Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.76K subscribers
9.67K photos
676 videos
138 files
2.96K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

⚡️AGENTLIK TOMONIDAN TASHKIL ETILAYOTGAN XALQARO TA'LIM FORUMI DOIRASIDA AYNI PAYTDA TOSHKENTDA BO'LIB TURGAN MEHMONLARNING TA'LIM BORASIDAGI FIKRLARI

🔸 John Brisson - Massachusets Texnika instituti J-Wel Oliy ta'lim bo‘yicha maslahat kengashi raisi, professor.

- Prezident tashabbusi bn tashkil etilgan mazkur maktablar loyihasini alohida e'tirof etishim kerak. Bu yerni bitirgan o‘quvchilar ertaga mamlakat uchun foydali kadrlar bo‘lib yetishadilar;

-- O‘zbekistonda ta'limni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor tahsinga sazovor;

- Ta'lim tizimi doimiy islohotlar va harakatni talab etadigan soha. Ta'lim doimo diqqat markazda bo‘lsagina katta natijalarga erishish mumkin;

- Innovatsiyalar yoshlar qo'li bilann yaratiladi. Chunki, innovatsiya chegara bilmas yoshlar ijodidir
.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot va [email protected] orqali yo’llang!
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

⚡️"YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETI DUNYONING BOSHQA HUDUDLARI UCHUN HAM O‘ZIGA XOS MODELGA AYLANA OLADI

Vijay MS Kumar,
Massachusest Texnologiya Instituti (MIT) J-WEL direktori

- O'zbekistonga kelganimga atigi bir kun bo‘ldi, ammo allaqachon bir olam tassurotga egaman;.

- Bizning tashkilotimiz butun dunyoda ta'limni ijobiy tomonga o‘zgartirish va shakllantirishda ishtirok etadi. Bunda xalqaro hamkorlar bilan ishlaymiz, shulardan biri "Yangi O‘zbekiston" universitetidir.

- "Yangi O‘zbekiston" universiteti nafaqat O'zbekistonda, balki dunyoning boshqa hududlari uchun ham o‘ziga xos modelga aylana oladi. Tabiiyki, bu vaqt talab etadigan jarayondir.

- Biz mazkur universitet bilan o'quv dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bunda o'zimizning eng yaxshi tajribalarimizni 'Yangi O‘zbekiston" bilan bo'lishamiz.

Forum yangiliklari: https://eduforum.uz/
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Jana Legtenborg,
TUM International
Biznes taraqqiyoti bo’limi rahbari
,

- O‘zbekistonda ikkinchi marta bo‘lishim. Har safar bu mamlakatni yanada yaxshiroq o‘rganyapman. E'tirof etishim kerak, birinchi sayohatimdayoq O‘zbekiston va o‘zbekistonliklar menda juda yaxshi taassurot qoldirgan.

Biz hozirda "Yangi O‘zbekiston" universiteti bilan birgalikda seminar-treninglar o‘tkazyapmiz. Ularda asosiy e'tibor innovasion eko-tizimlar mavzusiga qaratilgan. Chunki, universitetlar eko-tizimning bir bo‘lagidir. Biz shu yo‘lda muvaffaqiyatga erishish uchun hamkorlar bilan ishlaymiz.

Biz "Yangi O‘zbekiston" universiteti bilan o‘qish, o‘rganish, tadqiqotlar olib borishning yangi platformasini yaratish yo‘lida hamkorlik qilmoqdamiz. Kelajakda ham ko‘plab loyihalar amalga oshirilishiga umid qilaman.

"Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalari o‘qishga, o‘rganishga juda chanqoq. Bu yerda mahalliy mutaxassislar bilan yelkama-elka ishlash chin ma'noda ajoyib bo‘ldi.