Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.72K subscribers
9.85K photos
692 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#cloud #girls #comunity

LOYIHA G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI!

👩🏻‍⚖️
Avvalroq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchi qizlar uchun yangi loyiha tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

📢 Bugun 9-dekabrda maktab tashkiliy bo'lim sardori Umarova Kifoyat muallifligidagi "Cloud Girls" klubi a‘zolarining raqamli texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishgan ayollar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🙋🏻‍♀️ Klubning qisqa vaqt ichida raqamli texnologiya bo‘yicha o‘z loyihasini yaratgan va bu orqali qizlar "community"sini shakllantirishga erishgan a‘zolari sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

👩🏻‍💼 Sovg‘alarni Prezident ta‘lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova topshirdi.

💻 Raqamli texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishgan ayol-qizlar qatorini kengaytirish yo‘lida olib borilayotgan bu kabi loyihalar albatta o‘z samarasini beradi, deb o‘ylaymiz!

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#cloud #girls #comunity

LOYIHA G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI!

📹 Xabaringiz bor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o'quvchi qizlar uchun "Cloud Girls" klubi tashkil qilingandi. Maktab tashkiliy bo‘lim sardori Umarova Kifoyat muallifligidagi ushbu loyiha ishtirokchilari raqamli texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishgan ayollar bilan uchrashib, ularning yutuqlari va unga erishish sirlari bilan tanishdilar.🎥

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#SAT #for #Girls

🚀QIZLAR KUTGAN YANGILIK🚀

— IT school qizlariga mo'ljallangan SAT MATH darslari uchun ro'yxatga olish boshlandi!

🎯Anora Union qizlarni SAT xalqaro imtihoniga bepul tayyorlashga tayyor. Ayni paytda imtihonning faqat matematika bo'limi bo'yicha offline kursni yo'lga qo'ymoqdamiz. O'quvchilar darslar davomida chet el nufuzli universitetlariga kirish bo'yicha ma'lumotlarga ham ega bo'lishadi. Darslar bo'yicha talablar va kengroq ma'lumotni quyidagi Ro'yxatdan o'tish uchun havola orqali google forma ga o'tib olishingiz mumkin.

Ro'yxatga olish quyidagi vaqtda to'xtatiladi:
📅20-oktabr 23:59

Ro'yxatdan o'tish uchun havola

Eslatib o'tamiz, SAT Math bo'yicha so'rovnoma to'ldirgan qizlar ham yuqoridagi formani to'ldirib ro'yxatdan o'tishlari shart.

▪️▪️▪️▪️

🚀 ХОРОШИЕ НОВОСТИ 🚀

— Началась регистрация на занятия SAT MATH для девушек IT-школы!

🎯Anora Union готова бесплатно готовить девушек к международному экзамену SAT. На данный момент мы запускаем онлайн-курсы только для математической части экзамена. На уроках ученицы также получат информацию о поступлении в престижные зарубежные вузы. Вы можете найти требования к курсу и более подробную информацию, перейдя в Google форму, нажав на ссылку Регистрация ниже.

Регистрация будет проходить до:
📅 20 октября 23:59

Ссылка для регистрации

Напоминаем, что ученицы, заполнившие анкету SAT Math, также должны зарегистрироваться, заполнив форму выше.

Telegram | Instagram
#eʻlon #girls #coding #girlsinTech #tech4girls #cloudGirls

DIQQAT E’LON❗️

📛Maktabimizning intellektual salohiyatga va IT bo’yicha bilim hamda ko’nikmaga ega bilimdon qizlari!

Sizlar:

✔️mobil ilovalarni ishlab chiqish;
✔️ biznes-rejalar yozish va ijtimoiy startaplarni ishga tushirish;
✔️ sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish;
✔️ jamoada ishlash;
✔️ video suratga olish;
✔️ loyiha taqdimotini tayyorlash va omma oldida chiqish qilish;
✔️ BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida bilib olish;
✔️O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning IT-kompaniyalarida muvaffaqiyatli ishlayotgan qizlar bilan tanishishni istaysizmi? Unday bo’lsa, ro’yxatdan o’tishni unutmang!

📌O‘zbekistonda Technovation Girls 2023 xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🎈Darvoqe, go'liblarni qimmatbaho sovg'alar va katta imtiyozlar kutadi. Ro’yxatdano'tish uchun quyidagi ssilkani bossangiz kifoya 👈

🎁Go'liblik sari olg‘a!



ВНИМАНИЕ ОБЪЯВЛЕНИЕ❗️

📛Интеллектуальные девушки нашей школы с прекрасным потенциалом, IT-знаниями и навыками!

Вам интересно:

✔️разработка мобильных приложений;
✔️написание бизнес-планов и запуск социальных стартапов;
✔️знание искусственного интеллекта;
✔️ работа в команде;
✔️видеосъемка;
✔️подготовка презентации проекта и публичного выступления;
✔️ узнать о целях устойчивого развития ООН;
✔️познакомиться с девушками, которые успешно работают в IT-компаниях Узбекистана и других стран? Если да, то не забудьте зарегистрироваться!

📌В Узбекистане стартовала регистрация на международный технологический конкурс Technovation Girls 2023!

🎈Кстати, победителей ждут ценные подарки и приятные бонусы. Для регистрации просто нажмите на ссылку 👈

🎁Вперёд к победе!

🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#technovation #GIRLS #club #al #Khwarezmi #school

TECHNOVATION GIRLS KLUBI

Xalqaro "Technovation girls" loyihasining 2023-yil mavsumi ochiq deb e'lon qilingan.

Siz ushbu loyihada qanday qilib ishtirok etishni hamda ishtirokchilar nima qilishi kerakligini bilmayapsizmi?
U holda “ Tech Ladies “ klubi aynan siz uchun!

Tanishing, klub lideri - Maftunaxon Maxkamova!
🥇Technovation girls 2021 "Teng imkoniyatlar" nominatsiyasi g'olibi;
🎗Technovation girls 2022 ishtirokchisi;
🎖Technovation girls 2023 uchun Student Ambassador(elchi);

🤩Klub barcha Prezident maktablari, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari hamda Yangi O'zbekiston universtitetini qamrab oladi.

Agentlikning boshqa muassasasida o'qiysizmi, unda bizni kuzatib boring. Albatta, sizga ham yordam beramiz!

☄️Bizning safimizga qo'shilish orqali siz:
-o'zingiz uchun jamoa va mentor topishingiz;
-loyihaning har bir bosqichi davomida yordam olishingiz;
-ochiq muloqotga asoslangan sessiyalarda ishtirok etishingiz mumkin.

🔗Safimizga qo'shilishni istasangiz quyidagi havolalarga kiring:
https://t.iss.one/TechLadies_club
https://t.iss.one/+04zaYI_6nqg4NmFi

👩💻Tech Ladies – birgalik.

🫥🫥🫥

КЛУБ TECHNOVATION GIRLS

Сезон 2023 года международного проекта «Technovation girls» объявлен открытым.

Вы не знаете, как принять участие в этом проекте и что делать участникам?
Тогда клуб «Tech Ladies» именно для вас!

Знакомьтесь, лидер клуба - Мафтунахон Махкамова!
🥇Победительница в номинации "Равные возможности" Technovation Girls 2021;
🎖Участница Technovation girls 2022;
🎖Студенческий посол Technovation girls 2023;

🤩В состав клуба входят все Президентские школы, специализированные учебные заведения имени Мухаммада ал-Хоразми, Абу Али ибн Сино, Мирзо Улугбека, Университета Новый Узбекистан.

Если вы учитесь в другом заведении агентства, то следуйте за нами. Конечно, мы поможем и вам!

☄️Вступив в наши ряды, вы сможете:
- найти себе команду и наставника;
- получить помощь на каждом этапе проекта;
- вы можете участвовать в сессиях, основанных на открытом общении.

🔗Если вы хотите вступить в наши ряды, переходите по следующим ссылкам:
https://t.iss.one/TechLadies_club
https://t.iss.one/+04zaYI_6nqg4NmFi

👩💻Tech Ladies - это союз.

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Technovation #Girls

Muhammad al-Xorazmiy nomli maktabdagi o'quvchi qizlar uchun Technovation Girls 2023 bo'yicha tanishtiruv kuni bo'ldi.
__________
Bunda maktabimizning Technovation Girls loyihasida qatnashadigan guruhlar shakllantirilib, mentorlar biriktirildi.

Mentorlik uchun ikki nafar tajribali mutaxassislar ko'ngilli sifatida tashrif buyurishdi.

🚀Nodir Zayniyev - ayni vaqtda Ispaniyada Nextail kompaniyasida ishlayotgan data analitik. Mehmonimiz O'zbekistonda Nestle va Pepsi kabi yirik korxonalarning sotuv tizimini rivojlanishida o'z hissasini qo'shgan.

☄️Ulug'bek Zayniyev - Oyster loyihasi asoschisi, bir necha startaplarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan loyiha boshqaruvchisi.

Ushbu tadbir davomida Technovation Girls dasturi va loyihalar ustida qanday ishlash haqida umumiy ko'rsatmalar berildi.

-

Прошел день знакомства с Technovation Girls 2023 для школьниц школы Мухаммада ал-Хоразми.
__________
Были сформированы группы-участниц проекта Technovation Girls нашей школы и назначены наставники.

Двух опытных специалистов назначили менторами.

🚀Нодир Зайниев — аналитик данных, в настоящее время работает в Nextail в Испании. Он способствовал развитию системы продаж таких крупных предприятий, как Nestle и Pepsi в Узбекистане.

☄️Улугбек Зайниев — основатель проекта Oyster, руководитель проектов, успешно реализовавший несколько стартапов.

В ходе этого мероприятия были даны общие инструкции о программе Technovation Girls и о том, как работать над проектами.‌‌

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#technovation #girls

TECHNOVATION
GIRLS - 2024 OCHILISH MAROSIMI

👍 2024-yil 7-fevral kuni O‘zbekistonda qizlar uchun eng yirik STEM-dastur hisoblangan «Technovation Girls Uzbekistan 2024» xalqaro tanlovining yangi mavsumiga start berildi.

🔥Dastur “Tech4Impact” NNT tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Yandex” texnologik kompaniyasi hamkorligida tashkil qilindi. «Technovation Girls Uzbekistan 2024» xalqaro tanlovining yangi mavsumiga start berish tadbirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchi qizlar jamoalari ham ishtirok etishdi.

Tadbir davomida:
🎙 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shaxlo Oʻtkurovna Turdiqulova,
🎙Tech4Impact nodavlat tashkiloti direktori va Technovation Girls Uzbekistan kordinatori Saida Yusupova,
🎙 Yandex kompaniyasining kadrlar bo‘yicha direktori Daria Zolotuxinalarning chiqishlari o‘quvchi qizlarga katta shijoat va motivatsiya berdi.

Tadbir davomida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘z jamoalarini shakllantirdilar va loyihalari ustida ishlashni boshlab yuborishdi.

Barcha jamoalarga omad tilaymiz❗️
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Girls #in #Tech

TECHNO GIRLS

🆕💖 Yurtimizda kundan-kun IT sohasida faoliyat olib borayotgan qizlar soni oshib bormoqda. Qizlarimizning axborot-texnologiyalari yo'nalishidagi faoliyatini oshirish, ularning innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida maktabimizda o'quvchi qizlarimiz uchun dasturlash, robototexnika, dizayn bo'yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.

👍 Musobaqalar ayni damda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tadi. Musobaqa ishtirokchilari dasturlash, grafik dizayn, robototexnika yo'nalishlarida o'z bilimlarini sinab ko'rishlari mumkin.

Tanlov shartlari:
1️⃣Robototexnika yo'nalishida:
🟣 Tanlov ishtirokchilari soni 2 kishidan oshmasligi kerak;
🟣 Har qanday sohadagi loyiha va ixtirolar qabul qilinadi;
🟣 G’oliblar loyihalarning foydaliligi, eng chiroyli dizaynga egaligi, innovatsionligi, dolzarbliligiga ko’ra tanlab olinadi. (IT, Ekologiya, Robototexnika sohalari tavsiya qilinadi).

🔜Robototexnika yo'nalishi bo'yicha batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun!

2️⃣Dasturlash yo'nalishida:
🟡Tanlov ishtirokchilari yakka tartibda ishtirok etadi.
🟡Robocontest.uz da 5 ta masala beriladi 2 soat davomida ixtiyoriy dasturlash tilda yechim kodini yuborishi kerak.
🟡G’olib sinflar kesimida (5-6 sinflar, 7-8 sinflar 9-11-sinflar) yuqori o’rinni egallagan o’quvchilar tanlab olinadi.

🔜Dasturlash yo'nalishi bo'yicha batafsil!

3️⃣Grafika yo'nalishida:
Mavzusi: “Music Festival” uchun poster tayyorlash.
Talablar:
🔵Kreativ yondashgan holda musiqa atmosferasiga oid elementlar (musiqiy asboblar, audio-tarmoqlar, musiqa obrazlari va h.k.)ni ishlatish.
🔵Shriftlarni to’g’ri tanlash, hamda ranglar uyg’unligiga alohida e’tibor berish.
🔵Posterni tayyorlashda sifatli rasmlardan foydalanish.
🔵Mavzudan tashqari rasmlar va elementlar bilan ishlamaslik.
🔵To’g’ri fonlarni tanlash, matnlarni kreativ joylash.
🔵Elementlar orasidagi masofaga rioya qilish, ma’lumotlarni tartibli holda joylash.

➡️Grafika yo'nalishida batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun!

🎁 Darvoqe, go'liblarni qimmatbaho sovg'alar va katta imtiyozlar kutadi.
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM