Forwarded from IT-School Presidency | al-Khwarizmi
#NYUAD #Abu #Dhabi #Uzbekistan #ITSchool
NYUAD UNIVERSITETI BILAN YAQINDAN TANISHUV
⚡️ 1-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda New York universiteti Abu Dhabi filliali qabul bo‘yicha direktori Valentina Lopez hamda New York universiteti qabul hay’ati O'rta Osiyodagi vakili Shakhrukh Makhkamdjanovlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
💬 Uchrashuv davomida mehmonlar NYUAD universitetiga hujjat topshirish jarayoni, universitet ichki hayoti va Abu Dhabi shahri haqida o’quvchilarimizga qimmatli ma’lumotlar ulashishdi.
🇺🇿 🇦🇪 O‘quvchilar o’zlarini qiziqtirgan turli savollariga javob olishdi hamda uchrashuv so‘nggida NYUAD universiteti mutaxassislari uchun maktabimiz bo‘ylab sayohat tashkil etilib, mehmonlar maktabimizdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
📌 Ma’lumot o‘rnida, Nyu-York universiteti Abu-Dabi (NYUAD) - Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan jahon darajasidagi universitet bo‘lib, ushbu universitet bakalavr, magistratura va professional dasturlar, shuningdek, tadqiqot imkoniyatlarini taklif etadi. Universitetda 115 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar va 40 dan ortiq mamlakatdan kelgan o'qituvchilar bilan kuchli xalqaro e'tibor mavjud.
❗️ NYUAD dunyodagi eng yaxshi 25 ta universitet orasida joylashgan va akademik mukammallik va innovatsion tadqiqotlar bilan mashhur. NYUAD to'rtta asosiy bo'limga bo'linadi: san'at va gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, fanlar va muhandislik. Universitetda shuningdek, talabalarga eng yaxshi ta'limni taqdim etishga bag'ishlangan bir nechta fakultet va tadqiqot markazlari ham mavjud.
IT-School Presidency
NYUAD UNIVERSITETI BILAN YAQINDAN TANISHUV
IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM