Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.75K photos
687 videos
138 files
2.98K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qanday bo‘lganini eslaylik: Bir Million O‘zbek Dasturchilari

Вспоминаем как это было: One Million Uzbek Coders




#uzbekistan #onemillionuzbekcoders
#udacity #education #it #onlinecourses
#coding #itschool
#green #Uzbekistan #save #nature

🌳🌳🌳 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi o'quvchilari "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekib, bog‘ yaratish ishlarida faol ishtirok etmoqda.🌲🌲🌲

☘️☘️☘️ Yashil makon bunyodkorlari maktabimiz hududiga iqlim sharoitidan kelib chiqib yapon saforasi, katalpa, qayrag‘och, siren, tut, jiyda kabi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekmoqdalar. 🍀🍀🍀

🌿🌿🌿 "Yashil makon" umummilliy loyihasida daraxt ekish va ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan 40 kunlik dolzarb ishlarga maktabimiz o‘quvchilari ham o‘z hissasini qo‘shmoqdalar.🌱🌱🌱

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati. ©️

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#constitution #29 #Uzbekistan #congratulation

Konstitutsiya – eng oily hakam

Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa, hurriyat qomusidir-u.
Ulusning ori-yu nomusidir-u .
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
Qomusim yaraldi uning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir-bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur-bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam,
Buyuk xalqim uchun eng oliy hakam!

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktab jamoasi nomidan Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bilan qizg'in muborakbod etadi!

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#constitution #29 #Uzbekistan #congratulation

📹 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi o'quv muassasalarida tashkil etilgan tadbirlar debochasi sifatida 2021-yil 6-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabida o'tkazilgan "Konstitutsiyamiz-baxtimiz qomusi"nomli tantanali kechadan videolavha.

Batafsil👈

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#constitution #proud #Uzbekistan #congratulation

Konstitutsiyamiz -baxtimiz poydevori!

🇺🇿🇺🇿 Ulug’ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkin hayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklar va ulug’ orzularini o’zida mujassam etgan davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari muborakbod etadi!

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#National #Anthem #Uzbekistan #Proud

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 MADHIYANGNI KUYLAYMAN, VATAN! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🤩 10-dekabr – O‘zbekiston madhiyasi qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan o‘quvchi-yoshlarimizning qalbida, ong-u shuurida Vatan tuyg‘usini yuksaltirish, oilasiga va xalqiga sadoqatli farzandlar bo‘lib voyaga yetishishi hamda davlatimiz ramzini milliy g‘urur timsoli sifatida ulug‘lash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy maktabida “Vatanimni madh etaman!” nomli tanlov o’tkaziladi. Tanlov 2 yo‘nalishda tashkil etiladi:

-Davlat madhiyasini sinflar kesimida kuylash; 📹

-mavzuga oid rasm va maqolalar tanlovini o‘tkazish.🖊📷

🗓 Tanlov muddati 11-dekabr.
🎁 Tanlov g‘oliblari maktab ma’muriyati tomonidan rag‘batlantiriladi.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#international #competition #essay #Tokio #Uzbekistan

Diqqat❗️ Diqqat❗️Diqqat❗️

📩 O`zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, 2022-yilning 15-iyuniga qadar Jamg`arma tomonidan “Mening qadriyatlarim” mavzusida xalqaro insho tanlovida 14 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan xorijiy til bilimdonlari ingliz va fransuz tillarida 700 so`z hajmidagi, yapon tilida esa 1600 so`z hajmidagi insho bilan ishtirok etishi mumkin. Arizalar 15-iyunga qadar elektron tarzda www.goipeace.or.jp veb-sahifasi orqali qabul qilinadi.

🏆G`oliblar 2022-yilning 31-oktabr kuni Jamg`armaning veb-sahifasi orqali e`lon qilinadi. Insho tanlovida qatnashing va g`olib bo`ling! Biz sizga ishonamiz!

📌“ The Goi Peace” jamg`armasi 1999-yilda tashkil topgan. Uning asosiy maqsadi dunyo bo`ylab tinchlik va millatlararo totuvlikni targ`ib qilish bo`lib, Jamg`armaning asosiy vazifasi barqaror va uyg`un global jamiyatni rivojlantirishdir. Bu vazifani bajarishda ta`lim, ilm-fan, madaniyat va san`at yo`nalishlarida o`zaro hamkorliklarni yo`lga qo`yish juda muhim. Jamg`arma tomonidan turli mavzularda xalqaro tanlovlar o`takazilgan. Yurtimiz yoshlari 2021-yilda “Hayot o`zi nima?”, “Faxriy tavsif” va “Rag`batlantiruvchi maktab “ yo`nalishlarida sovrindor bo`lishgan.

〰️〰️〰️

Внимание❗️Внимание❗️ Внимание❗️

📩 По сообщению Посольства Узбекистана в Токио, до 15 июня 2022 года Фонд проводит международный конкурс сочинений на тему "Мои ценности" для иностранцев в возрасте от 14 до 25 лет на английском и французском языках в объеме 700 слов, а также на японском языке в размере 1600 слов. Заявки принимаются в электронном виде через сайт www.goipeace.or.jp до 15 июня.

🏆Победители будут объявлены 31 октября 2022 года на сайте Фонда. Участвуйте и побеждайте!

📌Фонд "The Goi Peace" был основан в 1999 году. Его главная цель – содействие миру и межнациональному согласию во всём мире, а главная задача Фонда – развитие стабильного, гармоничного и глобального общества. В выполнении этой задачи очень важно наладить сотрудничество в сферах образования, науки, культуры и искусства. Фонд проводил международные конкурсы на различные темы. В 2021 году молодёжь нашей страны заняла призовые места в номинациях "Что такое жизнь?", "Почётная характеристика" и "Школа поощрения".

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
Ўтган даврда муаллимларнинг ойлик иш ҳақи ўртача 2,5 баравар ошди. Жумладан, чет тили, IT, математика, кимё, биология бўйича миллий ва халқаро сертификати бор ўқитувчиларга устама, чекка ҳудудга бориб ишлаган муаллимларга алоҳида тўлов жорий этилди. Натижада…
#president #uzbekistan #al_khwarizmi #green #flag #eco_union #infinity_team

YUKSAK E'TIROF

Inson qachon hayotidan mamnun bo'ladi? Qachon o'z mehnati samarasini ko'rsa! Yana uning mashaqqatli mehnatini e'tirof etishsa! Bunday e'tirof davlat rahbari tomonidan bo'lsa-chi!?

🇺🇿Kuni kecha o'tkazilgan videoselektorda davlatimiz rahbari tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning eslanishi, yutuqlarining e'tirof etilishi barchamizni qattiq quvontirdi. Shu bilan birga o'zimizga bo'lgan talab va ma'suliyatni oshirdi.

Biz-Al-Xorazmiy maktabi jamoasi, bu e'tibor va ishonchni bizga topshirilayotgan yosh avlodni haqiqiy inson, haqiqiy kasb egasi qilib tarbiyalash orqali oqlaymiz!
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWEEK #UZBEKISTAN

Muhammad al- Xorazmiy nomidagi maktabning 10-01 sinf o‘quvchilari “ICTWEEK UZBEKISTAN” ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.

🖥10-01 sinfi tarmoq administratori yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotganligi sababli «ASBIS» kompaniyasi taqdim etayotgan serverlar imkoniyatlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🥲AMITY, INXA universitetlarida talabalarga beriladigan imkoniyatlar, UIC IT Academy, Astrum Academyda o‘quvchilarning IT yo‘nalishi bo‘yicha oladigan bilim darajalari, loyiha va portfoliolar bilan tanishishdi.

My.gov.uz ning o‘quvchi va talaba yoshlarga foydali imkoniyatlari va IT PARK rezidentlarining faoliyati haqida o‘zlari uchun qiziqarli ma’lumotlar olishdi.
-
Учащиеся 10-01 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми приняли участие в выставке «ICTWEEK UZBEKISTAN».

🖥В 10-01 класс специализирован в направлении сетевого администратора, следовательно возможности серверов, предлагаемые компанией «АСБИС», вызвали большой интерес у учащихся.

🥲Ознакомились с возможностями, предоставляемыми студентам университетов AMITY, INXA; опытом, проектами и портфолио студентов в сфере IТ в UIC IT Academy и Astrum Academy.

👐Школьники и студенты получили интересную информацию о полезных возможностях My.gov.uz и деятельности резидентов IT PARK.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NYUAD #Abu #Dhabi #Uzbekistan #ITSchool

NYUAD UNIVERSITETI BILAN YAQINDAN TANISHUV


⚡️ 1-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda New York universiteti Abu Dhabi filliali qabul bo‘yicha direktori Valentina Lopez hamda New York universiteti qabul hay’ati O'rta Osiyodagi vakili Shakhrukh Makhkamdjanovlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

💬 Uchrashuv davomida mehmonlar NYUAD universitetiga hujjat topshirish jarayoni, universitet ichki hayoti va Abu Dhabi shahri haqida o’quvchilarimizga qimmatli ma’lumotlar ulashishdi.

🇺🇿🇦🇪 O‘quvchilar o’zlarini qiziqtirgan turli savollariga javob olishdi hamda uchrashuv so‘nggida NYUAD universiteti mutaxassislari uchun maktabimiz bo‘ylab sayohat tashkil etilib, mehmonlar maktabimizdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

📌Ma’lumot o‘rnida, Nyu-York universiteti Abu-Dabi (NYUAD) - Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan jahon darajasidagi universitet bo‘lib, ushbu universitet bakalavr, magistratura va professional dasturlar, shuningdek, tadqiqot imkoniyatlarini taklif etadi. Universitetda 115 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar va 40 dan ortiq mamlakatdan kelgan o'qituvchilar bilan kuchli xalqaro e'tibor mavjud.

❗️NYUAD dunyodagi eng yaxshi 25 ta universitet orasida joylashgan va akademik mukammallik va innovatsion tadqiqotlar bilan mashhur. NYUAD to'rtta asosiy bo'limga bo'linadi: san'at va gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, fanlar va muhandislik. Universitetda shuningdek, talabalarga eng yaxshi ta'limni taqdim etishga bag'ishlangan bir nechta fakultet va tadqiqot markazlari ham mavjud.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM