
Bular Rasulni ham bilmasliginmi?
Til-u dili boshqa munofiqlarning
Yaxshilikni ko‘zi ko‘rmasliginmi?
Qadr kechasini chiqarib yoddan,
Yangi yil uxlamay kutilishinmi?
Iftorlik ko‘rmagan og‘izlarda-chi,
G‘iybatlar to‘xtamay yutilishinmi?
Iymonni yot bilgan bu nokas qalblar
Nomidan yo‘llaymi, Rasulga salom?
Aytchi, yo Rahmonim arzirmikanmiz,
Ummat bo‘lishlikka bizlardek odam?
O‘zing kechirginey, rahmdil, Xoliq,
Iymondan porlasin ko‘ksimda yurak.
Inshaalloh, yo‘llay go‘zal salomim
Ul sahoba qayta berganda darak.
Islom nuri ila bu ojiz dilni
Shayton fitnasidan olgin panohga.
Munosib ummatlik nasib aylasin
"Ummatim" deb o‘tgan Rasulullohga!..

✍️ Zarifa Mardiyeva

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari