Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.74K subscribers
9.85K photos
694 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#itschool #presidency #Quacquarelli_Symonds

Unlocking Global Opportunities: Pursuing Undergraduate Education Abroad

🧑‍🎓Quacquarelli Symonds xalqaro tashkiloti ko'magida "Unlocking Global Opportunities: Pursuing Undergraduate Education Abroad" ko'rgazmasi tashkil qilinmoqda.

🎙Ko'rgazmada Quacquarelli Symonds tashkiloti a'zolari Muhlisa Atakhodjaeva va Yevgeniya Zholdasbayevalar o'quvchilarga chet el universitetlari haqida eng muhim, kerakli ma`lumotlar berishadi.

📍Ko'rgazma joriy yilning 7-fevral sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Cyber xonasida, soat 12:00 da boshlanadi.

🎓Chet el universitetlarida ta'lim olishni istaydigan o'quvchilar, ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Ko'rgazmada ishtirok eting va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #EPAM #foto #lavha

☄️Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda EPAM e-KIDS dasturining "Unity 3D: Visual Novels" yo'nalishi bo'yicha tashkillashtirilgan mahorat-darslaridan foto-lavhalarni e'tiboringizga taqdim etamiz.

🎨Joriy yilning 3-fevral sanasida maktabimiz o'quvchilari uchun EPAM e-KIDS mentorlari "Unity 3d: VisualNovels" mahorat darslarini o'tib berishdi.

🗣️Mashg'ulot avvalida o'quvchilar vizual hikoyalar va multimedialar haqida ko'nikmalarga ega bo'lishdi. Undan so'ng guruhlarga bo'linib, jamoadoshlari bilan birgalikda o'zlarining ilk o'yinlarni yaratishga kirishishdi.

📌 Mashg'ulot qiziqarli, maroqli, eng muhimi, foydali bo'ldi, degan umiddamiz. Vizual hikoyalar va multimedia yaratish dunyosiga sho'ng'ish uchun EPAMning e-KIDS dasturiga qo'shiling❗️

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #Quacquarelli_Symonds

📒QS TASHKILOTI BILAN UCHRASHUV!

🧑‍🎓Quacquarelli Symonds xalqaro tashkiloti ko'magida "Unlocking Global Opportunities: Pursuing Undergraduate Education Abroad" ko'rgazmasi tashkil qilinib, unda QS tashkiloti a'zolari Muhlisa Atakhodjaeva va Yevgeniya Zholdasbayevalar o'quvchilarga chet el universitetlari haqida eng muhim, kerakli ma'lumotlar berishdi.

🚀 Uchrashuv davomida Shotlandiyaning Stirling Universitetidan tashrif buyurgan mehmoni bilan ochiq suhbat tashkil etildi.

⁉️ Muloqot so’ngida maktab o’quvchilarimiz o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ITSchool #presidency #diplomacy #club

DIPLOMACY CLUB

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Diplomatiya klubi” tashkil etilmoqda. Bu klubda qatnashgan holda siz omma oldida nutq so‘zlash qobiliyatingizni rivojlantirishingiz, siyosiy bilimlaringizni oshirishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek, klubda boshqa ilg‘or davlatlarning tajribali ustozlari bilan zoom konferensiyalar va turli xil uchrashuvlarlar boʻlib oʻtadi.💥

🇺🇿🇷🇺 Bu klub boshqa davlatlar bilan hamkorlik asosida tashkil etilmoqda, shuning uchun eng faol qatnashib, eng yaxshi natija koʻrsatgan oʻquvchilarga yoz mavsumida Rossiyaning Kazan shahrida bo'lib o'tadigan oromgohga sayohat chiptasini qoʻlga kiritish imkoniyati beriladi!

📌Agar siz 12 yoshdan 17 yoshgacha bo'lsangiz va diplomatiyaga qiziqishingiz yuqori bo'lsa ro'yxatdan o'ting👈

Eslatib o'tamiz❗️ Joylar soni cheklangan, suhbatdan o'tgan eng kuchli 15 ta o'quvchi klubga qo'shilishi mumkin.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #gpa #fashion #show #Navruz

NAVRUZ FASHION SHOW G‘OLIBLARI BILAN TANISHING!


🌷 Bahorni inson umrining eng go‘zal lahzalariga qiyoslaydilar. Darhaiqat, bahor go‘zallik va yoshlik mavsumidir. Bu mavsumga ayniqsa, qizlarimiz o‘z go‘zal liboslari bilan oro beradi!

💗Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” nomli bayram dasturidan milliy va zamonaviy liboslar tanlovi 🌷 “NAVRUZ FASHION SHOW” ham joy oldi. Shouda maktabning 7-11-sinf qizlaridan 30 nafari ishtirok etishdi.

🪄Qizlar ikki nominatsiya "O‘zbegoyim" va "Yangi asr yulduzi" nominatsiyasi uchun bellashdilar.

📸 8-03-sinf o‘quvchisi Hakimova Charos “O‘zbegoyim” nominatsiyasi va 8-01 sinf o‘quvchisi Abdumalikova Nilufar “Yangi asr yulduzi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘dilar.

G'oliblarni chin ko'ngildan muborakbod etamiz va ularga kelgusida yangi zafarlarni tilab qolamiz

IT-School Presidency | GPA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ITSchool #presidency #diplomacy #club

📣DIPLOMACY CLUB📣

🎉Diplomatiya klubining interview bosqichidan o'tgan o'quvchilar ro'yxati:
- Islom Davronov
- Alibek Bekchanov
- Mehroj Ergashev
- Abdugofur Ismoilov
- Anasxon Komilov
- Charos Hakimova
- Abdulloh Sobirov
- Doniyor Kamoldinov
- Abdulloh Zikrullayev
- Abdulakimova Benazir
- Shahrizoda Karimova
- Mavlonov Elnur

🗣️Endilikda ushbu o‘quvchilar bilan diplomatiya sohasiga oid mahorat darslari va konfirensiyalar o‘tkazib boriladi. Buning natijasida ularning ushbu sohadagi bilimlari yanada kengayib, tajribalari oshib borishiga ishonamiz❗️

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #football #tournament #photos

⚽️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IT School Presidency tomonidan futbol sport turi bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqasidan foto-lavhalarni taqdim etamiz.

📍 Eslatib o'tamiz, bugun (19.04.24) soat 14:30 da musobaqaning yarim final o'yinlari maktabimizning futbol maydonida bo'lib o'tadi.

IT-School Presidency
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #football #tournament #final #video

⚽️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IT School Presidency tomonidan 5-6-sinf o’quvchilari uchun futbol sport turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqadan video-lavha.

🥇 Eslatib o'tamiz, final uchrashuvi 20-aprel kuni maktabning futbol maydonida bo’lib o’tdi. Finalda 6-04 jamoasi 6-06 jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 6-04 jamoasi musobaqamizning g'olibiga aylandi.

Ushbu musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilarni tabriklaymiz, shuningdek musobaqa ishtirok etgan qolgan jamoalarga navbatdagi turnirlarda omad tilab qolamiz❗️
__________
IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #swap_up #lavha

BIRGALIKDA O‘QING VA YUKSALING!

📖 9-iyun sanasida o'tkazilgan Swap Up tadbiri Toshkent shahridagi barcha kitobxon yoshlarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda jamladi.

📚📖Swap Up tadbiri kitoblar uchun ikkinchi hayot berish maqsadida yo'lga qo'yilgan loyihalardan biri bo'lib, bunda Siz o'qib tugatgan kitobingizni boshqa bir qiziqtirgan mavzudagi kitob bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Uchrashuvda 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etishib, turli mavzudagi 150 dan ziyod kitoblarni bir-birlari bilan o'zaro almashdilar.

📖Umid qilamizki, ushbu uchrashuv kitobni sevib mutolaa qiluvchi yoshlar uchun yangi do'stlarni orttirish va ularni qiziqtiruvchi mavzularga oid yangi kitoblarni topish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov #Prezident #ITSchool #Presidency

MAKTAB PREZIDENTLIGIGA SAYLOV

🇺🇿 Liderlik qobiliyatingiz bormi? Maktab hayotini yanada qiziqarli va zavqli qilish to‘g‘risida qaygʻuryapsizmi? Bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishni xohlaysizmi? Endi bunday imkoniyat sizning qo‘lingizda!

💡 Siz maktab prezidenti bo‘lish uchun o‘z nomzodingizni qo‘yib, o‘quvchilar hayotida muhim o‘zgarishlar qilishga o‘z hissangizni qo‘shing. Bu saylov nafaqat sizning qobiliyatingizni sinovdan o‘tkazadi, balki kelajakda liderlik uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Arizada sizdan quyidagi qismlarni to'ldirish talab etiladi:

🔤 Shaxsiy ma'lumotlaringiz;
🔤 Shu kungacha erishgan yutuqlaringiz;
🔤 Amalga oshirgan loyihalaringiz va ishtirokingiz;
🔤 Rejalaringiz;
🔤 Nega aynan sizning nomzodingizni tanlashimiz kerakligi haqida esse (350 ta so'z).

🗓 Arizalarni topshirish muddati: 07.02.2025
🔗 Ariza yuborish uchun: havola👈

Maktabimizning kelajagi sizning qo‘lingizda bo‘lishi mumkin!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM