Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.72K subscribers
9.85K photos
692 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Seminar_trening
#Nottingham_Trent_university

Bugun, 24-mart kuni ingliz tili o’qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish xalqaro seminar-treninglarning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

✔️Tadbirni Markaz direktori Sherzod Yakubov ochib berdi:

- Sifatli ta’lim jamiyatni o’zgartira oladi. Bundagi hal qiluvchi kuch esa - malakali pedagoglardir. Nottingham Trent universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur trening bu yo’ldagi maqsadlarimizga erishishda yana bir qadam bo’lib xizmat qiladi.

✔️Nottingham Trent universitetining Akademik maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tili dasturi rahbari professor Martin Seviour:

- Men ilk bora O’zbekistonga 1994-yilda kelganman. Bugun bu yerdagi katta o’zgarishlarga, xususan ta’lim tizimidagi islohotlarga guvoh bo’lib turibman. Ushbu treninglar o’qituvchilarning kelgusi faoliyati uchun samarali bo’ladi, deb umid qilaman.

Seminar-treninglar davom etmoqda.
#Seminar_trening
#Nottingham_Trent_university

SEMINAR-TRENINGLARNING OFFLAYN QISMI YAKUNLANDI

⚡️Nottingham Trent universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro-seminar treninglarning offlayn qismi o'z nihoyasiga yetdi.

Unda Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ingliz tili o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar-treninglar doirasida bugun:

✔️ingliz tili darslarida formativ baholash,
✔️ingliz tili o'qituvchilari uchun onlayn kurslarni tashkil etish mavzularida darslar bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Macmillan nashriyot uyi tomonidan ingliz tilidagi kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi va o'qituvchilar uchun kitoblar taqdim etildi.

❗️Mashg'ulotlarning onlayn qismi yana 8 hafta davom etadi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Buyuk #Britaniya #Nottingham #Trent #Universitet #Nozima #Aripova

Agar o'qituvchilar o'rganishni to'xtatsa, o'quvchilar bilm olishni to'xtatadi.

☑️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning
to'qqiz nafar ingliz tili fani o'qituvchilar delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning Nottingham Trent universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish dasturiga ishtirok etmoqda.

▪️Nottingham Trent universiteti tomonidan universitet va maktablarga tashrif hamda malaka oshirish darslari olib boriladi.

👩🏻‍💻Ustozlarimiz egallagan tajribalarni Agentlik tizimidagi maktablarga joriy etish rejalashtirilgan.

👩🏻‍🏫Muhammad al-Xorazmiy maktabining ingliz tili òqituvchisi Aripova Nozima ham òz malakasini oshirib kelib til òrganish saboqlarini yangi metodlar orqali yosh avlodga ilm berishda qòllaydi va kasbdoshlariga bu tajribalari bilan bòlishadi degan umidda ustozimizga omadlar tilab qolamiz.

🔘🔘🔘

Если учитель остановится в само совершенстве, ученики последуют за ним.

☑️Делегация из девяти преподавателей английского языка из творческих и специализированных школ при Агентстве Президентских образовательных учреждений принимают участие в программе обучения, организованном совместно с Университетом Ноттингем Трент Великобритании.

▪️Университет Ноттингем Трент организует визиты в университеты и школы, а также курсы по повышению квалификации.

👩🏻‍💻Планируется внедрить накопленный нашими педагогами опыт в школы при Агентстве.

👩🏻‍🏫Арипова Нозима, преподаватель английского языка школы Мухаммада ал-Хоразми, совершенствует свои навыки и изучает новые методы для передачи знаний молодому поколению с помощью современной методики. Мы желаем ей удачи в процессе обучения.

Telegram |Facebook |Instagram |Web