Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.76K subscribers
9.67K photos
676 videos
138 files
2.96K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij
xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o’quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o’qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi oʻz ishini boshladi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilayotgan ushbu tadbirga ishtirokchilarga ta’limning eng so’ngi metodlarini o’qitish, amaliy mashg’ulotlar o’tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo’yicha taqdimotlar o’tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar malakali mutaxassislar jalb etilgan.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligi 29-martgacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#birinchi_kun

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA O’TKAZILAYOTGAN ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGINING OCHILISH MAROSIMI HAMDA BIRINCHI KUN TRENING MASHG’ULOTLARI BO’LIB O’TDI.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun

Kembrij
xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi qizg’in davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashg‘ulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA O’TKAZILAYOTGAN ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGINING IKKINCHI KUN TRENING MASHG’ULOTLARI BO’LIB O’TDI.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#4_kun

Kembrij
xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi qizgʻin davom etmoqda.

Bugun Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari uchun maktabda samarali boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, taʼlimning zamonaviy shakllarini olib kirish, oʻquvchilar va oʻqituvchilar jamoalari oʻrtasida sogʻlom va ijobiy ta’lim muhitini yaratish, maktablarga tajribali kadrlarni jalb qilish va ularning doimiy kasbiy rivojlanishini taʼminlab borish maqsadida o’quv seminari tashkil etildi.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashgʻulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

TA’LIMGA ZAMONAVIY YONDASHUV


📣 Ta’lim sifatini oshirish, jahon standartlariga mos ta’lim tizimini tashkil etish, xalqaro darajaga mos o'quvchilarni tayyorlash borasida 13 aprel sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda trening tashkil etildi.Treningni IB koordinatori Mishel Gaddy va Sabirova Umidalar olib borishdi.

🔗Treningda ishtirok etgan ustozlarimiz faqat o‘z fan doirasida kifoyalanib qolmasdan zamonaviy yondashuv asosida o’quvchiga ta’lim berish yo'llari bilan tanishib chiqdilar. Qo'llanilgan intervyu, muhokamali savollar metodlari orqali ustozlarga IB dasturi talablari, uni amalga oshrishdagi zarur ko‘nikmalar haqida qiziqarli darslar o’tib berishdi.

🗣️Trening orqali ustozlarimiz juda muhim bilimlarni egallay oldilar va  bu  bilimlarini dars jarayonlarida qo'llab dars samaradorligining yanada yuqori saviyada tashkil etishadi.
___________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

“Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari endi dunyoning birinchi raqamli institutida amaliyot o’tashadi!

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o’z yo’nalishida dunyoning 1-raqamli oliygohi - Massachusetts texnologiya instituti (MIT) jamoasi ishtirokida mahorat darslariga start berildi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi hamda ikki tomonlama samarali hamkorlik aloqalari, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.

✔️Shundan so’ng MIT vitse-prezidenti katta maslahatchisi Vijay Kumar so’zga chiqdi. U “Yangi O’zbekiston” universitetini MIT J-WELning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e’tirof etdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu mahorat darslariga Respublika bo’ylab 250 nafar soha vakillari qamrab olingan.

Shundan so’ng, tomonlar rahbariyati o’rtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha MIT J-WEL bilan kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko’ra, endi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning 1-raqamli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari almashinuv dasturi bo‘yicha MITda tajriba oshirishadi.

Eslatib o’tamiz, mahorat darslari 2-mayga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

IB AKKREDITATSIYASI UCHUN MUHIM QADAM

Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Xalqaro bakalavriat tashkiloti (IB) dasturini joriy qilishning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, akkreditatsiyaga tayyorgarlik jarayoni yakunlanib qoldi.

Ayni vaqtda Xalqaro Bakalavariat (IB) ning Jenevadagi bosh qarorgohi vakili Keith Browne boshchiligidagi delegatsiya mazkur taʼlim muassasamizda maslahatlashuv tashrifi bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilganini oʻrganmoqda.

Ta'kidlash lozim, Agentligimiz huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda IB tashkiloti oʻrtasida shartnoma imzolangan.

IB dasturi o‘quvchilarga jahondagi deyarli barcha universitetga kirish uchun imkoniyat beradi. Maxsus IB diplomi nafaqat xorijiy universitetga kirishga qaror qilgan talabalar uchun foydalidir balki o‘quvchilarda global dunyo muammolarini muhokama qilishga, mustaqil o‘rganishga, tanqidiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga undaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#IB #Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate #Xalqaro_hamkorlik #maslahat #tashrif

IB-
XALQARO TAN OLINGAN TA'LIM DASTURI

📆 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda rahbariyat hamda MYP dasturi kordinatori, fan liderlari (ona-tili va adabiyot, ingliz tili hamda matematika, jismoniy tarbiya fanlari) bilan MYP dasturi yuzasidan muloqotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, kimyo, science hamda matematika fanlari doirasida dars mashg‘ulotlari kuzatildi. Kunning 2-yarmida esa o‘quvchilarning ota-onalari bilan ham suhbatlar tashkil etildi.

📌Ma’lumot uchun, Xalqaro bakalavr dasturi (IB) – bu xalqaro bakalavr o‘quv markazi (IBO) tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim dasturi bo‘lib, u dastur xalqaro standartlarga asoslangan keng ko‘lamli fanlarni o‘z ichiga oladi va tanqidiy fikrlash, tadqiqot qobiliyatlari va madaniyatlararo tushunishni rivojlantirishni rag‘batlantiradi.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM