#standartlashtirish #sayohat #sifat #nazorat #laboratoriya
#metrologiya
TEXNOLOGIYA DUNYOSIGA SAYOHAT
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-01 sinf va bir guruh 11-sinf o‘quvchilari hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun yetakchi ilmiy va texnik markazlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining “Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyasi”ga sayohat tashkil qilindi.🔍
💡 Bu yerda o‘quvchilarimizga o‘lchov texnikasi va uning amaliy qo‘llanilishi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini tekshirish bo‘yicha ma’lumotlar olish imkoniyati yaratildi. Bunday ekskursiyalar o‘quvchilarning ilm-fan, texnologiya va sanoat sohalariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Ushbu tashrif nafaqat o'quvchilarning nazariy bilimlarini kengaytirish, balki amaliy tajribalar orqali ularga yangi ko‘nikmalarni o‘rgatish maqsadida amalga oshirildi. Shubhasiz, bunday tajribalar yosh avlodni ilm-fan va texnologiya dunyosiga yaqinlashtiradi, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam asos yaratadi.🥼
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasiga samimiy qabul va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!
_
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web 🌐 Youtube 🌐 Linkedin
#metrologiya
TEXNOLOGIYA DUNYOSIGA SAYOHAT
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-01 sinf va bir guruh 11-sinf o‘quvchilari hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun yetakchi ilmiy va texnik markazlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining “Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyasi”ga sayohat tashkil qilindi.
Ushbu tashrif nafaqat o'quvchilarning nazariy bilimlarini kengaytirish, balki amaliy tajribalar orqali ularga yangi ko‘nikmalarni o‘rgatish maqsadida amalga oshirildi. Shubhasiz, bunday tajribalar yosh avlodni ilm-fan va texnologiya dunyosiga yaqinlashtiradi, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam asos yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasiga samimiy qabul va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!
_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM