Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.82K subscribers
9.61K photos
675 videos
138 files
2.95K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#seminar #trening #yangi #baholash #tizimi

MUHAMMAD AL-XORAZMIY MAKTABIDA YANGI BAHOLASH TIZIMI

✔️Prezident ta'lim muassasalari
agentligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ta'limdagi baholash tizimini takomillashtirish maqsadida 2021-2022-o'quv yilidan Summativ baholash tizimi tajriba- sinov tariqasida tatbiq etildi.

☑️ Yangi baholash tizimi ko'pgina xorijiy davlatlar tajribasini o'rgangan holda, hozirgi kundagi ta'lim dasturlariga muvofiqlashtirildi.

📊 Ayni paytda birinchi chorak natijalari monitoringi olib borilmoqda.

🗓 4-9-noyabr kunlari summativ baholash tizimining 1- bosqichdagi yutuq va kamchiliklari, yangi bosqichga qo'yiladigan talablar yuzasidan seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

🔘 Shuningdek, seminar-treninglar kun tartibida ta'limga innovatsion yondashuv, zamonaviy darsga qo'yiladigan talablar hamda mahorat ko'nikmalarini oshirish masalalari ham tahlil qilinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating🌐

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#seminar #trening #yangi #baholash #tizimi

YANGI BAHOLASH TIZIMI -TA‘LIMGA YANGICHA YONDASHUV

✔️Prezident ta'lim muassasalari agentligi boshchiligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2021-2022- o‘quv yilidan ta'limdagi mavjud baholash tizimini takomillashtirish va buning barobarida ta‘lim sifati hamda samaradorligini oshirish maqsadida Summativ baholash tizimi yaratilib, maktabga tajriba- sinov tariqasida tatbiq etilgan edi.

☑️Bugun 26-yanvar kuni Summativ baholash tizimi yarim yillik natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

📊Yangi baholash tizimida erishilgan yutuqlar va uning afzalliklari bilan birga yuzaga kelgan kamchiliklar ham maktab ekspert guruhi tomonidan tahlil qilib berildi. Baholash bo‘yicha maktabdagi ixtisoslik va noixtisos fanlar kesimida olib borilgan monitoring natijalari yangi bosqichga qo‘yiladigan talablarni belgilab berdi.

📑Shuningdek, agentlik tasarrufidagi ta‘lim muassasalari vakillaridan iborat seminar qatnashchilari yangi tizim yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🔘 Aytish joiz, ijobiy natija kutilayotgan ushbu baholash tizimini tajriba-sinov muddatidan so‘ng barcha ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga joriy etish ko‘zda tutilgan.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Mahorat_markazi
#Trening

🔴 O'qituvchilarda trenerlik ko'nikmasini shakllantirishga qaratilgan "Zamonaviy trener dasturi"ning ochilishi va interaktiv mashg'ulotlardan fotoreportaj.

📲 Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining rasmiy sahifasi: https://t.iss.one/pmm_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Innovatsion pedagogika" treninglarining ochilish marosimidan video-lavha.

#1_kun #Trening #Қўлланма_тақдимоти

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#trening #eco #union #al #Khwarezmi

TRENINGLAR DAVOM ETMOQDA
✔️Bugun 27-aprel kuni ham Muhammad al-Xorazmiy maktabining Eco-Union jamoasi o'z treninglarini olib bordi va bu galgi tadbirda 7-sinf o'quvchilari bilan uchrashuv tashkillashtirdi. Jamoa a'zolari o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi, ularning takliflarini tinglashdi hamda jamoaning kelgusi rejalari bilan o'rtoqlashishdi.

☄️Undan tashqari, maktabimizga tashrifi kutilayotgan Milliy ekologik komissiya haqida ham ma'lumot berib o'tildi.🗣️

ТРЕНИНГИ ПРОДОЛЖАЮТСЯ
✔️Сегодня, 27 апреля, команда Eco-Union школы Мухаммада ал-Хоразми также организовала тренинг для учащихся 7 классов школы и проинформировала их о деятельности команды, поделилась планами на будущее и поинтересовалась предложениями учащихся.

☄️Кроме того, также была дана информация о визите экологической Национальной комиссии в нашу школу.🗣️

Telegram |🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#al_khwarizmi #eco_union #trening #tadbir

EKO-TA'LIM

📆 12-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy maktabining Eco-Union jamoasi o'zining navbatdagi treningini 6-sinf o'quvchilari uchun o'tkazdi. Trening orqali o'quvchilarda ekologik madaniyat tushunchasi shakllantirildi. O'quvchilar jamoa faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarini ham olishdi. 🌱

🎁Faol qatnashgan o'quvchilar estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

ЭКО-ОБРАЗОВАНИЕ

📆12 октября, команда Eco-Union школы Мухаммад ал-Хоразми провела очередной тренинг для учащихся 6 классов. В ходе обучения у учеников сформировалось понятие об экологической культуре. Учащиеся высказали свое мнение о деятельности команды и получили ответы на интересующие их вопросы. 🌱

🎁 Ученики, принявшие активное участие, были награждены сувенирами.

Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#al_khwarizmi #eco_union #trening

TRENINGLAR DAVOM ETMOQDA
🌱 Muhammad al-Xorazmiy maktabining Eco Union jamoasi o'zining navbatdagi treningini olib bordi va bu galgi treningda 7-sinf o'quvchilari qatnashishdi. Jamoa a'zolari o'quvchilarda Eko madaniyat tushunchasini shakillantirishdi va ularning takliflarini tinglashdi hamda jamoaning kelgusi rejalari bilan o'rtoqlashishdi.

🚀 Undan tashqari, qiziqarli savol-javoblarda qatnashgan o'quvchilarga sovg'alar taqdim etildi.
_

ОБУЧЕНИЕ ПРОДОЛЖАЕТСЯ
🌱 Команда Eco Union школы Мухаммада ал-Хоразми провела тренинг и организовала встречу с учениками 7 класса. Члены команды рассказали ученикам что такое эко культура, выслушали их предложения и поделились планами команды на будущее.

🚀Кроме того, были вручены призы школьникам, принявшим активное участие в интересных сессиях вопросов и ответов.

Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#al_khwarizmi #eco_union #trening #audit

BIZ KELAJAK UCHUN JAVOBGARMIZ

🌱Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning "Eco-Union" jamoasi o'zining navbatdagi treningini 5-sinflar ishtirokida tashkil etdi. Bu gal jamoa a'zolari oʻquvchilarga maktabda olib borilgan audit natijalari bilan boʻlishdi.

🏢Treningda Oʻzbekiston Ekologik Partiyasi vakillari ham ishtirok etishdi va tabiatni asrash boʻyicha taqdimot bilan soʻzga chiqishdi.

🎁 Interaktiv darslar soʻngida, savol-javob qismida faol qatnashgan oʻquvchilar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

😉Audit natijalarini keyingi postlarda e'lon qilinadi.

-

МЫ ОТВЕТСТВЕННЫ ЗА БУДУЩЕЕ

🌱Команда “Eco-Union” специализированной школы имени Мухаммад ал-Хоразми организовали очередной тренинг с участием 5 классов. На этот раз члены команды поделились результатами аудита с учениками.

🏢 Представители Экологической партии Узбекистана также приняли участие в тренинге и выступили с презентацией по охране природы.

🎁 По окончании интерактивных занятий ученики, активно принявшие участие в части вопросов и ответов, были награждены подарками.

😉Результаты аудита будут объявлены в следующих постах.

Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#al_khwarizmi #eco_union #trening #virtual #suv

📆 25-noyabr kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning "Eco-Union" jamoasi maktab yotoqxonasida istiqomat qiluvchi o'quvchilar uchun "Virtual suv va suvning qadri" mavzusi bo'yicha dars mashg'ulotlarini olib bordi.

Tadbir davomida o'quvchilar milliy taomimiz bo'lgan polov uchun qancha virtual suv sarflanishini hisoblab chiqishdi. Natija, o'rtacha 8 000 litrni tashkil qildi.💧🚰

——

📆 25 ноября, команда "Eco-Union" специализированной школы имени Мухаммад ал-Хоразми провела тренинг на тему «Виртуальная вода и ценность воды» для учащихся, проживающих в школьном общежитии.

В ходе тренинга ученики подсчитали, сколько виртуальной воды уходит на наше национальное блюдо-плов. В результате получилось в среднем 8000 литров.💧🚰

Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv #trening

KASBIY RIVOJLANISH TAJRIBASI

🇺🇿 🇸🇬 Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida tabiiy fanlar yo'nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish yuzasidan Singapurlik xorijiy ekspertlar uchun ekskursiya tashkil etilib, tashrif buyuruvchilar bu bilim maskanidagi o'quv jarayonlari va o'quvchilar faoliyati bilan tanishgan edilar.

🧪Maktabning kimyo, geografiya, fizika fani ustozlari tomonidan tashkil etilgan darslar mehmonlarda katta taassurot qoldirib, o’tilgan darslar yuzasidan o’zlarining iliq fikrlari hamda ta’limdagi tajribalari bilan fikr alamashgan edilar.

📆 Xorijiy davlatlarning ilg'or ish tajribalarini o'rganish va ommalashtirish maqsadida bugun, 2-dekabr kuni, Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab biologiya fani o’qituvchisi Hoshimov Abror tomonidan o’quv treningi tashkil etildi. Treningda Singapur maktab ta’limi sohasidagi baholash, ijobiy sinfxona madaniyati, darsga tayyorgarlik hamda dars jarayoni tartibi masalalari yuzasidan ma’lumotlar berib o’tildi.

📝 Dars jarayonlaridagi o’qituvchining ijodiy salohiyati hamda qo’llagan amaliy topshiriqlari o’quvchilarning bilim saviyasini yanada oshirishi ta’kidlab o’tildi. Bu o'quv treningi unda ishtirok etgan barcha ustozlarning kasbiy salohiyatlarini yanada oshirish uchun tajriba almashinuv jarayoni bo'ldi.
-
ОПЫТ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ

🇺🇿 🇸🇬 Для иностранных специалистов из Сингапура организовали экскурсию по специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми в рамках эффективной организации учебного процесса в области естественных наук.

🧪Уроки, организованные учителями химии, географии и физики, оставили большое впечатление у гостей, после чего они поделились своими теплыми пожеланиями и личным опытом об уроках.

📆 Сегодня, 2 декабря, преподавателем биологии специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми Хашимовым Аброром был организован обучающий курс с целью изучения и популяризации передового опыта зарубежных стран. На тренинге была дана информация по вопросам оценивания, позитивной культуры в классе, подготовки уроков и порядка проведения уроков в сфере школьного образования Сингапура. Было подчеркнуто, что творческий потенциал учителя в ходе урока, а также используемые им практические задания еще больше повысят уровень знаний учащихся.

📝 Данный тренинг представлял собой процесс обмена опытом для дальнейшего повышения профессионального потенциала всех педагогов, принявших в нем участие.‌‌

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv #trening

KASBIY RIVOJLANISH TAJRIBASI

🇺🇿 🇸🇬 Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida tabiiy fanlar yo'nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish yuzasidan Singapurlik xorijiy ekspertlar uchun ekskursiya tashkil etilib, tashrif buyuruvchilar bu bilim maskanidagi o'quv jarayonlari va o'quvchilar faoliyati bilan tanishgan edilar.

📆 Xorijiy davlatlarning ilg'or ish tajribalarini o'rganish va ommalashtirish maqsadida, 9-dekabr kuni, Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ingliz tili fani o’qituvchisi Sobirova Umida tomonidan o’quv treningi tashkil etildi.

Maxsus fan o'qituvchilari Singapur tajribasini o'rgangan holda ta'limga yangicha yondashuv mavzusida birgalikda mulohaza yuritib, pedagogik amaliyot haqida fikr almashdilar. Ustozlar pedagogik amaliyotning 4 ta asosiy ustuni - ijobiy sinfxona muhiti yaratish, darsga tayyorgarlik, dars jarayoni, baholash va feedback haqida qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo'lishdi va o'z pedagogik bilimlarini yanada boyitishdi.

‼️Shuningdek, xalqaro talablarga javob beradigan ta'lim tizimini yaratishda va o'quvchilarning xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erishishida ushbu 4 ta omilning ahamiyati muhimligi ham ta'kidlab o'tildi.

✔️Dars jarayonlaridagi o’qituvchining ijodiy salohiyati hamda qo’llagan amaliy topshiriqlari o’quvchilarning bilim saviyasini yanada oshirishi ta’kidlab o’tildi. Bu o'quv treningi unda ishtirok etgan barcha ustozlarning kasbiy salohiyatlarini yanada oshirish uchun tajriba almashinuv jarayoni bo'ldi.
_

ОПЫТ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ

🇺🇿🇸🇬 В специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми была организована экскурсия для иностранных специалистов из Сингапура в целях эффективной организации учебного процесса в области естественных наук.

📆 В целях изучения и популяризации передового опыта зарубежных стран 9 декабря был организован обучающий курс Собировой Умиды, преподавателя английского языка специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми.

Преподаватели специальных предметов обсудили новый подход к образованию, основанный на опыте Сингапура, и поделились идеями о педагогической практике. Учителя получили дополнительную информацию о 4 основных столпах педагогической практики – создании позитивной атмосферы в классе, подготовке урока, процессе урока, оценке и обратной связи, а также еще больше обогатили свои педагогические знания.

‼️Также была подчёркнута важность этих 4 факторов в создании системы образования, соответствующей международным требованиям и достижении высоких результатов в международных рейтингах.

✔️Подчеркнуто, что творческий потенциал учителя и практические задания, используемые ими в ходе урока, еще больше повысят уровень знаний учащихся. Данный тренинг представлял собой процесс обмена опытом для дальнейшего повышения профессионального потенциала всех педагогов, принявших в нем участие.‌‌
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv #trening

DUNYO, INSON, JAMIYAT

Barchamizga ma'lumki, bugungi zamonaviy ta'lim o'zining asosiy e'tiborini ushbu tushunchalarga qaratmoqda.

📝Ushbu maqsadni ko'zlagan holda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda fan ustozlari o'rtasida seminar-trening o'tkazildi.

Noixtisos fanlar bo'yicha o'tkazilgan treningda IB xalqaro dasturining asosiy tushunchalarini o'z ichiga olgan "Global kontekst" va uning amaliy natijalariga qaratilgan seminarlar o'qituvchilar o'rtasida har tomonlama keng fikr va mulohazalarga boy jarayonga aylanib ketdi.🌍

👐Maktab ustozlari juda muhim bilim va ko‘nikmalarni egallay oldilar va bu keyingi ish faoliyatlarida o‘z aksini topadi, dars samaradorligining yanada yuqori saviyada bo’lishida o’z hissasini qo’shadi degan umiddamiz.
-

МИР, ЧЕЛОВЕК, ОБЩЕСТВО

Как мы все знаем, сегодняшнее современное образование фокусируется на этих концепциях.

📝С этой целью был проведен семинар-тренинг среди преподавателей естественных наук в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми.

Семинар, посвящённый «Глобальному контексту» и его практическим результатам, включающим в себя основные концепции международной программы IB в обучении непрофильных предметов, превратился в процесс, полный разносторонних мыслей и размышлений среди преподавателей.🌍

👐Учителя школы смогли приобрести очень важные знания и навыки, и мы надеемся, что это отразится на их дальнейшей трудовой деятельности и будет способствовать более высокому уровню эффективности уроков.
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening #matematika

TAJRIBA ALMASHISH DAVOM ETADI

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” hamda “Umumiy matematika” kafedralari professor-o‘qituvchilarining ilg‘or ta’lim dasturlarini joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama tajriba almashish jarayonlari davom etmoqda.

📌 Maktabimizning matematika fan ustozlari bilan birga tashkil etilgan seminar-treningda universitet professor-o‘qituvchilaridan A. Akmalov , D. Abduvahobovlar tomonidan “Matematikani kasbiy sohalarga yo‘naltirib o‘qitish imkoniyati” mavzusida ma’ruzalar tinglandi.

Bunday treninglar fan ustozlarining kelgusidagi faoliyatlarida muhim amaliy ko‘nikma va malakalarining oshishiga sabab bo‘lsa, ajab emas.

Maktabimiz fan ustozlari uchun yana shunday tajriba almashish jarayonlari may oyida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening

BIZ BIR JAMOAMIZ!

🗓Joriy yilning 14-sentyabr kuni Muhammad al -Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tarbiyaviy tadbirlar doirasida "Biz bir jamoamiz!" trening - mashg‘uloti tashkil etildi.

📌Treningda “Xarakter va uni shakllanishi" mavzusi yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi, shuningdek , pedagogik jamoa o‘rtasida “Akvarium”, “Buzuq telefon” kabi shaxsning faolligini oshiruvchi turli mashqlar o‘tkazildi. Psixologik himoya va xulq-atvorni shakllantiruvchi bunday trening ishtirokchilarga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

Ishtirokchilar muammoli vaziyatlarni yechishni yengillashtiradigan bu kabi psixologik trening- mashg'ulotlarini muntazam ravishda tashkil etib borish taklifini bildirishdi.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening

LIDER VA UNGA XOS FAZILATLAR


⚡️Мuhammad al-Xorazmiy nomidagi иixtisoslashtirilgan maktabning liderlari bilan maktab psixologi tomonidan "Lider va unga xos fazilatlar" mavzusida trening tashkil qilindi.

⭐️Ushbu treningda "Ko'prik", "Аkvarium", "Mening o'rnim" nomli mashg'ulotlar interfaol usulda o'tkazildi; bu metodlar o'quvchilarda o'zgacha qiziqish uyg'otdi va tadbir qatnashchilarning kayfiyatini, motivatsiyasini  ko'tarishga xizmat qildi.
O'quvchilar liderlik borasida o'zlarining qiziqtirgan savollariga maktab psixologidan javob olishdi.

📌Ushbu treningni o'tkazishdan maqsad: Мaktab qadriyati va jamoa bo'lib ishlash ko'nikmasini shakllantirish uchun yordam berish.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik #trening

ART-TERAPIYA
TRENING MASHG’ULOTI

👦👦Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab psixologi va pedagog-tarbiyachilar hamkorligida 5-sinf o‘quvchilari uchun art-terapiya mashg‘uloti o‘tkazildi.

👩👦Ushbu motivatsion jarayon o'quvchilarga ranglar orqali ruhiyatini o'rganish hamda o'z-o'zini anglashiga va o'z hissiyotlarini namoyon etishlariga yordam berdi. Mashg’ulot davomida o'quvchilardagi stress va ruhiy tushkunlikni ketkazish maqsadida yorqin, tinchlantiruvchi ranglar va bo'yoqlardan foydalanildi.

💡Trening o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida hayotga bo‘lgan rang-barang qarashlarni shakllantirish, hayot go‘zallikka to‘la ekanligini, o‘zligini namoyon qilish va o‘z-o‘zini bilish qobilyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uyg‘unlashtirish edi.🤝
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik #trening

KASBIM-FAXRIM

🗓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab psixologi tomonidan oktyabr oyida o'quvchilar bilan "Halollik va axloqning kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida davra suhbatlarii tashkil etildi.

💭Davra suhbatida o'quvchilar kasb tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi va hozirgi kunda zamonaviy va milliy kasblarning ahamiyati haqida qizg'in bahs- munozaralar olib borildi.

📌Shuningdek, o'quvchilarga kasb tanlash to'g'risida zaruriy bilim va axborotlar berildi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Trening

PSIXOLOGIK
TRENING

🗓 5-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda psixolog tomonidan "Stresdan хoli maktab" nomli trening tashkil etildi. Ushbu tadbir maktab jamoasiga stressni kamaytirish, psixologik barqarorlikni oshirish va umumiy ish muhitini sog'lomlashtirishga qaratildi.

Mashg'ulotlarda psixolog Sh. Sultanova pedagog xodimlarga jamoaga yaqindan yondashish va maktab an'analarini mustahkamlash muhimligini tushuntirdi. U stressni yengish uchun qo'llaniladigan turli xil terapiya usullari haqida so'zlab berdi. Jumladan, qo'shiq, raqs, mutolaa, jismoniy mashqlar, meditatsiya va boshqa usullardan foydalanishning afzalliklari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, xodimlarga stressdan himoyalanish va uni profilaktika qilish bo'yicha foydali maslahatlar berildi.⭐️

⚡️Qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va kundalik faoliyatlariga psixologik jihatdan qanday yondashish mumkinligi borasida aniq tushunchaga ega bo'lishdi. Trening davomida olingan bilimlar ularga ish rejalari va jamoaviy munosabatlar uchun yangi motivatsiya berdi, shuningdek, professional o'sishga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirdi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_tuproq_kuni
#trening

EKOFAOL OʻQUVCHILAR UCHUN
TRENING

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻzaro hamkorlikda qoʻshma loyihalar, qiziqarli dasturlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

Xususan, 5-dekabr – Xalqaro tuproq kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorligida ekofaol oʻquvchilar uchun trening tashkil etildi.

Trening doirasida mazkur maktablar ekofaollari "Tuproqning tabiat va ekotizimdagi ahamiyati" mavzusida taqdimotlar oʻtkazdi. Oʻzaro muloqotda tuproqning ekologiya barqarorligidagi roli, o‘simlik va hayvonot olami rivojiga ta’siri, uni ifloslanishdan himoya qilish usullari muhokama qilinib, taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, ekofaol oʻquvchilar oʻz tengdoshlariga "Eco-schools Uzbekistan", "Yosh fermer" kabi loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab, ekomadaniyatni oshirish, atrof-muhit tozaligini saqlash, tabiatga gʻamxoʻrlik qilish borasida amaliy tavsiyalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube