Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.77K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Forum_mehmonlari_bilan_tanishtiramiz

Massachusets texnologiya instituti J-Wel ijrochi direktori hisoblanadi. Janob Vijay dunyoning bir qancha nufuzli tashkilotlarida, jumladan:

🔸Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) da o‘quv strategiyasi bo‘yicha maslahatchisi;
🔸AQShning Smisonian institutida Raqamli kelajak loyihasi bo‘yicha maslahatchisi;
🔸Hindiston Milliy bilimlar komissiyasining faxriy maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan.

✔️Shuningdek, UNESCOda ochiq ta'lim resurslari, texnologiyalar va siyosat strategiyalarini ishlab chiqish loyihasida ishtirok etga
n.

Vijay Kumarning ta'limda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish yo‘lidagi bu tashabbusi qirol Hamad Bin Iso al-Xalifa nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan.

⚡️Ma'lumot o'rnida, Massachusest instituti o'z yo'nalishida dunyoda birinchi o'rinda turadi.
_____
Vijay Kumar is currently the Executive Director of MIT J-WEL. He has been providing leadership for sustainable technology-enabled educational innovation at MIT.
#Forum_mehmonlari_bilan_tanishtiramiz

Stefaniya Jannini Italiya Piza universitetida tahsil olgan. Tilshunoslik bo‘yicha doktorlik darajasiga ega.

U 2013 – 2018 yillarda:

🔸Toskana provinsiyasida senator, ayni vaqtda “Italiya uchun fuqarolik tanlovi” fraksiyasi kotibi,
🔸Ta'lim, universitetlar va tadqiqotlar vaziri;
🔸Yevropaning tadqiqot, fan va innovasiyalar bo‘yicha komissari K. Medasning maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.

⚡️S. Jannini BMT tizimining ta'lim sohasidagi eng yuqori martabali shaxslaridan biri bo‘lib, bu boradagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shgan taniqli jahon siyosatchilaridan hisoblanadi. Faoliyati davomida asosiy inson huquqi sifatida ta'limni global darajada ilgari surishning faol tarafdori bo‘lib kelgan.

📍Stefaniya Janini hozirda 4-Barqaror rivojlanish maqsadidan kelib chiqadigan “Ta'lim-2030” kun tartibini amalga oshirishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish, UNESCO ta'lim sektorining strategik qarashlarini ishlab chiqish ishlariga rahbarlik qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

⚡️AGENTLIK TOMONIDAN TASHKIL ETILAYOTGAN XALQARO TA'LIM FORUMI DOIRASIDA AYNI PAYTDA TOSHKENTDA BO'LIB TURGAN MEHMONLARNING TA'LIM BORASIDAGI FIKRLARI

🔸 John Brisson - Massachusets Texnika instituti J-Wel Oliy ta'lim bo‘yicha maslahat kengashi raisi, professor.

- Prezident tashabbusi bn tashkil etilgan mazkur maktablar loyihasini alohida e'tirof etishim kerak. Bu yerni bitirgan o‘quvchilar ertaga mamlakat uchun foydali kadrlar bo‘lib yetishadilar;

-- O‘zbekistonda ta'limni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor tahsinga sazovor;

- Ta'lim tizimi doimiy islohotlar va harakatni talab etadigan soha. Ta'lim doimo diqqat markazda bo‘lsagina katta natijalarga erishish mumkin;

- Innovatsiyalar yoshlar qo'li bilann yaratiladi. Chunki, innovatsiya chegara bilmas yoshlar ijodidir
.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot va [email protected] orqali yo’llang!
Forwarded from Hilola Umarova
#Forum_mehmonlari_bilan_tanishtiramiz

Agentligimiz tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro ta'lim forumiga o’z yo'nalishi bo’yicha dunyoda
1-o’rinni egallab turgan Massachucets texnologiya instituti, Xalqaro Oliy ta'lim muassasalari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti, Myunxen Texnika Universiteti, Cambridge Assessment, TUM International tashkiloti va Nottingem universitetlari ishtiroki kutilmoqda.

Xalqaro ta'lim forumi 24-25-noyabr kunlari bo’lib o’tadi.
#Forum_mehmonlari_bilan_tanishtiramiz

Volfgang A. Herman Myunxen Texnika Universiteti faxriy prezidenti, "Yangi O‘zbekiston" universiteti faxriy rektori.

🔸 2002 – 2004 yillarda Bavariya universiteti rektorlari konferensiyasi raisi
🔸 2007 yil Saudiya Arabistonida Qirol Abdulla Fan va Texnologiya Universiteti Xalqaro maslahat kengashi (KAUST) a'zosi
🔸 2008 – 2014 yillarda Yevropa innovasiyalar va texnologiyalar instituti boshqaruv kengashi a'zosi sifatida faoliyat olib borgan.

⚡️ Professor Herman noorganik va metallorganik kimyo sohasida ilmiy izlanishlar olib boradi.

U ko‘plab akademik jamiyatlar, jumladan:

- Leopoldina, Acatech, Shvesiya Qirollik muhandislik fanlari akademiyasi, Mayns adabiyot va fanlar akademiyasi a'zosi,
- Germaniya va boshqa mamlakatlardagi 13 ta universitetning faxriy doktori
- ISI (Internasional Scientific Index) reytingiga ko‘ra, eng ko‘p tilga olingan nemis kimyogarlaridan biri
- 800 dan ortiq ilmiy maqolalar va 80 ga yaqin patentlar muallifidir.

👉https://eduforum.uz/
Forwarded from Hilola Umarova
#Forum_mehmonlari_bilan_tanishtiramiz

Agentligimiz tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro ta'lim forumiga o’z yo'nalishi bo’yicha dunyoda
1-o’rinni egallab turgan Massachucets texnologiya instituti, Xalqaro Oliy ta'lim muassasalari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti, Myunxen Texnika Universiteti, Cambridge Assessment, TUM International tashkiloti va Nottingem universitetlari ishtiroki kutilmoqda.

Xalqaro ta'lim forumi 24-25-noyabr kunlari bo’lib o’tadi.

Forum yangiliklari: https://eduforum.uz/
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

⚡️"YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETI DUNYONING BOSHQA HUDUDLARI UCHUN HAM O‘ZIGA XOS MODELGA AYLANA OLADI

Vijay MS Kumar,
Massachusest Texnologiya Instituti (MIT) J-WEL direktori

- O'zbekistonga kelganimga atigi bir kun bo‘ldi, ammo allaqachon bir olam tassurotga egaman;.

- Bizning tashkilotimiz butun dunyoda ta'limni ijobiy tomonga o‘zgartirish va shakllantirishda ishtirok etadi. Bunda xalqaro hamkorlar bilan ishlaymiz, shulardan biri "Yangi O‘zbekiston" universitetidir.

- "Yangi O‘zbekiston" universiteti nafaqat O'zbekistonda, balki dunyoning boshqa hududlari uchun ham o‘ziga xos modelga aylana oladi. Tabiiyki, bu vaqt talab etadigan jarayondir.

- Biz mazkur universitet bilan o'quv dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bunda o'zimizning eng yaxshi tajribalarimizni 'Yangi O‘zbekiston" bilan bo'lishamiz.

Forum yangiliklari: https://eduforum.uz/
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Jana Legtenborg,
TUM International
Biznes taraqqiyoti bo’limi rahbari
,

- O‘zbekistonda ikkinchi marta bo‘lishim. Har safar bu mamlakatni yanada yaxshiroq o‘rganyapman. E'tirof etishim kerak, birinchi sayohatimdayoq O‘zbekiston va o‘zbekistonliklar menda juda yaxshi taassurot qoldirgan.

Biz hozirda "Yangi O‘zbekiston" universiteti bilan birgalikda seminar-treninglar o‘tkazyapmiz. Ularda asosiy e'tibor innovasion eko-tizimlar mavzusiga qaratilgan. Chunki, universitetlar eko-tizimning bir bo‘lagidir. Biz shu yo‘lda muvaffaqiyatga erishish uchun hamkorlar bilan ishlaymiz.

Biz "Yangi O‘zbekiston" universiteti bilan o‘qish, o‘rganish, tadqiqotlar olib borishning yangi platformasini yaratish yo‘lida hamkorlik qilmoqdamiz. Kelajakda ham ko‘plab loyihalar amalga oshirilishiga umid qilaman.

"Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalari o‘qishga, o‘rganishga juda chanqoq. Bu yerda mahalliy mutaxassislar bilan yelkama-elka ishlash chin ma'noda ajoyib bo‘ldi.
#xalqaro #forum

“Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumining 2-kuni boshlandi.

☑️ Ayni damda ta’lim sohasidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni maqsad qilgan va dunyoning yuqori nufuzga ega ta’lim tashkilotlari vakillari hamda mutaxassislarini jalb qilgan “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” deb nomlangan xalqaro ta’lim forumining ikkinchi kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati. ©️

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#international #forum #IT #exhibition

🎥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumida loyihalar ko’rgazmasi bilan qatnashishdi.

🔝 Videolavha 📹

p. s. Video muallifi 10-01-sinf o’quvchisi Nosirov Muxriddin.

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati. ©️

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
“Ziyolilar School” almanaxi uchun saralab olingan 100 nafar iqtidorli o‘quvchi bilan tanishing Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarni saralab olgani…
#Ziyo #forum #al #Xorazmiy #Ziyolilari

ZIYOLILAR SCHOOL

☄️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarni saralab oldi.

Bugungi kunda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan 100 nafar o‘quvchi bilan kitobni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

💬 Kitob tayyor holatga kelganida ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi bilan birgalikda o‘quvchilar uchun taqdimot tashkil etiladi.

“Ziyolilar School” almanaxi uchun saralab olingan 100 nafar iqtidorli o`quvchilar orasida maktabimiz o`quvchilarining ham borligi bizni g`ururlantirdi.

✔️ Zohidjonov Elbek Elmurod o`g`li;
✔️ Temur Nurimov Abdullo o`g`li;
✔️ Axtamov Ozozdbek To`lqinovich;
✔️ Usmonova Azizabonu Abrorjon qizi;
✔️Sunnatov Asilbek G`ofurjon o`g`li;
✔️Azamov Muzaffar Ulug`bek o`g`li.

Ilm dargohimizning eng faol, iqtidorli, zukko, tashabbuskor o'quvchilari Ziyolilar to'plami qahramoniga aylandi.👈

‼️ Bilim-kuch, kuch esa bilimda ekanligiga amal qiladigan o`quvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz, o‘qishlarida yana yangi bilim cho‘qqilarini zabt etishida omadlar tilaymiz!
___________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM