Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.73K subscribers
9.89K photos
695 videos
138 files
3.02K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni

O‘ZLIGIMIZ QAYTGAN KUN MUBORAK BO‘LSIN!


Ona tilim, onajonim tili bu,
Beshikdanoq, singgan jon-u quloqqa.
El-u yurtim, xonumonim
tili bu,
Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa!


🇺🇿Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o`zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish munim o`rin tutadi. Milliy tilimizga, ona tilimizga boʻlgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu oʻrinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yoʻqotmak millat ruhini yoʻqotmakdur” (M.Behbudiy).

Bugun 21-oktyabr-milliy tilimizning yuksak sharafi- “ Davlat tili” maqomi berilganiga 35 yil to’ldi.

Barchangizga g’urur va iftixor ramzi bo’lmish til bayrami qutlug’ bo’lsin!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 21, 2024
#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni

ONA TILIM – ONAJONIM TILI BU!

🇺🇿 Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Xalqning o‘zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish munim o‘rin tutadi.

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 21-oktyabr-milliy til bayramimiz sanalgan “Davlat tilikuni munosabati bilan “Muqaddasim, munavvarim – ona tilim“ nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbirda o‘quvchilarimiz tomonidan aytilgan millatning ruhi hisoblangan ona tilimizni asrab-avaylash haqidagi maqol va kuy- qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi. Shuningdek, tilimizdagi bebaho xazinalarni qunt bilan o‘rganish va tilimizning sofligiga putur yetkazmaslik haqidagi sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha taassurot baxsh etdi.

Aziz o‘quvchi yoshlar! Barchamiz uchun eng qadrli va muqaddas bo‘lgan ona tilingizni seving, ardoqlang va uning rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.
Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 21, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni

ONA TILIM – ONAJONIM TILI BU!

🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 21-oktyabr-milliy til bayramimiz sanalgan “Davlat tilikuni munosabati bilan “Muqaddasim, munavvarim – ona tilim“ nomli tadbirdan videolavha.

_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 25, 2024