Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.74K subscribers
9.85K photos
692 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Saylov #Prezident #ITSchool

MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

🧑‍💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-05 sinf o'quvchisi Mavlonov Elnur Farrux o’g’li maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.

🙋🏻‍♂️Maktab Prezidentligiga nomzodimni qo'yishimning sabablari:

🫥Men o‘quvchilarning jamoat ishlarida faolligini oshirmoqchiman

Men maktab prezidenti lavozimini egallashim bilanoq o’quvchilarda volontyorlikka yo‘naltirilgan xulq-atvor madaniyatini o‘rnatish niyatidaman. Bizlar a`lo o`qish, yaxshi baholar olish va har jabhada o`zimizning faol ishtirokimizni ko`rsata oladigan yoshlarmiz! Men barcha jamoatchi - faol o`quvchilarga imkoniyatlar eshigini ochmoqchiman.O’quvchilar bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlari haqida so`rab bilmoqchiman. Ko`p loyihalarni, taqdimotlarni ularga qiziqarli bo`lgan mavzularda birgalikda amalga oshirmoqchiman.

🫥Men tadbirlar va maktab faoliyati uchun qiziqarli g'oyalarni qo’llab-quvvatlamoqchiman

Men o'z yangi g'oyalarimni o’quvchilarga targ'ib qilish uchun ,shunchaki maktab prezidenti bo'lishni xohlamayman. Albatta, men maktabimizning mavqeyini yanada oshirishga o'z hissamni qo'shmoqchiman, o’quvchilar bilan birgalikda ilm maskanimiz bag`rida o`tgan har bir kunni yanada maloqli, yanada mazmunli o`tkazish borasida yangi g`oyalar ishlab chiqmoqchiman. Prezident bo'lish- ularni eshitish va g'oyalarini amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyatlar keltiradi.

🫥Men liderlik qobiliyatlarimni o’quvchilarga foyda keltirish uchun qo’llamoqchiman

Yettinchi sinfdan boshlab doim maktab prezidenti bo`lishni xohlardim. Bu obro' yoki imtiyozlar uchun emas, balki jamoa bilan ishlash imkoniyati uchun edi. Mening oliy maqsadim yaxshi rahbar bo’lish va maktabimiz hayotida o`zimga xos yaxshi nom qoldirish! Shuningdek, boshqa maktablar bilan yaxshi aloqalar o’rnatib, o`quvchi- yoshlar orasida do`stlik, birdamlik aloqalarini rivojlantirishni xohlardim. Shu bilan birgalikda yaxshi prezident o’quvchilar va maktab xodimlari bilan yaxshi ishlay olishi kerak degan fikrdaman.

🫥Maktabimizni sharaflash va o’quvchilarni universitetga kirishlari uchun muayyan tadbirlar tashkil qilmoqchiman

Har bir maktabning nufuzi o’quvchilarining yutuqlari orqali baholanadi. Hozirda maktabimiz o’quvchilarining yutuqlari va universitetga kirish foiz ko`rsatkichlari juda yuqori. Ammo, MIT, Stanford, Harvard va shunga o’xshash universitetlar o’quvchilardan ajralib turadigan o`ziga xos qobiliyatli bo`lishni talab etadi. Tashkil qilingan tadbirlar o’quvchilarning individual qobilyatlarini shakllantirishini va allbatta, ushbu tadbirlarni tashkillashtirishda mening ham maktab prezidentidek o'rnim bo'lishini chin dildan xohlar edim!

‼️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab o‘quvchilari Prezidenti bo‘lishga o‘zingizni munosib hisoblaysizmi? Olg‘a, aziz bo‘lajak prezidentlar! Ro'yxatdan o'ting!

📌Ariza topshirish muddati 27.12.2022 (seshanba) gacha.

🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 21, 2022
#Saylov #Prezident #ITSchool

MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

🧑‍💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-05 sinf o'quvchisi Yunusxo'jayev Ibrohimxo'ja Ilhomxo'ja o’g’li maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.

🙋🏻‍♂️Liderlik qobiliyati bolada yoshlikdan ya’ni bog`cha yoki boshlang`ich maktabda ta`lim olayotganidanoq yaqqol ko`rina boshlaydi. Uning do`stlari, guruhdoshlari, sinfdoshlari orasida o`ziga xos xulq, fe’l -atvor bilan ajralib turishi, uning aktivligi, har jabhada o`ziga xos yechimlarni o`ylab topishi, maktab tomonidan o`tkaziladigan turli tadbir yoki bellashuvlarda o`zi jamoa shakillantirib, unda faol ishtirok etishida ko`rsak bo`ladi. Maktab prezidenti! Unga yuklatilgan mas’uliyat juda oliy va sharflidir.

💭Men Yunusxo`jayev Ibrohimxoja maktab prezidenti lavozimi egallashni niyat qilganimning bir qancha sabablar bor. Maktabda o`quvchilar va ustozlar bilan bo`lgan muomala va ular bilan birga ishlay olish qobiliyati, o`quvchilar bilan ularning muammolari hamda ularga kerakli(foydali) bo`lgan yechimlarni topishda o`z hissamni qo`shish. Ularning natijalari va yutuqlarida o`z hissamni ko`ra olsam, mening eng oliy maqsadim amalga oshgan bo`lar edi.

📶Maktabda 800 tadan ko`p o`quvchi o`qishi bilan birgalikda ularning o`zlariga xos xohish-istaklarini ko`rishimiz mumkin. Ba’zilari sport(basketbo`l, futbo`l, tennis, volebo`l), ba`zilari aniq fanlarga, ba`zilari tabiiy fanlarga e’tibor qaratadi. Ular o`zi qiziqqan yo`nalishda to`garaklar yoki turli xil tadbir, bellashuvlarda qatnashishni xohlashadi.

📶 Men agar maktab prezidenti bo`lasam, har bir o`quvchining fikrini, qiziqishini hurmat qilgan holda ularga o`zi xohlagan yo`nalishni tanlashda yordam beraman. Masalan,darsdan keyin turli xil qiziqishlariga qarab to`garaklar tashkil qilishga yordam beraman.

📶Yana shuni ta`kidlab o`tish kerakki, maktab prezidentida mas’uliyat juda katta bo`lgani kabi unga yuklatiladigan vazifalar juda ko`p bo`lishini unutmaslik kerak! Shu maqsadda men maktab miqyosida keng jamoa tuzmoqchiman. Ya’ni har xil yo`nalishidan, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tuzilgan jamoa maktab haqida muhim xabarlar va yangliklarni yoritib boradi, maktab miqyosida keng ko`lamli bellashuvlar o`tkazadi.

📶Maktab prezidentning asosiy vazifalaridan biri maktab kelajagini ko`ra olishdir! Shuning uchun maktabda doimiy nazorat va ahil jamoa bilan birgalikda ilm maskanimiz o`quvchilari uchun eng esda qolarli davrini yaratishga va`da beraman. Hatto ularning universitetga kirish jarayonidagi qiyinchiliklariga jamoaviy yondashgan holda yechimlar ham qidiramiz.

‼️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab o‘quvchilari Prezidenti bo‘lishga o‘zingizni munosib hisoblaysizmi? Olg‘a, aziz bo‘lajak prezidentlar! Ro'yxatdan o'ting!

📌Ariza topshirish muddati 27.12.2022 (seshanba) gacha.

🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 21, 2022
#Saylov #Prezident #ITSchool

NAVBATDAGI MAKTAB PREZIDENTLIGIGA NOMZOD BILAN TANISHING

🧑‍💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-05 sinf o'quvchisi Muxtorov Ibrohim Ilxomovich. Men yoshligimdan maktabning "Yoshlar ittifoqi" sardori, sinf sardori bo'lib kelganman. Shu vaqt mobaynida men o'zim uchun kerakli bo'ladigan juda ko'plab tajribalar oldim. Shuningdek, o'zimning liderlik, "teamworking" qobiliyatlarimni rivojlantirdim.

🙋🏻‍♂️Bugungi kunga kelib, maktabimiz rivojiga o'z hissamni qo'shish maqsadida maktab Prezidenti bo'lishga qaror qildim va o'zimni shunga loyiq deb topdim. Endi esa maktab ravnaqi uchun olib boradigan islohotlarim bilan tanishtirmoqchiman:

PIIMA va Toshkent shahridagi boshqa maktablar bilan o'zaro bitim tuzish va turli musobaqalarni tashkillashtirish. Har oyda 1-2 ta maktablar bilan futbol sport turida o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish. Bundan tashqari, har chorakda stol tennisi, shaxmat, CS GO sport turlari bo’yicha maktab terma jamoasini tashkil qilib, turnirlar o'tkazish.

Maktab doirasida eng yaxshi ko'rsatkichni ko'rsatgan sinflarga "Cyber sporti"dan foydalanish uchun ruxsat berish.

Agentlik maktablari bilan o'zaro "networking" ni kuchaytirish maqsadida o'zaro tashriflarni rejalashtirish.

Maktabda dasturchilar jamoasini tashkillashtirish va dasturchilar klubini ochish. Bunda o'quvchilar o'zaro fikr almashib, bir-birlariga yo'l-yo'riq ko'rsatib, biror loyiha ustida birgalikda ishlashlari mumkin. Bundan tashqari, "freelance" likni ham yo'lga qo'yish.

Maktab o'quvchilarining tanqidiy fikrlash darajasini oshirish maqsadida tanqidiy fikrlashga yo'naltirilgan olimpiadalarni o'tkazish.

Maktabda "leaderboard" joriy etish. Bunda maktab nomini yuksaklarga ko'targan, maktab sharafini himoya qilgan o'quvchilarning fotosuratlarini ilib qo'yish. Masalan, Xalqaro sertifikat sohiblarini, dunyodagi yetakchi universitetga qabul qilingan, olimpiadalarda faxriy o'rinlarni qo'lga kiritgan o'quvchilar. Bu loyiha o'quvchilar o'rtasidagi raqobatni yanada kuchaytirib, ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Har oyda bepul IELTS Mock imtihonlarini tashkillashtirish.

Maktabimiz o'quvchilari nafaqat bilim tomonlama balki jismoniy baquvvat bo'lishlarini ta'minlash maqsadida maktabimizda "тренажерный зал" ochish.

Alohida platforma, bot yaratish yoki maktabda "Muammo va takliflar" qutisini o'rnatish. Bu orqali o'quvchilar maktab hayotidagi muammolarni va maktabga kirgizmoqchi bo'lgan yangi g'oya, taklif va loyihalarini yozib qoldirishlari mumkin bo'ladi. Maktab hayotini yanada yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi loyiha mualliflariga ushbu loyihalarini amalga oshirishda ko'maklashish va albatta, buning uchun taqdirlash.

Har oyda maktab Prezidenti va maktab o'quvchilari o'rtasida ochiq suhbat uyushtirish. Bunda o'quvchilarning muammolarini tinglab, yechim topish. Hech bir muammo chetda qolmasligini ta'minlash.

O'quvchilar uyushmasi(students' council)ni shakllantirish. Bu uyushma o'quvchilarning xohishlariga binoan turli qiziqarli "activity"larni, "movie nights", ya'ni film kechalarini o'z ichiga olgan mini-tadbirlarni rejalashtirishni o'z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, bu uyushma maktab o'quvchilari va maktab ma'muriyati o'rtasidagi bir vosita vazifasini ham bajarishadi. Bu uyushma, o'quvchilar qaysidir bir ustozni ularga dars berishini xohlamayotgan bo'lsa, qaysidir bir ustoz o'quvchilarni o'z faniga qiziqtira olmayotgan bo'lsa va shu kabi muammolarni ma'mumirayatga yetkazish vazifasini bajaradi.

Har oyda ta'lim, sport, biznes sohalarida katta muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etish. Mehmonlar maktab o'quvchilarining istaklari asosida chaqirtiriladi.

Maktabimizdagi barcha o'quvchilar chet eldagi nufuzli universitetlarda o'qishni xohlashadi. Shu sababli, maktabning "podcast team"ini shakllantirib, dunyodagi TOP oliygohlarida o'qiydigan talabalar bilan "podcast" qilish va YouTube orqali ommaga taqdim etish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 24, 2022
#Saylov #Prezident #ITSchool

MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

👩‍💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-05 sinf o'quvchisi Maxkamova Maftunaxon Olim qizi maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.

Ikki yil oldin maktabning birinchi prezidentligiga saylov o'tkazilganda juda ham qiziqib qolgan edim. Afsuski, yoshim to'g'ri kelmas edi. Ammo shu ikki yil mobaynida "Agar Prezident bo'lsam, shunday loyihalar tashkil qilaman" deb turli g'oyalarni o'ylab yurdim. Endi esa imkoniyatim bor. Prezident bo'lishni xohlayotganimga sabab, o'quvchilarni o'z sohalariga ko'proq jalb qilish.

Quyida esa olib bormochi bo'lgan islohotlarim bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

🟣Maktabimizning o'quvchilari chet elning nufuzli uniiverstitetlarida o'qishni xohlashadi, ammo hujjat topshirish jarayonlari oson kechmaydi. Ular duch kelishi mumkin bo'lgan muammolarda yordam olishlari uchun bu sohada tajribaga ega bo'lgan "school counselor"ni maktabimizga tayinlash;

🟣"Sog' tanda-sog'lom aql" deyilganidek, maktabimiz o'quvchilari aqlan sog'lom bo'lishlari uchun jismonan sog'lom bo'lishlari zarur. Buning uchun maktabimiz ichida, keyinchalik esa agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari o'rtasida sport musobaqalari tashkil etish;

🟣Har hafta nufuzli universtitetlarga kirgan/o'qigan, grant yutgan yoki turli muvaffaqiyatga erishganlar bilan offline uchrashuvlar, workshoplar uyushtirish;

Maktabimiz doirasida turli klublar tashkil etish, misol uchun bookclub, ieltsclub/satclub, loyihalar ustida ishlash va boshqa turli yo'nalishlar bo'yicha;

🟣Shu bilan birgalikda yuqori sinfning iqtidorli va IT sohasidagi biror yo'nalishni yaxshi biladigan o'quvchilar tomonidan ana shu yo'nalishlar bo'yicha darsdan tashqari mashg'ulotlar tashkil etish, bu bilan nafaqat o'quvchilarni dars bilan ta'minlabgina qolmay, dars bermoqchi bo'lgan o'quvchilar o'zlariga tajriba orttirish;

🟣Turli nufuzli kompaniyalar bilan shartnomalar imzolab, yuqori sinf o'quvchilari uchun amaliyot o'tash, keyinchalik esa maktabni bitirmasdanoq o'sha kompaniyalarga ishga kirishlariga imkon yaratib berish va u yerga tashriflarni rejalashtirish;

🟣Prezident jamoasini tashkil etish. Maktabda tashkil qilinadigan loyihalarning yo'nalishlariga sardorlarni tayinlash orqali har bir yo'nalishga e'tiborni maksimal darajada qaratish;

🟣Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan turli musobaqalar(cybersport, futbol,) startuplarini qo'llab quvvatlash uchun akselerator va inkubator dasturlarini tashkil qilish orqali o'quvchilarda jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini shakllanishida yordam berish;

🟣Al-Xorazmiy o'quvchilari nafaqat IT mutaxassisi, balki haqiqiy lider bo'lib yetishishlari kerak. Bunda ularga yordam berish maqsadida notiqlik san'ati, loyiha boshqaruvi va "public speaking" bo'yicha workshoplar tashkil etish;

🟣Kichkina sinf o'quvchilarini darslardagi olgan bilimlarini mustahkamlashlari yohud yangi bilimlarni olishlarining interaktiv usullarini qo'llash, buning uchun esa darsdan tashqari mashg'ulotlarni turli o'yinlar shaklida, sovg'alarga boy holda olib borish;

🟣O'quvchilar o'rtasida mehr-muruvvat va hayriya ishlarini rivojlantirish. Buni esa o'zgacha usulda tashkil etish. Qanday deysizmi? O'quvchilar o'z mehnatlari bilan tayyorlagan turli mahsulotlarni bayram tadbirlarida ustoz va tashrif buyurgan ota-onalarga sotish yoki bayram konsertlarini o'zlari maktabda tashkil qilgan holda pul to'plash, u pullarni esa hayriya ishlariga yo'naltirish;

🟣O'quvchilarni ijtimoiy loyihalarda aktiv bo'lishlari uchun turli grant va imkoniyatlarni, musobaqalar haqidagi ma'lumotlarni ulashib boruvchi loyiha tashkil etish;

🟣Qizlarni ham ijtimoiy hayotga jalb qilishni maqsad qilib qo'yganman. Xalqaro "Technovation girls" tanlovidagi 2yillik(2021 va 2022) samarali ishtirokim uchun 2023-yildagi mavsumiga O'zbekiston uchun Student Ambassador sifatida tayinlandim. Endi men Prezident ta'lim muassasalarining qizlari o'rtasida "Technovation girls" klubini tashkil etish niyatidaman. Bu haqida esa keyinchalik batafsil ma'lumotlar berib boriladi;
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 24, 2022
#Saylov #Prezident

MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

🧑‍💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-04 sinf o‘quvchisi Sayfitdinov Sarvarbek maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.

🙋🏻‍♂️Men ushbu maktabda 2017-yildan buyon tahsil olaman. Maktabdagi ko‘pgina o‘quvchilarning talab va takliflari bilan tanishman va ular nima xohlayotganini ayta olaman. Mening chet elda o‘qiydigan do‘stlarim borligi tufayli maktab manfaati uchun foydali bo‘ladigan ko‘p yangi loyihalarni o‘ylab qo‘yganman. Men o‘z g‘oyalarimni hali birorta maktabda ko‘rmaganman. Mening g‘oyalarim yordamida o‘quvchilar nafaqat aqlan, balki jismonan ham o‘sishadi.

🫥Men shu kungacha maktab uchun imkoniyatim darajasida o‘z hissamni qo‘shib kelmoqdaman, olimpiadalarda maktabim sharafini himoya qilib g‘olib bo‘lganman, Shuningdek, xakatonlarda ishtirok etib munosib o‘rinlarni egallaganman.

🫥Qobiliyatlarimdan yana biri bu sahnada erkin, shuningdek qancha odam bo‘lishidan qat’iy nazar ishontira oladigan va orqamdan ergashtira oladigan darajada gapira olishdir. Albatta, shu yerda to‘xtab qolmayman, prezident bo‘la olmagan taqdirimda ham maktabimga o‘z hissamni qo‘shishda davom etaveraman. Prezident lavozimiga loyiq topilsam, motivatsiyam ikki hissaga ortadi va maktabimiz ham har tomonlama o‘sishiga erishishimga ishonaman.

🫥Mening maktabdagi oxirgi bir yarim yil uchun rejalarim juda ko‘p va juda katta, albatta, hozir ularni ayta olmayman, Chunki bu sir, ammo rejalarim rostdan ham borligiga amin bo‘lishingiz uchun bir-ikkita misol keltiraman: “Xorazmiy ligasi”, “TRating” va boshqalar. Barcha rejalarimni albatta o‘zim bajara olmayman, buning uchun IT School Presidency guruhi menga yordam beradi. Maktab ma’muriyatidan moliyaviy tomondan ham yordam kerak bo‘ladi, xolos.

🫥Yana shuni aytmoqchimanki, maktabimizda juda ham ko‘p iqtidorli va kreativ fikrlovchi o‘quvchilar mavjud, ammo menday ham liderlikni, ham ajoyib g‘oyalarni birlashtira oladigan o‘quvchilar kam bo‘lsa kerak. Shuning uchun men o‘zimni, boshqa nomzodlarni hurmat qilgan holda, maktab prezidenti bo‘lish uchun munosib nomzod deb bilaman.

🫥🫥🫥

ВСТРЕЧАЙТЕ СЛЕДУЮЩЕГО КАНДИДАТА НА ПРЕЗИДЕНТА НАШЕЙ ШКОЛЫ

🧑‍💻Сайфитдинов Сарварбек, учащийся 10-04 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми, является одним из кандидатов на пост президента школы.

🙋🏻‍♂️Я учусь в этой школе с 2017 года. Я знаком с потребностями и интересами большинства учащихся в школе и могу сказать, чего они хотят. Поскольку у меня есть друзья, которые учатся за границей, я продумал много новых проектов, которые принесут пользу школе. Я еще не видел воплощения своих идей ни в одной школе. С помощью моих идей ученики будут развиваться не только умственно, но и физически.

🫥По сей день я вношу свой вклад в школу в меру своих возможностей. Еще одна из моих способностей — свободно говорить на сцене, а также уметь убеждать и заставлять людей следовать за мной, независимо от количества присутствующих. Конечно, я не остановлюсь на этом, даже если я не стану президентом, я продолжу вносить свой вклад в свою школу. Если меня изберут на должность президента, моя мотивация возрастет в два раза, и я верю, что добьюсь роста нашей школы во всех аспектах.

🫥У меня следующие планы на последние полтора года в школе, к примеру: «Хорезмийская лига», «TRating» и другие. Самостоятельно я, конечно, не смогу выполнить все свои планы, и команда президентства IT-школы мне в этом поможет, администрация школы также окажет финансовую поддержку.

🫥Я также хотел бы сказать, что в нашей школе много талантливых и креативно мыслящих учеников, но мало таких учеников, которые могут сочетать в себе лидерство и отличные идеи. Поэтому я считаю себя достойным кандидатом на пост президента школы, уважая других кандидатов.‌‌

🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 3, 2023
#Saylov #Prezident

MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

🧑‍💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
9-04 sinf o'quvchisi Alibek Bekchanov maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.

🙋🏻‍♂️Men Alibek Bekchanov maktab prezidenti bo‘lishni niyat qilganimning bir qancha sabablari bor. O‘zimda boshqaruvchanlik qobiliyatini shakllantirganman, lider bo‘lib boshqarishni yaxshi bilaman.

☯️Birinchi maqsadim har xil qiziqarli turnirlarda maktabiz ravnaqini ko’tarish uchun qiziquvchan va doim izlanuvchan o‘quvchilarni tayyorlashdan iboratdir.

☯️Maktabimizda barcha sharoitlar yetarli va biz bulardan to’g’ri foydalanishimiz kerak. Yana bir maqsadim shuki, maktabimizdagi o‘qish reytingini ko‘tarish. Maktabda hozir ko‘p o‘quvchilar BSB va CHSB uchun o‘qiyotgan bo‘lsa, buni tubdan o‘zgartirish, ya’ni hamma o‘quvchi barcha fanni sevib o’qishiga erishish.

☯️Uchinchi maqsadim barcha sinf o’quvchilarning talab va takliflarini eshitishdan iboratdir. O‘zim maktabda o‘quvchilar orasida yurganim uchun hammaning fikr va istaklarini eshitib kelyabman va agar imkonim bo‘lsa ushbu fikr va istaklarni amalga oshiraman, deb o‘zimga ahd qilganman.

☯️To‘rtinchi maqsadim esa maktab faollarini saylashdir. Barcha sinfdan sinf foallarini yig‘ib, ular orasidan yangi liderlarni saylashdan iboratdir. Oxirgi maqsadim Muhammad al-Xorazmiy maktabini qolgan maktablaridan afzallik tomonlarini ko‘rsatishdir. Va’da beramanki, faoliyatim davomida maqsadlarimning barchasiga erishaman!

🫥🫥🫥

ВСТРЕЧАЙТЕ СЛЕДУЮЩЕГО КАНДИДАТА НА ПРЕЗИДЕНТА НАШЕЙ ШКОЛЫ

🧑‍💻Алибек Бекчанов, ученик 9-04 класса, является одним из кандидатов на пост президента школы.

🙋🏻‍♂️Есть несколько причин, по которым я намерен стать президентом школы. Я развил в себе способность управлять собой, умею управлять как лидер.

☯️Моя первая цель - готовить любознательных учеников для улучшения развития нашей школы в различных турнирах и мероприятиях. Все условия в нашей школе достаточны, и мы должны правильно их использовать.

☯️Еще одна моя цель – поднять рейтинг учебы в нашей школе. Если в настоящее время в школе учится много школьников ради СОР и СОЧ, необходимо это кардинально изменить, то есть добиться того, чтобы все ученики любили изучать все предметы.

☯️Моя третья цель – услышать требования и предложения учеников всех классов. Я прислушивался ко всем мыслям и пожеланиям, потому что я был среди учеников школы, и если у меня будет возможность, я принял для себя решение, что я буду воплощать эти идеи и желания на практике.

☯️Моя четвертая цель – избрать школьных активистов. План состоит в том, чтобы собрать активистов из всех классов и выбрать из них новых лидеров. Моя конечная цель — показать преимущества школы Мухаммеда ал-Хоразми перед остальными школами. Я обещаю, что добьюсь всех своих целей в течение своей карьеры!‌‌

🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 4, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
January 4, 2023
#Saylov #Prezident

MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

🧑‍💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 9-05 sinf o'quvchisi Norbutayev Do'stmuhammad Azamat o'g'li maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.

🙋🏻‍♂️Men Norbo'tayev Do'stmuhammad Prezidenti bo'lishimdan asosiy maqsadim maktab ichki muhitini yanada ijobiy tomonga o'zgartirishga o'z hissamni qo'shishdir.

⭕️O'quvchilar uchun darsdan keyin o'tkaziladigan har xil fanga oid o'yinlar va musobaqalarni tashkil etish.Masalan, o'quvchi bugun 7 ta darsdan 3 ta “A” baho oldi deylik, agar buni haftasiga hisoblasak 18 ta “A” baho oladi. Shu sababdan har shanba kuni ular uchun musobaqa tashkillashtirib, musobaqada g'alaba qozongan bir guruh sinf o'quvchilarini taqdirlash. To'g'ri, o'quvchi har kuni ham “A“ baho olavermaydi. Shu sababdan har shanba kunlari ixtiyoriy tarzda o'yinlar, musobaqalarni jadval tarzda tashkillashtirishimiz mumkin.

⭕️Aytmoqchimanki, o'quvchilar shunchaki darsdan keyin bo'sh vaqtini bekor o`tkazmasdan yanada ko'proq dars qilishga o'z bilimini oshirishga harakat qiladi,ma'naviy va madaniy faoliyatlarini ham oshirib borishadi. Albatta,faol o'quvchilar uchun rag'bat va imtiyozlar taqdim etiladi. Bir oyda o'zlashtirish ko'rsatkichi katta bo'lgan sinflar uchun musobaqa tashkillashtirib musobaqada g'alaba qozongan sinfga Kiber Sport xonasida ma'lum bir vaqt oralig'ida o'yin o'ynash taqdim etilishi mumkin.

⭕️Maktab Prezidenti o'zi nima qiladi va qanday ishlar bilan shug'ullanadi?Yoshligimdan boshqaruvchilikka qiziqaman. Men maktab Prezident maqomiga erishgan o`quvchiga bir taklif bilan chiqishni xohlardim. Chunki menda juda ham ko'p taklif va maslahatlar bor edi. Agar Prezident bo'lsam,avvalambor maktab rahbariyati va ustozlarim maslahatlari bilan mening maktabimiz ravnaqi yo'lidagi faoliyatimni qo'llab-quvvatlovchi va yordam beruvchi sinfdoshlarim, yuqori va quyi sinf o'quvchilari bilan birgalikda faoliyat olib boraman.

⭕️Shuningdek, maktabning hozirgi Prezidentidan va uning atrofidagi maktab ichki muhitini yaxshi biladigan va maktab Prezidenti bilan ish yuritgan insonlar bilan ish yurutib, maktab muhitini o'rganib chiqishdir.

⭕️Menimcha, maktab Prezidenti maktabga keladigan turli xildagi mehmonlarni yaxshi kutib olishda, o'quvchilarni nazoratda tutishda, maktabning ichki va tashqi qismlarini, ichki muhitini kelgan mehmonlarga namoyon etishda maktab ma'muriyatiga ko'maklashishi kerak.

⭕️Prezident maqomiga ega bo`lgan o`quvchi o'zini jiddiy tuta bilishi va har bir ishga mas`uliyat bilan yondashishi kerak. Maktab Prezidenti maktabga kelayotgan turli xil mehmonlarning asl maqsadlarini o'rgangan holda ularda yaxshi taassurot qoldirishi lozim.

🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 5, 2023
#Saylov #Prezident

ВСТРЕЧАЙТЕ СЛЕДУЮЩЕГО КАНДИДАТА НА ПРЕЗИДЕНТА НАШЕЙ ШКОЛЫ

🧑‍💻Достмухаммад Норбутаев Азаматович, ученик 9-05 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми, является одним из кандидатов на пост президента школы.

🙋🏻‍♂️Моя главная цель – внести свой вклад в изменение внутренней среды школы в более позитивную сторону. Организация игр и конкурсов, связанных с различными предметами, которые будут проводиться после уроков для учащихся. Например, допустим, сегодня ученик получил 3 «А» из 7 уроков, если посчитать за неделю, то он получит 18 «А». Следовательно, каждую субботу мы организуем для них конкурс и наградим группу учащихся, победивших в конкурсе. Правда, не каждый день школьник получает пятерку. По этой причине мы можем организовывать игры и соревнования на добровольной основе каждую субботу.

⭕️Хочется сказать, что учащиеся стараются совершенствовать свои знания и совершенствовать свою духовно-культурную деятельность, не отказываясь от свободного времени после занятий. Конечно, поощрения и льготы для активных школьников предусмотрены. Организовав соревнование между классами с самым высоким показателем за месяц, можно предложить классу-победителю поиграть в кабинете Киберспорта в течение определенного периода времени.

⭕️Чем занимается президент школы и какую работу он выполняет? Меня интересовал менеджмент с юных лет. Я хотел бы задать вопрос президенту школы. Потому что у меня было много предложений и советов. Если я стану Президентом, то, прежде всего, по совету руководства школы и учителей, я буду работать вместе со своими одноклассниками, старшими и младшими классами, которые поддержат и помогут мне в развитии нашей школы.

⭕️Кроме того, это изучение школьной среды, работая с действующим президентом школы и людьми, хорошо знающими внутреннюю среду школы и работавшими с президентом школы.

⭕️На мой взгляд, президент школы должен помогать администрации школы встречать различных посетителей школы, держать учеников под контролем, показывать гостям внутреннюю и внешнюю части школы, внутреннюю обстановку.

⭕️Студент, имеющий статус президента, должен уметь относиться к себе серьезно и ответственно подходить к каждому делу. Президент школы должен произвести хорошее впечатление на различных гостей, приходящих в школу, изучив их цели.‌‌

🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 5, 2023
#Saylov #Prezident

MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

🧑‍💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-03 sinf o‘quvchisi Abduqahhorov Shohruh maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.

Maktabimiz ijtimoiy hayotida yaxshi o'zgarishlar bo'lishiga aminman. O'quvchilar odatiy kunlarini unutilmas lahzalarga aylantirishlarida qo'limdan kelgan barcha ishni bajarishga tayyorman.Davlatimizda demokratiya hukm surgani kabi, maktabimizda ham barchaning talab va takliflariga tayangan holda faoliyat yuritaman 🤝. Tashkiliy ishlar bo'yicha tajribamga tayanib, yangi loyihalar asosida ish olib boraman.
Tashkiliy ishlar bo'yicha tajribamga keladigan bo'lsak, turli xil katta loyihalar, seminar va treninglarda qatnashganman.
Xususan:

🗓2017-yilda "Eng namunali mahalliy sardorlar kengashi" tanlovi respublika ishtirokchisi;

🥈 2018-yilda "Yil sardori" tanlovi viloyat bosqichida 2-o'rin;

🥇2019-yilda "Eng namunali maktab sardorlar kengashi" viloyat bosqichida 1-o'rin.

Ushbu yutuqlarimni sanab o'tishdan asosiy maqsadim, liderlik salohiyatimni shakllanganlik darajasini ko'rsatish edi.

Prezidentlik faoliyatim uchun o‘z dasturim rejasi:

🚴‍♀️ O'quvchilar o'rtasida sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish. Har bir o'quv choragida sportning ⚽️futbol , 🏐 voleybol, 🏓 stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo'yicha musobaqalar tashkil qilish. Futbol sport turi bo'yicha maktab ligasini 🏆tashkil etish.Boshqa sport turlari bo'yicha ham o'quvchilar xohishiga ko'ra musobaqalar tashkil etish.

🎮Bugungi kunda O'zbekistonda sport darajasiga ko'tarilgan va ommalarshib borayotgan Kiber Sport bo'yicha maktab ichki chempionatini tashkil qilish, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar bilan hamkorlikda "Prezident kubogi" ni ta'sis etish.

📕 Bugungi kunda dunyo tili sifatida ta'riflangan ingliz tiliga katta e'tibor qaratish. O'quvchilar o'rtasida har hafta "Speaking Club" yo'lga qo'yish. Shuningdek, yuqori sinf o'quvchilari o'zlarining ingliz tilini bilish darajalarini tekshirishlari uchun Mock testlar tashkil qilish. Bundan tashqari, bugungi kundagi dolzarb mavzular bo'yicha ingliz tilida o'quvchilar o'rtasida muhokamalar ya'ni "debate" lar o'tkazish. Bu orqali o'quvchilarning ijtimoiy bilimlarini oshirish.

💼O'quvchilarni kasbga yo'nalishtirish bo'yicha turli xil uchrashuvlar tashkil qilish. Bunda turli xil kasb ustalari o'zlarining mahorat darslarini o'tishadi. Bu o'quvchilar kelajakdagi maqsadlarini belgilab olishlariga yordam beraman.

📚Turli xil fanlar bo'yicha olimpiadalar tashkil qilish. Bu faoliyatim orqali o'quvchilar o'zlarining bilimlarini mustahkamlashi va bilmagan narsalarini o'rganishlariga yordam beraman.

🤝Yirik tashkilotlar, muassasalar va kompaniyalar bilan hamkorlikda yirik tadbirlar va musobaqalar, seminar-treninglar tashkil qilish.

🙌Bir so'z bilan aytganda, o'quvchilar uchun foydali va qiziqarli bo'lgan har qanday taklif va istaklar e'tiborsiz qolmaydi. Maktab o'quvchilarini bir oila sifatida shakllantirib rivojlantirish eng asosiy maqsadimdir.

🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 7, 2023
#Saylov #Prezident #ITSchool

MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-04 sinf o‘quvchisi Karimova Shakhrizoda Azizovna maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.

👩‍💻Men maktab prezidenti bo‘lishni xohlayotganimning sabablari ko‘p va bu maktabimizning o‘quvchilari uchun juda foydali bo‘ladi deb o‘ylayman.

🔴Chet elda yashagan va IB dasturida ko‘p yillar davomida tahsil olgan o‘quvchi sifatida menda juda ko‘p turli xil g‘oyalar bor.

🔴Avvalo, maktabimdagi boshqa o‘quvchilar orasida "Student Council" tuzmoqchiman. Bu xorijda turli IB maktablarida juda keng tarqalgan narsa. "Student Council" tuzishdan maqsad ushbu maktabda hamma uchun foydali bo‘lgan jamiyatni yaratishdir. Biz birgalikda har xil narsalarni o‘ylab, juda qiziqarli va foydaliy ishlarni amalga oshiramiz.

🔴Ikkinchidan, nafaqat boshqa sinflar, balki boshqa prezident maktablari bilan ham “Spelling Bee” tanlovi kabi turli ma’rifiy tadbirlar o‘tkazmoqchiman. Bu o‘quvchilar uchun juda foydali va qiziqarli bo‘ladi deb o‘ylayman.

🔴Uchinchidan, sport ham inson hayotida juda muhim narsadir. Shuning uchun ham maktabda va maktabdan tashqarida ko‘plab musobaqalarda qatnashgan o‘quvchi sifatida o‘quvchilar uchun turli turnirlar tashkil qilmoqchiman, bu ishni qanday tashkil etishni yaxshi bilaman. Ishonchim komilki, bu juda qiziqarli bo‘ladi.

🔴Chet elda talabalar yo‘qolgan narsalarini topishlari mumkin bo‘lgan "Lost and Found box" bor. Bugungi kunda ko‘rib guvohi bo‘lib turganimdek,, jumladan, o‘zim ham va ko‘plab boshqa talabalar ham narsalarini yo‘qotib, topa olmayaptilar. Ushbu ishni tashkil qilish orqali o‘quvchilar yo‘qolgan narsalarni osongina topishlari mumkin.

🔴Chet elda biz parallel sinf o‘quvchilari bilan har bir bayramda turli xil ko‘rgazmalar o‘tkazardik. U ko‘rgazmalarda har bir o‘quvchi o‘zi tayyorlagan mahsulotini sinfdoshlariga sotar edi va barcha yig‘ilgan pul xayriya jamg‘armasiga ishlatilardi. Men Muhammad al-Xorazmiy maktabida ham shunday ko‘rgazmalar tashkil qilib, ulardan tushgan pullarni ma’lum bir fondga yo‘naltirmoqchiman.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 31, 2023
#Saylov #Prezident #ITSchool

MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-02-sinf o‘quvchisi Axmedov Asadbek Abdurasul o'g'li.

🧑‍💻Shu kungacha ko'plab insonlarni qanday inson bo'lishga harakat qilishga va nima xatolar qilmaslikka o'zimga namuna tariqasida qo'yganman. Ulardan aksariyat qismi liderlik xususiyatlarini doim oshirib kelishga harakat qiladigan va haqiqatga erishishga intiladigan insonlar ekanligi menda haqiqiy lider bo'lish istagini yanada oshirgan. Ikki yildan beri sinf va kamalak sardori sifatidagi faoliyatim davomida bu sohada muvaffaqiyatga erishish qiyinligini va qancha o'z ustimda ishlashim kerakligini bildim.

🟠Maktabning Prezidenti bo'lish nafaqat sizga katta ma'suliyat yuklaydi, balki doim o'z ustingizda ishlash va hammaga har taraflama namuna bo'lishga undaydi. Mening fikrimcha, o'quvchilarning haqiqatdan ham qiziqadigan sohalariga intilishi va umuman ularni o'quvchi sifatida tushunish har doim ham amalga oshmaydi va bu mening bu lavozimga intilishimning asosiy sabablarimdandir.

🟠Sinflar orasida, fanlar bo'yicha o'quvchilarning reytinglarini va misol tariqasida, "oyning eng yaxshi o'quvchisi" kabi unvonlarning kiritilishi va ularning taqdirlanishi raqobatni kuchaytiradi deb hisoblayman.

🟠O'quvchilarning o'z qiziqqan sohalarida ko'proq ilmiy tadqiqotlar olib borishida erkinlik va "Perfomance zone" ga alohida e'tibor beriladi.

🟠Kibersport turnirlarini ko'proq o'yinlar bo'yicha tashkil etish. E'tiborning aksariyat qismi faqat "CS:GO" ga qaratilgan.

🟠Har birimizning ichimizda liderlik xususiyatimiz bor. Bizning maktabimiz yaratib berayotgan sharoitlarda boshqa iloj ham yo'q. Bu boshlang'ich islohotlardan tashqari, ularning asosiy qismi aynan maktab o'quvchilarining o'zi tarafidan maslahatlashib qa'bul qilinishi kerak. Buning uchun platformadagi har chorak qo’yiladigan so'rovnomaning o'zi yetmaydi. Aynan shu ishlarga bag'ishlangan alohida sayt yaratiladi va anonim tarzda haqqoniy fikrlarini bildirish mumkun bo'ladi.

🟠Har bir maktab rivojlanishi uchun kerak bo'lgan lavozimlarga o'zining mas’ullari tayinlanadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 31, 2023
#Saylov #Prezident #ITSchool
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

👩‍💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-04 sinf o‘quvchisi Akbarova Zumrad maktab prezidentligiga nomzodlardan biri.

🙋🏻‍♀️” Da’vo qilma – amalga oshir!”, “Va’da berma – bajar!”, “Orzu qilma – orzularni ro’yobga chiqar!” kabi jumlalar bilan prezidentlikka o’z nomzodlik bayonimni boshlamoqchiman. Albatta, har bir o'quvchi maktab hayotiga qanday qilib o’z hissasini qo’sha olishi haqidagi savolni bergan bo‘lsa ajab emas. Men ham ana shu o'quvchilar sirasidanman. Maktab prezidentiga aylanish esa, mening nazarimda, maktab rivojiga ulkan hissa qo’shish uchun imkoniyatlar kalitidir. Bu mavzu borasida o’z rejalarimni tuzib chiqdim.

🌟Birinchi o‘rinda, o‘quvchilarga o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish mening oliy maqsadim bo‘ladi. Har birimizning o'z fikrimiz va g'oyalarimiz bor. Bu go'yalarni ro‘yobga chiqarish bilan biz nafaqat o’z kelajagimizga, balki ko’plab boshqa insonlarning hayotiga o‘z ijobiy ta’sirimizni ko‘rsata olamiz. Shu sababdan, bo'lajak maktab prezidenti o‘quvchilarga bu ko‘lamda yordam berishi, ularning g’oyalarini qo‘llab-quvvatlashi lozim.

🌟Bundan tashqari, o‘quvchilar orasida do‘stona muhit yaratish asosiy vazifalarimdan biri deb hisoblayman. O‘simlik o‘ziga qulay va obod muhitda o‘sgani kabi inson ham farovon va obod muhitda rivojlana oladi. O‘quvchilarga o‘z rivojlanishlari uchun ularga qulay bo‘lgan muhit yaratib berish, ularga o‘z ustilarida ishlashga to’sqinlik qilayotgan tashqi omillarni yo‘q qilishda ko‘maklashish prezidentning burchlaridan biri hisoblanadi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu o‘rinda aytib o‘tmoqchimanki, shu masalada o‘quvchilar orasida turli jamiyatlar(community) tuzish rejalarim ham bor.

🌟 O‘quvchilar o‘z akademik taraqqiyotidan tashqari, ijtimoiy hayotlarini ham shakllantirishi va rivojlantirishlari lozim. Insonni nafaqat o‘z sohasida yetuk bo‘lishi , dunyoqarashi va fikrlash doirasi kengligi ham uni muvaffaqiyat sari yetaklaydi. Shu sababli, turli xil to’garaklar yaratish, debatlar, musobaqalar o’tkazish mening rejalarimdan biridir. O’quvchilarning nutq so’zlash mahoratini oshirish uchun ham bir necha “Ted Talks”, “Toastmasters” kabi loyihalar ustida ishlamoqchiman.

🌟Xulosa qilib aytganda, men maktab o’quvchilariga kelajak hayotlari uchun mustahkam ko‘prik qurishda ko‘maklashmoqchiman va maktabimizning farovon kelajagini barpo etmoqchiman.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 2, 2023
#Saylov #Prezident #ITSchool
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

🧑‍💻Men, Xamroev Sattor Amrillo og’li, al-Xorazmiy maktabining 10-04 sinf oquvchisiman va maktab prezidenti lavozimiga o’z nomzodimni taklif qilaman.

🦾O’zimda mujassam bo’lgan xislatlar :

✔️Liderlik :
Men yoshligimdanoq liderlik qobiliyatlarimni rivojlantirib kelaman , 1- sinfimdanoq sinf sardori bo‘lib kelganman va ko’plab jamoalarda guruh sardori bo’lganman. Men oz tengdoshlarimni ortimdan ergashtira olaman va bir maqsad yo’lida birlashtira olaman.

✔️Mas'uliyatlilik :
Men qiyinchiliklarni yengishni , boshqalarga yordam berishni yaxshi ko'raman va har bir menga qoyilgan har bir vazifani mas’uliyat bilan bajaraman.

✔️O’z ustida ishlash:
O'z kamchiliklarim va xatolarim ustida tinmay izlanaman. Boshqalarga o‘rnak bo’lishga intilar ekanman, ular hurmat qilishlari uchun ko‘pgina fazilatlarni o’zimda mujassam etishga intilaman.

✔️Muloqot va tinglash :
Men maktabimizdagi har bir o`quvchini tinglab , ular aytadigan muammolarini hal qilishga , bergan takliflarini amalga oshirishga harakat qilaman.

Mening maktab hayotida qo‘llashga rejalashtirgan yangiliklarim bilan tanishishingiz mumkin:

📶Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytgandek : “Bizga diplom emas , kasb kerak ”, shuning uchun bolalar al-Xorazmiy maktabini bitirganidan keyin qo’lida guldek hunari bo‘lishi uchun IT darslarini ko‘paytirib hamda darslardan keyin har xil to’garaklar faoliyatini kuchaytirish;

📶Maktabimizda sportga e’tiborni kuchaytirish, faqat Futbol emas, maktabda basketbol , voleybol , Ping-pong(stol tenis), Regbi ,milliy Kurash va yana boshqa musobaqalarini yo’lga qoyish ;

📶Maktab o‘quvchilarining chet el xalqaro universitetlariga o‘qishga kirishi va o‘qishi uchun IELTS , SAT imtihonlariga tayyorlashga tayanch bo’luvchi tog’araklarini yo’lga qo‘yish;

📶Maktabda bolalar o’zi ochgan IT jamoalar orasida musobaqalar va hackatonlar uyushtirish va sog’lom raqobatni shakllantirish ;

📶 Chet el top universitetlariga o‘qishga kirgan va shu borada ish yuritadigan insonlarni maktabimizga taklif qilib suhbatlar tashkil etish ;

📶Men o'quvchilarimizni volontyorlikka chorlamoqchiman va ularni maktab ishlarida faol qatnashishlari tarafdoriman. Zero, Vatanga xizmat oddiy ko‘ngillilarning beminnat , chin qalbdan qilingan xizmatidan boshlanadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 3, 2023