Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.78K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#trening

BIZ BIR JAMOAMIZ!

🗓Joriy yilning 14-sentyabr kuni Muhammad al -Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tarbiyaviy tadbirlar doirasida "Biz bir jamoamiz!" trening - mashg‘uloti tashkil etildi.

📌Treningda “Xarakter va uni shakllanishi" mavzusi yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi, shuningdek , pedagogik jamoa o‘rtasida “Akvarium”, “Buzuq telefon” kabi shaxsning faolligini oshiruvchi turli mashqlar o‘tkazildi. Psixologik himoya va xulq-atvorni shakllantiruvchi bunday trening ishtirokchilarga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

Ishtirokchilar muammoli vaziyatlarni yechishni yengillashtiradigan bu kabi psixologik trening- mashg'ulotlarini muntazam ravishda tashkil etib borish taklifini bildirishdi.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening

LIDER VA UNGA XOS FAZILATLAR


⚡️Мuhammad al-Xorazmiy nomidagi иixtisoslashtirilgan maktabning liderlari bilan maktab psixologi tomonidan "Lider va unga xos fazilatlar" mavzusida trening tashkil qilindi.

⭐️Ushbu treningda "Ko'prik", "Аkvarium", "Mening o'rnim" nomli mashg'ulotlar interfaol usulda o'tkazildi; bu metodlar o'quvchilarda o'zgacha qiziqish uyg'otdi va tadbir qatnashchilarning kayfiyatini, motivatsiyasini  ko'tarishga xizmat qildi.
O'quvchilar liderlik borasida o'zlarining qiziqtirgan savollariga maktab psixologidan javob olishdi.

📌Ushbu treningni o'tkazishdan maqsad: Мaktab qadriyati va jamoa bo'lib ishlash ko'nikmasini shakllantirish uchun yordam berish.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik #trening

ART-TERAPIYA
TRENING MASHG’ULOTI

👦👦Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab psixologi va pedagog-tarbiyachilar hamkorligida 5-sinf o‘quvchilari uchun art-terapiya mashg‘uloti o‘tkazildi.

👩👦Ushbu motivatsion jarayon o'quvchilarga ranglar orqali ruhiyatini o'rganish hamda o'z-o'zini anglashiga va o'z hissiyotlarini namoyon etishlariga yordam berdi. Mashg’ulot davomida o'quvchilardagi stress va ruhiy tushkunlikni ketkazish maqsadida yorqin, tinchlantiruvchi ranglar va bo'yoqlardan foydalanildi.

💡Trening o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida hayotga bo‘lgan rang-barang qarashlarni shakllantirish, hayot go‘zallikka to‘la ekanligini, o‘zligini namoyon qilish va o‘z-o‘zini bilish qobilyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uyg‘unlashtirish edi.🤝
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik #trening

KASBIM-FAXRIM

🗓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab psixologi tomonidan oktyabr oyida o'quvchilar bilan "Halollik va axloqning kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida davra suhbatlarii tashkil etildi.

💭Davra suhbatida o'quvchilar kasb tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi va hozirgi kunda zamonaviy va milliy kasblarning ahamiyati haqida qizg'in bahs- munozaralar olib borildi.

📌Shuningdek, o'quvchilarga kasb tanlash to'g'risida zaruriy bilim va axborotlar berildi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Trening

PSIXOLOGIK
TRENING

🗓 5-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda psixolog tomonidan "Stresdan хoli maktab" nomli trening tashkil etildi. Ushbu tadbir maktab jamoasiga stressni kamaytirish, psixologik barqarorlikni oshirish va umumiy ish muhitini sog'lomlashtirishga qaratildi.

Mashg'ulotlarda psixolog Sh. Sultanova pedagog xodimlarga jamoaga yaqindan yondashish va maktab an'analarini mustahkamlash muhimligini tushuntirdi. U stressni yengish uchun qo'llaniladigan turli xil terapiya usullari haqida so'zlab berdi. Jumladan, qo'shiq, raqs, mutolaa, jismoniy mashqlar, meditatsiya va boshqa usullardan foydalanishning afzalliklari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, xodimlarga stressdan himoyalanish va uni profilaktika qilish bo'yicha foydali maslahatlar berildi.⭐️

⚡️Qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va kundalik faoliyatlariga psixologik jihatdan qanday yondashish mumkinligi borasida aniq tushunchaga ega bo'lishdi. Trening davomida olingan bilimlar ularga ish rejalari va jamoaviy munosabatlar uchun yangi motivatsiya berdi, shuningdek, professional o'sishga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirdi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_tuproq_kuni
#trening

EKOFAOL OʻQUVCHILAR UCHUN
TRENING

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻzaro hamkorlikda qoʻshma loyihalar, qiziqarli dasturlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

Xususan, 5-dekabr – Xalqaro tuproq kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorligida ekofaol oʻquvchilar uchun trening tashkil etildi.

Trening doirasida mazkur maktablar ekofaollari "Tuproqning tabiat va ekotizimdagi ahamiyati" mavzusida taqdimotlar oʻtkazdi. Oʻzaro muloqotda tuproqning ekologiya barqarorligidagi roli, o‘simlik va hayvonot olami rivojiga ta’siri, uni ifloslanishdan himoya qilish usullari muhokama qilinib, taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, ekofaol oʻquvchilar oʻz tengdoshlariga "Eco-schools Uzbekistan", "Yosh fermer" kabi loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab, ekomadaniyatni oshirish, atrof-muhit tozaligini saqlash, tabiatga gʻamxoʻrlik qilish borasida amaliy tavsiyalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#trening
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

TA’LIMGA ZAMONAVIY YONDASHUV


📎Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda filologiya va amaliy fanlar metodbirlashma o‘qituvchilari uchun IB -yangicha baholash tizimiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli amaliy trening o‘tkazildi. Mazkur treningda barcha fanlar bo‘yicha 3-chorak uchun baholash mezonlarini to‘g‘ri tanlash va ularni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

IB tizimining xalqaro talablari va ular asosida baholashning metodik yondashuvlari;
Fanlarning xususiyatlariga mos ravishda baholash mezonlarini shakllantirish;
BSB mezonlarini amalda qo‘llashda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish yo‘llari;
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini adolatli baholash tamoyillari.

📌Mashg’ulot treneri Umida Sabirova o‘zining katta tajribasi va bilimlari asosida o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. U mezonlarni ishlab chiqish va ularni sinf darajasida amaliy qo‘llashning eng samarali usullarini tushuntirdi. Shu bilan birga, o‘qituvchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilib, yangi baholash tizimini tushunishga doir real vaziyatlar tahlil qilindi.

Treningda qatnashgan o‘qituvchilar ushbu amaliy tadbirdan mamnun ekanliklarini bildirdilar va bu kabi tajriba almashuv mashg‘ulotlari kelgusida o‘z pedagogik mahoratini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar. Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar yangi bilimlarini o‘z faoliyatiga samarali tatbiq etish bo‘yicha kelishib oldilar.⁉️

Bu kabi tadbirlar zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda o‘qituvchilarning professional rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM