Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.68K subscribers
9.83K photos
691 videos
138 files
3K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#kitobxonlik_targʻiboti

KITOBXONLIK TARG‘IBOTIDA SAMARADOR USULLAR

O‘quvchilarga bilim berishda, avvalo ularda umuminsoniy qadriyatlar, odob-axloq tushunchalarini shakllantirish muhimdir. Bu fazilatlar bilan bezangan bilim samarali va foydali bo‘ladi. Ulug‘ mutafakkir ajdodlarimiz ilmiy-ijodiy merosi, g‘oyalari asrlar oshsa-da hanuz dolzarb va qadrli ekanligi shundan. Kitobga oshnolik esa barcha bilimlarning kalitidir.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sabohat Rahimova o‘quvchilarni kitobxonlikka o‘rgatishda qoʻllanilayotgan samarador usullar haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyati oshirish, kitobxonlikka rag‘bat uygʻotish maqsadida “Birgalikda o‘qiymiz” an’anaviy adabiy musobaqasini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Musobaqa ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Albatta, bu musobaqaning vaqti va o‘tkazilish tartibi o‘quv yili boshida tasdiqlanadigan maktab Ona tili va adabiyot fani uslubiy birlashmasining yillik ish rejasiga kiritiladi. O‘quv yili boshida o‘quvchilarga yil davomida o‘qilishi zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati berilganda qaysi sinf qaysi sanada musobaqada ishtirok etishlari ma’lum qilinadi.

Batafsil 👉 bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kitobxonlik_targʻiboti

KITOBSEVARLAR BELLASHUVI


📚Kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa yoshlar orasida, bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb. Har bir o‘quvchi kitobni o‘qish orqali o‘zining kelajagini shakllantiradi, ilm-fan va madaniyatda o‘z o‘rnini topadi. Kitoblarni o‘qish, o‘rganish va targ‘ib qilish, mas'uliyali vazifarimizdan biridir.

📖Shu ma’noda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda har yili an’ana tusiga kirgan “Birgalikda o‘qiymiz” kitobxonlik bellashuvi katta ahamiyatga ega bo‘lgan tadbir hisoblanadi. Bu tadbir nafaqat o‘quvchilarning bilimlarini sinab ko‘rish, balki ular orasida kitob o‘qish madaniyatini keng targ‘ib qilish, yoshlarni ilmga chanqoq qilishning yana bir go‘zal usulidir. 5-sinf o‘quvchilari turli asarlar bilan tanishib, kitobxonlik bellashuvida ishtirok etdilar. Jajji kitobsevar o‘quvchilarimiz taqdimotlar, sahna ko‘rinishlari va savol-javoblar orqali o‘z bilimlarini va qiziqishlarini namoyish etdilar. Bu esa nafaqat ularning bilim darajasini, balki o‘z ijodkorliklarini, ifoda qilish qobiliyatlarini ham oshirdi.

Bellashuv natijasiga ko’ra g’oliblar aniqlandi:
5-03 sinf o’quvchilari 🥇- o’rin;
5-06 sinf o’quvchilari 🥈-o’rin;
5-05 sinf o’quvchilari 🥉-o’rin.

❗️Har bir kitob – bu chiroq, zulmatni yorituvchi yorug‘likdir. Kitob yordamida insonlar o‘zlarini yanada rivojlantirishi, hayotdagi oliy maqsadlariga erishishi mumkin.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik_targʻiboti

KITOBSEVARLAR BELLASHUVI


📚 Kitob-inson ma'naviyatining ko'zgusi sanaladi. Ma'naviyat xazinasi bo'lmish kitob bilan oshno bo'lgan 6 -sinf o'quvchilarimiz o'rtasida 27- noyabr kuni "Birgalikda o'qiymiz" kitobxonlik musobaqasi tashkil etildi. Qiziqarli shartlar va savol-javoblarga boy tarzda  bo‘lib o‘tgan ushbu kitobxonlik musobaqasida 6-sinf  o‘quvchilari "Asar taqdimoti", "Savol- javob" "Sahna ko'rinishi" bo‘yicha  bellashib, o‘z bilimlarini va sahnada aktyorlik mahoratlarini ko‘rsatishdi.

🥇-o‘rinni  6-03 sinf o‘quvchilari
🥈-o‘rinni 6-02,6-05sinf o‘quvchilari 🥉-o‘rinni  6-04, 6-06 va 6-01 sinf o‘quvchilari qo‘lga kiritishdi.

Kitob bilan do'st bo'lgan o'quvchilar siz ham o'z bilimingizni sinab ko'rishni xohlasangiz sizlarni kitobxonlik musobaqasiga chorlab qolamiz.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik #tanlovi #kitobxonlik_targʻiboti

KITOBSEVARLAR BELLASHUVI


📖📚Kitobxonlik tanlovi o‘quvchilar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning bilim va dunyoqarashlarini kengaytirish hamda ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodni ma’naviy boy, intellektual salohiyatli shaxslar sifatida shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan 9-sinflar o‘rtasidagi kitobxonlik tanlovi ham ana shunday ezgu maqsadlarni ko‘zlagan holda tashkil qilindi. Tanlov davomida o‘quvchilar o‘zlari o‘qigan asarlarni tahlil qildilar, bilimdonlik va tezkor fikrlashda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. 📚

Natijalar quyidagicha:
🥇-o‘rin: 9-03 guruh;
🥈-o‘rin: 9-01 guruh;
🥉-o‘rin: 9-05 guruh.

Barcha ishtirokchilarni qizg‘in musobaqadagi yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusida yanada yuksak natijalar tilaymiz! Kitobni sevib o‘qiylik, bilim va ma’naviyatni boyitaylik❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM