Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
6.4K subscribers
10.6K photos
746 videos
138 files
3.19K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Xitoy #Xalqaro #hamkorlik

XALQARO HAMKORLIK

🇺🇿🇨🇳Ushbu yilning 21-27 sentyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi va Turpan shaharlariga o'z bilim va tajribalarini almashish uchun tashrif buyurdilar.

📎Ushbu loyiha davomida tashrif buyuruvchilar 4 ta ilmiy anjuman, 15 ta ilmiy-fan va texnologiya bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar hamda ularning milliy qadriyatlari aks ettirilgan yirik marosimda ishtirok etishdi.

📌Bu loyiha davomida bizning vatandoshlarimizga Xitoy Xalq Respublikasi Ilm-fan va texnologiya tashkiloti, Shingjon Ilm-fan va texnologiya tashkiloti, Shingjon Urumchi avtonom Respublikasi mezbonlik qildilar.

🤩Tashrif davomida o‘quvchi va o‘qituvchilar Shingjon Fan va Texnologiya muzeyi, Shingjon tibbiyot universiteti, Urumchi Bayi maktabi va Shingjon muzeylariga tashrif buyurdilar. Ustozlarimiz va o‘quvchilarimiz o‘z ishtiroklari bilan munosib qatnashib, bir olam taassurotlar bilan qaytdilar.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1021🔥1👏1
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

IB XALQARO DASTURI

☄️ XXI asrning jadal rivojlanayotgan dunyosida bolalarni kelajakdagi muammolarga tayyorlashda ta’lim hal qiluvchi rol o’ynaydi.

Xalqaro bakalavr dasturi (IB) – bu 21-asrning yuqori akademik qat’iyligi va ko’nikmalarini rivojlantirishga yo’naltirilganligi bilan butun dunyoda tan olingan o’rta ta’lim dasturi.

Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB xalqaro dasturi va bu dastur bo‘yicha maktab o‘quvchilarining maqsad va vazifalari xususida maktabning 8-9-sinf ota-onalari bilan seminar- tashkil etildi.

💬💭 Bunda ota-onalar IB xalqaro dasturining MYP bosqichi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ushbu dastur o‘quvchilarga qanday imkoniyat va sharoitlar berishi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishdi. O‘quvchilar, ota-onalar va maktab jamoasi birgalikda bu dasturda belgilangan vazifa va maqsadlar sari hamjihatlikda harakat qilishlari lozimligini ham bilib oldilar.

IB dasturi o‘quvchilarni yetakchi bo’lishga o’rgatadi. Shunday ekan, ular jamoada ishlashni, qaror qabul qilishni, xatti-harakatlari uchun javobgar bo’lishni, o’z nuqtai nazarini himoya qilishni o’rganadilar. O’quv jarayonida ular o’ziga ishonch, mustaqillik va stressga chidamlilikni rivojlantiradilar. Albatta, har bir ota-ona o‘z farzandining IB dasturi profilida ko‘rsatilgan har tomonlama yetuk va komil shaxs bo‘lib ulg‘ayishini istaydi. Bu esa ota-onalar tomonidan berilgan savol-javoblarda ham o‘z aksini topganligini ko‘rish mumkin.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131🔥1🥰1🤩1
#Xalqaro #hamkorlik

MUVAFFAQIYATLI ISLOHOTLAR – YUQORI NATIJALAR

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida katta yutuqlarga erishilmoqda. Ta’lim tizimidagi bu yangilanishlar, zamonaviy sharoitlar yaratilishi va o‘quvchilarning muvaffaqiyatlari bu islohotlarning samarali ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda.

🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga Xitoyning Zhejiang Shuren University vakillari va Tojikiston Respublikasi Dushanbe Innovatsiya Institutidan (DII) qadrli mehmonlar tashrif buyurishdi! 🇨🇳🇹🇯

Uchrashuv davomida biz mehmonlarimizga maktabimiz haqida batafsil ma'lumot berdik va ular bilan akademik hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qildik.

📸Mehmonlar maktabimizda ekskursiya qilib, o‘quv jarayonlarimiz bilan yaqindan tanishdilar. Ular o‘qituvchilarimiz bilan samarali suhbatlar o‘tkazib, ta'lim jarayonini rivojlantirish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berishdi. Xorijiy ekspertlar maktab mas'ullariga hamkorlikdagi o'z istiqbolli rejalari haqida bildirishdi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥1👏1
#Xalqaro #hamkorlik

St. Peter's School vakillarining tashrifi


🇺🇿🇬🇧Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktabida o‘ziga xos va muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. St Peter's Schooldan mehmonlar, hurmatli vakillari maktabimizga tashrif buyurishdi.

🏫 St Peter's School – dunyoda ta’lim sohasida yuqori nufuzga ega bo‘lib, innovatsion o‘qitish metodlari va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yetakchi dasturlari bilan mashhur.

Mehmonlar maktabimiz bo'ylab sayohati davomida o‘quv jarayonlarimiz bilan yaqindan tanishdilar. Ular o‘qituvchilarimiz bilan suhbat qurib, ta'lim jarayonini rivojlantirish bo‘yicha qimmatli maslahatlarini berishdi. 💬

Bu tashrif bizning jamoamiz uchun ta’lim samaradorligini oshishida yanada ko‘proq hissa qo‘shishimiz uchun ilhom manbai bo‘ldi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍962🔥2🎉1
#Xalqaro #hamkorlik

XORIJDAN TASHRIF


🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga kelgan Polsha 🇵🇱 va Hindiston 🇮🇳 vakillaridan iborat xorijlik mehmonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar maktabimizning zamonaviy infratuzilmasi, o'quv jarayoni va o'quvchilarimizning bilim darajasi bilan tanishishdi. Ayniqsa, Hindistondan kelgan vakil, dsaIB maktabi direktori, maktabimizning ta’lim tizimi va o‘quvchilarimizning bilim darajasi bilan qiziqdi. U kelajakda ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Yurtimiz ta’lim tizimida yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorlik va o‘zaro tajriba almashishlar taʼlim sifati va samaradorligida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍222👏2🤗1
#xalqaro_hamkorlik

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida barcha sohalar kabi taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi.

Joriy yilda Agentlik va Koreya ta’lim markazi hamkorligida "Incheon ta’lim festivali", "Tabiiy fanlar festivali", koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadalari kabi qator loyihalar amalga oshirildi.

Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar oʻqituvchilari va oʻquvchilari Koreya Respublikasida tashkil etilgan ta’lim festivallari, malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi. Xususan, 19-xalqaro standartlar olimpiadasida oʻquvchilarimiz ilk bor qatnashib 3 ta oltin va 3 ta kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvda Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi oʻqituvchilarni jalb qilish, xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni koʻzda tutuvchi seminar-treninglarni tizimli tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Tashrif doirasida mehmonlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham boʻlib, bu yerda yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❤‍🔥7👍761
#xalqaro_tuproq_kuni
#trening

EKOFAOL OʻQUVCHILAR UCHUN TRENING

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻzaro hamkorlikda qoʻshma loyihalar, qiziqarli dasturlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

Xususan, 5-dekabr – Xalqaro tuproq kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorligida ekofaol oʻquvchilar uchun trening tashkil etildi.

Trening doirasida mazkur maktablar ekofaollari "Tuproqning tabiat va ekotizimdagi ahamiyati" mavzusida taqdimotlar oʻtkazdi. Oʻzaro muloqotda tuproqning ekologiya barqarorligidagi roli, o‘simlik va hayvonot olami rivojiga ta’siri, uni ifloslanishdan himoya qilish usullari muhokama qilinib, taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, ekofaol oʻquvchilar oʻz tengdoshlariga "Eco-schools Uzbekistan", "Yosh fermer" kabi loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab, ekomadaniyatni oshirish, atrof-muhit tozaligini saqlash, tabiatga gʻamxoʻrlik qilish borasida amaliy tavsiyalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍11😍54🎉1
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI TOMON


Xabaringiz bor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Xalqaro IB dasturini joriy etish bo‘yicha bir qancha bosqichlardan o‘tildi.

🗓Bugun 14-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB xalqaro dasturi ko‘nikmalarini o‘zlashtirish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab fan liderlari bilan birga Mirzo Ulug‘bek maktabi o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.

🔖Seminar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning IB koordinatori Umida Sabirova tomonidan “IB asosidagi o‘rta yosh dasturini joriy etishda qo‘shimcha resurslar va manbalardan foydalanish” mavzusida olib borildi.

Ma’lumotlar har bir fan kesimida, haqqoniy misollar yordamida tushuntirildi. Taqdimot tarzida berilgan ma’lumotlardan keyin o‘qituvchilar (guruhlarda) o‘rtasida musobaqa tashkil etildi. Berilgan ma’lumotlarni tez va to‘g‘ri tushungan guruhlar rag‘batlantirildi. ⬇️

💻Shuningdek, seminarda IB bo‘yicha topshiriqlarni yaratishda Sun’iy intellekdan oqilona foydalanish bo‘yicha ham yo‘riqnoma o‘tkazildi. Bugungi davr talabi bo‘lgan Sun’iy intellektlardan samarali foydalanish nafaqat o‘qituvchining ishini yengillashtiradi balki, moslashtirilgan o'quv materiallari va mashqlarini taklif qilishi mumkin. Sun'iy intellekt o'yinlar, simulyatsiyalar va boshqa interaktiv vositalar yordamida o'rganishni yanada qiziqarli va samarali qilishi mumkin. Bu esa o'quvchilarning motivatsiyasini oshiradi va ularning bilim olishga bo'lgan qiziqishini kuchaytiradi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilar ushbu tadbirga ijobiy munosabat bildirdilar va kelgusidagi treningni qanday mavzuda tashkil etilish haqida taklif berdilar.💡
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍9❤‍🔥21🔥1
#xalqaro_hamkorlik

HAMKORLIK MEMORANDUMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi hamda Rossiya Federatsiyasining Letovo
xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur memorandum doirasida:

– Agentlik tizimidagi maktablar hamda Letovo maktabi oʻrtasida oʻquvchilarga chuqur nazariy bilim, koʻnikma va malakalar berish hamda ularning kasbiy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish;

– taʼlim tizimining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchilar ishtirokida qoʻshma seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek olimpiadalar, tanlovlar va koʻrgazmalar tashkil etish;

– pedagog kadrlarning malakasini oshirish, oʻzaro almashish va oʻquv amaliyotini boyitish maqsadida qoʻshma oʻzaro amaliyotlar, konferensiyalar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning sentyabr oyida Agentlik delegatsiyasi Letovo xalqaro maktabida boʻlib, taʼlim muassasasi faoliyatini yaqindan oʻrgangan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
7👍5🔥4🆒2❤‍🔥1
#trening
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

TA’LIMGA ZAMONAVIY YONDASHUV


📎Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda filologiya va amaliy fanlar metodbirlashma o‘qituvchilari uchun IB -yangicha baholash tizimiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli amaliy trening o‘tkazildi. Mazkur treningda barcha fanlar bo‘yicha 3-chorak uchun baholash mezonlarini to‘g‘ri tanlash va ularni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

IB tizimining xalqaro talablari va ular asosida baholashning metodik yondashuvlari;
Fanlarning xususiyatlariga mos ravishda baholash mezonlarini shakllantirish;
BSB mezonlarini amalda qo‘llashda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish yo‘llari;
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini adolatli baholash tamoyillari.

📌Mashg’ulot treneri Umida Sabirova o‘zining katta tajribasi va bilimlari asosida o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. U mezonlarni ishlab chiqish va ularni sinf darajasida amaliy qo‘llashning eng samarali usullarini tushuntirdi. Shu bilan birga, o‘qituvchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilib, yangi baholash tizimini tushunishga doir real vaziyatlar tahlil qilindi.

Treningda qatnashgan o‘qituvchilar ushbu amaliy tadbirdan mamnun ekanliklarini bildirdilar va bu kabi tajriba almashuv mashg‘ulotlari kelgusida o‘z pedagogik mahoratini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar. Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar yangi bilimlarini o‘z faoliyatiga samarali tatbiq etish bo‘yicha kelishib oldilar.⁉️

Bu kabi tadbirlar zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda o‘qituvchilarning professional rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥1🍓1
#xalqaro_hamkorlik

Agentlik rahbariyati va Rossiya federatsiyasining Letovo
xalqaro maktabi direktori Mixail Mokrinskiy boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev mehmonlarni mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida taʼlim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishida erishilayotgan yuqori natijalar mazmun-mohiyati bilan tanishtirib oʻtdi.

Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda "Yangi Oʻzbekiston" universiteti faoliyati bilan yaqindan tashishdi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik va Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Unga koʻra, qoʻshma seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek olimpiadalar, tanlovlar va koʻrgazmalar tashkil etish kabi qator loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍72❤‍🔥22🎉2
#Xalqaro #hamkorlik #IB
#International_Baccalaureate

XORIJDAN TASHRIF


🇺🇿🇷🇺13-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabiga IB (International Baccalaureate) dasturiga asoslangan ta'lim jarayonini yaxshiroq tushunish va baholash maqsadida Rossiya federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi direktori Mixail Mokrinskiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🌏Delegatsiya a'zolari maktab binosining ichki va tashqi qismlarini, o'quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, zamonaviy sinfxonalari va laboratoriyalarni ko'rib chiqdilar. Shuningdek, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasida taklif va tavsiyalar berildi.

Maktab rahbariyati hamda MYP dasturi kordinatori, fan liderlari (ona-tili va adabiyot, ingliz tili hamda matematika, jismoniy tarbiya fanlari) bilan MYP dasturi yuzasidan muloqotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, dars mashg‘ulotlari kuzatildi va o'qituvchilarga muhim tavsiyalar berildi. Dars jarayonida IB dasturining metodologiyasi, talabalarning faol ishtiroki va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.✒️

Tashrif davomida darslar davomida o'quvchilarning mustaqil ishlash, izlanishlar olib borish va turli mavzularni global miqyosda tahlil qilishdagi yondashuvlarini kuzatdi. Shu bilan birga, u o'qituvchilarga o'quv jarayonini yanada interaktiv qilish, talabalarga yaratgan muhitni rivojlantirish va darslarni IB metodologiyasiga to'liq moslashtirish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Bu tashrif o'quvchilarga yuqori sifatli ta'lim berish, shuningdek, o'qituvchilarning malakasini oshirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. Kelajakda ushbu tavsiyalar asosida maktabda dars jarayonlari yanada takomillashib, o'quvchilarning ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥7👍722👨‍💻1
#xalqaro_olimpiada
#matematika_fizika_informatika

BILIMDONLARIMIZGA G‘ALABA MUBORAK BO‘LSIN!


🇺🇿O'zbekiston terma jamoasi 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida 19 ta medalni qo‘lga kiritdi!
13-17 yanvar kunlari Qozog'istonning Ostona shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan bo'lib o'tgan 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi ajoyib natijalarga erishdi.

🏆Olimpiadada 20 mamlakatdan 700 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi va O'zbekiston jamoasi: 2 ta oltin, 5 ta kumush, 12 ta bronza — jami 19 medal bilan yurtimizga qaytganini ma'lum qilamiz!
Ushbu g‘alabaning e’tirof etarli ulushi Muhammad al-Xorazmiy o'quvchilariga to'g‘ri keladi.

Jumladan:

🥇 Zohidjonov Elbek – oltin medal
🥈 Axtamov Ozodbek – kumush medal
🥈Sunnatov Asilbek – kumush medal
🥈Haydaraleyev Jahonali – kumush medal
🥉G'afforov Rasulbek – bronza medal sohiblariga aylanishdi.

Aziz muzaffar o‘quvchilar, kelajakda yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishingizga ishonamiz! G‘alaba muborak bo'lsin!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2797❤‍🔥3
#STEM #Xalqaro #Hamkorlik #Yaponiya

STEM TADQIQOT KOʻNIKMALARINI KUCHAYTIRISH LOYIHASI


🇺🇿🇯🇵Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 18- fevral kuni Yaponiyaning Global Jamiyat Instituti vakillarining tashrifi bo'lib o'tdi.

Tashrif davomida maktabimizda STEM tadqiqot koʻnikmalarini va 21-asr kompetensiyalarini kuchaytirish uchun olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.💡

📌Loyihaning asosiy maqsadi – oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlikda muammolarni hal qilish hamda matematik va ilmiy tadqiqot ko‘nikmalarini oʻlchash imkonini beruvchi shaffof va lokalizatsiyalangan raqamli baholash vositalarini joriy qilishdan iborat ekanligi haqida ma'lumotlar berildi.

Tashrif buyuruvchilar dars jarayonlarini kuzatar ekan o'quvchilarning muammolarni birgalikda hal qilish, matematik va ilmiy izlanish qobiliyatlarini rivojlantirish, ishonchli baholash usullaridan faydalanilayotganligiga amin bo'lishdi va o 'zlarining fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2
#Leonard #Eyler #Xalqaro #Olimpiada #bronza

O'QUVCHILARIMIZ
XALQARO MAYDONDA!

⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabning 8-03 sinfida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilarimizdan biri Toxirov Fayzulloh Qozog'istonning Olmota shahrida bo'lib o'tgan Leonard Eyler nomidagi xalqaro olmpiadada qatnashib, bronza medalini qo'lga kiritdi.

💪Bu yutuq uning tinimsiz mehnati, bilimiga bo‘lgan ishonchi samarasi ekanligi shubhasiz.Bunday natijalarni qo'lga kiritayotgan iqtidorli yoshlarimiz maktabimizning g‘ururi hisoblanadi.

Xalqaro musobaqalarda yuqori natijaga erishish uchun muntazam tayyorgarlik ko'rib kelayotgan Toxirjonning kelgusi ishlari va o'qishlarida omadlar tilab qolamiz.Ushbu muvaffaqiyatlar boshqa o‘quvchilarga ham yuksak marralarga intilishda namuna bo‘lib xizmat qiladi degan umiddamiz.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥10👏42🍓1
#Xalqaro_hamkorlik #Universitet_tashrifi #JanubiyKoreya #TATU

🎓 KOREYADAN TASHRIF

🇺🇿🇰🇷 15-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Janubiy Koreyaning yetakchi oliygohlaridan biri — Kookmin University, shuningdek, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌 Tashrif davomida mehmonlar o‘quvchilarimizni Kookmin University va TATUning ta’lim yo‘nalishlari, qabul talablari, o‘quv jarayoni hamda talabalar hayoti bilan tanishtirishdi. Taqdimotlar davomida Koreya va O‘zbekistondagi texnika sohasidagi oliy ta’lim imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🌐 Kookmin University vakillari xorijdagi zamonaviy ta’lim tizimi, stipendiyalar, almashinuv dasturlari va xalqaro talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berishdi. TATU vakillari esa o‘z universitetlarida mavjud zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari va xalqaro hamkorliklar haqida so‘z yuritishdi.

💬 Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va Koreya hamda O‘zbekistonda texnika sohasida ta’lim olish bo‘yicha muhim tavsiyalar olishdi.

🌍 Bunday xalqaro va mahalliy hamkorlikdagi tashriflar o‘quvchilarimizda keng dunyoqarash, xorij va yurtimizdagi ta’lim imkoniyatlaridan xabardorlikni oshiradi va kelajakdagi rejalarga aniq yo‘nalish beradi.
_
Telegram Facebook Instagram Web Youtube Linkedin
11❤‍🔥5💋4🔥1🍓1
#IB #Shaxsiy_loyiha #Xalqaro #Presentation

"SHAXSIY LOYIHA" KO‘RGAZMASI

💡 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda uzoq vaqtdan beri kutilgan 9-sinflar orasidagi "Shaxsiy loyiha" ko‘rgazmasi qabuli boshlanmoqda!

📚 IB Personal Project — o‘quvchilarni qiziqtirgan har qanday mavzu bo‘yicha mustaqil ravishda tadqiqot olib borish, loyiha yaratish va uni himoya qilishdan iborat bo‘lib, kreativlik va ilmiy qiziqishlarni amalda sinovdan o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

🎓 Portfolio uchun kuchli qo‘shimcha hisoblangan shaxsiy loyiha o‘quvchilarning yakuniy baholar hisobotida ham o‘rin egallab, eng yaxshi loyihalar muvaffaqiyatli yakun uchun beriladigan sertifikatdan tashqari maxsus e’tirofga ham sazovor bo‘lishadi.

Ushbu ko‘rgazma o‘quvchining o‘z ustida qiziqqan sohasida individual o‘sishi uchun noyob imkoniyatdir, shunga barcha o‘quvchilarni o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondashib, faol ishtiroklarini kutib qolamiz!
_
Telegram Facebook Instagram Web Youtube Linkedin
14👍4🔥3😍2
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

ILMIY VA IJODIY G’OYALAR TAQDIMOTI


📆22-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabda Ingliz tili kafedrasi tashabbusi bilan “Personal Project” va “Community Project” taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirning bosh maqsadi yoshlarimizga o‘z fikrini ingliz tilida mustaqil va erkin ifoda etish, ilmiy hamda ijodiy g‘oyalarni taqdim etish imkonini yaratishdan iborat edi.

💡O’quvchilar tomonidan taqdim etilgan har bir loyiha o‘zining dolzarbligi, yangilikka intilishi va taqdimot madaniyati bilan boshqalardan ajralib turdi. Taqdimotlar davomida o‘quvchilar nafaqat chuqur izlanishlar asosida tayyorlangan loyihalarni havola etdilar, balki murakkab g‘oyalarni oddiy, tushunarli va ta’sirchan tarzda yetkazish ko‘nikmalarini ham namoyon etdilar.

Savollarga aniq va ishonchli javoblar, auditoriyani jalb etish san’ati, media vositalaridan to‘g‘ri foydalanish — bularning barchasi yoshlarimizda shakllanayotgan keng qamrovli ko‘nikmalar ifodasi bo‘ldi. Ayniqsa, o’quvchilarimizning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, sahnadagi nutq madaniyati va taqdimotdagi ishtiyoqi ko‘zni quvontirdi.

Bunday tadbirlar nafaqat bilim, balki yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishda, ularning mustaqil fikrlashi va global fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
_
Telegram Facebook Instagram Web Youtube Linkedin
12👍3🙏1
#xalqaro_hamkorlik
#trening
#boshqaruv_koʻnikmalari

⚡️XALQARO EKSPERTLAR ISHTIROKIDA TRENING BOSHLANDI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi maktablar rahbar xodimlari uchun maxsus trening mashgʻulotlari boshlandi.

Mazkur trening Buyuk Britaniyaning AQA (Assessment and Qualifications Alliance) xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, tizimdagi maktablar rahbar xodimlarining boshqaruv salohiyatini yanada rivojlantirish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, shuningdek, zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda rahbarlik malakasini takomillashtirish maqsadlarini koʻzda tutadi.


📶 Trening mashg‘ulotlarini olib borishga AQA xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari Samantha Twiselton va Ann Burgess taklif etilgan. Xalqaro ekspertlar ilg‘or xalqaro yondashuvlar hamda amaliy bilimlar orqali samarali rahbarlik, o‘zgarishlarni boshqarish, ta’lim muassasasining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, hamkorlikda ishlash va jamoani boshqarish borasida muhim ko‘nikmalar bilan oʻrtoqlashmoqda.

📆13-iyunga qadar davom etadigan trening mashgʻulotlari rahbar kadrlarning xalqaro tajribaga asoslangan bilimlarga ega bo‘lishi, ularning zamonaviy menejment yondashuvlarini chuqur anglab yetishi va amalda qo‘llay olishi uchun muhim zamin yaratadi.

🗣Mashg‘ulotlar interaktiv shaklda, amaliy topshiriqlar va guruh muhokamalari asosida olib borilib, ishtirokchilar yangi bilim va koʻnikmalar olish, tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📍Tadbirga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilmoqda.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
91❤‍🔥1👍1
#xalqaro_hamkorlik
#trening
#boshqaruv_koʻnikmalari

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi maktablar rahbar xodimlari uchun AQA (Assessment and Qualifications Alliance) xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda maxsus trening mashgʻulotlari oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

📶 Treningning ikkinchi kunida AQA xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari Samantha Twiselton va Ann Burgess tomonidan olib borilgan mashgʻulotlarda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish, samarali yetakchilik, o‘qituvchilarni rag‘batlantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan mavzular muhokama qilindi. Xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan metodik yondashuvlar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.


📆 Maxsus trening mashgʻulotlari 13-iyunga qadar davom etadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1