Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.76K subscribers
9.67K photos
676 videos
138 files
2.96K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#IT #School #Design #Contest

IT-
SCHOOL DESIGN CONTEST

🗿Antik davr va oʻrta asrlarda paydo boʻlgan grafik dizayn 19-asrda Gʻarbda alohida kasb sifatida paydo boʻldi va uning evolyutsiyasi 20-asrda tobora oʻsishiga imkon yaraldi. Bugungi kunda axborot almashinuvining jadal va ommaviy oʻsishini hisobga olgan holda, tajribali dizaynerlarga boʻlgan talab, ayniqsa, har qachongidan ham ortib bormoqda. Va bunga yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ularni ishlab chiquvchi muhandislarning vakolatidan tashqari, inson omillariga eʼtibor berish zarurati sabab boʻlmoqda.

9-10-11-sinf oʻquvchilari o’rtasida ushbu yo'nalish boʻyicha ilk marotaba oʻtkazilayotgan "IT-School Design Contest" tanlovi bo’lib o’tdi.

Tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 9-10-11-sinf oʻquvchilari qatnashishdi.
Tanlov 2 bosqichda bo'lib,1-bosqich online tarzda oʻtkazilib, ishtirokchilarga vazifani bajarib topshirish uchun 72 soat vaqt ajratildi.
Final bosqichida esa oʻquvchilar topshirgan ishlari boʻyicha suhbatdan oʻtishdi.

Tanlov ishtirokchilarining ishlari ko’rib chiqilgach g'oliblar aniqlandi:
🥇-o'rin: Abdullayev Javohir
🥈-o'rin: Axmedov Asadbek
🥉-o'rin: Tursunov Abdurazzoq

🏆Tanlov g'oliblarini tabriklaymiz va kelajakda hayotning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarini rivojlantirishga hissa qo'shadigan soha vakillari bo’lishini tilab qolamiz❗️

🟣🟣🟣

IT-SCHOOL DESIGN CONTEST

🗿Зародившись в античности и средневековье, графический дизайн стал отдельной профессией на Западе в 19 веке, и его эволюция продолжилась в 20 веке. Учитывая быстрый и массовый рост обмена информацией сегодня, спрос на опытных дизайнеров особенно высок, как никогда. И вызвано это развитием новых технологий и необходимостью уделять внимание человеческому фактору, помимо компетенции инженеров, которые их разрабатывают.

Среди учащихся 9-10-11 классов впервые провели "IT-School Design Contest".

В конкурсе приняли участие учащиеся 9-10-11 классов специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми.
Соревнование состояло из 2-х этапов, 1-й этап проходил онлайн, на выполнение задания участникам отводилось 72 часа.
На заключительном этапе школьники рассказали об их портфолио.

После просмотра работ конкурсантов были определены победители:
🥇 место: Абдуллаев Жовохир
🥈 место: Ахмедов Асадбек
🥉 место: Турсунов Абдураззок

🏆Поздравляем победителей конкурса и желаем им и впредь быть представителями отрасли, вносящими вклад в развитие социально-экономической и культурной сфер жизни!❗️

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#proud #of #al #Khwarizmi #school #SAT #IELTS #Sarvarbek #Sayfitdinov #frilanser #AI #programmer #inventor #winner

BIZNING ILG'ORLAR

🏆Sarvarbek Sayfitdinov, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-04-sinf o'quvchisi, "Sun'iy intelekt" klubi sardori xalqaro SAT – Scholastic Aptitude Test, "akademik baholash testi" da qatnashib (1420 ball) va IELTS sertifikatini 7.0 ball bilan qo‘lga kiritdi.

Sarvarbek Sayfitdinov o’z qiziqqan yo’nalishi bo’yicha ko'plab tanlov va musobaqalarda ishtirok etib, muvaffaqiyatlarga erishgan.

Jumladan, Sarvarbek:
🎖IPhO 2019 ishtirokchisi;
🥇2020 yil PIIMA tomonidan uyushtirilgan informatika bo'yicha olimpiadasida faxrli 1-o'rin sohibi;
🥈2021 yilda o'tkazilgan informatika bo'yicha shahar olimpiadasida faxrli 2-o'rin sohibi;
🥈Bank Moliya akademiyasi hakatonida 2-o'rin sohibi;
🧑🏻‍💼Toshkent Yoshlar forumi 2021 ishtirokchisi;
🦾Astrum Hack2022 hakatoni faol ishtirokchisi;
🎗EPAM kompaniysida volontyor;
🥇Stol tennisi bo'yicha oltin medal sohibi;
🏆Suzish boyicha 2ta oltin va 1ta kumush medal sohibi;
🧑‍💻Maktabdagi "Sun'iy intelekt" klubi sardori;
⌨️💻"Face ID" va "Distansion klaviatura"loyihalar muallifi;

Yangi zafar muborak bo‘lsin, Sarvarbek! 🤩

-

ДОСТИЖЕНИЯ УЧАЩИХСЯ

🏆Сарварбек Сайфитдинов, учащийся 10-04 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми при Агентстве специализированных образовательных учреждений, лидер клуба «Искусственный интеллект», принял участие в международном SAT - Scholastic Aptitude Test, «академический оценочный тест» (1420 баллов), также он получил сертификат IELTS с баллом 7,0.

Сарварбек Сайфитдинов участвовал во многих конкурсах и соревнованиях по интересующей его специальности и в большинстве из них добился успеха.

В частности он:
🎖Участник IPhO 2019;
🥇 Обладатель 1-места 2020 года олимпиады по информатике, организованной PIIMA;
🥈 Обладатель 2 места городской олимпиады по информатике 2021 года;
🥈 Обладатель 2 места на хакатоне Bank Finance Academy;
🧑🏻‍💼 Участник Ташкентского молодёжного форума 2021;
🦾 Активный участник хакатона Astrum Hack2022;
🎗 Волонтёр компании EPAM;
🥇 Призёр золотой медали по настольному теннису;
🏆 Обладатель 2 золотых и 1 серебряной медали по плаванию;
🧑‍💻 Лидер клуба «Искусственный интеллект» в школе;
⌨️💻 Автор проектов «Face ID» и «Дистанционная клавиатура»;

Желаем тебе удачи, Сарварбек! 🤩

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Pace #Wingate #Lewis #Arizona #SRH #Berlin #University #Berlin #School #Haarlem

🇺🇿YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI – ISTIQBOLIMIZ POYDEVORI

Biz o‘zbek yoshlari, Vatan yoshlari,
Vatan taqdiriga taqdirdosh nasl.
Millatning bir jon-u bir tan yoshlari,
Buyuk kelajakka daxldor, mas’ul!

📣Xorijiy tillarga bo'lgan e'tibor bois yoshlarimiz orasida davlat grantlari asosida xorijiy mamlakatlarda o'qish imkoniyatlarini qo'lga kiritishyapti. Muhammad al-Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabning ana shunday iqtidorli oquvchilaridan biri Qozoqjonov Azizbek. O`quvchimiz nufuzli xorijiy universitetlar grantlari sohibi bo‘ldi.

Jumladan,
😂Pace University - $68000;
😂Wingate - $108000;
😂Lewis University $68000;
😂Arizona State University - $40000;
😂SRH Berlin University of Applied Sciences,Germany;
😂Berlin School of Technology;
😂Haarlem Campus, Netherlands;
😂Pennsylvania State University;
😂University of Alabama;
😂University of Kentucky.

Shuningdek, informatika fanidan viloyat olimpiadalarda oltin hamda kumush medallar sohibi.🥇🥈

Yurtimizning kelajagi , yurtimiz taraqqiyoti bilimli yoshlar qoʻlida!
Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasi bu.

Unutmang, yangi Oʻzbekiston yoshlari - kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori.
_
🇺🇿 МОЛОДЁЖЬ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА - БУДУЩЕЕ СТРАНЫ

Мой тёплый край, моя любовь!
Тебе мой ум, и плоть, и кровь!
Тебе мой труд, стремленье, страсть!
Возми же, всё тебе во власть!

📣 Благодаря вниманию к иностранным языкам у нашей молодёжи появляется возможность учиться в зарубежных странах на основе государственных грантов. Одним из таких талантливых учеников специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми является Азизбек Казогжонов. Наш ученик получил гранты от престижных зарубежных университетов.

Включая:
😂Pace University - $68000;
😂Wingate - $108000;
😂Lewis University $68000;
😂Arizona State University - $40000;
😂SRH Berlin University of Applied Sciences,Germany;
😂Berlin School of Technology;
😂Haarlem Campus, Netherlands;
😂Pennsylvania State University;
😂University of Alabama;
😂University of Kentucky.

Также он является обладателем золотых и серебряных медалей областных олимпиад по информатике.🥇🥈

Будущее нашей страны, развитие нашего государства в руках образованной молодёжи! Это благодаря заботы и внимания к молодому поколению, которому сегодня уделяется большое внимание.

Молодёжь нового Узбекистана – это основа нашего будущего.

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Cincinnati #Howard #SRH #Berlin #University #Berlin #School #Haarlem

BILIM — KUCHDA, KUCH — BILIMDA

Bilim olish shunday bir cho‘qqidirki, qancha harakat qilsang ham uni zabt etishing qiyin. Lekin yuqoridan pastga qarasang atrof-muhit naqadar chiroyli aks etayotganini ko‘rib, cho‘qqini zabt etish ishtiyoqi kuchayadi. Bilim olishda ham inson erishayotgan yutuqlaridan quvonib, yangi-yangi marralar sari olg‘a qadam tashlaydi.

📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-04 sinf o’quvchisi Saidahmedov Javohir ham ilmning baland cho‘qqilari sari intilayotgan yoshlardandir. U nufuzli xorijiy universitetlardan oʻqishga qabul xatlarini qoʻlga kiritmoqda.

✔️University of Cincinnati;
✔️Wingate;
✔️SRH Berlin University of Applied Sciences (Berlin, Dresden, Hamburg);
✔️SRH Haarlem Campus (Netherlands);
✔️Berlin School of Technology;
✔️University of Kentucky;
✔️Haarlem Campus (Netherlands);
✔️Howard University.

☄️Javohirga bundanda yuksak parvozlar tilab qolamiz!
-
СИЛА - В ЗНАНИИ, ЗНАНИЯ - В КНИГАХ

Приобретение знаний – это трудный путь, требующий кропотливую работу. Но чувство победы и покорения этих трудностей даёт человеку неимоверное восхищение и блаженство. Приобретая знания, человек радуется своим достижениям и делает шаг вперед к новым целям.

📣Саидахмедов Жовохир, учащийся 11-04 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми, является одним из наших учащихся, стремящихся к вершинам науки. Он получает письма о зачислении в престижные зарубежные университеты.

✔️University of Cincinnati;
✔️Wingate;
✔️SRH Berlin University of Applied Sciences (Berlin, Dresden, Hamburg);
✔️SRH Haarlem Campus (Netherlands);
✔️Berlin School of Technology;
✔️University of Kentucky;
✔️Haarlem Campus (Netherlands);
✔️Howard University.

☄️Желаем нашему выпускнику еще больших достижений!

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IT #School #quiz #natija

IT-SCHOOL QUIZ NATIJALARI

🚀2023-yil 17-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 9-10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "IT-SCHOOL QUIZ" viktorinasi tashkil etildi.

Musobaqa davomida bilimdon o'quvchilar o'z bilimlari bilan kuch sinashdilar. Bellashuv bahs-munozara boy tarzda bo'lib o'tdi. Qizg'in raqobat ostida o'tgan bellashuv yakunida sinflar kesimida g'oliblar aniqlandi:
🥇 11-05-sinf o'quvchilari;
🥈 10-04-sinf o'quvchilari;
🥉 9-03-sinf o'quvchilari.

🏆G'oliblarni tabriklaymiz va ularga yangi zafarlar tilab qolamiz!
—————
IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ted #education #al #Khwarizmi #school

TEDED AL-KHWARIZMI

📹 “Ted education al -Khwarizmi” loyihasining yakuniy taqdimot bosqichidan videolavha. ❤️

Yangi mavsumda yangi chehralar bilan ko’rishguncha!🔥
-

TED-ED Al-Khwarizmi

📹 Видео с финальной презентации проекта Ted Education al-Khwarizmi.❤️

До встречи в новом сезоне с новыми участниками!‌‌🔥
___________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ilmiy #konferensiya #IT #School
#diffusion #fundamentals

XALQARO TAJRIBA ALMASHINUVI

⚡️ Bir necha kundirki “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi davom etmoqda. 8-sentabr kuniga qadar davom etadigan ushbu konferensiya mamlakatimiz ta'lim sohasidagi xalqaro tajriba almashinuvi va yangicha yondashuv samarasi o'laroq tashkil etildi.

📆7-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ushbu konferensiya doirasida Kimyo seminari o'tkazildi.

Seminarda Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan. maktablarning bitiruvchilari ishtirok etdi.Qizg'in davom etgan uchrashuvda Diffusion Fundamentals-X dasturlari haqida ma'lumotlar berildi.

✔️Shuningdek, imtihon jarayoni bilan bog'liq axborotlarning berilishi qatnashchilarda katta taassurot uyg'otdi. Seminar yakunida maktab bo'ylab kampus tur tashkil etildi.

Seminarda Buyuk Britaniyaning University College London oliy o‘quv yurti kimyo fanlari doktori, professor Mark-Olivyer Koppens ishtirok etdi.
-

ОБМЕН МЕЖДУНАРОДНЫМ ОПЫТОМ

⚡️В Университете «Новый Узбекистан» уже несколько дней проходит Международная научная конференция "Diffusion Fundamentals-X". Данная конференция, которая продлится до 8 сентября, организована для обмена международным опытом и нового подхода в сфере образования нашей страны.

📆 7 сентября, в рамках данной конференции в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми прошёл семинар по химии.

На семинаре приняли участие выпускники Президентских и Специализированных школ при системе Агентства. На оживлённой дискуссии были представлены программы Diffusion Fundamentals-X.

✔️Также большое впечатление на участников произвела информация, связанная с экзаменационным процессом.
По окончании семинара была организована экскурсия по территории школы.

В семинаре принял участие профессор Марк-Оливье Коппенс, доктор химических наук University College London, Великобритания.‌‌
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#al #Khwarizmi #school #IELTS

YUTUQLARIMIZ SONI ORTMOQDA

🇺🇿 Yosh avlodga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi tufayli maqsadlari sari ildam qadam tashlayotgan o‘quvchilar safiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9- 03 sinf o‘quvchisi Raxmonova Farangiz ham qo‘shildi. Farangiz Xalqaro IELTS imtihonidan 7,5 ballni qo‘lga kiritdi.

⚡️Farangizni bunday natijaga erishganligi bilan chin dildan tabriklaymiz. Kelajakda bundan-da yuqori natijalarni qo‘lga kiritishiga tilakdoshmiz.
-
КОЛИЧЕСТВО НАШИХ ДОСТИЖЕНИЙ РАСТЁТ

🇺🇿 Рахмонова Фарангиз, ученица 9-03 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми, пополнила ряды учащихся, которые эффективно используют возможности, созданные для молодого поколения, и движутся к своим целям благодаря своему интересу в изучении языка. Фарангиз набрала 7,5 баллов на международном экзамене IELTS.

⚡️Мы искренне поздравляем её с достижением такого результата. Желаем ей в будущем добиться еще более высоких результатов.‌‌
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school

NAZORAT IMTIHONLARI

📆CHSB(Chorak bo‘yicha summativ baholash) agentlik tasarrufidagi barcha maktablar qatori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi istisoslashtirilgan maktabda ham o‘tkazildi.

O'quvchilar CHSB imtihonlarini uch navbatda, belgilangan jadval va nazoratchi o'qituvchilar hamrohligida ixtisoslik fanlaridan online, kompyuterda test sinovlarini topshirishdi. 🔗💻

❗️Yana bir muhim jihati, ushbu jarayonni tashkil etishda o’quvchilarga olgan bilimlarini eslash, takrorlash va o’z ustida yetarlicha ishlashlari uchun barcha fanlar kesimida namunaviy CHSB savollaridan foydalanildi.📎

✔️Har bir o'quvchimizga chorak davomida olgan bilimlari albatta qo'l keladi va a'lo baholar kalitini ochadi deya yaxshi niyat qilamiz.
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school
#birinchi #navbat

NAZORAT IMTIHONLARINING BIRINCHI NAVBATIDAN FOTOLAVHALAR

📆CHSB(Chorak bo‘yicha summativ baholash) agentlik tasarrufidagi barcha maktablar qatori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi istisoslashtirilgan maktabda ham o‘tkazilyapti.

O'quvchilar CHSB imtihonlarini uch navbatda, belgilangan jadval va nazoratchi o'qituvchilar hamrohligida ixtisoslik fanlaridan online, kompyuterda test sinovlarini topshirishadi. 🔗💻
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school
#ikkinchi #navbat

NAZORAT IMTIHONLARINING IKKINCHI NAVBATIDAN FOTOLAVHALAR

❤️‍🔥Ikkinchi navbat CHSB (Chorak bo‘yicha summativ baholash) nazorati maktabimizning 7-8-sinflarga tashkil etilyapti.

O'quvchilar CHSB imtihonlarini uch navbatda, belgilangan jadval va nazoratchi o'qituvchilar hamrohligida ixtisoslik fanlaridan online, kompyuterda test sinovlarini topshirishadi. 😊
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school
#uchinchi #navbat

O‘QUV YILI SARHISOBI


📣 Yangi baholash tizimida maktabimiz o’quvchilari chuqur va atroflicha bilim olishga, olgan bilimlarini hayotda qo’llay olib, mulohaza yuritishga harakat qilmoqdalar. Bugun 2023-2024-o‘quv yilining so‘nggi 4-chorak CHSB sinov testlarini topshirayotgan o‘quvchilarimizga yil davomida olgan bilimlari, albatta, foydali bo‘ladi va yaxshi natijalar tomon yetaklaydi.

O‘tib borayotgan o’quv yili qisqa vaqtdek tuyulsa-da, lekin o‘quvchilarimiz uchun samarali o‘tdi. Bu fikrimiz dalilini ChSB natijalari ko‘rsatadi, albatta. Ushbu natijalar esa keyingi o‘quv yili uchun ham yanada shijoat va kuch-g‘ayrat talab etsa ajab emas. 🔥

Maktabimizning barcha o‘quvchilariga omad tilaymiz! Maktabimiz bag`rida olgan bilimlaringiz sizlarga madadkor bo‘lsin⚠️
_______
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eco #school #al #Khwarizmi

ECO -
SCHOOLS UZBEKISTAN LOYIHASI

🇺🇿Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib Xalqaro ekologik ta’lim fondining
“Yashil bayroq” unvoniga sazovor bo‘lgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchi yoshlari bugungi kunda ko‘plab ekologik ixtirolar ustida ish olib bormoqda.

Maktabda tashkil etilgan ECO-UNION va INFINITY TEAM guruh a’zolari maktabda elektr energiyasi 🔋hamda suv 💧sarfi yuzasidan muammolarni yechish bo‘yicha turli loyihalar ustida faoliyat olib bormoqdalar.

🔥💥Maktab o‘quvchi yoshlarining 10 dan ortiq loyihalari orasida “Havoni namlantiruvchi qurilma” va “Havoning changini o‘lchovchi uskuna” yaratilishi hamda xalqaro tanlovlarda yuqori baholangan bu loyihalarning maktab sharoitida qo‘llanilayotganligi ayniqsa tahsinga sazovor.

🌲 Bundan tashqari, maktab issiqxonasining tashkil etilishi, issiqxonada yetishtirilgan sabzavot va ko‘katlarning maktab oshxonasiga topshirilishi bu yerda ekologik jarayonlarning naqadar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligidan dalolat beradi.

👀 Siz ham ko‘ring, maktabimiz o‘quvchi yoshlarining yangi loyihalariga o‘zingiz baho bering.

Jamoalarning bundan keying ishlarida doimo omad tilaymiz
❗️
_____
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#audit #eko #green #flag
#Zamin #fondi #Eco #school #Eco #Union #Infinity #team

EKOLOGIK FAOLIYAT AUDITI


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Zamin xalqaro jamoat fondi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi vakillaridan tuzilgan delegatsiya tashrif buyurdi.Ishchi guruh tomonidan "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida “Yashil bayroq” mukofotini qo’lga kiritgan ushbu maktabning eko-faoliyati auditi oʻtkazildi.

🌿🌱Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab eko qo'mitasi ko’plab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Maktabga tashrif buyurgan ishchi guruh a’zolari maktabning eko jamoasi tomonidan amalga oshirilgan loyihalar va tashabbuslar, o'quv va yotoqxona binolarida yaratilgan sharoitlar hamda issiqxona faoliyati, ajratilgan yer maydonlaridagi holat bilan tanishdilar.

📗Tashrif buyurgan delegatsiya a’zolariga maktab eko jamoasi o'z faoliyati yuzasidan tayyorlagan taqdimotni ham namoyish etdilar.✔️

💚 O’rganishlar natijasini kelgusi xabarda bilib olamiz. Bolalarga muvaffaqiyat tilab, maktabimizning “Xalqaro yashil maktab” maqomini himoya qilishda o'z hissasini qo'shgan maktab ma’muriyatiga, eko qo‘mita a’zolariga, barcha o'quvchilar, ustozlar, texnik xodimlarga, o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school #Informatika #axborot #texnologiyalari

⚠️ DIQQAT CHSB ⚠️

🧑‍💻👩‍💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning e-class platformasida 26-oktyabr kuni belgilangan jadval va nazoratchi o‘qituvchilar hamrohligida axborot - texnologiyalari fanidan 5-sinf o'quvchilari uchun test sinovlari bo‘lib o'tdi.

📌Eslatib o‘tamiz, matematika, fizika hamda ingliz tili fanlaridan 1-chorak yakuniga ko‘ra olinadigan CHSB nazorati 28-oktyabr kuni bo‘lib o'tadi!

CHSB imtihonlari,
5-6-sinflar hamda 11-01-sinfi uchun  8:30dan 11:00ga qadar;
7-8-sinflar hamda 11-02 va 11-04-sinflari uchun 11:00dan 13:30ga qadar;
9-10-sinflar hamda 11-03 va 11-05-sinflari uchun 14:00dan 16:30ga qadar online tarzda (test.apro.uz saytida) tashkil etiladi.

Test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishingiz soʻraladi!

Har bir o‘quvchimizga chorak davomida olgan bilimlari albatta qo‘l keladi va a'lo baholar kalitini ochadi deya ko‘zlangan natijalarni tilab qolamiz.

Esingizda bo‘lsin, imtihonlar faqat vaqtinchalik sinov bo‘lib, siz albatta ulardan muvaffaqiyatli o‘tasiz❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school

MAQSADLI SINOV


🗓28-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari uchun matematika, geometriya, fizika va ingliz tili fanlaridan 1-chorak yakuni bo'yicha CHSB nazorat sinovlari muvaffaqiyatli tashkil etildi! O‘quvchilarimiz belgilangan tartib va qat'iy nazorat ostida test.apro.uz platformasida onlayn tarzda test sinovlaridan o'tishdi.🖥

✔️CHSB imtihonlari turli sinflar uchun maxsus vaqt oralig‘ida o‘tkazilib, o'quvchilarimiz chorak davomida olgan bilim va ko'nikmalarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Test sinovlari orqali ko‘plab o‘quvchilarimiz yuqori natijalar ko‘rsatib, a'lo baholar bilan muvaffaqiyat qozonishdi.

Aziz o‘quvchilar, sizning intilishlaringiz va mehnatingizning samarasi barchamizni quvontirmoqda! Ilm-fan cho‘qqilarini zabt etishda hech qachon to‘xtamang, o‘zingizga va bilimlaringizga ishoning❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school
#birinchi #navbat

NAZORAT IMTIHONLARINING BIRINCHI NAVBATIDAN FOTOLAVHALAR

📆CHSB(Chorak bo‘yicha summativ baholash) agentlik tasarrufidagi barcha maktablar qatori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham o‘tkazilyapti.

O'quvchilar CHSB imtihonlarini ikki navbatda, belgilangan jadval va nazoratchi o'qituvchilar hamrohligida ixtisoslik fanlaridan online, kompyuterda test sinovlarini topshirishadi. 🔗

💻 Imtihon o‘quvchilar bilim darajasini xolisona baholashda muhim ahamiyat kasb etib, ular uchun yangi texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini ham oshirish, jumladan, vaqtni samarali boshqarishni o‘rgatadi.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school
#ikkinchi #navbat

NAZORAT IMTIHONLARINING IKKINCHI NAVBATIDAN FOTOLAVHALAR

📷 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining II chorak yakuni bo'yicha ixtisoslik fanlardan tashkil etilgan CHSB nazoratidan fotolavhalar.

❤️‍🔥Ikkinchi navbat CHSB nazorati maktabimizning 7-8-sinflarga tashkil etilyapti.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school
#informatika

📣CHSB JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA📣

🗓Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda
24-dekabr kuni 7-9-sinf o‘quvchilari uchun informatika fanidan 2-chorak yakuni bo'yicha CHSB nazorat sinovlari muvaffaqiyatli tashkil etildi. O‘quvchilarimiz belgilangan tartib va qat'iy nazorat ostida appro platformasida onlayn tarzda test sinovlarini topshirishdi.

🖥Maxsus belgilangan vaqt oralig‘ida o‘tkazilgan CHSB imtihonlari jarayonida o‘quvchilarimiz chorak davomida olgan bilim va ko'nikmalarini amalda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Aziz bilimdon o‘quvchilar, sizning natijalaringiz biz uchun juda muhim. Bilimlarni amalda qo‘llab , yuqori natijalar bilan ota-onangiz va ustozlaringizni quvontirasiz degan umiddamiz. Barchangizga omad yor bo‘lsin‼️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 11-sinflar uchun 2-ChSB imtihonlari bo‘lib o‘tdi

✔️ Bugun maktabimizda ixtisoslashgan fanlar bo‘yicha bilimlarni adolatli va zamonaviy baholashning muhim bosqichi — Chorak Summativ Baholash (ChSB)ning 11-sinflar uchun mo‘ljallangan qismi muvaffaqiyatli yakunlandi. O‘quvchilar algebra, geometriya, fizika va ingliz tili fanlaridan bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

💻 Texnologiyaga asoslangan test tizimi yordamida imtihonlar kompyuterda o‘tkazilib, jarayonning shaffofligi va samaradorligi ta’minlandi. Eng muhimi, o‘quvchilar test natijalarini imtihondan so‘ng darhol bilish imkoniga ega bo‘ldilar, bu esa test sinovlari jarayonini yanada osonlashtiradi.

💡Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda ta’lim sifati va texnologiyalar uyg‘unligi o‘quvchilarning muvaffaqiyati uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Shuni ham e’tirof etib o‘tish joizki, ushbu jarayonlar doimgidek test.appro.uz platformasida tashkil etildi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM