Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.73K subscribers
9.87K photos
694 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Digital_generation_ladies
#Taqdirlash_marosimi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari va "Digital Generation Uzbekistan" tomonidan tashkil etilgan "Raqamli avlod qizlari-2022" IT oromgohining yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- O'z ustingizda tinimsiz ishlashga bo'lgan intilishingiz tahsinga sazovor, aziz qizlar. "Raqamli avlod qizlari" bu yil ikkinchi marta o'tkazilmoqda va quvonarlisi, biz bu yil yanada ko'proq ishtirokchilarni qamrab ololdik. Umid qilamanki, siz bu yerda o'rganganlaringizni boshqa qizlarga ham o'rgatasiz. Bu yo'lda barchangizga muvaffaqiyat yor bo'lsin.

✔️Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi va eng yaxshi loyiha mualliflari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

📌Eslatib o'tamiz, "Raqamli avlod-2022" IT tadbiri 28-fevral-4-mart kunlari bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar 5 ta yo'nalish bo'yicha tahsil olishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod_oromgohi
#Taqdirlash_marosimi

📌30-avgust kuni "Raqamli avlod-2022” IT oromgohi doirasida ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berib, barcha qatnashchilarni samimiy tabrikladi:

- Inklyuziv IT oromgoh doirasida har biringiz katta natijalarni qo’lga kiritganingizga aminman. Eng muhimi yangi do'stlar, tajriba orttirdingiz. Umid qilamanki, bu yerda o’zlashtirgan bilimlaringiz sizga albatta foyda keltiradi. Omad yor bo’lsin, aziz yoshlar!

🔹
Mazkur oromgoh orqali o’quvchilarning IT sohasiga va zamonaviy kasblarga bo’lgan qiziqishlari yanada ortib, bilim olishga bo’lgan intilishlari yuqori ekanligiga va o’z tengdoshlari qatori o’ziga bo’lgan ishonchi borligiga yana bir bor amin bo’lindi.

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

__
Digital Generation Uzbekistan
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

❗️ Unda O’zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 6 ta kumush, 13 ta bronza medalini qo’lga kiritdi.

✔️ Olimpiada 2 bosqichda bo’lib o’tib, unda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan 70 nafar ishtirokchilar o’zaro kuch sinashishdi.

👉 G’olib jamoalar haqida saytimizda o’qing: https://uzedu.uz/uz/news/1094

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini
taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.

❗️
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 13 nafar o’quvchimizni taqdirladi.

✔️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq:

🥇 oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m);
🥈kumush medal uchun — o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m),
🥉bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

📍 Tadbir davom etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.

⚡️ Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g’oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmon Ibrohimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, akademik Abdulla A’zamov tomonidan taqdirlandi.

❗️Ma'lumot o'rnida, bu yil o'quvchilarimiz mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda esa jami 52 ta medalni qo'lga kiritishgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj

2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini
taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
_______

⚡️
Фоторепортаж с церемонии награждения учащихся-победителей престижных и региональных международных предметных олимпиад в 2022/2023 учебном году и их преподавателей.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi

Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida oʻquvchilarimiz 30 ta medalni qoʻlga kiritdi

Poytaxtimizdagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻtkazilgan tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev ishtirok etdi.

14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur olimpiada musobaqasi Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazildi. Unda 15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari (120 nafardan ortiq) ishtirok etdi.

⚡️ Olimpiadada bahslari yozma ish shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilarga 2 turdan iborat bahslarda 4 tadan, jami 8 ta masala berildi. Har bir masala 10 ball, umumiy 80 ball bilan baholandi.

Hakamlar hayʼati qaroriga binoan, jami 55 nafar, jumladan:

10 nafar ishtirokchi — oltin medal;

19 nafar ishtirokchi — kumush medal;

26 nafar ishtirokchi — bronza medallari
bilan taqdirlandi.

❗️ Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 13 ta kumush, 15 ta bronza, jami 30 medalni qoʻlga kiritishdi.

👉 Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi gʻoliblarining toʻliq roʻyxati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fotoreportaj
#taqdirlash_marosimi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tgan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari gʻoliblari va ularning ustozlarini taqdirlash marosimida maktab bo'ylab ekskursiya ham tashkil etildi.

📍 Jarayonlar hamda taqdirlash marosimining eng esda qolarli lahzalaridan fotoreportaj.
___________
👉 Tadbir haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1828

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM