#liboslar #festival #maskarad #shou
LIBOSLAR FESTIVALI
📆 Hayotning har bir kuni yaratganning bebaho ne'matidir. Uni qanday o'tkazish har birimizning tafakkurimizga bog 'liq. Mana qishki ta'til kunlari ham eshik qoqmoqda. Uni zavq bilan kutib olish, bolalikni va ato qilingan kunlarni nurafshon qilish o'z qo'limizda.
🎄 Insonning yaratuvchalikka, go'zallikka bo'lgan intilishi beqiyos. Maktabimizning ijodkor, xayollari keng, tasavvuri cheksiz iqtidorli o'quvchilarini 27-dekabr kuni o'tkaziladigan "O'z qo'lingiz bilan" nomli liboslar festivaliga chorlaymiz.
🌌 Ijodkorlarning mato va rang, milliy an'ana va qadriyatlar uyg‘unligi, zamonaviylikka yangicha yondashuvi asosida yaratilgan asarlari(bayram kostyumlarini) taqdim etadilar.Taqdim etilayotgan kostyum qog'oz, plastik, poleitelen, mato va boshqa elementlarni o'zida mujassam etishi, takrorlanmas, o'ziga xosligi bilan ajralib turishi zarur. Muhimi, qo'l mehnatiga asoslangan bo'lishi shart.
❗️ Diqqat! Bunisi yanada qiziq! Yaratilgan bayram kostyumlari taqdimotini ham shunchaki gap izohi bilan emas, kuy-qoshiqlar, she'r, video yoki raqs ko'rinishida taqdim etishlari zarur.
⛄️ Hech qo'rqmasdan iqtidor va xayolot dunyongizga sayohat qiling, siz mo'jiza yaratishga qodirsiz. Yangi yil va qish fasli esa mo'jizalar namoyishi uchun eng ma'qbul payt, qani olg'a, izlaning, tafakkur qiling, yarating, barchani hayratda qoldiring.
❄️ ❄️ ❄️
ФЕСТИВАЛЬ КОСТЮМОВ
📆 Каждый день жизни - это бесценный дар Творца. Как потратить своё время, зависит от каждого из нас. Зимние каникулы уже близко. У нас есть возможность встретить Новый год с радостью, украсить яркими красками нашу жизнь.
🎄 Стремление человека к творчеству и красоте ни с чем не сравнимо. Приглашаем творческих учеников нашей школы, обладающих широким воображением и безграничной фантазией, на фестиваль костюмов под названием «Своими руками». Конкурс проводится 27 декабря.
🌌 Представьте работы (праздничные костюмы), созданные на основе сочетания ткани и цвета, национальных традиций и ценностей, нового подхода к современности в уникальном и неповторимом виде. Главное, чтобы в основе костюма была ручная работа.
❗️ Внимание! Это еще интереснее! Представлять созданные праздничные костюмы необходимо не с речевым пояснением, а в виде песен, стихов, видеороликов или танцев.
⛄️ Путешествуйте в своём мире фантазий и воображений, просто творите чудеса. А Новый год и зима - лучшее время для чудес. Вперед, ищите, думайте, творите, удивляйте всех.
🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
LIBOSLAR FESTIVALI
ФЕСТИВАЛЬ КОСТЮМОВ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM