Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.68K subscribers
9.83K photos
691 videos
138 files
3K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Sirius #Sochi #Informatika

"INFORMATIKA. YOSHLAR" TA'LIM DASTURI

🚀"Sirius" ta'lim markazi "Iste'dod va muvaffaqiyat" ta'lim jamg'armasi tomonidan Olimpiya infratuzilmasi negizida yaratilgan. Jamg‘arma 2014-yil 24-dekabrda Rossiyaning taniqli fan, sport va san’at namoyandalari tomonidan tashkil etilgan.

💻Har yili ushbu tashkilot turli xil olimpiadalar o'tkazadi, ulardan biri "Informatika. Yoshlar" ta'lim dasturidir. Ushbu dasturning saralash bosqichida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilishning navbatdagi sanasi 2023-yil 28-fevralgacha ochiq. Dasturda faqat ro'yxatdan o'tgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin.

📲Savollar bilan [email protected] manziliga murojaat qiling.

Ta'lim dasturida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlari, shuningdek, Abxaziya Respublikasi va Janubiy Osetiya Respublikasining barcha sub'ektlarining ta'lim tashkilotlarining 6-8-sinf o'quvchilari taklif etiladi.

Ta'lim dasturi ishtirokchilari ro'yxati 2023 yil 27 apreldan kechiktirmay e'lon qilinadi.

Ro'yxatdan o'tish va qo'shimcha ma'lumot bu yerda.

➡️

ОБРАЗОВАТЕЛЬНАЯ ПРОГРАММА «ИНФОРМАТИКА. ЮНИОРЫ»

🚀Образовательный центр «Сириус» создан Образовательным Фондом «Талант и успех» на базе олимпийской инфраструктуры. Фонд учрежден 24 декабря 2014 г. выдающимися российскими деятелями науки, спорта и искусства.

💻Ежегодно данная организация проводит различные Олимпиады, одна из них Образовательная программа "Информатика. Юниоры". Очередной приём заявок для участия в конкурсном отборе данной программы открыт до 28 февраля 2023 года. К участию в программе допускаются только зарегистрировавшиеся школьники.

📲По вопросам участия в программе просим обращаться по адресу [email protected].

К участию в образовательной программе приглашаются школьники 6-8 классов образовательных организаций всех субъектов Российской Федерации и стран СНГ, а также Республики Абхазия и Республики Южная Осетия.

Список участников образовательной программы будет опубликован не позднее 27 апреля 2023 года.

Подробная информация и регистрация здесь.

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sirius #Sochi
#Butunjahon_yoshlar_festivali

Butunjahon yoshlar festivalidan Sirius yangiliklari
_

📣 Xabaringiz bor, Butunjahon yoshlar festivalida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabdan maktabimiz Prezidenti Almurotov Dilbek ishtirok etmoqda.

📚 📚Festival doirasida Sirius kutubxonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida nashriyotlar vakillari, xorijiy delegatsiyalar, viloyatlar rahbarlari va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Ochilishda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Sergey Kiriyenko ham so‘zga chiqdi.

👾Sirius universiteti tomonidan festival ishtirokchilari uchun «Большие вызовы» xakatonini o‘tkazishdi.

🏒Bundan tashqari, ishtirokchilar “Льдинка” muz saroyiga sayohat qilishib, sportning hokkey turida ham o‘zlarini sinab ko‘rdilar. Tadbirda Kozlov Oleg Nikolayevich tomonidan o'tkazilgan mahorat darslarida ishtirok etishdi. 🥶

🌴Festival ishtirokchilari birgalikda Sirius eko-yo‘li bo‘ylab piyoda sayohatga chiqishdi. 300 metr balandlikdagi tog'lar bo'ylab olti kilometr va milliy bog'ning eng go'zal joylari bo'ylab to'rt soatdan ortiq piyoda yurish davomida ishtirokchilar yetarlicha taassurotlarga ega bo'ldilar!

🤩🤩Ishtirokchilar Sirius universiteti tomonidan ishlab chiqilgan ekoturizmni rivojlantirish loyihasining bir qismi bo‘lgan ushbu eko-yo'lning bir qismini birinchi bo'lib sayohat qilishga muyassar bo‘ldilar.
____
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sochi

XALQARO HAMKORLIK

🇺🇿🇷🇺10-30 sentabr kunlari Sochi shahrida joylashgan “Орлёнок'' bolalar dam olish oramgohida «Территория детства» loyihasi bo'lib o`tmoqda. Ushbu loyiha АНО Евразия tomonidan tashkil etilgan bo'lib, unda 5 ta davlatdan (O'zbekiston, Qirg'iziston, Armaniston, Moldova, Belarus) 50 dan ziyod yoshlar ishtirok etmoqda. Ular orasida maktabimizning 10-04 sinf o'quvchisi Xujayev Sunnatilloning ham borligi bizni juda quvontirdi.

Loyiha davomida qatnashuvchilar o'zaro tanishadilar, tajriba almashishib o`z malakalarini oshirishadi. Loyihada o`quvchilar uchun har xil qiziqarli va dolzarb mavzularda xorijiy ekspertlar tomonidan semenarlar tashkil etilgan bo`lib, bu esa ularning yanada o`z ustida ishlashiga, yangi-yangi loyihalarni yaratishga yo`l ochishiga sabab bo`la oladi.

Biz ham o‘z navbatida o’quvchimiz xalqimiz madaniyatining bir bo’lagini taqdim qilib dunyo xalqlari orasida o‘ziga xosligimizni namoyon qilishiga ishonamiz!
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM