Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.78K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#tabiiy_fanlar_taʼlimi_festivali

🤩 "TABIIY FANLAR TAʼLIMI" FESTIVALI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikdaTabiiy fanlar ta’limi” festivali oʻtkazilmoqda.

Mazkur festival tabiiy va aniq fanlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish orqali yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tizimda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar orasida yaratuvchanlik g‘oyalarini shakllantirish va ularni amaliyot bilan bog‘lagan holda o‘quvchilarga yoritib berish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadlarini oʻz ichiga olgan.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilayotgan ushbu festivalning ochilish marosimida Agentlik rahbariyati, mas’ul xodimlari, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi vakillari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Ochilish marosimda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasida aloqalar kuchayib, hamkorlikda turli loyihalar, dasturlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning may-iyun oylarida Agentlik va Koreya ta’lim markazi tomonidan “Incheon ta’lim festivalio‘tkazilgan edi. Hamkorlikdagi navbatdagi loyiha – “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ham yuqoridagi vazifalarning mantiqiy davomidir.

Festivalda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda umumta’lim maktablarining jami 1600 nafar 6-9-sinf o‘quvchilari qatnashmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar va topshiriqlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan holda  2 smenada olib boriladi. Har bir smenada 400 nafar o‘quvchi 21 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Bundan tashqari, Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan 30 nafar aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etiladi.

Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ertaga, 14-avgust kuni oʻz ishini yakunlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#tabiiy_fanlar_taʼlimi_festivali

TA’LIM TIZIMIDA DO‘STONA HAMKORLIK

🇺🇿🇰🇷Mamlakat taraqqiyoti ta'lim taraqqiyotiga bog‘liq. Davlatimiz tomonidan ta'lim sohasida qilinayotgan ko‘plab ishlarning markazida rivojlangan xorijiy davlatlar ta’limidan andoza olish, ularning zamonaviy metodikalarini milliy ta’limimizga joriy etish masalasi turibdi. Oʻzbekiston va Janubiy Koreya barcha sohalar kabi taʼlim sohasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Mamlakatimizning taʼlim tizimida Janubiy Koreya tajribasi keng joriy etilmoqda.

Mana shunday samarali hamkorlik doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Tabiiy fanlar ta’limi festivali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki xalq o'rtasidagi do’stlik rishtalarini mustahkamlash va kuchli ishonch aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston va Koreya madaniyati namunalarini ko‘rsatib beruvchi dasturlar namoyish etildi. Garchi ikki davlat o‘rtasidagi masofa yaqin bo‘lmasa-da, ular o‘rtasidagi ilm-fan va texnologiyalarning ilg‘or yutuqlarini o‘zaro almashish jarayoni qadim va do‘stona tarixga borib taqaladi.Koreya Respublikasi ham, O‘zbekiston ham ko‘hna tarix va boy madaniyatga ega davlatlar sifatida o‘zining tarixiy-ma’naviy merosini saqlab kelmoqda.

Albatta, bu festival ikki davlat uchun ham muhim ahamiyat kasb etuvchi manfaatli hamkorlik tadbirlaridan biri bo‘ladi!
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#tabiiy_fanlar_taʼlimi_festivali

"TABIIY FANLAR TAʼLIMI" FESTIVALI BOSHLANDI

Festivalning ochilish marosimi tugagandan so‘ng o‘quvchilar o‘zlari uchun ajratilgan xonalarga kirib turli xil qiziqarli o‘yinlar va mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishdi. Jumladan, matematika faniga qiziquvchilar uchun ajratilgan xonalarda o‘quvchilar interaktiv metodlar orqali matematik bilimlarini mustahkamlashdi. “Uchburchakli shakl yuzalari bir bo‘lib bog‘lanadimi?” -degan savolga o‘zlari turli shakllar yordamida uchburchaklar yasab, javoblarni bilib olishdi, geometrik shakllar yasab o‘zlari uchun qoidalar tuzishdi.

O‘quvchilar muntazam ko‘pburchakli Hesh plitkalarini Koreyaning matematik dasturi Rgeomath va Power Pointdan foydalangan holda yasashni o‘rganishdi. Matematika ixlosmandlari uchun Muhammad al-Xorazmiy bobomiz sharafiga musobaqalar tashkil etildi, topshiriqlarni bajarishdi. Shartni to‘g‘ri bajarib yuqori ball to‘plaganlarga maxsus sovg‘alar berildi. Maxsus qoidalarga asoslangan hamda matematik hisoblash orqali topiladigan labirint o'yinlar hamda matematik stol o‘yinlari tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchilarda juda qiziqish uyg‘otdi. 🎁🎆

💡O‘quvchilar tomonidan 3D ko‘zoynak va quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklarni yasash jarayonlari o‘tkazildi.
Maktab sport zalida esa o‘quvchilar o‘nga yaqin Koreya milliy o‘yinlarini o‘rganib o‘ynab ko‘rishdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar koreys xalqining milliy shirinliklari bilan mehmon qilindi. Yurt Nori, Tuho Nori, Bisok Chigi, Jegichagi, Dakji,Tumble wing o‘yinlarini, ayniqsa, bolajonlar juda qiziqish bilan o‘ynashdi. 🔝

Bugungi kun o‘quvchilarimiz uchun juda qiziqarli va unutilmas onlarga boy bo‘ldi!
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#tabiiy_fanlar_taʼlimi_festivali

TABIIY FANLAR TAʼLIMIFESTIVALI YAKUNLANDI

🇺🇿🇰🇷Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Tabiiy fanlar ta’limi” festivali 14-avgust kuni yakunlandi.

Ushbu festival do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlovchi manfaatli hamkorlik tadbirlaridan biri bo‘ldi. 2 kun davom etgan mazkur tadbirda ishtirokchilar tabiiy va aniq fanlarga oid qiziqarli amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishdagi yaratuvchanlik qobiliyatlarini yanada shakllantirdilar. Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan 30 nafar aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Albatta, ta’limdagi bunday hamkorlik tadbirlari ikki davlatning do‘stona aloqalarini yanada mustahkamlaydi hamda yangi yaratiladigan g‘oyalar, rejalarni amalga oshirishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ladi.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM