Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.68K subscribers
9.83K photos
691 videos
138 files
3K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Xalqaro_forum
#Workshop
Mavzu: "Ta'lim jarayonini strategik rejalashtirish"

"Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" mavzusidagi xalqaro forum doirasida seminar-treninglar boshlandi!

🔸15-noyabr kuni O'zbekistonga yetib kelgan Germaniyaning TUM International tashkiloti delegatsiyasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston” Universitetida universitet xodimlari va pedagog-kadrlar uchun seminar-trening (Workshop) tashkil etildi.

✔️Unda TUM International Strategiya va amaliyot bo‘limi boshlig‘i Jana Legtenborg, loyiha menejerlari Katrin Rixter va Aleksandr Turnvald va oliygoh rahbariyati boshchiligida universitet ta'lim jarayonini strategik rejalashtirish, ilmiy yo‘nalish va g‘oyalar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.

📎 Forum doirasida seminar-treninglar davom etadi...

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforum_bot orqali yo’llang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan 24-25-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston ta'limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” mavzusida xalqaro forum tashkil etilmoqda!

Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad:
🔸xorijiy davlatlar vakillarini O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari bilan tanishtirish;
🔸zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishning xorij tajribasini joriy etish;
🔸nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashishdan iborat.

⚡️Forumga Yevropa, Amerika, Osiyo qit'alaridan ta'lim sohasining 100 dan ortiq yetuk mutaxassislari, o‘z yo‘nalishida jahonning eng nufuzli ta'lim dargohlari rahbarlari va jahon OTMlari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforum_bot orqali yo’llang!
#physics #DG #competition

🏎 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabida 15-noyabr kuni "Mouse trap car competition" avtomobil konstruksiyalari tanlovi bo'lib o'tdi.

📌 Tadbirda 102-sonli eshitish qobiliyati zaif bolalar maktab-internati o'quvchilari ham ishtirok etdi va munosib o'rinlarni qo'lga kiritdi.

🥇Musobaqada "Zamin" jamoasidan Yunusova Munira, "Cloud girls" jamoasidan Umarova Kifoyat,"Mustang"jamoasidan Sohibov Doniyor va "Someone" jamoasi vakili Baxodirov Afzal g'olib bo'lishdi.

🏆 Go'lib jamoalar "Digital Generation Uzbekistan" Nodavlat Notijorat Muassasasi jamoasi tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.⌚️

💡 Bunday tanlovlar o'quvchilarimizda yaratuvchanlik va ixtiro qilish ko'nikmalarini shakllantirish va yashirin qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda munosib maktab vazifasini o'taydi,deb umid qilamiz.

Mouse trap car competition

Batafsil 👈

©️
Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#girl #IT #data #lady #python #queens

🙋🏻‍♀️“AI Journey 2021” xalqaro tanlovida g‘oliblikni qoʻlga kiritgan O‘zbekistonlik o‘quvchi qizlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabiga keldi!

🖥 “AI Journey 2021” xalqaro konferensiyasida Vatanimiz sharafi uchun kurashgan 5 nafar o'quvchi qizlar “Data lady” maxsus nominatsiyasi bo'yicha g‘oliblikni qo'lga kiritdilar.

▫️ “IT Queens” nomli 5 kishilik jamoa sun’iy intellekt sohasida ishlab chiqilgan loyihani taqdim etdi. Loyihaning maqsadi- “Deepfake” , ya'ni, haqiqiy rasm yoki videoga asoslangan soxta materiallarni tanib olishdir.

🎊Intellektual salohiyati bilan mamalakatimiz sharafini ko'kka ko'targan g'oliblarni g'alaba bilan muborakbod etamiz!

➡️ Batafsil ma’lumot: https://clck.ru/YoUA5

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#TUM #camp #tour

☑️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga TUM International Strategiya va amaliyot bo‘limi boshlig‘i Jana Legtenborg, loyiha menejerlari Katrin Rixter va Aleksandr Turnvald hamda oliygoh rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya tashrifi buyurdi.

✔️ Delegatsiya agentlik rahbari Hilola Umarova hamrohligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🔙 15-noyabr kuni O'zbekistonga yetib kelgan Germaniyaning TUM International tashkiloti delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” universitetida muassasa xodimlari va pedagog-kadrlar uchun seminar-trening (Workshop) tashkil etdi.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#competition #mouse #trap #car #video

📽 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 15-noyabr kuni "Mouse trap car competition" avtomobil konstruksiyalari tanlovidan videolavha.

Batafsil 👈

©️
Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#football #championship #november

⚽️Millionlar o'yini start oldi! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabida o'quvchilar orasida futbol musobaqalari qizg'in davom etmoqda.

🇺🇿Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yishga qaratilgan sa'y-harakatlar samarasi o'laroq maktabimizda sportning futbol turi bo'yicha musobaqa tashkil qilingan edi.

⛔️Qoidaga ko'ra, musobaqada har bir sinfdan 7 kishilik bitta jamoa ishtirok etishi belgilangan.

🟢Musobaqaning nimchorak finalini ortda qoldirgan jamoalar ayni paytda chorak final uchrashuvlariga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web