Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.68K subscribers
9.83K photos
691 videos
138 files
3K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#ted #ed #al #Khwarizmi #schools #statistics #applicants #club #IT #school

TANLOVGA OZ QOLDI!

❗️Ted-ed al-Xorazmiy spikeri tanlovida ishtirok etish uchun ariza topshirish muddati nihoyasiga yetmoqda. Bu imkoniyatga ega bo‘lish uchun sizda yana uch kun vaqt bor.
Imkoniyatni boy bermang!
Shuningdek, bu yerda siz ariza topshirgan da'vogarlar haqidagi ba'zi statistik ma'lumotlar bilan ham tanishishingiz mumkin.

❗️Напоминаем о том, что осталось всего 3 дня для подачи заявки на Ted-ed ал-Хоразмий с возможностью выступить в виде спикера.
Выше вы можете познакомиться со статистикой клуба.‌‌

❗️This is another reminder that there are only 3 days left to apply for this amazing opportunity to become a speaker of Ted-ed al-Khwarizmi.
Here, you can also find out some statistics regarding the applicants applied for the Club.

Telegram | Instagram
#Volunteer #club

🤩Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi AKT fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabning barcha tashabbuskor va iste‘dodli o'quvchilarini "Volunteer club" ga taklif etamiz. Bu loyiha jamoasiga qo'shilish orqali siz koʻplab imkoniyatlarni qo‘lga kiritasiz. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning top reytingli universitetlari talabi bo‘yicha portfolio uchun sertifikatlarga ega boʻlishingiz mumkin.

🥳Jamoamizga qoʻshiling va oʻz imkoniyatlaringizni kengaytiring. Biz birgalikda katta jamoamiz.

Batafsil👈



🤩Приглашаем всех креативных и талантливых учеников специализированной школы Мухаммад ал-Хоразмий в клуб Волонтёров. Присоединившись в эту команду, вы получите большие возможности. Вы также можете получить сертификаты для портфолио, которые требуются при поступлении в ведущие университеты мира.

🥳Присоединяйтесь к нам и расширьте свои возможности. Вместе мы отличная команда.

Подробно👈

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#technovation #GIRLS #club #al #Khwarezmi #school

TECHNOVATION GIRLS KLUBI

Xalqaro "Technovation girls" loyihasining 2023-yil mavsumi ochiq deb e'lon qilingan.

Siz ushbu loyihada qanday qilib ishtirok etishni hamda ishtirokchilar nima qilishi kerakligini bilmayapsizmi?
U holda “ Tech Ladies “ klubi aynan siz uchun!

Tanishing, klub lideri - Maftunaxon Maxkamova!
🥇Technovation girls 2021 "Teng imkoniyatlar" nominatsiyasi g'olibi;
🎗Technovation girls 2022 ishtirokchisi;
🎖Technovation girls 2023 uchun Student Ambassador(elchi);

🤩Klub barcha Prezident maktablari, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari hamda Yangi O'zbekiston universtitetini qamrab oladi.

Agentlikning boshqa muassasasida o'qiysizmi, unda bizni kuzatib boring. Albatta, sizga ham yordam beramiz!

☄️Bizning safimizga qo'shilish orqali siz:
-o'zingiz uchun jamoa va mentor topishingiz;
-loyihaning har bir bosqichi davomida yordam olishingiz;
-ochiq muloqotga asoslangan sessiyalarda ishtirok etishingiz mumkin.

🔗Safimizga qo'shilishni istasangiz quyidagi havolalarga kiring:
https://t.iss.one/TechLadies_club
https://t.iss.one/+04zaYI_6nqg4NmFi

👩💻Tech Ladies – birgalik.

🫥🫥🫥

КЛУБ TECHNOVATION GIRLS

Сезон 2023 года международного проекта «Technovation girls» объявлен открытым.

Вы не знаете, как принять участие в этом проекте и что делать участникам?
Тогда клуб «Tech Ladies» именно для вас!

Знакомьтесь, лидер клуба - Мафтунахон Махкамова!
🥇Победительница в номинации "Равные возможности" Technovation Girls 2021;
🎖Участница Technovation girls 2022;
🎖Студенческий посол Technovation girls 2023;

🤩В состав клуба входят все Президентские школы, специализированные учебные заведения имени Мухаммада ал-Хоразми, Абу Али ибн Сино, Мирзо Улугбека, Университета Новый Узбекистан.

Если вы учитесь в другом заведении агентства, то следуйте за нами. Конечно, мы поможем и вам!

☄️Вступив в наши ряды, вы сможете:
- найти себе команду и наставника;
- получить помощь на каждом этапе проекта;
- вы можете участвовать в сессиях, основанных на открытом общении.

🔗Если вы хотите вступить в наши ряды, переходите по следующим ссылкам:
https://t.iss.one/TechLadies_club
https://t.iss.one/+04zaYI_6nqg4NmFi

👩💻Tech Ladies - это союз.

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #algo #club #asilbek

Maktabimizning ilmga chanqoq o'quvchilari diqqatiga!

👨‍💻 Sizlarni Vengriyada o'tkazilgan Xalqaro IOI olimpiada ishtirokchisi Asilbek Sunnatov tomonidan o'tkaziladigan mahorat darslariga taklif etamiz. Maktabimizning eng oldi o'quvchilaridan bo'lgan Asilbek Sunnatov nafaqat ushbu olimpiadada, balki boshqa xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etib, ko'plab g'olibliklarni qo'lga kiritgan.

Jumladan:
🥇PIIMA tomonidan o'tkazilgan olimpiadada 1-o'rin
🥈Moskva davlat universiteti tashkil qilgan "Lomonosov" musobaqasida 2-o'rin
🥉IZhO xalqaro loyihasida bronza medal
🥉VKOShP jamoaviy loyihasida bronza medal

📝 Mahorat darslarida qatnashish uchun sizdan quyidagilar talab qilinadi:
- C++ va Python dasturlash tillarida boshlang'ich bilimga ega bo'lish
- 8-11-sinf o'quvchisi bo'lish

📍 Muhammad al-Xorazmiy maktabi 422-xona
📆 Har chorshanba kunlari 14:40

📌Ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #GPA #bookworms #club

👍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning bilimdon, ilmga chanqoq o'quvchi qizlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida, maktabimizning Girls Presidency Association jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan "Bookworms club" da endi 5-6-7-sinf o'quvchi qizlari ham ishtirok eta oladilar.

📚Ushbu klubda saralash bosqichidan o'tgan 10 nafar o'quvchi qizlar, belgilangan asarni birgalikda mutolaa qiladilar va asar bo'yicha bir qator ijodiy ishlarni amalga oshiradilar.

📝Klub a'zosiga aylanish uchun, quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting. Klubimizga qo'shiling va biz bilan birgalikda kitob mutolaa qiling!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #GPA #bookworms #club

👍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil qilingan "Bookworms club" 24-noyabr sanasida o'zining birinchi uchrashuvini o'tkazdi.

🎙Uchrashuv davomida, klub a'zolari birgalikda bir-biridan qiziqarli bo'lgan mavzular bo'yicha suhbatlashishdi, yosh kitobxon o'quvchilar bir ovozdan o'zlari qiziqarli deb bilgan kitobni tanlab, uni mutolaa qilishni ham boshlab yuborishdi.

📚Klub a'zolariga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Kitob o'qing va bo'sh vaqtingizni, sermazmun o'tkazing!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ITSchool #presidency #diplomacy #club

DIPLOMACY CLUB

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Diplomatiya klubi” tashkil etilmoqda. Bu klubda qatnashgan holda siz omma oldida nutq so‘zlash qobiliyatingizni rivojlantirishingiz, siyosiy bilimlaringizni oshirishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek, klubda boshqa ilg‘or davlatlarning tajribali ustozlari bilan zoom konferensiyalar va turli xil uchrashuvlarlar boʻlib oʻtadi.💥

🇺🇿🇷🇺 Bu klub boshqa davlatlar bilan hamkorlik asosida tashkil etilmoqda, shuning uchun eng faol qatnashib, eng yaxshi natija koʻrsatgan oʻquvchilarga yoz mavsumida Rossiyaning Kazan shahrida bo'lib o'tadigan oromgohga sayohat chiptasini qoʻlga kiritish imkoniyati beriladi!

📌Agar siz 12 yoshdan 17 yoshgacha bo'lsangiz va diplomatiyaga qiziqishingiz yuqori bo'lsa ro'yxatdan o'ting👈

Eslatib o'tamiz❗️ Joylar soni cheklangan, suhbatdan o'tgan eng kuchli 15 ta o'quvchi klubga qo'shilishi mumkin.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ITSchool #presidency #diplomacy #club

📣DIPLOMACY CLUB📣

🎉Diplomatiya klubining interview bosqichidan o'tgan o'quvchilar ro'yxati:
- Islom Davronov
- Alibek Bekchanov
- Mehroj Ergashev
- Abdugofur Ismoilov
- Anasxon Komilov
- Charos Hakimova
- Abdulloh Sobirov
- Doniyor Kamoldinov
- Abdulloh Zikrullayev
- Abdulakimova Benazir
- Shahrizoda Karimova
- Mavlonov Elnur

🗣️Endilikda ushbu o‘quvchilar bilan diplomatiya sohasiga oid mahorat darslari va konfirensiyalar o‘tkazib boriladi. Buning natijasida ularning ushbu sohadagi bilimlari yanada kengayib, tajribalari oshib borishiga ishonamiz❗️

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM