#yongʻin #xavfsizligi #besh #daqiqa #qoidasi #EHTIYOT_BOʻLING
YONG‘IN XAVFSIZLIGI – BIZNING XAVFSIZLIGIMIZ!
🚒 👨🚒“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Muhammad al -Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham tadbir tashkil etildi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotida o‘quvchilarga favqulodda holatlarda inson o‘zini qanday tutishi, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi kerakligi haqida muhim ko‘rsatmalar berildi, ya’ni yong‘in chiqqanda xotirjamlikni yo‘qotmaslik va tartibli harakatlanish kerakligi uqtirildi.
🔥 Shuningdek, o‘quvchilar yong‘in xavfsizligi qoidalari, yong‘in chiqishiga olib keluvchi sabablar va yong‘in vaqtida qanday harakat qilish kerakligini amaliy mashg’ulot tarzida o‘rgandilar. O‘t o‘chirish mashqlari ham o‘tkazildi, bu barchaga yong‘in paytida tezkor va to‘g‘ri harakat qilishni o‘rgatdi.
⚠️ Yong'in xavfsizligiga barchamiz mas’ulmiz! O‘rganilgan qoidalarga amal qilib, o‘zimizni va atrofimizdagi odamlarni xavfdan himoya qilishimiz kerak.
_
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web 🌐 Youtube 🌐 Linkedin
YONG‘IN XAVFSIZLIGI – BIZNING XAVFSIZLIGIMIZ!
🚒 👨🚒“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Muhammad al -Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham tadbir tashkil etildi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotida o‘quvchilarga favqulodda holatlarda inson o‘zini qanday tutishi, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi kerakligi haqida muhim ko‘rsatmalar berildi, ya’ni yong‘in chiqqanda xotirjamlikni yo‘qotmaslik va tartibli harakatlanish kerakligi uqtirildi.
_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq #dars
#karikatura #ijodkorlik #rasm
KARIKATURA: SAN’AT VA FIKR
👨💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 6-03 sinfida "Karikatura: san’at va fikr" mavzusiga bag‘ishlangan ochiq dars tashkil etildi. Ushbu darsni tajribali ustoz Raxmatov Shukrullo olib bordi.
🎯 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga karikaturaning tarixi, uning asl mohiyati va bugungi kundagi ahamiyati batafsil tushuntirildi. Darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarni karikatura janri bilan yaqindan tanishtirish, ularning estetik didini shakllantirish va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish edi.
📝 Ochiq darsni olib borgan ustoz nafaqat mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni berdi, balki o‘quvchilarga karikatura yaratishda yaqindan yordam berdi. Dars davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, karikatura janriga oid savollarga javob berishdi. Bu o‘quvchilarga mavzuni chuqurroq anglash va o‘z ijodiy yondashuvlarini namoyon etish imkonini berdi.
🔅 Dars yakunida faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib, ustoz Raxmatov Shukrulloga ijodiy dars o‘tkazgani uchun alohida rahmat aytildi. Bunday ochiq darslar o‘quvchilarning bilimini boyitadi, shuningdek, yangi g‘oyalar yaratishga, mustaqil fikrlashga va jamoa bilan ishlashga o‘rgatadi.
_
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web 🌐 Youtube 🌐 Linkedin
#karikatura #ijodkorlik #rasm
KARIKATURA: SAN’AT VA FIKR
_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Priyadarshani #Group #of #Schools
#India
IB BO‘YICHA YANA BIR HAMKORLIK
🇺🇿 🇮🇳 Har bir davlatning izchil rivojlanishi va taraqqiyotida ma’naviy-ma’rifiy hamda ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Puna shahridagi “Priyadarshani Group of Schools” maktab va kollejlar guruhi tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida R. Singh so‘nggi yillarda mamlakatimzda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi.
✔️ Mehmonlar maktabimizda IB dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Jumladan, maktabning o’qitish tizimi, IT bo’yicha qilingan ijodiy ishlar hamda o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdilar.
📌 Ikki davlat vakillari hamkorlikning buguni va ertasini yanada rivojlantirish maqsadida istiqbolli rejalar asosida faoliyat olib borishga kelishib olishdi.
_
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web 🌐 Youtube 🌐 Linkedin
#India
IB BO‘YICHA YANA BIR HAMKORLIK
Ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Puna shahridagi “Priyadarshani Group of Schools” maktab va kollejlar guruhi tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida R. Singh so‘nggi yillarda mamlakatimzda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi.
_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_tuproq_kuni
#trening
EKOFAOL OʻQUVCHILAR UCHUN TRENING
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻzaro hamkorlikda qoʻshma loyihalar, qiziqarli dasturlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.
Xususan, 5-dekabr – Xalqaro tuproq kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorligida ekofaol oʻquvchilar uchun trening tashkil etildi.
Trening doirasida mazkur maktablar ekofaollari "Tuproqning tabiat va ekotizimdagi ahamiyati" mavzusida taqdimotlar oʻtkazdi. Oʻzaro muloqotda tuproqning ekologiya barqarorligidagi roli, o‘simlik va hayvonot olami rivojiga ta’siri, uni ifloslanishdan himoya qilish usullari muhokama qilinib, taklif va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ekofaol oʻquvchilar oʻz tengdoshlariga "Eco-schools Uzbekistan", "Yosh fermer" kabi loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab, ekomadaniyatni oshirish, atrof-muhit tozaligini saqlash, tabiatga gʻamxoʻrlik qilish borasida amaliy tavsiyalar berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube