Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.68K subscribers
9.83K photos
691 videos
138 files
3K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#TESOL_Arabia

Xabar berganimizdek, Prezident taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi "TESOL Arabia" 26-xalqaro konferensiya va ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo'lib turibdi.

Bugun delegatsiya vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsuli Alisher Salomov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Bosh konsul BAAning taʼlim sohasidagi tajribasi, O‘zbekiston va BAAdagi o‘qitish metodikalarining o‘xshash hamda farqli tomonlari haqida maʼlumot berib o‘tdi.

⚡️Uchrashuv so'ngida Agentlik va Bosh konsulxona o‘rtasida taʼlim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, Dubaydagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan kelishuvga erishildi.

📌Hozirda delegatsiya a'zolari tomonidan xalqaro konferensiya uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#TESOL_Arabia

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ishtirok etayotgan TESOL Arabia 26-konferensiyasi hamda ko'rgazmasiga start berildi.

Ushbu konferensiya “Til o’rgatishda translingvizm va ko’p tillilik” mavzusiga bag’ishlangan.

Ko'rgazmada dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan mutaxassislar, xususan ingliz tili fani bo'yicha kitoblar nashr etuvchi ko'plab nashriyotlar vakillari ishtirok etishmoqda.

🔴Bugun konferensiyada Agentlik delegatsiyasi nomidan Agentlikning Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo'limi boshlig'i Nargiza Kuchkarova "Prezident maktablarida o'qituvchilarni kasbiy rivojlantirish imkoniyatlari" mavzusida nutq so'zlamoqda.

Ma'lumot o'rnida, TESOL Arabia 26-xalqaro konferensiyasi 11-13-mart kunlari bo'lib o'tadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#TESOL_Arabia

Xabar berganimizdek, Agentlik delegatsiyasi ishtirok etayotgan TESOL Arabia 26-xalqaro konferensiyasida delegatsiya nomidan Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo'limi boshlig'i Nargiza Kuchkarova nutq so'zladi.

❗️Nutq "O'qituvchilarning kasbiy rivojlanishidagi yangi paradigma" mavzusiga bag'ishlangan.

✔️Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'qituvchilarining malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirish imkoniyatlari haqida yig'ilganlarga taqdimot qilindi.

Shuningdek, Nargiza Kuchkarova o'z nutqida:

🔸Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari va tashkilotlar;
🔸Agentlik qoshida tashkil etiladigan malaka oshirish tizimi - PDQ dasturi;
🔸Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan tashkil etilgan "Zamonaviy trener" haftaligi haqida ma'lumot berdi
.

🔴Konferensiya davom etmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube