Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.77K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#Elchilar_Agentlikda

Bugun O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari rahbarlari Agentligimizda bo‘lishdi.

🔸Uchrashuv avvalida mehmonlar uchun Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda сampus-tur tashkil etilib, ular maktab hayoti, o‘quvchilarning loyihalari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Shundan so‘ng, Agentlik va Agentlik tasarrufidagi ta'lim muassasalari faoliyati haqidagi taqdimot namoyishi bo‘lib o‘tib, unda faoliyatning asosiy yo‘nalishlari hamda istiqboldagi rejalar haqida ma'lumot berildi.

✔️Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
#Tashrif

Bugun, 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasinining xorijdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari Prezident ta'lim muassasalari agentligiga tashrif buyurishdi.

📌 Tashrif avvalida,
Agentlik vakillari tomonidan mehmonlar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab bo'ylab campus-tur tashkil etildi. Shundan so'ng Agentlik va Agentlik tasarrufidagi ta'lim muassasalari faoliyati haqida taqdimot namoyish etildi.

Uchrashuv yakunida, tomonlar o'zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 10-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektorda bir qator vazifalar, jumladan, xorijiy davlat elchilarining Prezident maktablari faoliyatini samarali yuritishga, xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etishga shaxsan mas'ulligi belgilab qo‘yilgan edi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#xorijdagi #elchixonalar #rahbarlari #uchrashuvi

☑️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O'zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari rahbarlari bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi o'rtasida ta'lim borasida ochiq muloqot o'tkazildi.

✔️Mehmonlar agentlik rahbari Hilola Umarova hamda maktabimiz o'quvchilari hamrohligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

◾️Shuningdek, tashrif buyurganlar o'quvchilarimiz tomonidan AKT bo‘yicha qilingan ixtirolar va tayyorlangan loyihalar ko'rgazmasini tomosha qildilar.

▫️Mamlakatimizda ta'lim darajasini yanada yuksaltirish va bu borada xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

🔘Yurtimizning jahon ayvonidagi mavqeyi va nufuzini belgilashda xorijiy davlatlardagi elchilarimizning o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan tashkil etilgan ushbu muloqot mamlakatimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochishiga shubha yo‘q!

🔲Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarovaning so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risidagi taqdimoti ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.

▪️Shundan so‘ng mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan soha mutasaddilari bilan fikr almashdi.

Fotolavhalar


©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#yarim #yillik #summativ #baholash

📚Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 16-20-dekabr kunlar barcha sinflar kesimida birinchi yarim yillik nazorat ishlari o'tkazildi.

📝Xabaringiz bor, maktab baholashning yangi tizimiga o'tish bo'yicha agentlik maktablari o'rtasida tashabbuskorlik qilmoqda. O‘quvchilar bilimi va o‘zlashtirish darajasini yangi - summativ baholash tizimiga ko'ra baholash xolisona yondashuvni talab qiladi.

📌Yangi baholash tizimi ko'pgina ta'limi rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilib, hozirgi kundagi ta'lim dasturlariga muvofiqlashtirilgan.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Channel photo updated
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистоннинг хорижий мамлакатлардаги элчилари Президент мактаби фаолияти билан танишди

@yangidavr_rasmiy