#Trening
PSIXOLOGIK TRENING
🗓 5-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda psixolog tomonidan "Stresdan хoli maktab" nomli trening tashkil etildi. Ushbu tadbir maktab jamoasiga stressni kamaytirish, psixologik barqarorlikni oshirish va umumiy ish muhitini sog'lomlashtirishga qaratildi.
Mashg'ulotlarda psixolog Sh. Sultanova pedagog xodimlarga jamoaga yaqindan yondashish va maktab an'analarini mustahkamlash muhimligini tushuntirdi. U stressni yengish uchun qo'llaniladigan turli xil terapiya usullari haqida so'zlab berdi. Jumladan, qo'shiq, raqs, mutolaa, jismoniy mashqlar, meditatsiya va boshqa usullardan foydalanishning afzalliklari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, xodimlarga stressdan himoyalanish va uni profilaktika qilish bo'yicha foydali maslahatlar berildi.✨ ⭐️
⚡️ Qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va kundalik faoliyatlariga psixologik jihatdan qanday yondashish mumkinligi borasida aniq tushunchaga ega bo'lishdi. Trening davomida olingan bilimlar ularga ish rejalari va jamoaviy munosabatlar uchun yangi motivatsiya berdi, shuningdek, professional o'sishga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirdi.
_
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web 🌐 Youtube 🌐 Linkedin
PSIXOLOGIK TRENING
Mashg'ulotlarda psixolog Sh. Sultanova pedagog xodimlarga jamoaga yaqindan yondashish va maktab an'analarini mustahkamlash muhimligini tushuntirdi. U stressni yengish uchun qo'llaniladigan turli xil terapiya usullari haqida so'zlab berdi. Jumladan, qo'shiq, raqs, mutolaa, jismoniy mashqlar, meditatsiya va boshqa usullardan foydalanishning afzalliklari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, xodimlarga stressdan himoyalanish va uni profilaktika qilish bo'yicha foydali maslahatlar berildi.
_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_tuproq_kuni
#trening
EKOFAOL OʻQUVCHILAR UCHUN TRENING
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻzaro hamkorlikda qoʻshma loyihalar, qiziqarli dasturlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.
Xususan, 5-dekabr – Xalqaro tuproq kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorligida ekofaol oʻquvchilar uchun trening tashkil etildi.
Trening doirasida mazkur maktablar ekofaollari "Tuproqning tabiat va ekotizimdagi ahamiyati" mavzusida taqdimotlar oʻtkazdi. Oʻzaro muloqotda tuproqning ekologiya barqarorligidagi roli, o‘simlik va hayvonot olami rivojiga ta’siri, uni ifloslanishdan himoya qilish usullari muhokama qilinib, taklif va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ekofaol oʻquvchilar oʻz tengdoshlariga "Eco-schools Uzbekistan", "Yosh fermer" kabi loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab, ekomadaniyatni oshirish, atrof-muhit tozaligini saqlash, tabiatga gʻamxoʻrlik qilish borasida amaliy tavsiyalar berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik
TA’LIMGA ZAMONAVIY YONDASHUV
📎 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda filologiya va amaliy fanlar metodbirlashma o‘qituvchilari uchun IB -yangicha baholash tizimiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli amaliy trening o‘tkazildi. Mazkur treningda barcha fanlar bo‘yicha 3-chorak uchun baholash mezonlarini to‘g‘ri tanlash va ularni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
➖ IB tizimining xalqaro talablari va ular asosida baholashning metodik yondashuvlari;
➖ Fanlarning xususiyatlariga mos ravishda baholash mezonlarini shakllantirish;
➖ BSB mezonlarini amalda qo‘llashda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish yo‘llari;
➖ O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini adolatli baholash tamoyillari.
📌 Mashg’ulot treneri Umida Sabirova o‘zining katta tajribasi va bilimlari asosida o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. U mezonlarni ishlab chiqish va ularni sinf darajasida amaliy qo‘llashning eng samarali usullarini tushuntirdi. Shu bilan birga, o‘qituvchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilib, yangi baholash tizimini tushunishga doir real vaziyatlar tahlil qilindi.
Treningda qatnashgan o‘qituvchilar ushbu amaliy tadbirdan mamnun ekanliklarini bildirdilar va bu kabi tajriba almashuv mashg‘ulotlari kelgusida o‘z pedagogik mahoratini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar. Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar yangi bilimlarini o‘z faoliyatiga samarali tatbiq etish bo‘yicha kelishib oldilar.⁉️
Bu kabi tadbirlar zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda o‘qituvchilarning professional rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
_
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web 🌐 Youtube 🌐 Linkedin
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik
TA’LIMGA ZAMONAVIY YONDASHUV
Tadbir davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
Treningda qatnashgan o‘qituvchilar ushbu amaliy tadbirdan mamnun ekanliklarini bildirdilar va bu kabi tajriba almashuv mashg‘ulotlari kelgusida o‘z pedagogik mahoratini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar. Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar yangi bilimlarini o‘z faoliyatiga samarali tatbiq etish bo‘yicha kelishib oldilar.