Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.78K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Xalqaro #Inson #huquqlari #kuni

INSON QADRI UCHUN!

🇺🇿🇺🇳Ma’lumki, inson dunyodagi eng aziz va eng mukarram yaratilmishdir. Yurtimiz O‘zbekistonda “Hamma narsa inson uchun” tamoyili ustuvor sanaladi. Qonunlar ham inson uchun, uning manfaati uchun xizmat qiladi.

Bilamizki, 10-dekabr- Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Xalqaro Inson huquqlari kuni” sifatida e’tirof etiladi. Aslida, inson va uning huquqlari haqida yilda faqat bir kun yoki bir marta gapirish, eslash kamlik qiladi. Inson qadri e’zozlanadigan mamlakatimizda har kun, har soat bu haqda fikrlar almashinadi, huquqiy ongni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham tashkil etiladigan aksariyat bayramlar va tadbirlarda, o’quvchilarimiz ishtirok etadigan uchrashuv hamda treninglarda bir narsa - inson huquqi, umumbashariyat manfaatalari ko‘zda tutiladi.

Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda BMT Modeli - Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining simulyatsiyasi tashkil qilindi. Mazkur tadbir Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining rekreatsiyasi bo‘lib, tadbir davomida o‘quvchilar Bosh Assambleya, Xavsizlik Kengashi kabi qo‘mitalarda turli xil mamlakat vakillari sifatida qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritdilar.

Shuningdek, maktabimizda BMT tashkil topgan kun munosabati bilan tashkil etilgan yana bir ajoyib tadbirni ta’kidlab o’tish joiz. Bunda qur’a tashlash yo‘li bilan barcha sinflarga dunyo mamalakatlari bo’lib berilib, ular belgilangan vaqt davomida shu davlatning tarixi, iqtisodiyoti, milliy o’ziga xosligi, oshxonasi haqida ma’lumotlarni to’plab, o’rganib chiqdilar va hakamlar hay’atiga namoyish etdilar.

O'quvchilarimiz "Diplomacy education" dasturi doirasida O'zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasida bo'lishdi. Uchrashuv davomida ular 4 ta guruhga bo'linib, BMT modeli tarzida tashkil etilgan 4 ta qo'mita - WFP, UNESCO, UNICEF va UNSC yig'ilishlarida ishtirok etishdi.

12-dekabr kuni “Xalqaro Inson huquqlari kuni” munosabati bilan 5-11-sinflarda tarix, tarbiya va huquq darslarida ushbu mavzuga bag’ishlangan ochiq darslar tashkil etildi. Darslarda ustozlar interfaol metodlardan foydalangan holda o’quvchilar uchun kerakli va qiziqarli ma’lumotni berdilar.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu yurtda olib boriladigan har bir tadbir zamirida insoniyat tinchligi, xotirjamligi uchun sa’y-harakatlar o’z ifodasini topadi.
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM