#sayohat #ijodmaktabi #turon #kutubxona
📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-01 va 10-02 sinf o‘quvchilari sinf rahbarlari S. Rahimova va E. Ilyasov boshchiligida Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda Turon kutubxonasiga sayohat uyushtirdilar. 📖
🇺🇿 Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ijod maktabining milliy zamonaviy dizayn asosida bunyod etilgan binosi, o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o'quvchilarimizda katta qiziqish uyg'otdi. Ijod maktabi direktori hamrohlik qilgan maktab hayoti bilan tanishish jarayoni juda maroqli kechdi.
📚 O'quvchilar Turon kutubxonasi va Abdulla Qodiriy nomli muzeyda saqlanayotgan eksponatlar, jadidlar va ma'rifatparvar bobolarimiz hayotidan hikoya qiluvchi tarixiy ashyolar bilan tanishdilar. Kutubxona xodimi-adib Abdulla Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy bilan ko'rishib, suhbatlashdilar.
🔍 O'quvchilar sayohatdan katta taassurot bilan qaytdilar.
📌Bunday sayohatlar yosh avlod qalbida adabiyotimiz hamda uning darg'alariga bo‘lgan muhabbat va iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.
<> <> <>
📣 Учащиеся 10-01 и 10-02 классов специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми под руководством классных руководителей С.Рахимовой и Э.Илясова организовали поездку в творческую школу имени Абдуллы Кадири и библиотеку Турон в Ташкенте. 📖
🇺🇿 Здание творческой школы, созданное по инициативе нашего президента, было построено на основе национального современного дизайна, а созданные для учащихся условия вызвали большой интерес у наших учеников. Процесс знакомства с жизнью школы в сопровождении директора творческой школы был очень интересным.
📚 Учащиеся ознакомились с экспонатами, реликвиями и историческими предметами, рассказывающими о жизни наших предков, хранящиеся в библиотеке Турон и музее Абдуллы Кадири. Они также встретились и побеседовали с Хондамиром Кадири, внуком писателя Абдуллы Кадири.
🔍 Учащиеся вернулись из поездки с прекрасными впечатлениям.
📌 Такие поездки повышают любовь и гордость молодого поколения за нашу литературу и писателей.
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web
📌Bunday sayohatlar yosh avlod qalbida adabiyotimiz hamda uning darg'alariga bo‘lgan muhabbat va iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.
<> <> <>
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM