Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.56K subscribers
10.1K photos
700 videos
138 files
3.07K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#InformatikaOlimpiadasi #QizlarITda #MuhammadAlXorazmiyMaktabi #TexnologiyaKelajagi

⚜️QIZLAR O‘RTASIDA INFORMATIKA OLIMPIADASI! ⚜️

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda informatika fanidan qizlar o‘rtasida olimpiada tashkil etildi. Ushbu musobaqa qizlarning texnologiya va dasturlashga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va malakalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Olimpiada maqsadi – qizlarni IT sohasiga keng jalb qilish, ularning dasturlash, algoritmik tafakkur va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Bugungi kunda axborot texnologiyalari dunyoni o‘zgartirmoqda va ushbu jarayonda qizlarning faol ishtiroki juda muhim.

Musobaqa jarayoni – ishtirokchilar bir necha bosqichda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Ular dasturlash, axborot xavfsizligi va kompyuter tarmoqlari bo‘yicha topshiriqlarni bajardilar.

G‘oliblarni taqdirlash – eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alar hamda sertifikat bilan taqdirlanadilar. Bundan tashqari, g‘oliblar kelgusida IT sohasidagi turli loyihalarda ishtirok etish va tajriba oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Tadbirning ahamiyati – ushbu olimpiada nafaqat qizlarning bilimini sinash, balki ularga IT sohasida o‘z o‘rnini topish uchun ilhom berish, texnologiya va innovatsiyalar olamida o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qilishga turtki bo‘ldi.

Texnologiya va dasturlash sohasida qizlarimizning yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz! 🚀💻
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#InformatikaOlimpiadasi #QizlarITda #MuhammadAlXorazmiyMaktabi #TexnologiyaKelajagi

QIZLAR O‘RTASIDA INFORMATIKA OLIMPIADASI!

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida shu kunlarda informatika yo’nalishi bo’yicha olimpiada o’tkazilmoqda. 👩‍💻2025-yil 4-matr kuni grafik dizayn yo'nalishida qizlarimiz o'rtasida qizg'in musobaqa bo'ldi. 🤖 5-mart kuni esa robototexnika bo'yicha qizlarimizning bilim va mahoratini sinab ko'rish imkoniyati bo'lib o’tdi.

Har ikki musobaqada ham ular o’zining ijodiy salohiyatini va texnik bilimlarini namoyish etishdi.

💻 Bunday musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish qizlarimizning ijodkorlik va texnologiya sohalariga qiziqishini oshirish hamda bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish orqali o'ziga ishonchini, raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyish etishga yordam beradi.

Qizlarimizning g'alabasi bizni juda xursand qildi!

_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#InformatikaOlimpiadasi #QizlarITda #MuhammadAlXorazmiyMaktabi #TexnologiyaKelajagi

G‘OLIBLARNI TABRIKLAYMIZ!


📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2025-yil 4-mart kuni o‘tkazilgan grafik dizayn yo‘nalishida hamda 5-mart kuni robototexnika bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblari taqdirlandi. Informatika yo’nalishi bo’yicha bo’lib o’tgan ushbu olimpiadada qizlarimiz o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o’tkazdilar.

Grafik Dizayn yo‘nalishi g‘oliblari yaratgan innovatsion dizaynlar va ijodiy yondashuvlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini fantastik tarzda namoyish etdilar!

Shuningdek, Robototexnika bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi musobaqada qizlarimiz robotlarni yaratish, dasturlash va yuqori texnologiyalar sohasidagi bilimlarini amalda sinab ko‘rishdi va katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.

🎁Taqdirlash jarayoni chog‘ida g‘oliblarga maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Barcha g‘oliblarimizdan kelajakda yangi-yangi loyihalar va yutuqlarni kutib qolamiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM