#Hacknovation #Alpha #IT #USAID
βAlphaβ guruhi Hacknovation hakatonida katta muvaffaqiyatga erishdiβοΈ
Hacknovation β2024 hakatoni O'zbekiston IT-hamjamiyati va O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashi bilan hamkorlikda, shuningdek, Fido-Biznes, TBC Bank Uzbekistan, Payme va Cloupard kabi kompaniyalar ko'magida tashkil etildi. Hakatonning maqsadi O'zbekistondagi texnologik rivojlanishni qo'llab-quvvatlash va innovatsiyalarni rag'batlantirish edi.
π 18-19-may kunlari bo'lib o'tgan ushbu hakatonda jamoa o'simliklar uchun qishloq xo'jaligida kasalliklarni diagnostika qiluvchi sun'iy intellekt deep learning Convolutional Neural Network modelini taqdim etishdi. Ushbu loyiha USAID tomonidan ham tanlangan bo'lib, jamoa bu loyiha ustida ikki oydan beri ishlamoqda.
π Jamoa hakatonning birinchi kunida 120+ loyihalardan top 50 talikka kirishdi va ikkinchi kunda hakamlar hay'atidan o'tib, top 3 talikka kirdi. Yakuniy bosqichda βAlphaβ birinchilikka chiqa oldi va musobaqaning oliy sovrini - 500 dollar mukofot bilan taqdirlandi.
π Shuni e'tirof etish lozimki, bu muvaffaqiyat jamoaning mehnati va innovatsion yondashuvining natijasidir. Jamoa qishloq xo'jaligida sun'iy intellekt va dron texnologiyalarini qo'llash orqali samaradorlikni oshirish va agrar sohada yangi imkoniyatlar yaratishni maqsad qilgan.
π π βAlphaβ jamoasiga kelajakdagi faoliyatlarida omad tilaymiz! Yutug'ingiz bardavom bo'lsinβοΈ
______
βοΈ Telegram π Facebook π· Instagram π Web πΉ Youtube π Linkedin
βAlphaβ guruhi Hacknovation hakatonida katta muvaffaqiyatga erishdi
Hacknovation β2024 hakatoni O'zbekiston IT-hamjamiyati va O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashi bilan hamkorlikda, shuningdek, Fido-Biznes, TBC Bank Uzbekistan, Payme va Cloupard kabi kompaniyalar ko'magida tashkil etildi. Hakatonning maqsadi O'zbekistondagi texnologik rivojlanishni qo'llab-quvvatlash va innovatsiyalarni rag'batlantirish edi.
______
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM