Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.73K subscribers
9.87K photos
694 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

IB XALQARO DASTURI

☄️ XXI asrning jadal rivojlanayotgan dunyosida bolalarni kelajakdagi muammolarga tayyorlashda ta’lim hal qiluvchi rol o’ynaydi.

Xalqaro bakalavr dasturi (IB) – bu 21-asrning yuqori akademik qat’iyligi va ko’nikmalarini rivojlantirishga yo’naltirilganligi bilan butun dunyoda tan olingan o’rta ta’lim dasturi.

Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB xalqaro dasturi va bu dastur bo‘yicha maktab o‘quvchilarining maqsad va vazifalari xususida maktabning 8-9-sinf ota-onalari bilan seminar- tashkil etildi.

💬💭 Bunda ota-onalar IB xalqaro dasturining MYP bosqichi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ushbu dastur o‘quvchilarga qanday imkoniyat va sharoitlar berishi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishdi. O‘quvchilar, ota-onalar va maktab jamoasi birgalikda bu dasturda belgilangan vazifa va maqsadlar sari hamjihatlikda harakat qilishlari lozimligini ham bilib oldilar.

IB dasturi o‘quvchilarni yetakchi bo’lishga o’rgatadi. Shunday ekan, ular jamoada ishlashni, qaror qabul qilishni, xatti-harakatlari uchun javobgar bo’lishni, o’z nuqtai nazarini himoya qilishni o’rganadilar. O’quv jarayonida ular o’ziga ishonch, mustaqillik va stressga chidamlilikni rivojlantiradilar. Albatta, har bir ota-ona o‘z farzandining IB dasturi profilida ko‘rsatilgan har tomonlama yetuk va komil shaxs bo‘lib ulg‘ayishini istaydi. Bu esa ota-onalar tomonidan berilgan savol-javoblarda ham o‘z aksini topganligini ko‘rish mumkin.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI TOMON


Xabaringiz bor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Xalqaro IB dasturini joriy etish bo‘yicha bir qancha bosqichlardan o‘tildi.

🗓Bugun 14-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB xalqaro dasturi ko‘nikmalarini o‘zlashtirish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab fan liderlari bilan birga Mirzo Ulug‘bek maktabi o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.

🔖Seminar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning IB koordinatori Umida Sabirova tomonidan “IB asosidagi o‘rta yosh dasturini joriy etishda qo‘shimcha resurslar va manbalardan foydalanish” mavzusida olib borildi.

Ma’lumotlar har bir fan kesimida, haqqoniy misollar yordamida tushuntirildi. Taqdimot tarzida berilgan ma’lumotlardan keyin o‘qituvchilar (guruhlarda) o‘rtasida musobaqa tashkil etildi. Berilgan ma’lumotlarni tez va to‘g‘ri tushungan guruhlar rag‘batlantirildi. ⬇️

💻Shuningdek, seminarda IB bo‘yicha topshiriqlarni yaratishda Sun’iy intellekdan oqilona foydalanish bo‘yicha ham yo‘riqnoma o‘tkazildi. Bugungi davr talabi bo‘lgan Sun’iy intellektlardan samarali foydalanish nafaqat o‘qituvchining ishini yengillashtiradi balki, moslashtirilgan o'quv materiallari va mashqlarini taklif qilishi mumkin. Sun'iy intellekt o'yinlar, simulyatsiyalar va boshqa interaktiv vositalar yordamida o'rganishni yanada qiziqarli va samarali qilishi mumkin. Bu esa o'quvchilarning motivatsiyasini oshiradi va ularning bilim olishga bo'lgan qiziqishini kuchaytiradi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilar ushbu tadbirga ijobiy munosabat bildirdilar va kelgusidagi treningni qanday mavzuda tashkil etilish haqida taklif berdilar.💡
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

TA’LIMGA ZAMONAVIY YONDASHUV


📎Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda filologiya va amaliy fanlar metodbirlashma o‘qituvchilari uchun IB -yangicha baholash tizimiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli amaliy trening o‘tkazildi. Mazkur treningda barcha fanlar bo‘yicha 3-chorak uchun baholash mezonlarini to‘g‘ri tanlash va ularni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

IB tizimining xalqaro talablari va ular asosida baholashning metodik yondashuvlari;
Fanlarning xususiyatlariga mos ravishda baholash mezonlarini shakllantirish;
BSB mezonlarini amalda qo‘llashda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish yo‘llari;
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini adolatli baholash tamoyillari.

📌Mashg’ulot treneri Umida Sabirova o‘zining katta tajribasi va bilimlari asosida o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. U mezonlarni ishlab chiqish va ularni sinf darajasida amaliy qo‘llashning eng samarali usullarini tushuntirdi. Shu bilan birga, o‘qituvchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilib, yangi baholash tizimini tushunishga doir real vaziyatlar tahlil qilindi.

Treningda qatnashgan o‘qituvchilar ushbu amaliy tadbirdan mamnun ekanliklarini bildirdilar va bu kabi tajriba almashuv mashg‘ulotlari kelgusida o‘z pedagogik mahoratini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar. Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar yangi bilimlarini o‘z faoliyatiga samarali tatbiq etish bo‘yicha kelishib oldilar.⁉️

Bu kabi tadbirlar zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda o‘qituvchilarning professional rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro #hamkorlik #IB
#International_Baccalaureate

XORIJDAN TASHRIF


🇺🇿🇷🇺13-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabiga IB (International Baccalaureate) dasturiga asoslangan ta'lim jarayonini yaxshiroq tushunish va baholash maqsadida Rossiya federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi direktori Mixail Mokrinskiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🌏Delegatsiya a'zolari maktab binosining ichki va tashqi qismlarini, o'quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, zamonaviy sinfxonalari va laboratoriyalarni ko'rib chiqdilar. Shuningdek, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasida taklif va tavsiyalar berildi.

Maktab rahbariyati hamda MYP dasturi kordinatori, fan liderlari (ona-tili va adabiyot, ingliz tili hamda matematika, jismoniy tarbiya fanlari) bilan MYP dasturi yuzasidan muloqotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, dars mashg‘ulotlari kuzatildi va o'qituvchilarga muhim tavsiyalar berildi. Dars jarayonida IB dasturining metodologiyasi, talabalarning faol ishtiroki va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.✒️

Tashrif davomida darslar davomida o'quvchilarning mustaqil ishlash, izlanishlar olib borish va turli mavzularni global miqyosda tahlil qilishdagi yondashuvlarini kuzatdi. Shu bilan birga, u o'qituvchilarga o'quv jarayonini yanada interaktiv qilish, talabalarga yaratgan muhitni rivojlantirish va darslarni IB metodologiyasiga to'liq moslashtirish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Bu tashrif o'quvchilarga yuqori sifatli ta'lim berish, shuningdek, o'qituvchilarning malakasini oshirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. Kelajakda ushbu tavsiyalar asosida maktabda dars jarayonlari yanada takomillashib, o'quvchilarning ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM