#seminar #trening #yangi #baholash #tizimi
MUHAMMAD AL-XORAZMIY MAKTABIDA YANGI BAHOLASH TIZIMI
✔️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ta'limdagi baholash tizimini takomillashtirish maqsadida 2021-2022-o'quv yilidan Summativ baholash tizimi tajriba- sinov tariqasida tatbiq etildi.
☑️ Yangi baholash tizimi ko'pgina xorijiy davlatlar tajribasini o'rgangan holda, hozirgi kundagi ta'lim dasturlariga muvofiqlashtirildi.
📊 Ayni paytda birinchi chorak natijalari monitoringi olib borilmoqda.
🗓 4-9-noyabr kunlari summativ baholash tizimining 1- bosqichdagi yutuq va kamchiliklari, yangi bosqichga qo'yiladigan talablar yuzasidan seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
🔘 Shuningdek, seminar-treninglar kun tartibida ta'limga innovatsion yondashuv, zamonaviy darsga qo'yiladigan talablar hamda mahorat ko'nikmalarini oshirish masalalari ham tahlil qilinadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating🌐
Telegram |Facebook |Instagram |Web

November 6, 2021
#seminar #trening #yangi #baholash #tizimi
YANGI BAHOLASH TIZIMI -TA‘LIMGA YANGICHA YONDASHUV
✔️Prezident ta'lim muassasalari agentligi boshchiligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2021-2022- o‘quv yilidan ta'limdagi mavjud baholash tizimini takomillashtirish va buning barobarida ta‘lim sifati hamda samaradorligini oshirish maqsadida Summativ baholash tizimi yaratilib, maktabga tajriba- sinov tariqasida tatbiq etilgan edi.
☑️Bugun 26-yanvar kuni Summativ baholash tizimi yarim yillik natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
📊Yangi baholash tizimida erishilgan yutuqlar va uning afzalliklari bilan birga yuzaga kelgan kamchiliklar ham maktab ekspert guruhi tomonidan tahlil qilib berildi. Baholash bo‘yicha maktabdagi ixtisoslik va noixtisos fanlar kesimida olib borilgan monitoring natijalari yangi bosqichga qo‘yiladigan talablarni belgilab berdi.
📑Shuningdek, agentlik tasarrufidagi ta‘lim muassasalari vakillaridan iborat seminar qatnashchilari yangi tizim yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🔘 Aytish joiz, ijobiy natija kutilayotgan ushbu baholash tizimini tajriba-sinov muddatidan so‘ng barcha ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga joriy etish ko‘zda tutilgan.
©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

January 26, 2022