Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.77K subscribers
9.67K photos
676 videos
138 files
2.96K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Raqamli_avlod
#Robototexnika
#5_kun

🔴"Raqamli avlod inklyuziv IT oromgohi" da darslar davom etmoqda. Ishtirokchilar:

▶️Dasturlash Python;
▶️Dasturlash Flutter;
▶️ Dasturlash React.Js;
▶️ Dasturlash C# (.NET);
▶️ Media;
▶️ Robototexnika;
▶️ Digital Design;
▶️ Startup loyihalarni o'rganishmoqda.

Darslar gibrid shaklda tashkil etilgan.

❗️Oromgoh davomida shuningdek O'zbekistonda 1-marta robolabirint musobaqalari o'tkazildi.

Ma'lumot o‘rnida, onlayn darslarda ishtirok etish uchun Respublika bo‘ylab 3000 dan ziyod yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#RaqamliAvlod
#ITFestivali
#Robototexnika

📆12-may kuni quyidagi Robototexnika musobaqalari bo'lib o'tadi:

✅️ Robo Sumo;
✅️ Robo Futbol;
✅️ Robo Labirint
. Yuqoridagi tanlovlarning final bosqichi 13-may kuni bo'lib o'tadi💥
✅️ Hakaton (Kerakli barcha jihozlar tashkilotchilar tomonidan ta'minlanadi. Hakaton jamoasi tarkibida 3 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin. Barcha shartlar 13-may - tanlov kuni batafsil tushuntiriladi)🔥

📍 Robototexnika tanlovi nizomi bilan tanishib chiqishingiz mumkin: https://reg.raqamliavlod.uz/nizom

❗️Ro'yxatdan o'tish va tanlovlar bo'lib o'tadigan manzillar haqida ma'lumot uchun: https://reg.raqamliavlod.uz

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#robototexnika #radiotexnika #elektronika

RADIOTEXNIKA TO‘GARAGIGA MARHAMAT!


Qadrli o’quvchilar!


📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o’quvchilarning darsdan so’ng bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish maqsadida barcha sinflar kesimida RADIOTEXNIKA to‘garagi ochilmoqda.

🦾To’garakning asosiy maqsadi “Elektron sxemalarni loyihalash amaliyoti” bo’lib, darslarni LG elektronik kompaniyasida tadqiqotchi sifatida elektron qurilmalarni ishlab chiqqan, elektronika sohasida 15 turdagi sertifikatlarga ega, “chet elliklar uchun koreys tili o’qituvchisi” bo’lgan malakali o’qituvchi KIM JEONG-Ki olib boradi.🤖

Mashg’ulotlar quyidagi mavzularda o’tkaziladi:
🔵 Elektronika va sxematexnika bo'yicha amaliyot;
🔵 Elektron sxemalarini yig’ish;
🔵 Payvandlash usullari va amaliyoti
🔵 Elektron o’lchash uskunasidan foydalanish;
🔵 Passiv elementlardan foydalanish(resistor, kondensator, dinamik, sensor, kalit va b.);
🔵 Faol qurilmalardan foydalanish(tranzistor, diod, trigger va b.)

To’garak mashg’ulotlari haftaning dushanba, seshanba, chorshanba kunlari soat 15.00 da bo’lib o’tadi.

❗️To’garakka a’zo bo’lish uchun quyidagi havolaga o’ting👈
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Robo #Coding
#olimpiada
#informatika
#robototexnika

DIQQAT, E'LON
‼️

📣Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining
5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Kodlash” (“Robo-Coding”) olimpiadasi boshlanmoqda.

🗓 18-19- noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning sport zalida ushbu Olimpiadaning maktab bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada “Robototexnika” , “Muhandislik” va “ Dasturlash” yo‘nalishlarida tashkil etiladi. 💡

🖥Olimpiadaning maktab bosqichi uchun o‘tkaziladigan musobaqalarning sinflar bo‘yicha topshiriqlari bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola👈
Batafsil ma'lumot uchun👈

🌍 Olimpiadaning Respublika g‘olibi bo‘lgan jamoa diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, Turkiya, Ozarbayjon hamda Qozog'istonda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda qatnashish yo‘llanmasini oladi.

Aziz o‘quvchi yoshlar, olimpiadada ishtirok etib, o‘z iqtidoringizni namoyon eting va g‘olib bo‘ling!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sumo
#Line
#Robototexnika #InnoWeek

R:ED FEST
ROBOTOTEXNIKA MUSOBAQASI G'OLIBLARI BILAN TANISHING

🗓 14-16-noyabr kunlari eng yirik innovatsion tadbir "InnoWeek.UZ-2024" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi bo’lib o’tdi. Tadbir doirasida o‘tkazilgan R:ED FEST robototexnika musobaqasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab o’quvchilari ham ishtirok etib faxrli o’rinlarni egallashdi.

O’quvchilarimiz ushbu musobaqaning chiziq bo'ylab xarakatlanuvchi robotlar yo'nalishida Anvarov Akmal 6-01-sinf o'quvchisi 🥇-o'rin, Sumo yo’nalishida 10-05 sinf o’quvchilari Muhammadtursunov Odiljon 🥇-o'rin va Shamsiddinov Shohjahon hamda 11-04 o'quvchisi Chutpulatova Asal jamoasi bilan 🥈-o'rinni, Berdiklichev Og'abek 🥉-o'rinni egalladilar.

Musobaqada g'olib bo'lganlar kelgusida O'zbekistonda o'tkaziladigan robototexnika musobaqalarida to'g'ridan to'g'ri ishtirok etish imkoniyatini ham qo'lga kiritadilar.⚡️

🤩Ushbu o’quvchilarimizni bunday faxrli yutuqlari bilan tabriklaymiz hamda kelgusida respublikamizdagi innovatsion rivojlanishni jadallashtirishda ulkan hissalarini qo’shadi degan umiddamiz.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Robo #Coding
#olimpiada
#informatika
#robototexnika

ROBO-KODLASH OLIMPIADASI G'OLIBLARI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 18-19- noyabr kunlari 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Kodlash” (“Robo-Coding”) olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

⚙️🤖Olimpiadada o‘quvchilarimiz Robototexnika , “Muhandislik” va “Dasturlash” yo‘nalishlarida bahslashishdi. Musobaqa juda qizg‘in va murosaga boy bo‘ldi va kuchlilar ichida eng kuchlilari tanlab olindi.

5-8- sinflar o‘rtasida g'olib bo‘lgan o‘quvchilarimiz!
🏅7-02 sinf o‘quvchisi - Mamarasulov Behruz;
🏅7-02 sinf o‘quvchisi - Rahmonaliyev Hasan.

9-11- sinflar o‘rtasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarimiz!
🏅10-05 sinf o‘quvchisi- Shamsiddinov Shohjahon;
🏅10-05 sinf o‘quvchisi- Muhammadtursunov Odilbek.

🏆G‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni g‘alaba bilan tabriklaymiz va ularga yangi zafarlar tilab yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz!

Eslatib o‘tamiz❗️ Olimpiadaning Respublika g‘olibi bo‘lgan jamoa diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, Turkiya, Ozarbayjon hamda Qozog'istonda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda qatnashish yo‘llanmasini oladi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM