Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.72K subscribers
9.85K photos
692 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#xalqaro #hamkorlik #esolution

🗓9-noyabr kuni Avstriya ishbilarmonlar delegatsiyasi vakillari - Bit media e-solutions GmbH ijrochi direktori Stefan Duss va Fruhmann GmbH, NTL Manufacturer & Wholesaler kompaniyasi bo'lim boshlig'i David Winkler Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib, maktab hayoti bilan tanishdilar.

🇺🇿🇱🇻Uchrashuv Avstriya ishbilarmonlar delegatsiyasi va Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, tomonlar e-learning platformasi faoliyatini yo'lga qo'yish, Agentlik tizimidagi maktablarni laboratoriya jihozlari bilan ta'minlash, shuningdek Bit-media kompaniyasi bilan birgarlikda o'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashildi.

❗️ Bit-media e-solutions Yevropaning yetakchi kompaniyalaridan biri boʻlib, taʼlim va boshqaruvni raqamlashtirish boʻyicha dunyo boʻylab yangi loyihalarni amalga oshiradi.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#yangidastur #AT

🗓 9-noyabr kuni Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim dasturining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

📚Taqdimotda yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari professor o‘qituvchilari, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ekspertlari, Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari, Respublika ta’lim markazi metodistlari hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'qituchilari ishtirok etdilar.

📌Ma'lumot o'rnida, ta’lim dasturini ishlab chiqishda eng yaxshi milliy hamda xorijiy tajribalar, jumladan, Kembrijning IGSCE, A-Level, shuningdek, “NIS – Programme” (Nazarbaev intellektual maktabi), Common Core (AQSh) kabi xalqaro tan olingan dasturlar, International Baccalaureate, SAT kabi imtihonlar tizimi, AQSh, Rossiya, Avstraliya, Belarusiya singari davlatlarning ta’lim dasturlari, PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash dasturlari mazmuni o‘rganildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating🌐

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#GD

GD Team boshchiligida "Osmondagi Bolalar" bilan uchrashuv!

☑️"Osmondagi Bolalar" loyihasi ko'pchiligimizga tanish. Ushbu loyiha qariyib bir yildan beri xalqimiz orasidagi katta muvaffaqiyatlarga erishgan insonlarni topish va ularning muvaffaqiyati sirlarini o‘rganish maqsadida ular bilan uchrashuv uyushtiradi. Ana shunday muvaffaqiyatli insonlarning 3 nafari Muhammad al-Xorazmiy maktabi mehmoni!

🎤"Osmondagi bolalar" nomini olgan mehmonlarimiz bilan tanishing:
- Hasanxo'ja Muhammad Sodiq (SAT va matematika bo‘yicha ekspert)
- Abdusattor Abdurahimov (3D dizayner, frilanser)
- Rustam Rahmatov (Founder of IMAN)
❗️Yana bir mehmon:
- Abdulaziz Muhammad (bloger, kutubxonachi)

✔️Mehmonlarimiz trening davomida:
- qanday qilib dunyoning TOP universitetlariga kirish;
- kitob bilan qanday do'st tutinish mumkin;
- IT olamida biznes;
- qadriyatlarga asoslangan muvaffaqiyat
haqida o'z fikr va tajribalarini bo'lishadilar.

🗓 12-noyabr (juma)
15:00
📍 Muhammad al-Xorazmiy maktabi 4-qavat faollar zali.
✔️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari Toshkent shahridagi Amiti universiteti tomonidan o'tkazilgan “Career Fest 2021” tadbirida qatnashdilar.

☑️10-noyabr kuni o'tkazilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston yoshlari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

🔘Tadbirda quyidagi yetakchi kompaniya va tashkilotlar ishtirok etdi:
Uztelecom, AKFA GROUP, Huawei, "KPMG Audit", Express24, Hamkorbank, Unicon, Artel, United Distribution, Asia Alliance, Alif Tech, Golden House, Datasite Technology, Macro, Alskom, MobiUz, NAPA Team, Hilton Tashkent, Le Grand Plaza , Enter Engineering, Radisson Blu, Markaziy bank, Kapitalbank, Applied Labs, PepsiCo, EPAM, Genesis Technology, TechnoCorp, Qishloq qurilish bank, CRRT, UzDigital, IT-Park, Uzinfocom, Aloqaloyiha, O‘zbekiston pochtasi, Vatanparvar VITC, CA Distrib. , ITSM.

Bundan tashqari, yoshlar orasida taniqli bloger Timur Alixonov o'z faoliyati haqida ma'ruza qildi📸🎬

🔜Yakuniy qism sifatida interaktiv lotereya oʻtkazilib, uning gʻoliblariga qimmatbaho yutuqlar: brend sovgʻalar🎁, gadjetlar, havo nuqtalari va bosh sovrin – planshet🏆📱 topshirildi.

Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Batafsil ©️
#hackathon #Huawei #robot

🇺🇿🇨🇳Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilarini "Seeds for the future" dasturi doirasida o'tkazilgan robototexnika hakatonidan lavhalar.

🗓 10-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Seeds for the future” loyihasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir maktabimiz o'quvchilari hamda robototexnikaga qiziquvchi barcha AT universitet talabalari uchun Hakaton bilan yakunlandi.

🤖 Tanlov to‘rt yo‘nalish asosida tashkil etildi. "Sumo", "Line follower", "Freestyle" va "Football" yo'nalishlarida talab darajasidagi robotlar hakamlar hay‘ati tomonidan baholandi.

👩🏼‍🎓🧑🏼‍🎓Tadbirda AT sohasining mutaxassislari, jumladan, Amity, TUIT, Yeoju, Turin talabalari va "Huawei" kompaniyasi xodimlari qatnashdilar.

🥇🥈🥉Go'lib jamoalar "Huawei" tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Fotolavhalar
#exhibition #robo #IT #school

📚Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari tomonidan robototexnika ko'rgazmasi tashkil etildi.

📝 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O`zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-4354-son qarorining 2-ilovasi “2019-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 8-12-noyabr kunlari O`zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB UZBEKISTAN - 2021” X Milliy axborot-kutubxona haftaligi va haftalik doirasida Yoshlar forumi o`tkazildi.

📘 Mazkur haftalik Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha ilgari surilgan "5 MUHIM TASHABBUS"dan biri — yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida tashkil qilindi.

🦾 Shu munosabat bilan tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning iqtidorli o'quvchilari va xodimlari o'zlarining robototexnika bo'yicha ko'rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

Batafsil👈

Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati. ©️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#huawei #robo #competition #video #IT #school

🎥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Seeds for the future" dasturi doirasida o'tkazilgan robototexnika hakatonidan
videolavha.

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati. ©️

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#exthibition #robo #IT #school

🦾🤖 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari ishtirok etgan “INFOLIB UZBEKISTAN - 2021” X Milliy axborot-kutubxona haftaligi va haftalik doirasida Yoshlar forumidan videolavha.

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati. ©️

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Forwarded from Huawei Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Поздравляем студентов программы с успешным завершением обучения по программе #SeedsForTheFuture. Сюжет @UZREPORT с церемонии закрытия. #Uz_seedsforthefuture
#matbuot #gazeta

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktab Matbuot bo'limi tomonidan maktab gazetasining ilk soni taqdim etildi.

Gazetaning ushbu sonida:

✍🏻"Tilimiz - g'ururimiz" nomli tadbirdan lavhalar;
🇦🇹Avstriya xalqaro siyosat komissiyasi prezidentining IT maktabga tashrifi tafsilotlari;
🇺🇿Prezidentlik saylovlari doirasida uyushtirilgan tadbirlar;
🎮Kibersportning CS:GO yo'nalishida tashkil etilgan musobaqa natijalari;
🤖Huawei kompaniyasining "Seeds for the future" nomi ostidagi hackathon to'g'risida;
🇩🇪"Mangold Consulting GmbX" kompaniyasi rahbarining maktabimizga tashrifi va shu kabi yangiliklar bilan tanishasiz!

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati. ©️

Telegram |Facebook |Instagram |Web
🗒 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabda 12-noyabr kuni GD Team tomonidan "Osmondagi bolalar" bilan trening tashkil etildi.

Taklif qilingan mehmonlar trening davomida:
▪️ qanday qilib dunyoning TOP universitetlariga kirish;
▪️ kitob bilan qanday do'st tutinish mumkin;
▪️ IT olamida biznes;
▪️ qadriyatlarga asoslangan muvaffaqiyat haqida o'z fikr va tajribalarini bo'lishdilar.

🔜 Uchrashuvda ishtirok etgan o'quvchilar ushbu o'z sohasi bo'yicha katta muvaffaqiyatlarga erishgan insonlardan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob va maslahat oldilar.

☑️ Shuningdek, mazkur treningda biznes, biznes ustida tuzilgan jamoa bilan ishlash, ta'lim tizimi va SAT imtihoni haqida zaruriy ma'lumotlar berildi.

✔️ Ushbu noan'anaviy uchrashuv o'quvchilarimizning oldilariga qo'ygan maqsadlari sari intilishlarida katta maktab bo'ladi ,deb umid qilamiz.

Fotolavha👈

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati. ©️
#research #projects #infinity #team #IT #school

🗣"Infinity team" asoschisi loyihalar ustida ish boshladi!

🚀 Guruh asoschisi Yo'ldashev Dilmurod va uning jamoa a'zolari boshlagan "Shamol Genaratori" loyihasi nihoyasi yetkazildi.
———————————————————
💬Barcha loyihalarni @D_yuldoshev_05 elektron manziliga yuborishingiz va sizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin.
———————————————————
📌🔗"Infinity team" a'zosiga aylanishni va o'z g'oya hamda loyihalaringizni taqdim etishni xohlasangiz, quyidagi link orqali ro'yxatdan o'ting!

https://forms.gle/G2MrvE4GUMyNtf6M8

Savol va takliflar: @D_yuldoshev_05

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web
“Mahorat” klubiga marhamat!

🎩 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabining hurmatli o‘quvchilari! Iqtidoringizni ko‘rsatadigan vaqt keldi. Qanday qilib deysizmi? Unda diqqat bilan buni o‘qing!

🎭 Sizlarni maktabimizda tashkil qilingan “MAHORAT” klubiga taklif etamiz.

🎬 Siz mazkur klubda she’riyat, nasr, dramaturgiya, jurnalistika, shuningdek, chiroyli gapirish, sahna nutqi va aktyorlik sirlarini o'rganasiz. Klub a’zolari ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan barcha tadbir va tantanalarning asosiy ishtirokchilariga aylanadi.

🏟 “Mahorat” klubi – she’r, hikoya, drama, maqola yozishga hamda suxandonlik va aktyorlikka qiziqadigan yoshlar uchun yaxshi imkoniyat!

🎤 “Mahorat” klubiga marhamat! Sizlarni kutamiz!

📍 Murojaat uchun manzil: 317-xona

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web