Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.74K subscribers
9.85K photos
694 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Italiya

Bugun Italiyaning Uffitsi galereyasi rahbari Eike Shmitd boshchiligidagi delegatsiya Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida bo'lishdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlar uchun Agentlik faoliyati taqdimoti bo'lib o'tdi. Tomonlar, shuningdek, istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

❗️Uffitsi galleriyasi vakillari tomonidan Agentlik bilan hamkorlikda gallereyaning video materiallari o'zbek tiliga tarjima va dublyaj qilinganligi muvaffaqiyatli loyiha bo'lganligi alohida ta'kidlab o‘tildi.

📍Uchrashuv so'ngida mehmonlar uchun Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ylab kampus-tur o‘tkazildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Fransiya

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Fransiya Respublikasi Prezidentining Kontinental Yevropa va Turkiya bo‘yicha maslahatchisi Izabel Dyumon va Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ylab kampus-tur tashkil qilinib, unda maktab faoliyati hamda o‘quvchilar erishgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi.

✔️ Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida vazir Hilola Umarova mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar hamda vazirlik tomonidan fransuz tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

❗️O'z navbatida Izabel Dyumon O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Fransiyaning “Didier FLE” nashriyotining fransuz tilidagi darsliklar to‘plami Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan fransuz tili ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladigan maktablar uchun taqdim etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education ta'lim platformasi bosh direktori Jefri Alfonso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazirlik faoliyati hamda Alef education haqida ikki tomonlama taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o’zaro hamkorlik, xususan Alef ta'lim platformasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.

✔️ Ta’kidlash joiz, Alef education ta’lim platformasi:

🔹 O‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹 аniq va tabiiy fanlar, shuningdek
xorijiy tillar yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

❗️ Uchrashuv doirasida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent shahridagi Prezident va Olmazor tuman 22-sonli umumta'lim maktablari bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

📆 Ma’lumot o’rnida, Alef ta'lim platformasi rahbariyati bilan uchrashuvlar 12-aprelga qadar davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik

Dubayda bo‘lib o‘tayotgan COP28 sammitida O‘zbekiston vakillari faol ishtirok etdi

Dubayda (BAA) bo‘lib o‘tayotgan BMT xalqaro iqlim sammiti COP28 konferensiyasida o‘zbekistonlik yosh ekologlar faol ishtirok etdi.

⚡️Mazkur konferensiya dunyoning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global muammolarini hal etish sohasidagi eng nufuzli va ahamiyatli tadbir hisoblanadi.

❗️10 kun davomida davlat rahbarlari, turli idora vakillari, mutaxassislar, turli nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan dunyoda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etish yo‘llari muhokama qilinib, bu borada o‘zaro tajriba almashildi.

Anjumanda O‘zbekistondan yosh vakillar ishtirok etib, mamlakatimizda ekologiya bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslarni taqdim etdi.

Jumladan, yurtimizda mazkur sohada maktabgacha ta’lim, maktab va universitetda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berishdi. Butun dunyo miqyosida yoshlarni ushbu tashabbuslarga qo‘shilishga va ekologik madaniyatni targ‘ib qilishda faol bo‘lishga chaqirishdi.

✔️Konferensiyada Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda «Zamin» xalqaro jamoat fondi, Yoshlar masalalari agentligi, O‘zbekiston yoshlar assosiatsiyasi mutasaddilari hamda  xalqaro hamkor tashkilotlar UNICEF, FEE vakillari faol ishtirok etdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_hamkorlik

TA'LIM YO'LIDA MANFAATLI TASHRIF

🇺🇿🇰🇷Bugun Uchinchi Renessans davrida O'zbekiston ta'limida sezilarli islohotlar va ijobiy o'zgarishlar haqida ko'p va xo'b gapirish mumkin. Mamlakat taraqqiyoti ta'lim taraqqiyotiga bog'liq. Davlatimiz tomonidan ta'lim sohasida qilinayotgan ko'plab ishlarning markazida rivojlangan xorijiy davlatlar ta'limidan andoza olish, ularning zamonaviy metodikalarini milliy ta'limimizga joriy etish masalasi turibdi.

Bu borada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga Janubiy Koreya davlati CHUNGCHEONGNAM-DO Ta'lim tashkiloti delegatsiyasi tashrifini qayd etish mumkin.

Delegatsiya a'zolari Ta'lim vaziri Kim Jichol boshchiligida avval maktab va uning faoliyati bilan yaqindan tanishib, ixtisoslashtirilgan maktabning ko'plab yutuqlarini e'tirof etdilar. So'ngra hamkorlik tashrifidan ko'zlangan maqsad bo'yicha muzokaralar olib borildi.

O'ylaymizki, bu tashrif ikki davlat uchun ham muhim ahamiyat kasb etadigan manfaatli tashrif bo'ladi❗️
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlyandiya

Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lishdi.

❗️Uchrashuv davomida O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha boshqarma rahbari Pia Kola-Torvinen hamda delegatsiya a‘zolari maktabdagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. O’quvchilar tomonidan yaratilgan ixtirolar, xususan robototexnika hamda mobil ilovalar finlyandiyalik ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

📍Shundan so’ng, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Unda xorijlik ekspertlar hozirda Respublikamiz maktablarida joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

✔️Baholash materiallarini tayyorlovchi mahalliy ekspertlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda, joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimini fin tajribasi asosida takomillashtirish, shuningdek mahalliy ekspertlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Batafsil🔗
___________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Ozarbayjon

O'quvchilarimiz SAF xalqaro innovatsion loyihalar festivalida ishtirok etishadi

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida bo’lib turishibdi.

Delegatsiya tarkibida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mas’ullari ham ishtirok etishmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Respublika STEAM innovatsiya markazida bo’lib, istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar STEАM yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy tajriba va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish haqida so’z yuritishdi.

Shuningdek, A.Muzaffarov nomidagi 2-sonli maktabda bo’lib, muassasa faoliyati, o’quvchilar yutuqlari hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

Muzokaralar davomida joriy yil bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Ozarbayjonning SAF xalqaro innovatsion loyihalar festivalida o’zbekistonlik o'quvchilarning ham ishtirok etishi bo’yicha kelishib olindi.

Ma'lumot o'rnida: mazkur festival 3 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Ozarbayjon

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib turgani haqida xabar berilgan edi.

Delegatsiya tarkibida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mas’ullari ham ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Boku Yevropa litseyida boʻlib, taʼlim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻzaro muloqotda taʼlim sohasida hamkorlik, oʻquv jarayonlarini tashkil etishda milliy va xorijiy tajriba, oʻgʻil-qizlarni iqtidorini yuzaga chiqarishda zamonaviy yondashuvlar kabi mavzularda fikr almashildi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Boku shahridagi A.Huseynzade nomidagi 20-sonli maktab-litseyda ham boʻlib, muassasa faoliyati, oʻquvchilar yutuqlari hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishildi.

Delegatsiyaning Ozarbayjonga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Ayni damda Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi hamkorlik bo‘yicha 13-Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o‘tmoqda.

Yigilish davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri orinbosari Sardor Rajabov va Ozarbayjon Fan va ta’lim vaziri orinbosari Gasan Gasanli bilan uchrashuv bolib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlik, kelgusidagi rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar, xususan STEAM markazlarini tashkil etishda aloqalar ornatish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehmonlar Buxoro shahridagi Prezident maktabi faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda oquvchilar yutuqlari bilan tanishishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligining delegatsiyasi IB dasturi boʻyicha hamkorlik maqsadida Moskva shahridagi Letovo maktabida tanishuv va tajriba almashinuvi jarayonida qatnashmoqda.

Delegatsiya tarkibida Muhammad al-Xorazmiy hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarining bir qator fan oʻqituvchilari va rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Letovo xalqaro maktabida boʻlib, taʼlim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻzaro muloqotda taʼlim sohasida hamkorlik, ilmiy-pedagogik asoslar va umumiy yondashuvlar, Letovo taʻlim modeli bilan tanishish, oʻquv jarayonlarini tashkil etishda milliy va xorijiy tajriba, oʻgʻil-qizlarni iqtidorini yuzaga chiqarishda zamonaviy yondashuvlar kabi mavzularda Letovo maktabining direktori M.G.Mokrinskiy bilan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida taʻlim jarayonida infratuzilmalardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari, fanlararo aloqadorlik, baholash tizimi, STEАM yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy tajriba va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish haqida soʻz yuritishdi.

Delegatsiyaning Rossiyaga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligining delegatsiyasi IB dasturi boʻyicha hamkorlik maqsadida Moskva shahridagi Letovo xalqaro maktabida boʻlib turgani haqida xabar berilgan edi.

Tashrifning ikkinchi kuni doirasida delegatsiya a’zolari Letovo xalqaro maktabi oʻqituvchilari uchun kasbiy rivojlanish dasturi hamda taʻlim-tarbiya jarayonida innovatsion yechimlar, raqamli qoʻllab-quvvatlash tizimi va "Letovo" diplom tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Letovo xalqaro maktabining bir qator rahbar xodimlari, jumladan akademik direktor oʻrinbosarlari, xalqaro bakalavriatning "MYP" hamda "DP" dasturlarining koordinatorlari va maktab maslahatchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Maktab kafedralari boʻyicha sayohat, fizika, matematika, axborot texnologiyalari hamda ingliz tili darslari kuzatildi.

Delegatsiyaning Rossiyaga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligining delegatsiyasi IB dasturi boʻyicha hamkorlik maqsadida Moskva shahridagi Letovo xalqaro maktabida boʻlib turgani haqida xabar berilgan edi.

Tashrifning uchinchi kuni doirasida delegatsiya a’zolari Letovo xalqaro maktabining bir qator departament rahbarlari bilan ikki tomonlama muloqot davomida hamkorlikdagi loyihalar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Maktab oʻquvchilarining loyiha ishi doirasidagi ijtimoiy faoliyat, STEAM fanlari doirasidagi loyiha ishlari, meta-mavzu koʻnikmalarini rivojlantirish hamda maktab oʻquvchilarini qabul qilish va qoʻllab-quvvatlash tizimi bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif soʻngida Agentlik hamda Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, Letovo xalqaro maktabi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM