Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.76K subscribers
9.67K photos
676 videos
138 files
2.96K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#olimpiada #Kimyo #Biologiya #Science #Matematika #Fizika #Respublika #bosqichi

📣DIQQAT‼️ DIQQAT‼️

☄️Muhammad al-Xorazmiy maktabida bugun 2023-yil 12-may soat 15: 00da Kimyo, Biologiya, Science, Matematika, Fizika fanlaridan agentlik olmpiadasi boshlanadi.

🌐 Ssilka👈orqali tog'ridan to'g'ri ko'rishingiz mumkin. O'tkazib yubormang!

Olimpiada jarayonlari haqida batafsil:
Kimyo fani olimpiadasi;
Biologiya fani olimpiadasi;
Science fani olimpiadasi;
Matematika fani olimpiadasi;
Fizika fani olimpiadasi.

📌Olimpiada maktablarda o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, intellektual salohiyatini oshirish, ularni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarda olimpiadaga tayyorlanish tajribasini oshirish maqsadida o'tkazilayapti.

Har bir ishtirokchiga, jumladan maktabimiz olimpiada jamoasiga ham omad va g‘alaba nashidasini tilab qolamiz.
_

📣 ВНИМАНИЕ‼️ ВНИМАНИЕ‼️

☄️ Сегодня, 12 мая в 15:00 в школе имени Мухаммада ал-Хоразми начнётся олимпиада Агентства по химии, биологии, физике, математики и естественным наукам.

🌐Можете пройти по ссылке для прямого эфира👈. Не пропустите!

Подробнее:
Олимпиада по Химии;
Олимпиада по Биологии;
Олимпиада по Науке;
Олимпиада по Математика;
Олимпиада по Физике.
📌Олимпиада проводится в школах в целях повышения интереса учащихся к науке, повышения их интеллектуального потенциала, улучшения подготовки к международным олимпиадам, повышения опыта учителей и учащихся в подготовке к олимпиадам.

Желаем всем участникам, в том числе олимпийской сборной нашей школы, удачи и победы.

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada

Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Eslatib o’tamiz, Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekistonlik ishtirokchilar 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

#Fotoreportaj #Matematika

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Math #Path #Matematika #Grant

SAIDJONOVA GULASAL - XALQARO YOZGI DASTURINING GRANT SOHIBI

MathPath - iqtidorli o'quvchilarni o'ziga jamlagan xalqaro yozgi dastur. Portland Universitetida o’tkaziladigan ushbu MathPath dasturga 10 ta xalqaro o’quvchilarning biri sifatida yurtimizning yana bir iqtidorli o'quvchilaridan Saidjonova Gulasal qabul qilindi. Matematika fanidan malakali imtihon asosida tashkil etilgan dasturda Gulasal 25-iyundan 23-iyulga qadar yashash, ovqatlanish, sayohat va o’qitish sharoitlari bilan grantni qo'lga kiritdi.

🤩Shuningdek Saidjonova Gulasal Xalqaro Technovation Girls musobaqasining 2021 yilgi dasturining O’zbekistondagi eko tizim loyihasi g’olibi va 2022 yilgi dasturda dunyo bo’yicha yarim finalisti hisoblanadi. Biz

🥳Gulasalning qo'lga kiritgan g'alabasi bilan qutlab qolamiz.
-

САИДЖОНОВА ГУЛАСАЛ - ОБЛАДАТЕЛЬНИЦА ГРАНТА МЕЖДУНАРОДНОЙ ЛЕТНЕЙ ПРОГРАММЫ

MathPath — международная летняя программа для одаренных учащихся. Саиджонова Гуласал, одна из талантливых молодых людей нашей страны, принята на программу MathPath, проводимую в Университете Портленда, в числе 10 иностранных студентов со всего мира. По программе, которая была организована на основе квалификационного экзамена по математике, нашей ученице предоставили место проживания, питание, путешествие по стране и грант на полное обучение.

🤩Также Саиджонова Гуласал является победительницей программы 2021 года международного конкурса Technovation Girls по проекту экосистемы в Узбекистане и полуфиналистом мира по программе 2022 года.

🥳Поздравляем Гуласал с победой.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʼqituvchilar #fan #olimpiadasi
#matematika

OLIMPIADA G'OLIBLARINI TABRIKLAYMIZ!


🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabimiz o'qituvchilari Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab- internatlarining ustozlari o'rtasida o'tkazilgan hududiy bosqich olimpiadasida ishtirok etib, faxrli 🥈-o'rinni Yusupov Kamoliddin Sanoqulovich hamda 🥉- o'rinni Halimov Ikrom G'ulomjonovichlar qo'lga kiritdilar.

Siz- aziz ustozlarni yutuq bilan tabriklaymiz. Shuningdek, shunday o‘ta mas’uliyatli va sharafli kasbingiz orqali Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, o‘zining qat’iy hayotiy pozitsiyasiga ega, hech kimdan kam bo‘lmagan yoshlarni tarbiyalashdagi faoliyatingizda davomli yutuq va omadlar tilab qolamiz!
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʼqituvchilar #fan #olimpiadasi
#matematika

SIZ BILAN FAXRLANAMIZ!

Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ustozlari o‘rtasida hududiy bosqich olimpiadasi o‘tkazilganidan xabaringiz bor. Mamnuniyat bilan aytamizki, ushbu olimpiadada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabining bir qancha o‘qituvchilari ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Bugun maktab ma’muriyati g‘olib o‘qituvchilarni tabriklab, ularga esdalik sovg‘alar topshirishdi. Faxrli 🥈- o‘rinni egallagan Yusupov Kamoliddin hamda 🥉-o‘rinni qo‘lga kiritgan Halimov Ikromlarni maktabning matematika fani o‘qituvchisi, matematika fanlari nomzodi Shuhrat Ismatullayev qutlab, ularning kelgusidagi pedagogik faoliyatlarida zafarlar tiladi.

Shuningdek, g’olib ustozlarni maktab direktor o‘rinbosari S. Utepov, Ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F. Ismailov hamda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari U.Odiljonovlar ham tabriklab o‘tishdi.

🏆Bilimdon ustozlarni biz ham muvaffaqiyatlar bilan tabriklaymiz. Yutuqlar bardavom bo‘lsin, aziz ustozlar!
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OLIMPIADA FAXRIYLARIMIZ

🇺🇿🇰🇿Har qanday iqtidorni yuzaga chiqaradigan vosita bu- fan olimpiadalaridir. Maktabimizning tirishqoq, bilimdon o’quvchilarining bir guruhi Qozog‘iston Respublikasida bo’lib o’tayotgan Jautikov olimpiadasida ishtirok etishmoqda:

💻 Informatika fanidan: Izzatbek Akbarov, Asilbek Sunnatov, Ozodbek Haydaraliyev, Hojiakbarov Sunnatilla, Rahimboyev Behruz, Xamidullayev Dilshod, Muhammadtursunov Odiljon, Muhammadqodir Mahammadov;

Matematika fanidan: Axtamov Ozodbek, Zohidjonov Elbek, Ģafforov Rasulbek, Radjabov Abdulaziz;

🔭Fizika fanidan: Olimjonov Asliddin, Maxmudova Diyora.

🏆 Maktabimizning matematika, informatika, fizika fani bilimdonlari, siz -bizning faxrimizsiz, ortingizdan duo qilib, omad tilab, yaxshi natijalar kutib qolamiz. Siz bizning qalbimizda, yodimizdasiz. Taningiz sog', ilmingiz ziyoda, bilim to'la boshingiz hamisha sarafroz bo'lsin. G'alaba sari olg'a shovvozlar!

#olimpiada #Jautikov #matematika #fizika #informatika
________
Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAMARALI MEHNAT NATIJALARI

📣 7-13 yanvar kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida bo’lib o’tgan 20- Jautikov olimpiadasi ham o‘z nihoyasiga yetdi. 16 ta davlat ishtirok etgan bu nufuzli olimpiadada Agentlik tizimidagi maktablar muvaffaqiyatli ishtirok etib 1 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Bu xalqaro olimpiadadagi informatika fanidan 🥇 oltin medal sohibi esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o’quvchsi Sunnatov Asilbek ekanligi bizni yanada quvontirdi. Uning safdoshlari, Elbek Zohidjonov va Ozodbek Axtamov matematika fanidan 🥉bronza medali sohiblari ham borligi yanada qalbimizni g'ururga to'ldirdi.

Avvalo, o'quvchilarimizning ota-onasini, ustozlarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz . Barakalla, ilmingiz bundan-da ziyoda bo’lsin, yanada yuksak marralarni zabt etaveringlar! Yutuqlaringiz bardavom bo’lsin, bilimdonlar!

#olimpiada #Jautikov #matematika #fizika #informatika
________
Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada #matematika

Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan sen bo‘lgin ogoh.


✖️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish hamda olimpiadalarga tayyorlanish tajribasini oshirish maqsadida STEM (matematika, fizika,kimyo, biologiya, informatika, science) fanlardan o‘tkazilayotgan olimpiada bugun – 23-yanvar kuni 5-11-sinflar o‘rtasida matematika fanidan bo‘lib o‘tdi.

❗️2-turda tashkil etilgan ushbu olimpiadaga barcha o‘quvchilar qiziqish va g‘oliblikka intilish ishtiyoqi bilan qatnashishdi.

Bilim yo‘lida izlanishdan to‘xtamang deya har bir ishtirokchiga omad tilab qolamiz.

________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_olimpiada
#matematika_fizika_informatika

XALQARO FAN OLIMPIADALARI: TAJRIBA VA IMKONIYAT

Joriy yilning 7-13 - yanvar kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan XX Xalqaro Jautikov olimpiadasida mamlakatimiz yoshlari 2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza medalga sazovor
bo‘lgan edi.

Ular orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi Asilbek Sunnatov ham bo‘lib, u olimpiada tarixida informatika fanidan oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlikdir.

Asilbek Sunnatovning ustozi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining informatika fani o‘qituvchisi Xurshida Zanjirova Xalqaro Jautikov olimpiadasi misolida jahon miqyosidagi bilimlar bellashuvlari o‘quvchi yoshlar salohiyatini oshirish, shuningdek boshqa mamlakatlarning fizika-matematika va axborot texnologiyalari maktablari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Batafsil 👉 bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#trening #matematika

TAJRIBA ALMASHISH DAVOM ETADI

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Matematika va uni o‘qitish metodikasi” hamda “Umumiy matematikakafedralari professor-o‘qituvchilarining ilg‘or ta’lim dasturlarini joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama tajriba almashish jarayonlari davom etmoqda.

📌 Maktabimizning matematika fan ustozlari bilan birga tashkil etilgan seminar-treningda universitet professor-o‘qituvchilaridan A. Akmalov , D. Abduvahobovlar tomonidan “Matematikani kasbiy sohalarga yo‘naltirib o‘qitish imkoniyati” mavzusida ma’ruzalar tinglandi.

Bunday treninglar fan ustozlarining kelgusidagi faoliyatlarida muhim amaliy ko‘nikma va malakalarining oshishiga sabab bo‘lsa, ajab emas.

Maktabimiz fan ustozlari uchun yana shunday tajriba almashish jarayonlari may oyida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM