Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.67K subscribers
10.4K photos
725 videos
138 files
3.14K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#ona_tilim

Prezident ta'lim muassasalari agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “O’zbek tili bayrami” tadbiri.

🎇Barchamizga ma'lumki,1989-yil 21-oktyabr kuni O’zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilgan kun. Shu munosabat bilan har yili yurtimiz bo’ylab “O’zbek tili bayrami” keng nishonlanadi.

🔖Shu jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham turli badiiy kechalar, musobaqalar uyushtirilmoqda. Ulardan biri bugun 21-oktyabr kuni maktabning 6-sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazildi.

💡Musobaqa 5 ta sinf o’quvchilari o’rtasida tashkil etilgan bo’lib, unda har bir sinfdan 7 nafardan ishtirokchilar o’zining ona tiliga bo’lgan mehr-muhabbatini turli chiqishlar, she’r va qo’shiqlar hamda sahna ko’rinishlari bilan namoyon etdilar.

🏆Musobaqa so'nggida faol ishtirok etgan o'quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🎬 "BEKAT"

🍂Tilimizga munosabat haqida og‘riqli videorolik.

🍃O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Ona #tilim

O‘ZLIGIMIZ QAYTGAN KUN MUBORAK BO‘LSIN!

Ona tilim! desam, birdan,
Turku Turon bosh ko’tarar.
Tosh bitiklar, O’rxun xati,
Ilmu irfon bosh ko’tarar!

Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o`zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish munim o`rin tutadi.

Bugun 21-oktyabr-milliy til bayramimiz sanalgan “Davlat tili” kuni! Tilimizning yuksak sharf-Davlat tili maqomini olganiga 33 yil to’ldi.

Barchangizga g’urur va iftixor ramzi bo’lmish til bayrami qutlug’ bo’lsin!

Aziz o’quvchilar! Vataningizni,
xalqingizni va albatta sizga eng qadrli va muqaddas bo’lgan
ona tilingizni seving, asrang, ardoqlang va uning rivojiga o’z hissangizni qo’shing!

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Ona #tilim

ONAM ALLASIDAY SUYUKSAN, TILIM!

📸Ona tilimiz-O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Onam allasiday suyuksan, tilim!” nomli bayram tadbiridan fotolavhalar.

▪️▪️▪️

ТЫ КРАСИВЕЕ ПЕВЧЕСКОГО СОЛОВЬЯ, РОДНОЙ МОЙ ЯЗЫК!

📸 Фоторепортаж праздничного мероприятия под девизом "Ты красивее певческого соловья, родной мой язык", организованного в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми по случаю 33-й годовщины присвоения статуса государственного языка родному узбекскому языку.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona #tilim

🎬Ona tilimiz-O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Onam allasiday suyuksan, tilim!” nomli bayram tadbiridan videolavha.

▪️▪️▪️

🎬 Видео праздничного мероприятия под девизом "Ты красивее певческого соловья, родной мой язык", организованного в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми по случаю 33-й годовщины присвоения статуса государственного языка родному узбекскому языку.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#ona #tili #adabiyot #ochiq #dars

📚“Oktabr-ona tili va adabiyot fan oyligi“ doirasida o’tkazilayotgan ochiq darslardan biri Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Saydaliyeva Xurshida Abduxamitovnaning 5-02 sinf adabiyot fanidan “Aka-uka Grimlar, Botir tikuvchi ertagi” mavzusida bo’lib o’tdi. Dars davomida “Besh barmoq”, ”Baliq ovi”, ”Bermurd uchburchagi“ metodlaridan foydalanilgan holda o’quvchilarning bilimlari baholab borildi. Yangi mavzu asosida berilgan ma’lumotlar mustahkamlanib, o’quvchilarning adabiyot faniga bo’lgan qiziqishlari oshirib borildi.



📚Открытый урок с участием 5-02 класса специализированной школы Мухаммада ал-Хоразми, организованного в рамках месячника родного языка и литературы, прошёл на тему "Братья Гримм", сказка "Смелый портной". В ходе занятия знания учащихся проверялись с использованием методик "пять пальцев", "рыбалка", "бермудский треугольник", которые и повысили их интерес к литературе.‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Ona #tilim

ILM GULSHANIGA SAYOHAT

👩🏻‍🏫Dars muqaddasdir. O'qituvchi har bir darsda ilm dunyosiga o'z shogirdlari qalbida ziyo nurlarini taratish uchun sayohat qiladi. Ochiq namunaviy darslar o'quvchilar bilimini oshirish va yanada mustahkamlash uchun qiziqarli jarayondir.

🧑🏻‍🏫Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Xudayberdiyeva Oygul Boyqobilovnaning "Jigar-eng mehnatkash a'zo. Matn tinglash. Topshiriqlar. Bog'lovchi. Yuklama" mavzusida ochiq o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.

💡Darsda audiomatn orqali berilgan qiziqarli ma'lumotlar o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. "Bu bizniki" , "Rasmlarda aks etgan mazmun" metodlaridan foydalanildi. Bu ochiq o'quv mashg'ulotida o'quvchilar biologiya va ona tili fanini o'zaro bog'lashib, o'z bilimlarini "Savol-javob" usuli orqali sinab olishdi. Darsda o'quvchilar interfaol metodlar orqali grammatik tahlil va so'zlarning mustaqil,shuningdek yordamchi so'z turkumlari kabi turlarini ajrata olishdi.

🤩O'tkazilayotgan bunday darslar o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirib bilimlarini boyishi uchun xizmat qiladi.

▪️▪️▪️

В МИРЕ ЗНАНИЙ

👩🏻‍🏫Урок священный, на каждом уроке учитель путешествует в мир знаний, чтобы распространить свет знаний в сердцах своих учеников. Открытые уроки – интересный процесс для совершенствования и дальнейшего закрепления знаний учащихся.

🧑🏻‍🏫В специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми учитель родного языка и литературы Худойбердиева Ойгул Бойкобиловна провела открытое занятие на тему "Печень - самый трудолюбивый орган. Прослушивание текста. Задания. Союзы. Дополняющие".

💡Интересная информация, поданная на уроке посредством аудиотекста, вызвала большой интерес у учащихся. Использовались методы «Это наше», «Контент на картинках». В этом открытом учебном мероприятии учащиеся соединили биологию и родной язык, и проверили свои знания по методу «Вопрос-Ответ». На уроке с помощью интерактивных методов учащиеся смогли различать типы слов, такие как независимые и вспомогательные группы слов, посредством грамматического анализа.

🤩 Такие уроки используются для повышения интереса учащихся к науке и обогащения их знаний.‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Ona #tilim

“Ochiq dars”-mahorat va tajriba maydoni.

🖋Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2022-yil oktabr oyida ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari tomonidan turli mavzularda ochiq darslar samarali tarzda tashkil etildi.

❗️Fan ustozlarining har biri ochiq darslar berib, o’z mahoratlarini nafaqat o’quvchilar oldida,balki kasbdoshlari oldida namoyon eta oldilar.

Batafsil👈

▫️▫️▫️

«Открытый урок» — это возможность расширить свои навыки и опыт.

🖋В октябре 2022 года учителя родного языка и литературы организовали открытые уроки на различные темы в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми.

❗️Каждый из преподавателей естественных наук смог провести открытые уроки и продемонстрировать своё мастерство не только перед учениками, но и перед своими коллегами.‌‌

Подробно👈

Telegram |Facebook |Instagram |Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona #tilim #faxrim

TANLOVGA MARHAMAT!

🎥 Boqiy va qadimiy ona tilimiz-O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘lishi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida 13-18-oktyabr kunlari maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari orasida videoroliklar tanlovini e'lon qilamiz! 🎞️

Tanlov shartlari:

🔵Siz ulug’ shoir va buyuk donishmandlarning til haqidagi fikrlari yoki sheʼrlarini ifodali o'qib, 3-5 daqiqali videorolik yuborishingiz;
🔵videorolikda soʻzlarning imlo jihatiga toʼgri tallaffuz me’yorlariga amal qilishingiz;
🔵videorolikni 18-oktyabrgacha 401-xona ona tili va adabiyot fani oʼqituvchisi Mamatqulova Muhayyo Ergashevnaga taqdim etishingiz lozim. 🎬📺

🎁Tanlovda faol ishtirok eting, gʻolib boʻling va sovg`alar sohibiga aylaning!
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

NAVOIYGA OSHUFTA QALBLAR

📜 “Hayotdan hidoyat qidirgan odam borki, uni hazrat Navoiy ijodidan so‘rasa, shak-shubhasiz topajak, - deydi Isajon Sulton. – Kimki Navoiyga oshno ekan, hech qachon uning karvoni adashmas”.

Darhaqiqat, Alisher Navoiy asarlarini necha yuz yillar davomida tushunib o‘qigan va bugun ham anglab o‘qiyotgan insonlar yuraklarini og‘ritib qiynayotgan savollarga, shuningdek, o‘z zamonasiga oid barcha ma’naviy-ruhiy muammolarga javob topa oladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-01-sinf o‘quvchilar bilan Hazrat Navoiyning “Xamsa” asari tarkibiga kiruvchi “Hayrat ul-abror” va “Farhod va Shirin” dostonlari badiiy tahliliga oid mahorat darsi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot dostonlar badiiy xususiyati hamda qahramonlar xarakteri, ramziy obrazlari, shuningdek, ushbu asarlarning bugungi kun yoshlari uchun qanchalik muhim asar ekanligi haqida ham qizg‘in bahs-munozaraga boy bo‘ldi.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi  maktabda 2023-yil oktabr oyida ona tili va adabiyot  fani o’qituvchilari  tomonidan turli mavzularda ochiq darslar samarali tarzda tashkil etilib kelinmoqda.

📆 O'tkazilayotgan  ochiq darslardan yana biri  2023-yil 19-oktabr kuni 8-02 sinfda X.Saydaliyeva tomonidan   “So'z birikmasi“  mavzusida tashkil etildi. Darsdan ko‘zlangan maqsad, o’qituvchi mahoratini oshirish, o’quvchilarning yozma savodxonligida so'z birikmalarining o’rnini uqtirish, o’quvchilarda ona tilimizga  bo’lgan e’tibor va hurmat,mehr tuyg’ularini oshirishdan iborat edi.

🔖Ochiq dars  o’ziga xos usul va metodlar bilan boyitilgan, namunali dars bo’ldi.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM