#Saylov #Prezident #ITSchool
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
👩💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-05 sinf o'quvchisi Maxkamova Maftunaxon Olim qizi maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.
Ikki yil oldin maktabning birinchi prezidentligiga saylov o'tkazilganda juda ham qiziqib qolgan edim. Afsuski, yoshim to'g'ri kelmas edi. Ammo shu ikki yil mobaynida "Agar Prezident bo'lsam, shunday loyihalar tashkil qilaman" deb turli g'oyalarni o'ylab yurdim. Endi esa imkoniyatim bor. Prezident bo'lishni xohlayotganimga sabab, o'quvchilarni o'z sohalariga ko'proq jalb qilish.
Quyida esa olib bormochi bo'lgan islohotlarim bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
🟣 Maktabimizning o'quvchilari chet elning nufuzli uniiverstitetlarida o'qishni xohlashadi, ammo hujjat topshirish jarayonlari oson kechmaydi. Ular duch kelishi mumkin bo'lgan muammolarda yordam olishlari uchun bu sohada tajribaga ega bo'lgan "school counselor"ni maktabimizga tayinlash;
🟣 "Sog' tanda-sog'lom aql" deyilganidek, maktabimiz o'quvchilari aqlan sog'lom bo'lishlari uchun jismonan sog'lom bo'lishlari zarur. Buning uchun maktabimiz ichida, keyinchalik esa agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari o'rtasida sport musobaqalari tashkil etish;
🟣 Har hafta nufuzli universtitetlarga kirgan/o'qigan, grant yutgan yoki turli muvaffaqiyatga erishganlar bilan offline uchrashuvlar, workshoplar uyushtirish;
Maktabimiz doirasida turli klublar tashkil etish, misol uchun bookclub, ieltsclub/satclub, loyihalar ustida ishlash va boshqa turli yo'nalishlar bo'yicha;
🟣 Shu bilan birgalikda yuqori sinfning iqtidorli va IT sohasidagi biror yo'nalishni yaxshi biladigan o'quvchilar tomonidan ana shu yo'nalishlar bo'yicha darsdan tashqari mashg'ulotlar tashkil etish, bu bilan nafaqat o'quvchilarni dars bilan ta'minlabgina qolmay, dars bermoqchi bo'lgan o'quvchilar o'zlariga tajriba orttirish;
🟣 Turli nufuzli kompaniyalar bilan shartnomalar imzolab, yuqori sinf o'quvchilari uchun amaliyot o'tash, keyinchalik esa maktabni bitirmasdanoq o'sha kompaniyalarga ishga kirishlariga imkon yaratib berish va u yerga tashriflarni rejalashtirish;
🟣 Prezident jamoasini tashkil etish. Maktabda tashkil qilinadigan loyihalarning yo'nalishlariga sardorlarni tayinlash orqali har bir yo'nalishga e'tiborni maksimal darajada qaratish;
🟣 Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan turli musobaqalar(cybersport, futbol,) startuplarini qo'llab quvvatlash uchun akselerator va inkubator dasturlarini tashkil qilish orqali o'quvchilarda jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini shakllanishida yordam berish;
🟣 Al-Xorazmiy o'quvchilari nafaqat IT mutaxassisi, balki haqiqiy lider bo'lib yetishishlari kerak. Bunda ularga yordam berish maqsadida notiqlik san'ati, loyiha boshqaruvi va "public speaking" bo'yicha workshoplar tashkil etish;
🟣 Kichkina sinf o'quvchilarini darslardagi olgan bilimlarini mustahkamlashlari yohud yangi bilimlarni olishlarining interaktiv usullarini qo'llash, buning uchun esa darsdan tashqari mashg'ulotlarni turli o'yinlar shaklida, sovg'alarga boy holda olib borish;
🟣 O'quvchilar o'rtasida mehr-muruvvat va hayriya ishlarini rivojlantirish. Buni esa o'zgacha usulda tashkil etish. Qanday deysizmi? O'quvchilar o'z mehnatlari bilan tayyorlagan turli mahsulotlarni bayram tadbirlarida ustoz va tashrif buyurgan ota-onalarga sotish yoki bayram konsertlarini o'zlari maktabda tashkil qilgan holda pul to'plash, u pullarni esa hayriya ishlariga yo'naltirish;
🟣 O'quvchilarni ijtimoiy loyihalarda aktiv bo'lishlari uchun turli grant va imkoniyatlarni, musobaqalar haqidagi ma'lumotlarni ulashib boruvchi loyiha tashkil etish;
🟣 Qizlarni ham ijtimoiy hayotga jalb qilishni maqsad qilib qo'yganman. Xalqaro "Technovation girls" tanlovidagi 2yillik(2021 va 2022) samarali ishtirokim uchun 2023-yildagi mavsumiga O'zbekiston uchun Student Ambassador sifatida tayinlandim. Endi men Prezident ta'lim muassasalarining qizlari o'rtasida "Technovation girls" klubini tashkil etish niyatidaman. Bu haqida esa keyinchalik batafsil ma'lumotlar berib boriladi;
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
Ikki yil oldin maktabning birinchi prezidentligiga saylov o'tkazilganda juda ham qiziqib qolgan edim. Afsuski, yoshim to'g'ri kelmas edi. Ammo shu ikki yil mobaynida "Agar Prezident bo'lsam, shunday loyihalar tashkil qilaman" deb turli g'oyalarni o'ylab yurdim. Endi esa imkoniyatim bor. Prezident bo'lishni xohlayotganimga sabab, o'quvchilarni o'z sohalariga ko'proq jalb qilish.
Quyida esa olib bormochi bo'lgan islohotlarim bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Maktabimiz doirasida turli klublar tashkil etish, misol uchun bookclub, ieltsclub/satclub, loyihalar ustida ishlash va boshqa turli yo'nalishlar bo'yicha;
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov #Prezident
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
🧑💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-04 sinf o‘quvchisi Sayfitdinov Sarvarbek maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.
🙋🏻♂️Men ushbu maktabda 2017-yildan buyon tahsil olaman. Maktabdagi ko‘pgina o‘quvchilarning talab va takliflari bilan tanishman va ular nima xohlayotganini ayta olaman. Mening chet elda o‘qiydigan do‘stlarim borligi tufayli maktab manfaati uchun foydali bo‘ladigan ko‘p yangi loyihalarni o‘ylab qo‘yganman. Men o‘z g‘oyalarimni hali birorta maktabda ko‘rmaganman. Mening g‘oyalarim yordamida o‘quvchilar nafaqat aqlan, balki jismonan ham o‘sishadi.
🫥 Men shu kungacha maktab uchun imkoniyatim darajasida o‘z hissamni qo‘shib kelmoqdaman, olimpiadalarda maktabim sharafini himoya qilib g‘olib bo‘lganman, Shuningdek, xakatonlarda ishtirok etib munosib o‘rinlarni egallaganman.
🫥 Qobiliyatlarimdan yana biri bu sahnada erkin, shuningdek qancha odam bo‘lishidan qat’iy nazar ishontira oladigan va orqamdan ergashtira oladigan darajada gapira olishdir. Albatta, shu yerda to‘xtab qolmayman, prezident bo‘la olmagan taqdirimda ham maktabimga o‘z hissamni qo‘shishda davom etaveraman. Prezident lavozimiga loyiq topilsam, motivatsiyam ikki hissaga ortadi va maktabimiz ham har tomonlama o‘sishiga erishishimga ishonaman.
🫥 Mening maktabdagi oxirgi bir yarim yil uchun rejalarim juda ko‘p va juda katta, albatta, hozir ularni ayta olmayman, Chunki bu sir, ammo rejalarim rostdan ham borligiga amin bo‘lishingiz uchun bir-ikkita misol keltiraman: “Xorazmiy ligasi”, “TRating” va boshqalar. Barcha rejalarimni albatta o‘zim bajara olmayman, buning uchun IT School Presidency guruhi menga yordam beradi. Maktab ma’muriyatidan moliyaviy tomondan ham yordam kerak bo‘ladi, xolos.
🫥 Yana shuni aytmoqchimanki, maktabimizda juda ham ko‘p iqtidorli va kreativ fikrlovchi o‘quvchilar mavjud, ammo menday ham liderlikni, ham ajoyib g‘oyalarni birlashtira oladigan o‘quvchilar kam bo‘lsa kerak. Shuning uchun men o‘zimni, boshqa nomzodlarni hurmat qilgan holda, maktab prezidenti bo‘lish uchun munosib nomzod deb bilaman.
🫥 🫥 🫥
ВСТРЕЧАЙТЕ СЛЕДУЮЩЕГО КАНДИДАТА НА ПРЕЗИДЕНТА НАШЕЙ ШКОЛЫ
🧑💻 Сайфитдинов Сарварбек, учащийся 10-04 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми, является одним из кандидатов на пост президента школы.
🙋🏻♂️Я учусь в этой школе с 2017 года. Я знаком с потребностями и интересами большинства учащихся в школе и могу сказать, чего они хотят. Поскольку у меня есть друзья, которые учатся за границей, я продумал много новых проектов, которые принесут пользу школе. Я еще не видел воплощения своих идей ни в одной школе. С помощью моих идей ученики будут развиваться не только умственно, но и физически.
🫥 По сей день я вношу свой вклад в школу в меру своих возможностей. Еще одна из моих способностей — свободно говорить на сцене, а также уметь убеждать и заставлять людей следовать за мной, независимо от количества присутствующих. Конечно, я не остановлюсь на этом, даже если я не стану президентом, я продолжу вносить свой вклад в свою школу. Если меня изберут на должность президента, моя мотивация возрастет в два раза, и я верю, что добьюсь роста нашей школы во всех аспектах.
🫥 У меня следующие планы на последние полтора года в школе, к примеру: «Хорезмийская лига», «TRating» и другие. Самостоятельно я, конечно, не смогу выполнить все свои планы, и команда президентства IT-школы мне в этом поможет, администрация школы также окажет финансовую поддержку.
🫥 Я также хотел бы сказать, что в нашей школе много талантливых и креативно мыслящих учеников, но мало таких учеников, которые могут сочетать в себе лидерство и отличные идеи. Поэтому я считаю себя достойным кандидатом на пост президента школы, уважая других кандидатов.
🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
🙋🏻♂️Men ushbu maktabda 2017-yildan buyon tahsil olaman. Maktabdagi ko‘pgina o‘quvchilarning talab va takliflari bilan tanishman va ular nima xohlayotganini ayta olaman. Mening chet elda o‘qiydigan do‘stlarim borligi tufayli maktab manfaati uchun foydali bo‘ladigan ko‘p yangi loyihalarni o‘ylab qo‘yganman. Men o‘z g‘oyalarimni hali birorta maktabda ko‘rmaganman. Mening g‘oyalarim yordamida o‘quvchilar nafaqat aqlan, balki jismonan ham o‘sishadi.
ВСТРЕЧАЙТЕ СЛЕДУЮЩЕГО КАНДИДАТА НА ПРЕЗИДЕНТА НАШЕЙ ШКОЛЫ
🙋🏻♂️Я учусь в этой школе с 2017 года. Я знаком с потребностями и интересами большинства учащихся в школе и могу сказать, чего они хотят. Поскольку у меня есть друзья, которые учатся за границей, я продумал много новых проектов, которые принесут пользу школе. Я еще не видел воплощения своих идей ни в одной школе. С помощью моих идей ученики будут развиваться не только умственно, но и физически.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov #Prezident
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
🧑💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
9-04 sinf o'quvchisi Alibek Bekchanov maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.
🙋🏻♂️Men Alibek Bekchanov maktab prezidenti bo‘lishni niyat qilganimning bir qancha sabablari bor. O‘zimda boshqaruvchanlik qobiliyatini shakllantirganman, lider bo‘lib boshqarishni yaxshi bilaman.
☯️ Birinchi maqsadim har xil qiziqarli turnirlarda maktabiz ravnaqini ko’tarish uchun qiziquvchan va doim izlanuvchan o‘quvchilarni tayyorlashdan iboratdir.
☯️ Maktabimizda barcha sharoitlar yetarli va biz bulardan to’g’ri foydalanishimiz kerak. Yana bir maqsadim shuki, maktabimizdagi o‘qish reytingini ko‘tarish. Maktabda hozir ko‘p o‘quvchilar BSB va CHSB uchun o‘qiyotgan bo‘lsa, buni tubdan o‘zgartirish, ya’ni hamma o‘quvchi barcha fanni sevib o’qishiga erishish.
☯️ Uchinchi maqsadim barcha sinf o’quvchilarning talab va takliflarini eshitishdan iboratdir. O‘zim maktabda o‘quvchilar orasida yurganim uchun hammaning fikr va istaklarini eshitib kelyabman va agar imkonim bo‘lsa ushbu fikr va istaklarni amalga oshiraman, deb o‘zimga ahd qilganman.
☯️ To‘rtinchi maqsadim esa maktab faollarini saylashdir. Barcha sinfdan sinf foallarini yig‘ib, ular orasidan yangi liderlarni saylashdan iboratdir. Oxirgi maqsadim Muhammad al-Xorazmiy maktabini qolgan maktablaridan afzallik tomonlarini ko‘rsatishdir. Va’da beramanki, faoliyatim davomida maqsadlarimning barchasiga erishaman!
🫥 🫥 🫥
ВСТРЕЧАЙТЕ СЛЕДУЮЩЕГО КАНДИДАТА НА ПРЕЗИДЕНТА НАШЕЙ ШКОЛЫ
🧑💻 Алибек Бекчанов, ученик 9-04 класса, является одним из кандидатов на пост президента школы.
🙋🏻♂️Есть несколько причин, по которым я намерен стать президентом школы. Я развил в себе способность управлять собой, умею управлять как лидер.
☯️ Моя первая цель - готовить любознательных учеников для улучшения развития нашей школы в различных турнирах и мероприятиях. Все условия в нашей школе достаточны, и мы должны правильно их использовать.
☯️ Еще одна моя цель – поднять рейтинг учебы в нашей школе. Если в настоящее время в школе учится много школьников ради СОР и СОЧ, необходимо это кардинально изменить, то есть добиться того, чтобы все ученики любили изучать все предметы.
☯️ Моя третья цель – услышать требования и предложения учеников всех классов. Я прислушивался ко всем мыслям и пожеланиям, потому что я был среди учеников школы, и если у меня будет возможность, я принял для себя решение, что я буду воплощать эти идеи и желания на практике.
☯️ Моя четвертая цель – избрать школьных активистов. План состоит в том, чтобы собрать активистов из всех классов и выбрать из них новых лидеров. Моя конечная цель — показать преимущества школы Мухаммеда ал-Хоразми перед остальными школами. Я обещаю, что добьюсь всех своих целей в течение своей карьеры!
🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
9-04 sinf o'quvchisi Alibek Bekchanov maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.
🙋🏻♂️Men Alibek Bekchanov maktab prezidenti bo‘lishni niyat qilganimning bir qancha sabablari bor. O‘zimda boshqaruvchanlik qobiliyatini shakllantirganman, lider bo‘lib boshqarishni yaxshi bilaman.
ВСТРЕЧАЙТЕ СЛЕДУЮЩЕГО КАНДИДАТА НА ПРЕЗИДЕНТА НАШЕЙ ШКОЛЫ
🙋🏻♂️Есть несколько причин, по которым я намерен стать президентом школы. Я развил в себе способность управлять собой, умею управлять как лидер.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Prezident_maktablari
#Янги_Ўзбекистон_университети
✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning iqtidorli o'quvchilari "Toshkent" telekanalining ''Parvozga yo'l'' ko'rsatuvida.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Янги_Ўзбекистон_университети
✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning iqtidorli o'quvchilari "Toshkent" telekanalining ''Parvozga yo'l'' ko'rsatuvida.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Saylov #Prezident
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
🧑💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 9-05 sinf o'quvchisi Norbutayev Do'stmuhammad Azamat o'g'li maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.
🙋🏻♂️Men Norbo'tayev Do'stmuhammad Prezidenti bo'lishimdan asosiy maqsadim maktab ichki muhitini yanada ijobiy tomonga o'zgartirishga o'z hissamni qo'shishdir.
⭕️ O'quvchilar uchun darsdan keyin o'tkaziladigan har xil fanga oid o'yinlar va musobaqalarni tashkil etish.Masalan, o'quvchi bugun 7 ta darsdan 3 ta “A” baho oldi deylik, agar buni haftasiga hisoblasak 18 ta “A” baho oladi. Shu sababdan har shanba kuni ular uchun musobaqa tashkillashtirib, musobaqada g'alaba qozongan bir guruh sinf o'quvchilarini taqdirlash. To'g'ri, o'quvchi har kuni ham “A“ baho olavermaydi. Shu sababdan har shanba kunlari ixtiyoriy tarzda o'yinlar, musobaqalarni jadval tarzda tashkillashtirishimiz mumkin.
⭕️ Aytmoqchimanki, o'quvchilar shunchaki darsdan keyin bo'sh vaqtini bekor o`tkazmasdan yanada ko'proq dars qilishga o'z bilimini oshirishga harakat qiladi,ma'naviy va madaniy faoliyatlarini ham oshirib borishadi. Albatta,faol o'quvchilar uchun rag'bat va imtiyozlar taqdim etiladi. Bir oyda o'zlashtirish ko'rsatkichi katta bo'lgan sinflar uchun musobaqa tashkillashtirib musobaqada g'alaba qozongan sinfga Kiber Sport xonasida ma'lum bir vaqt oralig'ida o'yin o'ynash taqdim etilishi mumkin.
⭕️ Maktab Prezidenti o'zi nima qiladi va qanday ishlar bilan shug'ullanadi?Yoshligimdan boshqaruvchilikka qiziqaman. Men maktab Prezident maqomiga erishgan o`quvchiga bir taklif bilan chiqishni xohlardim. Chunki menda juda ham ko'p taklif va maslahatlar bor edi. Agar Prezident bo'lsam,avvalambor maktab rahbariyati va ustozlarim maslahatlari bilan mening maktabimiz ravnaqi yo'lidagi faoliyatimni qo'llab-quvvatlovchi va yordam beruvchi sinfdoshlarim, yuqori va quyi sinf o'quvchilari bilan birgalikda faoliyat olib boraman.
⭕️ Shuningdek, maktabning hozirgi Prezidentidan va uning atrofidagi maktab ichki muhitini yaxshi biladigan va maktab Prezidenti bilan ish yuritgan insonlar bilan ish yurutib, maktab muhitini o'rganib chiqishdir.
⭕️ Menimcha, maktab Prezidenti maktabga keladigan turli xildagi mehmonlarni yaxshi kutib olishda, o'quvchilarni nazoratda tutishda, maktabning ichki va tashqi qismlarini, ichki muhitini kelgan mehmonlarga namoyon etishda maktab ma'muriyatiga ko'maklashishi kerak.
⭕️ Prezident maqomiga ega bo`lgan o`quvchi o'zini jiddiy tuta bilishi va har bir ishga mas`uliyat bilan yondashishi kerak. Maktab Prezidenti maktabga kelayotgan turli xil mehmonlarning asl maqsadlarini o'rgangan holda ularda yaxshi taassurot qoldirishi lozim.
🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
🙋🏻♂️Men Norbo'tayev Do'stmuhammad Prezidenti bo'lishimdan asosiy maqsadim maktab ichki muhitini yanada ijobiy tomonga o'zgartirishga o'z hissamni qo'shishdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov #Prezident
ВСТРЕЧАЙТЕ СЛЕДУЮЩЕГО КАНДИДАТА НА ПРЕЗИДЕНТА НАШЕЙ ШКОЛЫ
🧑💻 Достмухаммад Норбутаев Азаматович, ученик 9-05 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми, является одним из кандидатов на пост президента школы.
🙋🏻♂️Моя главная цель – внести свой вклад в изменение внутренней среды школы в более позитивную сторону. Организация игр и конкурсов, связанных с различными предметами, которые будут проводиться после уроков для учащихся. Например, допустим, сегодня ученик получил 3 «А» из 7 уроков, если посчитать за неделю, то он получит 18 «А». Следовательно, каждую субботу мы организуем для них конкурс и наградим группу учащихся, победивших в конкурсе. Правда, не каждый день школьник получает пятерку. По этой причине мы можем организовывать игры и соревнования на добровольной основе каждую субботу.
⭕️ Хочется сказать, что учащиеся стараются совершенствовать свои знания и совершенствовать свою духовно-культурную деятельность, не отказываясь от свободного времени после занятий. Конечно, поощрения и льготы для активных школьников предусмотрены. Организовав соревнование между классами с самым высоким показателем за месяц, можно предложить классу-победителю поиграть в кабинете Киберспорта в течение определенного периода времени.
⭕️ Чем занимается президент школы и какую работу он выполняет? Меня интересовал менеджмент с юных лет. Я хотел бы задать вопрос президенту школы. Потому что у меня было много предложений и советов. Если я стану Президентом, то, прежде всего, по совету руководства школы и учителей, я буду работать вместе со своими одноклассниками, старшими и младшими классами, которые поддержат и помогут мне в развитии нашей школы.
⭕️ Кроме того, это изучение школьной среды, работая с действующим президентом школы и людьми, хорошо знающими внутреннюю среду школы и работавшими с президентом школы.
⭕️ На мой взгляд, президент школы должен помогать администрации школы встречать различных посетителей школы, держать учеников под контролем, показывать гостям внутреннюю и внешнюю части школы, внутреннюю обстановку.
⭕️ Студент, имеющий статус президента, должен уметь относиться к себе серьезно и ответственно подходить к каждому делу. Президент школы должен произвести хорошее впечатление на различных гостей, приходящих в школу, изучив их цели.
🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
ВСТРЕЧАЙТЕ СЛЕДУЮЩЕГО КАНДИДАТА НА ПРЕЗИДЕНТА НАШЕЙ ШКОЛЫ
🙋🏻♂️Моя главная цель – внести свой вклад в изменение внутренней среды школы в более позитивную сторону. Организация игр и конкурсов, связанных с различными предметами, которые будут проводиться после уроков для учащихся. Например, допустим, сегодня ученик получил 3 «А» из 7 уроков, если посчитать за неделю, то он получит 18 «А». Следовательно, каждую субботу мы организуем для них конкурс и наградим группу учащихся, победивших в конкурсе. Правда, не каждый день школьник получает пятерку. По этой причине мы можем организовывать игры и соревнования на добровольной основе каждую субботу.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov #Prezident
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
🧑💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-03 sinf o‘quvchisi Abduqahhorov Shohruh maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.
Maktabimiz ijtimoiy hayotida yaxshi o'zgarishlar bo'lishiga aminman. O'quvchilar odatiy kunlarini unutilmas lahzalarga aylantirishlarida qo'limdan kelgan barcha ishni bajarishga tayyorman.Davlatimizda demokratiya hukm surgani kabi, maktabimizda ham barchaning talab va takliflariga tayangan holda faoliyat yuritaman 🤝. Tashkiliy ishlar bo'yicha tajribamga tayanib, yangi loyihalar asosida ish olib boraman.
Tashkiliy ishlar bo'yicha tajribamga keladigan bo'lsak, turli xil katta loyihalar, seminar va treninglarda qatnashganman.
Xususan:
🗓 2017-yilda "Eng namunali mahalliy sardorlar kengashi" tanlovi respublika ishtirokchisi;
🥈 2018-yilda "Yil sardori" tanlovi viloyat bosqichida 2-o'rin;
🥇2019-yilda "Eng namunali maktab sardorlar kengashi" viloyat bosqichida 1-o'rin.
Ushbu yutuqlarimni sanab o'tishdan asosiy maqsadim, liderlik salohiyatimni shakllanganlik darajasini ko'rsatish edi.
Prezidentlik faoliyatim uchun o‘z dasturim rejasi:
🚴♀️ O'quvchilar o'rtasida sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish. Har bir o'quv choragida sportning⚽️ futbol , 🏐 voleybol, 🏓 stol tennisi, ♟shaxmat va shashka turlari bo'yicha musobaqalar tashkil qilish. Futbol sport turi bo'yicha maktab ligasini 🏆 tashkil etish.Boshqa sport turlari bo'yicha ham o'quvchilar xohishiga ko'ra musobaqalar tashkil etish.
🎮 Bugungi kunda O'zbekistonda sport darajasiga ko'tarilgan va ommalarshib borayotgan Kiber Sport bo'yicha maktab ichki chempionatini tashkil qilish, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar bilan hamkorlikda "Prezident kubogi" ni ta'sis etish.
📕 Bugungi kunda dunyo tili sifatida ta'riflangan ingliz tiliga katta e'tibor qaratish. O'quvchilar o'rtasida har hafta "Speaking Club" yo'lga qo'yish. Shuningdek, yuqori sinf o'quvchilari o'zlarining ingliz tilini bilish darajalarini tekshirishlari uchun Mock testlar tashkil qilish. Bundan tashqari, bugungi kundagi dolzarb mavzular bo'yicha ingliz tilida o'quvchilar o'rtasida muhokamalar ya'ni "debate" lar o'tkazish. Bu orqali o'quvchilarning ijtimoiy bilimlarini oshirish.
💼 O'quvchilarni kasbga yo'nalishtirish bo'yicha turli xil uchrashuvlar tashkil qilish. Bunda turli xil kasb ustalari o'zlarining mahorat darslarini o'tishadi. Bu o'quvchilar kelajakdagi maqsadlarini belgilab olishlariga yordam beraman.
📚 Turli xil fanlar bo'yicha olimpiadalar tashkil qilish. Bu faoliyatim orqali o'quvchilar o'zlarining bilimlarini mustahkamlashi va bilmagan narsalarini o'rganishlariga yordam beraman.
🤝 Yirik tashkilotlar, muassasalar va kompaniyalar bilan hamkorlikda yirik tadbirlar va musobaqalar, seminar-treninglar tashkil qilish.
🙌 Bir so'z bilan aytganda, o'quvchilar uchun foydali va qiziqarli bo'lgan har qanday taklif va istaklar e'tiborsiz qolmaydi. Maktab o'quvchilarini bir oila sifatida shakllantirib rivojlantirish eng asosiy maqsadimdir.
🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
Maktabimiz ijtimoiy hayotida yaxshi o'zgarishlar bo'lishiga aminman. O'quvchilar odatiy kunlarini unutilmas lahzalarga aylantirishlarida qo'limdan kelgan barcha ishni bajarishga tayyorman.Davlatimizda demokratiya hukm surgani kabi, maktabimizda ham barchaning talab va takliflariga tayangan holda faoliyat yuritaman 🤝. Tashkiliy ishlar bo'yicha tajribamga tayanib, yangi loyihalar asosida ish olib boraman.
Tashkiliy ishlar bo'yicha tajribamga keladigan bo'lsak, turli xil katta loyihalar, seminar va treninglarda qatnashganman.
Xususan:
🥈 2018-yilda "Yil sardori" tanlovi viloyat bosqichida 2-o'rin;
🥇2019-yilda "Eng namunali maktab sardorlar kengashi" viloyat bosqichida 1-o'rin.
Ushbu yutuqlarimni sanab o'tishdan asosiy maqsadim, liderlik salohiyatimni shakllanganlik darajasini ko'rsatish edi.
Prezidentlik faoliyatim uchun o‘z dasturim rejasi:
🚴♀️ O'quvchilar o'rtasida sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish. Har bir o'quv choragida sportning
📕 Bugungi kunda dunyo tili sifatida ta'riflangan ingliz tiliga katta e'tibor qaratish. O'quvchilar o'rtasida har hafta "Speaking Club" yo'lga qo'yish. Shuningdek, yuqori sinf o'quvchilari o'zlarining ingliz tilini bilish darajalarini tekshirishlari uchun Mock testlar tashkil qilish. Bundan tashqari, bugungi kundagi dolzarb mavzular bo'yicha ingliz tilida o'quvchilar o'rtasida muhokamalar ya'ni "debate" lar o'tkazish. Bu orqali o'quvchilarning ijtimoiy bilimlarini oshirish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov #Prezident #ITSchool
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-04 sinf o‘quvchisi Karimova Shakhrizoda Azizovna maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.
👩💻 Men maktab prezidenti bo‘lishni xohlayotganimning sabablari ko‘p va bu maktabimizning o‘quvchilari uchun juda foydali bo‘ladi deb o‘ylayman.
🔴 Chet elda yashagan va IB dasturida ko‘p yillar davomida tahsil olgan o‘quvchi sifatida menda juda ko‘p turli xil g‘oyalar bor.
🔴 Avvalo, maktabimdagi boshqa o‘quvchilar orasida "Student Council" tuzmoqchiman. Bu xorijda turli IB maktablarida juda keng tarqalgan narsa. "Student Council" tuzishdan maqsad ushbu maktabda hamma uchun foydali bo‘lgan jamiyatni yaratishdir. Biz birgalikda har xil narsalarni o‘ylab, juda qiziqarli va foydaliy ishlarni amalga oshiramiz.
🔴 Ikkinchidan, nafaqat boshqa sinflar, balki boshqa prezident maktablari bilan ham “Spelling Bee” tanlovi kabi turli ma’rifiy tadbirlar o‘tkazmoqchiman. Bu o‘quvchilar uchun juda foydali va qiziqarli bo‘ladi deb o‘ylayman.
🔴 Uchinchidan, sport ham inson hayotida juda muhim narsadir. Shuning uchun ham maktabda va maktabdan tashqarida ko‘plab musobaqalarda qatnashgan o‘quvchi sifatida o‘quvchilar uchun turli turnirlar tashkil qilmoqchiman, bu ishni qanday tashkil etishni yaxshi bilaman. Ishonchim komilki, bu juda qiziqarli bo‘ladi.
🔴 Chet elda talabalar yo‘qolgan narsalarini topishlari mumkin bo‘lgan "Lost and Found box" bor. Bugungi kunda ko‘rib guvohi bo‘lib turganimdek,, jumladan, o‘zim ham va ko‘plab boshqa talabalar ham narsalarini yo‘qotib, topa olmayaptilar. Ushbu ishni tashkil qilish orqali o‘quvchilar yo‘qolgan narsalarni osongina topishlari mumkin.
🔴 Chet elda biz parallel sinf o‘quvchilari bilan har bir bayramda turli xil ko‘rgazmalar o‘tkazardik. U ko‘rgazmalarda har bir o‘quvchi o‘zi tayyorlagan mahsulotini sinfdoshlariga sotar edi va barcha yig‘ilgan pul xayriya jamg‘armasiga ishlatilardi. Men Muhammad al-Xorazmiy maktabida ham shunday ko‘rgazmalar tashkil qilib, ulardan tushgan pullarni ma’lum bir fondga yo‘naltirmoqchiman.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-04 sinf o‘quvchisi Karimova Shakhrizoda Azizovna maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov #Prezident #ITSchool
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-02-sinf o‘quvchisi Axmedov Asadbek Abdurasul o'g'li.
🧑💻 Shu kungacha ko'plab insonlarni qanday inson bo'lishga harakat qilishga va nima xatolar qilmaslikka o'zimga namuna tariqasida qo'yganman. Ulardan aksariyat qismi liderlik xususiyatlarini doim oshirib kelishga harakat qiladigan va haqiqatga erishishga intiladigan insonlar ekanligi menda haqiqiy lider bo'lish istagini yanada oshirgan. Ikki yildan beri sinf va kamalak sardori sifatidagi faoliyatim davomida bu sohada muvaffaqiyatga erishish qiyinligini va qancha o'z ustimda ishlashim kerakligini bildim.
🟠 Maktabning Prezidenti bo'lish nafaqat sizga katta ma'suliyat yuklaydi, balki doim o'z ustingizda ishlash va hammaga har taraflama namuna bo'lishga undaydi. Mening fikrimcha, o'quvchilarning haqiqatdan ham qiziqadigan sohalariga intilishi va umuman ularni o'quvchi sifatida tushunish har doim ham amalga oshmaydi va bu mening bu lavozimga intilishimning asosiy sabablarimdandir.
🟠 Sinflar orasida, fanlar bo'yicha o'quvchilarning reytinglarini va misol tariqasida, "oyning eng yaxshi o'quvchisi" kabi unvonlarning kiritilishi va ularning taqdirlanishi raqobatni kuchaytiradi deb hisoblayman.
🟠 O'quvchilarning o'z qiziqqan sohalarida ko'proq ilmiy tadqiqotlar olib borishida erkinlik va "Perfomance zone" ga alohida e'tibor beriladi.
🟠 Kibersport turnirlarini ko'proq o'yinlar bo'yicha tashkil etish. E'tiborning aksariyat qismi faqat "CS:GO" ga qaratilgan.
🟠 Har birimizning ichimizda liderlik xususiyatimiz bor. Bizning maktabimiz yaratib berayotgan sharoitlarda boshqa iloj ham yo'q. Bu boshlang'ich islohotlardan tashqari, ularning asosiy qismi aynan maktab o'quvchilarining o'zi tarafidan maslahatlashib qa'bul qilinishi kerak. Buning uchun platformadagi har chorak qo’yiladigan so'rovnomaning o'zi yetmaydi. Aynan shu ishlarga bag'ishlangan alohida sayt yaratiladi va anonim tarzda haqqoniy fikrlarini bildirish mumkun bo'ladi.
🟠 Har bir maktab rivojlanishi uchun kerak bo'lgan lavozimlarga o'zining mas’ullari tayinlanadi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-02-sinf o‘quvchisi Axmedov Asadbek Abdurasul o'g'li.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov #Prezident #ITSchool
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
👩💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-04 sinf o‘quvchisi Akbarova Zumrad maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.
🙋🏻♀️” Da’vo qilma – amalga oshir!”, “Va’da berma – bajar!”, “Orzu qilma – orzularni ro’yobga chiqar!” kabi jumlalar bilan prezidentlikka o’z nomzodlik bayonimni boshlamoqchiman. Albatta, har bir o'quvchi maktab hayotiga qanday qilib o’z hissasini qo’sha olishi haqidagi savolni bergan bo‘lsa ajab emas. Men ham ana shu o'quvchilar sirasidanman. Maktab prezidentiga aylanish esa, mening nazarimda, maktab rivojiga ulkan hissa qo’shish uchun imkoniyatlar kalitidir. Bu mavzu borasida o’z rejalarimni tuzib chiqdim.
🌟 Birinchi o‘rinda, o‘quvchilarga o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish mening oliy maqsadim bo‘ladi. Har birimizning o'z fikrimiz va g'oyalarimiz bor. Bu go'yalarni ro‘yobga chiqarish bilan biz nafaqat o’z kelajagimizga, balki ko’plab boshqa insonlarning hayotiga o‘z ijobiy ta’sirimizni ko‘rsata olamiz. Shu sababdan, bo'lajak maktab prezidenti o‘quvchilarga bu ko‘lamda yordam berishi, ularning g’oyalarini qo‘llab-quvvatlashi lozim.
🌟 Bundan tashqari, o‘quvchilar orasida do‘stona muhit yaratish asosiy vazifalarimdan biri deb hisoblayman. O‘simlik o‘ziga qulay va obod muhitda o‘sgani kabi inson ham farovon va obod muhitda rivojlana oladi. O‘quvchilarga o‘z rivojlanishlari uchun ularga qulay bo‘lgan muhit yaratib berish, ularga o‘z ustilarida ishlashga to’sqinlik qilayotgan tashqi omillarni yo‘q qilishda ko‘maklashish prezidentning burchlaridan biri hisoblanadi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu o‘rinda aytib o‘tmoqchimanki, shu masalada o‘quvchilar orasida turli jamiyatlar(community) tuzish rejalarim ham bor.
🌟 O‘quvchilar o‘z akademik taraqqiyotidan tashqari, ijtimoiy hayotlarini ham shakllantirishi va rivojlantirishlari lozim. Insonni nafaqat o‘z sohasida yetuk bo‘lishi , dunyoqarashi va fikrlash doirasi kengligi ham uni muvaffaqiyat sari yetaklaydi. Shu sababli, turli xil to’garaklar yaratish, debatlar, musobaqalar o’tkazish mening rejalarimdan biridir. O’quvchilarning nutq so’zlash mahoratini oshirish uchun ham bir necha “Ted Talks”, “Toastmasters” kabi loyihalar ustida ishlamoqchiman.
🌟 Xulosa qilib aytganda, men maktab o’quvchilariga kelajak hayotlari uchun mustahkam ko‘prik qurishda ko‘maklashmoqchiman va maktabimizning farovon kelajagini barpo etmoqchiman.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
🙋🏻♀️” Da’vo qilma – amalga oshir!”, “Va’da berma – bajar!”, “Orzu qilma – orzularni ro’yobga chiqar!” kabi jumlalar bilan prezidentlikka o’z nomzodlik bayonimni boshlamoqchiman. Albatta, har bir o'quvchi maktab hayotiga qanday qilib o’z hissasini qo’sha olishi haqidagi savolni bergan bo‘lsa ajab emas. Men ham ana shu o'quvchilar sirasidanman. Maktab prezidentiga aylanish esa, mening nazarimda, maktab rivojiga ulkan hissa qo’shish uchun imkoniyatlar kalitidir. Bu mavzu borasida o’z rejalarimni tuzib chiqdim.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov #Prezident #ITSchool
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
🧑💻 Men, Xamroev Sattor Amrillo og’li, al-Xorazmiy maktabining 10-04 sinf oquvchisiman va maktab prezidenti lavozimiga o’z nomzodimni taklif qilaman.
🦾 O’zimda mujassam bo’lgan xislatlar :
✔️ Liderlik :
Men yoshligimdanoq liderlik qobiliyatlarimni rivojlantirib kelaman , 1- sinfimdanoq sinf sardori bo‘lib kelganman va ko’plab jamoalarda guruh sardori bo’lganman. Men oz tengdoshlarimni ortimdan ergashtira olaman va bir maqsad yo’lida birlashtira olaman.
✔️ Mas'uliyatlilik :
Men qiyinchiliklarni yengishni , boshqalarga yordam berishni yaxshi ko'raman va har bir menga qoyilgan har bir vazifani mas’uliyat bilan bajaraman.
✔️ O’z ustida ishlash:
O'z kamchiliklarim va xatolarim ustida tinmay izlanaman. Boshqalarga o‘rnak bo’lishga intilar ekanman, ular hurmat qilishlari uchun ko‘pgina fazilatlarni o’zimda mujassam etishga intilaman.
✔️ Muloqot va tinglash :
Men maktabimizdagi har bir o`quvchini tinglab , ular aytadigan muammolarini hal qilishga , bergan takliflarini amalga oshirishga harakat qilaman.
Mening maktab hayotida qo‘llashga rejalashtirgan yangiliklarim bilan tanishishingiz mumkin:
📶 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytgandek : “Bizga diplom emas , kasb kerak ”, shuning uchun bolalar al-Xorazmiy maktabini bitirganidan keyin qo’lida guldek hunari bo‘lishi uchun IT darslarini ko‘paytirib hamda darslardan keyin har xil to’garaklar faoliyatini kuchaytirish;
📶 Maktabimizda sportga e’tiborni kuchaytirish, faqat Futbol emas, maktabda basketbol , voleybol , Ping-pong(stol tenis), Regbi ,milliy Kurash va yana boshqa musobaqalarini yo’lga qoyish ;
📶 Maktab o‘quvchilarining chet el xalqaro universitetlariga o‘qishga kirishi va o‘qishi uchun IELTS , SAT imtihonlariga tayyorlashga tayanch bo’luvchi tog’araklarini yo’lga qo‘yish;
📶 Maktabda bolalar o’zi ochgan IT jamoalar orasida musobaqalar va hackatonlar uyushtirish va sog’lom raqobatni shakllantirish ;
📶 Chet el top universitetlariga o‘qishga kirgan va shu borada ish yuritadigan insonlarni maktabimizga taklif qilib suhbatlar tashkil etish ;
📶 Men o'quvchilarimizni volontyorlikka chorlamoqchiman va ularni maktab ishlarida faol qatnashishlari tarafdoriman. Zero, Vatanga xizmat oddiy ko‘ngillilarning beminnat , chin qalbdan qilingan xizmatidan boshlanadi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING
Men yoshligimdanoq liderlik qobiliyatlarimni rivojlantirib kelaman , 1- sinfimdanoq sinf sardori bo‘lib kelganman va ko’plab jamoalarda guruh sardori bo’lganman. Men oz tengdoshlarimni ortimdan ergashtira olaman va bir maqsad yo’lida birlashtira olaman.
Men qiyinchiliklarni yengishni , boshqalarga yordam berishni yaxshi ko'raman va har bir menga qoyilgan har bir vazifani mas’uliyat bilan bajaraman.
O'z kamchiliklarim va xatolarim ustida tinmay izlanaman. Boshqalarga o‘rnak bo’lishga intilar ekanman, ular hurmat qilishlari uchun ko‘pgina fazilatlarni o’zimda mujassam etishga intilaman.
Men maktabimizdagi har bir o`quvchini tinglab , ular aytadigan muammolarini hal qilishga , bergan takliflarini amalga oshirishga harakat qilaman.
Mening maktab hayotida qo‘llashga rejalashtirgan yangiliklarim bilan tanishishingiz mumkin:
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IT-School Presidency | al-Khwarizmi
#Saylov #Prezident #ITSchool
10-MART- MAKTAB PREZIDENTLIGIGA SAYLOV KUNI
📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda maktab prezidentligi saylovida ishtirok etish uchun tanlov e’lon qilingani haqida xabar qilgan edik. Saylovda o‘z nomzodini qo‘yish istagida bo‘lgan 12 nafar o‘quvchi o‘rtasida ma’lum talablar asosida tanlov tashkil etildi.
❔ Bo‘lg’usi maktab prezidenti! U qanday bo‘lishi kerak? Ushbu savollarga o‘z dastur va rejalari asosida chiqish qilgan o‘quvchilardan 4 nafari debat natijalariga asosan, ovozga qo‘yish yo‘li bilan tanlab olindi.
👫 Nomzodlar:
✅ Mahkamova Maftuna 10-05-sinf o‘quvchisi
✅ Sayfitdinov Sarvar 10-04-sinf o‘quvchisi
✅ Karimova Shahrizoda 10-04-sinf o‘quvchisi
✅ Alimurodov Dilbek 9-03-sinf o‘quvchisi
📆 Muhammad al-Xorazmiy nomidahgi ixtisoslashtirilgan maktab prezidentligiga saylov joriy yilning 10-mart kuni etib belgilandi.
‼️ Saylovda ishtirok eting va o‘z nomzodingizni qo‘llab-quvvatlang! Maktabingiz istiqboliga befarq bo‘lmang!
➡️
10 МАРТА - ДЕНЬ ВЫБОРОВ ПРЕЗИДЕНТА ШКОЛЫ
📣 Мы сообщали, что был объявлен конкурс на участие в выборы президента школы в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми. Был организован конкурс среди 12 учащихся, желающих участвовать в выборах на основании определенных требований.
❔ Будущий президент школы! Каким он должен быть? По результатам дебатов путём голосования были выбраны 4 учащихся, ответившие на вопросы учащихся исходя из своих будущих планов.
👫 Кандидаты на президенты:
✅ Махкамова Мафтуна ученица 10-05 класса.
✅ Сайфитдинов Сарвар – ученик 10-04 класса.
✅ Каримова Шахризода - ученица 10-04 класса.
✅ Алимуродов Дилбек – ученик 9-03 класса.
📆 Выборы президента специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми назначены на 10 марта текущего года.
‼️ Примите участие в выборах и поддержите своего кандидата! Не оставайтесь равнодушными к жизни нашей школы!
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web
10-MART- MAKTAB PREZIDENTLIGIGA SAYLOV KUNI
10 МАРТА - ДЕНЬ ВЫБОРОВ ПРЕЗИДЕНТА ШКОЛЫ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IT-School Presidency | al-Khwarizmi
#ITSchool #suhbat #Prezident
🎤 Maktab Prezidentligiga nomzodlar bilan ochiq suhbat
🟠 Maktab ichki rivojlanishi(taraqqiyoti) sizga qiziqmi?!
🔴 Nomzodlarni yaqindan bilib olmoqchimisiz?
___________________
❗️ Unda 3-mart kuni soat 14:30da Muhammad al-Xorazmiy maktabi faollar zalida maktab prezidentligiga nomzodlar bilan ochiq suhbat bo'lib o'tadi.
📆 Sana: 03.03.23
🕓 Soat: 14:30
📍 Maktabimiz faollar zalida barchangizni kutib qolamiz.
____________________
IT-School Presidency
___________________
____________________
IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Prezident_maktablari
#Qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha
📢 DIQQAT, E'LON!
❗️PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!
⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
❓ Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
❗️DIQQAT
🔖 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a'lo) bo'lishi lozim.
❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
➖ 2023-2024-o'quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.
📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha
📣 HURMATLI OTA-ONALAR VA O'QUVCHILAR!
❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLAR QABUL E'LON QILADI!
📌 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2023-yilning 10-iyun sanasidan 30-iyun sanasigacha davom etadi.
❗️Eslatib o'tamiz, Agentligimiz tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyuldan – 20-iyulga qadar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
🔖 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.
#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar

#prezident_maktablari
#bitiruvchi_2023
⚡️ Bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta Prezident maktablari faoliyat yuritadi.
⏰ Agentlik tomonidan joriy yilning 20-22-iyun kunlari ushbu Prezident maktablarining 326 nafar bitiruvchilari uchun alohida bitiruv tadbirlarini o'tkazish belgilangan.
🔹 Shu munosabat bilan, hududlarda joylashgan Prezident maktabi bitiruvchi o'quvchilari Toshkent shahriga yetib kelishdi.
✔️21-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda barcha Prezident maktabi bitiruvchilari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tadbir o'tkaziladi.
✅ Tadbir jarayonlarini ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bitiruvchi_2023
🔹 Shu munosabat bilan, hududlarda joylashgan Prezident maktabi bitiruvchi o'quvchilari Toshkent shahriga yetib kelishdi.
✔️21-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda barcha Prezident maktabi bitiruvchilari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tadbir o'tkaziladi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#prezident_maktablari
#bitiruvchi_2023
⚡️ Xabar berganimizdek, agentlik tomonidan 20-22-iyun kunlari Prezident maktablarining 326 nafar bitiruvchilari uchun alohida bitiruv tadbirlarini o'tkazish belgilangan.
⏰ Bugun, bitiruvchilar uchun o‘zining betakror iste'dodi, yuksak matonati va xalqparvarligi bilan o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan, otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosirning 110 yilligiga bag‘ishlangan "Usmon Nosir" nomli sahna asari namoyish etildi.
📌 Ushbu asar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitetining “MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bitiruvchi_2023
📌 Ushbu asar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitetining “MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
📣 📣 📣 📣 📣
🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!
⚡️ IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI EʼLON QILINDI!
🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasidan 20-iyun sanasigacha davom etadi.
🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.
#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#1_iyun_20_iyun
#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlari
🤩 Bugun, 29-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilar boʻsh oʻrinlari uchun kirish imtihonlari oʻtkazildi.
Maʼlumot oʻrnida, Respublikadagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilarning boʻsh oʻrinlari uchun jami 44 nafar talabgor, shundan:
📍
📍
📍
📍
📍
📍
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Prezident_maktablari
#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlari
Maʼlumot oʻrnida, Respublikadagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilarning boʻsh oʻrinlari uchun jami 44 nafar talabgor, shundan:
Guliston shahridagi Prezident maktabiga
11 nafar;Navoiy shahridagi Prezident maktabiga
3 nafar;Nukus shahridagi Prezident maktabiga
10 nafar; Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga
6 nafar;Qarshi shahridagi Prezident maktabiga
6 nafar;Termiz shahridagi Prezident maktabiga
8 nafar oʻquvchilarning hujjatlari qabul qilingan.Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IT-School Presidency | al-Khwarizmi
#Saylov #Prezident #ITSchool #Presidency
MAKTAB PREZIDENTLIGIGA SAYLOV
🇺🇿 Liderlik qobiliyatingiz bormi? Maktab hayotini yanada qiziqarli va zavqli qilish to‘g‘risida qaygʻuryapsizmi? Bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishni xohlaysizmi? Endi bunday imkoniyat sizning qo‘lingizda!
💡 Siz maktab prezidenti bo‘lish uchun o‘z nomzodingizni qo‘yib, o‘quvchilar hayotida muhim o‘zgarishlar qilishga o‘z hissangizni qo‘shing. Bu saylov nafaqat sizning qobiliyatingizni sinovdan o‘tkazadi, balki kelajakda liderlik uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Arizada sizdan quyidagi qismlarni to'ldirish talab etiladi:
🔤 Shaxsiy ma'lumotlaringiz;
🔤 Shu kungacha erishgan yutuqlaringiz;
🔤 Amalga oshirgan loyihalaringiz va ishtirokingiz;
🔤 Rejalaringiz;
🔤 Nega aynan sizning nomzodingizni tanlashimiz kerakligi haqida esse (350 ta so'z).
🗓 Arizalarni topshirish muddati: 07.02.2025
🔗 Ariza yuborish uchun: havola👈
Maktabimizning kelajagi sizning qo‘lingizda bo‘lishi mumkin!✨
IT-School Presidency
MAKTAB PREZIDENTLIGIGA SAYLOV
Arizada sizdan quyidagi qismlarni to'ldirish talab etiladi:
Maktabimizning kelajagi sizning qo‘lingizda bo‘lishi mumkin!
IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM