Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.85K photos
692 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#ochiq #integratsion #dars

BUYUK ALLOMA VORISLARI

❗️O‘zbekning jahon tamaddunida o‘chmas iz qoldirgan buyuk farzandlari ko‘p. Bu yil Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-04 sinfida adabiyot va fizika fanlari doirasida integratsion ochiq dars o’tkazildi.

Dars davomida o’quvchilar Mirkarim Osimning “Jayhun ustida bulutlar” qissasisidan olingan parcha orqali Beruniyning Gʻaznaviylar davlati hukmdori Mahmud Gʻaznaviy (Abulqosim Mahmud ibn Sabuktegin) bilan qiziqarli ilmiy faktlar haqidagi suhbat jarayonlarini sahnalashtirishdi.

Shuningdek, sinf o’quvchilari Beruniyning asar nomlari bilan guruhlarini “Geodeziya”, “Minerologiya”, “Hindiston” va “Kanon Ma’sud” deb nomlab, 3-guruhga bo’linib allomaning matematika, falakkiyot, tibbiyot, falsafa, minerologiya, fizika kabi fanlarni , ya’ni oʻz davrining deyarli barcha fanlarini mukammal oʻrgangani sababli ilm-fanga qo’shgan hissasini amaliy va nazariy asoslar bilan yoritib berishdi.

O’quvchilarimiz mana shunday buyuk allomalarning vorislari ekanligini, ularga xos farzand bo’lib yetishishida bilim olishdagi harakatlarini davom ettirishlarini yana bir bor his qilishdi.

🔭🔭🔭

НАСЛЕДНИКИ ВЕЛИКОГО МЫСЛИТЕЛЯ

❗️ В этом году широко отмечается 1050-летие со дня рождения Абу Райхон Беруни.

В связи с этим был проведен открытый урок по литературе и физике в 9-04 классе специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми.

В ходе урока ученики провели беседу об интересных научных фактах о Махмуде Газневи (Абулкасим Махмуд ибн Сабуктегин), правителе газневидского государства во времена Беруни, основываясь на отрывки из рассказа Миркарима Асима «Облака над Джейхуном».

Также учащиеся класса, под названиями «Геодезия», «Минерология», «Индия» и «Канон Масуд» произведений Беруни, разделились на 3 группы по изучению математики, астрономии, медицины, философии, минералогии и физики.

Учёный в совершенстве изучил почти все науки своего времени, исходя из этого ученики рассказали его вклад в науку практическими и теоретическими основаниями.

Быть поколением таких великих учёных вселяет в учащихся чувство гордости и восхищения, что ещё больше стимулирует их учиться и совершенствовать свои знания.

Telegram |Facebook |Instagram |Web