Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.68K subscribers
9.83K photos
691 videos
138 files
3K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#tuit #inha #amity

🔘Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan AT sohasi mutaxassislari bilan o’quvchilar o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

☑️Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining ta'lim bo'limi bosh mutaxassisi Sobirov Xamidulla Xabibullayevich, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Djalalov Muzaffar Muxitdinovich va Toshkent shahridagi Amiti universiteti boshqaruv direktori Abdullayev Bobur Sagdullayevich ishtrok etdi.

✔️Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad-maktabda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlarni oldiga qo'ygan oliy maqsadlari sari dadil harakat qilishlari yo'lida ularni ma'naviy qo'llab-quvvatlash va bu borada maktab hamda oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida integratsiyani kuchaytirishdir.

Telegram |Facebook |Instagram |Web 🌐
#INHA #Barry #University #AMITY #University #MDIS

YANGI O’ZBEKISTON YOSHLARI


🇺🇿Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-02 -sinf o‘quvchisi Erkinova Zahro Janubiy Koreadagi INHA Universitetiga to’liq grantni qo’lga kiritdi va kelajakda o’qishlarini INHA da davom ettirishga qaror qildi.

Bundan tashqari:

🇺🇸Barry University- 90 foiz grant, Saint Louis University-70 foiz grant bilan qabul qilindi. Yurtimizning nufuzli oliygohlari bo’lgan: AMITY University, MDIS Universitylaridan qabul xatlarini olgan.

‼️Shuningdek, o’quvchimiz bir nechta yirik loyihalarda ishtirok etgan, bulardan:
DG Girls 2022, WomenTech 2023, Eco camp in Jizzax 2023. Xalqaro FEE tashkiloti tomonidan berilgan “Green flag” sohiblaridan biri hamdir.

Shijoatli, doimo muvaffaqiyat sari harakat qiladigan o‘quvchimiz bilan faxrlanamiz. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, Zahro!
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM