Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.76K subscribers
9.67K photos
676 videos
138 files
2.96K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#al_khwarizmi #eco_union #hamkorlik

HAMKORLIK ALOQALARI

🪴Bugun, 18-oktyabr kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Eco-Union jamoasi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilarini qarshi oldi.

Uchrashuv davomida mehmonlar Eco-Union jamoasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi, “Eco Schools” loyihasiga qiziqish bildirishdi, va qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.🌿
——

СОВМЕСТНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО

🪴Сегодня, 18 октября, команда Eco-Union специализированной школы имени Мухаммад ал-Хоразми провела встречу с учащимися творческой школы имени Абдулла Кадири.

В ходе встречи гости ознакомились с деятельностью команды Eco-Union, узнали о проекте “Eco schools” и получили ответы на свои вопросы.🌿

Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Singapur #Xalqaro #hamkorlik

TAʼLIM SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK

Xorijiy davlatlarning ilg'or ish tajribalarini o'rganish va ommalashtirish bugungi kunda yurtimizda har bir sohada amalga oshirilib kelinmoqda.

🔍Ta'lim sohasida olib borilayotgan hamkorliklar buning yaqqol misolidir.Kuni kecha maktabimizga tashrif buyurgan Singapurlik ekspertlar bilan ham istiqboldagi va birgalikdagi loyihalar bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

👀Maktab bo'ylab tashkil etilgan ekskursiya chog'ida o'quv jarayonlari bilan tanishish barobarida maktab o'qituvchilarining ma'lumotlarga boy darslari ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.📣

🧪Ayniqsa, kimyo fanidan "Valentlikka oid mashqlar bajarish", biologiya fanidan amaliy mashg'ulot: Mineral o'g'itlarning o'simlik rivojlanishiga ta'siri, 🌐geografiya fanida"Geografik koordinatalar", fizika fanidan "Optika" mavzulari asosida o'tilgan darslarga o'zlarining iliq fikrlarini yozib qoldirdilar.💡
-

МЕЖДУНАРОДНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО В ОБЛАСТИ ОБРАЗОВАНИЯ

Изучение и популяризация передового опыта работы зарубежных стран осуществляется сегодня во всех сферах нашей страны.

🔍Ярким примером тому является сотрудничество в сфере образования: вчера была достигнута договоренность о сотрудничестве с сингапурскими экспертами, посетившими нашу школу, по перспективным и совместным проектам.📣

👀Помимо знакомства с учебным процессом во время экскурсии, организованной по школе, гостей также впечатлили познавательные уроки преподавателей школы.

🧪В частности, «Упражнения по валентности» по химии, практические занятия по биологии «Влияние минеральных удобрений на развитие растений», «Географические координаты» по географии🌐, «Оптика» по физике привлекли особое внимание.💡
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro #hamkorlik

TAʼLIM SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti bilan Agentlik o’rtasida imzolangan memorandum doirasida ushbu tashkilot a’zolari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurishdi.

✔️Tashrif chog’ida tashkilot a’zolari uchun maktabda kampus tur tashkil etildi. Bunda mehmonlar o’quvchilar uchun yaratilgan mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar: robototexnika, VR kabi zamonaviy kompyuter jihozlari bilan jihozlangan xonalar, shuningdek, o’quv xonalari hamda o’quvchi va o’qituvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko’zdan kechirishdi.

📌Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish kerakki, Ushbu xalqaro tashkilot maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, baholash, tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini oshirish, sifatli ta’lim resurslari bilan ta’minlash, o‘qituvchilar uchun onlayn platforma hamda offlayn tarzda kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha yuqori sifatli professional xizmatlar taqdim etib kelmoqda.
-
МЕЖДУНАРОДНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО В ОБЛАСТИ ОБРАЗОВАНИЯ

В рамках меморандума, подписанного между международной образовательной организацией Соединенных Штатов Америки Cognia и Агентством, представители этой организации посетили специализированную школу имени Мухаммада ал-Хоразми.

✔️В ходе визита для членов организации была организована экскурсия по школе. Гости ознакомились с условиями, созданными для учащихся: кабинетами, оснащенными современной компьютерной техникой, таких как робототехника, VR, а также учебными аудиториями и осмотрели возможности, созданные для школьников и преподавателей.

📌 Следует отметить, что эта международная организация отвечает за аккредитацию, сертификацию, оценку школ, проведение исследований, улучшение качества образования, предоставление качественных образовательных ресурсов, онлайн-платформу для учителей и высококачественные профессиональные услуги по повышению профессиональных навыков и квалификации оффлайн.
_________
Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#al_khwarizmi #eco_union #hamkorlik

HAMKORLIK ALOQALARI

🔝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Eco-Union jamoasi 24-yanvar kuni o‘tkazilgan o‘zining navbatdagi davra yig‘ilishida eko-maktablari uchun nutq so‘zladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan bu yig‘ilishda Eco-Union jamoasi Xorazm va Farg‘ona viloyati eko-maktablari uchun onlayn taqdimot o‘tkazdi.

Taqdimotda jamoa “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi to‘g‘risida , shuningdek, loyiha metodologiyasi, 7️⃣ qadam bo‘yicha amalga oshirgan ishlari haqida maʼlumot berdi.
-

СОВМЕСТНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО

🔝 Команда «Eco-Union» специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми выступила с речью для эко школ на очередном заседании, состоявшемся 24 января.

На встрече организованном Министерством дошкольного и школьного образования, команда Eco union провела онлайн-презентацию для эко школ Хорезмской и Ферганской областей.

В презентации команда предоставила информацию о проекте «Eco schools Uzbekistan», а также методологии проекта, проделанной ими работе по 7️⃣-ми направлениям проекта.

Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eco_union #hamkorlik

MANFAATLI TASHRIF

📆2-aprel kuni Shirin Abidova - O'zbekiston volontyorlar Assotsiatsiyasi direktori va Sug'diyona Xushnudbekova - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi - ekologiya loyihalar boʻyicha yetakchi mutaxassis boshchiligida vakillar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurishdi.

📌Tashrifdan ko'zlangan maqsad - maktabda o'quvchilar tomonidan yashil tabiatni asrashga qaratilgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishish va ular bilan o'zaro fikr almashish bo'ldi.

Tashrif davomida har ikki tomon o‘zlarining kelajakdagi rejalari bilan yaqindan o‘rtoqlashishdi va maktab faollarini bu ishda asosiy tayanch bo‘lishlariga chorlashdi.🚀

Vakillar uchun Eco-Union jamoasi aʼzolari school tour tashkil qilishda o‘z faolligini ko‘rsatishdi. Ko‘zdan kechirish paytida ular jamoa faoliyati haqida to‘liq maʼlumotga ega bolishdi hamda ularning kelajakdagi rejalari bilan tanishishdi.
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan #maktablar
#International #Baccalaureate
#Xalqaro #hamkorlik

IB AKKREDITATSIYASI UCHUN MUHIM QADAM

⚡️Xabaringiz bor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ikki kun davomida Xalqaro Bakalavariat (IB) ning Jenevadagi bosh qarorgohi vakili Keith Browne boshchiligidagi delegatsiya maslahatlashuv tashrifi boʻlib o‘tdi.

Tashrifni ikkinchi kunida fan liderlari (fizika, kimyo, dizayn, science, musiqa fanlari) bilan suhbat o‘tkazildi. Ingliz tili, robototexnika, informatika darslari kuzatildi hamda o‘quvchilar bilan muloqotlar o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maktabimizning IB dasturiga o‘tishi va bu yo‘lda amalga oshirilgan ishlar va o‘zgarishlar, dastur maktabda qay tarzda moslashtirilgani, maktabimizda akademik halollik qoidalarining mavjudligi haqida savollarga javoblar olindi.

Tashrif so‘nggida maktab rahbariyati bilan ikki kunlik sarhisob o‘tkazildi hamda barcha jarayonlar o‘rganilganligi haqida kordinatorlarning iliq fikrlari bildirildi.

⚠️Tashrif buyuruvchilarda maktabimiz katta taassurot qoldirdi, ularning bergan e’tirofi sabali maktabimiz xalqaro IB maktablari qatoridan joy olishiga ishonamiz.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IB #International #Baccalaureate #Xalqaro #hamkorlik #maslahat #tashrif

DASTLABKI MUVAFFAQIYATLAR MUBORAK BO'LSIN!


🇺🇿Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi yana bir maqom - xalqaro maktabiga nomzod nomiga sazovor bo'ldi!

Bu maktab jamoasi uchun juda katta yutuq❗️Uzoq davom etgan harakatlar va izlanishlar o'z samarasini bermoqda. Bunda jamoaning yuqori salohiyati va o'zaro ahilligi katta ahamiyat kasb etadi. Xalqaro bakalavariat tashkiloti vakillarining yuqori bahosi va e'tirofi - Muhammad al-Xorazmiy maktabi jamoasiga berilgan mukofot bo'ldi!

Biz maktabimizning har bir o'qituvchi va xodimlarini hamda o'quvchilarimizni ushbu katta yutuq bilan muborakbod etamiz!

⭐️O'ylaymizki, bu-muvaffaqiyatlarning boshlanishi.
Maktabning bu yo'ldagi keyingi faoliyatida ham zafarlar tilab qolamiz.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xitoy #Xalqaro #hamkorlik

XALQARO HAMKORLIK

🇺🇿🇨🇳Ushbu yilning 21-27 sentyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi va Turpan shaharlariga o'z bilim va tajribalarini almashish uchun tashrif buyurdilar.

📎Ushbu loyiha davomida tashrif buyuruvchilar 4 ta ilmiy anjuman, 15 ta ilmiy-fan va texnologiya bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar hamda ularning milliy qadriyatlari aks ettirilgan yirik marosimda ishtirok etishdi.

📌Bu loyiha davomida bizning vatandoshlarimizga Xitoy Xalq Respublikasi Ilm-fan va texnologiya tashkiloti, Shingjon Ilm-fan va texnologiya tashkiloti, Shingjon Urumchi avtonom Respublikasi mezbonlik qildilar.

🤩Tashrif davomida o‘quvchi va o‘qituvchilar Shingjon Fan va Texnologiya muzeyi, Shingjon tibbiyot universiteti, Urumchi Bayi maktabi va Shingjon muzeylariga tashrif buyurdilar. Ustozlarimiz va o‘quvchilarimiz o‘z ishtiroklari bilan munosib qatnashib, bir olam taassurotlar bilan qaytdilar.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro #hamkorlik

MUVAFFAQIYATLI ISLOHOTLAR – YUQORI NATIJALAR

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida katta yutuqlarga erishilmoqda. Ta’lim tizimidagi bu yangilanishlar, zamonaviy sharoitlar yaratilishi va o‘quvchilarning muvaffaqiyatlari bu islohotlarning samarali ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda.

🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga Xitoyning Zhejiang Shuren University vakillari va Tojikiston Respublikasi Dushanbe Innovatsiya Institutidan (DII) qadrli mehmonlar tashrif buyurishdi! 🇨🇳🇹🇯

Uchrashuv davomida biz mehmonlarimizga maktabimiz haqida batafsil ma'lumot berdik va ular bilan akademik hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qildik.

📸Mehmonlar maktabimizda ekskursiya qilib, o‘quv jarayonlarimiz bilan yaqindan tanishdilar. Ular o‘qituvchilarimiz bilan samarali suhbatlar o‘tkazib, ta'lim jarayonini rivojlantirish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berishdi. Xorijiy ekspertlar maktab mas'ullariga hamkorlikdagi o'z istiqbolli rejalari haqida bildirishdi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro #hamkorlik

St. Peter's School vakillarining tashrifi


🇺🇿🇬🇧Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktabida o‘ziga xos va muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. St Peter's Schooldan mehmonlar, hurmatli vakillari maktabimizga tashrif buyurishdi.

🏫 St Peter's School – dunyoda ta’lim sohasida yuqori nufuzga ega bo‘lib, innovatsion o‘qitish metodlari va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yetakchi dasturlari bilan mashhur.

Mehmonlar maktabimiz bo'ylab sayohati davomida o‘quv jarayonlarimiz bilan yaqindan tanishdilar. Ular o‘qituvchilarimiz bilan suhbat qurib, ta'lim jarayonini rivojlantirish bo‘yicha qimmatli maslahatlarini berishdi. 💬

Bu tashrif bizning jamoamiz uchun ta’lim samaradorligini oshishida yanada ko‘proq hissa qo‘shishimiz uchun ilhom manbai bo‘ldi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro #hamkorlik

XORIJDAN TASHRIF


🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga kelgan Polsha 🇵🇱 va Hindiston 🇮🇳 vakillaridan iborat xorijlik mehmonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar maktabimizning zamonaviy infratuzilmasi, o'quv jarayoni va o'quvchilarimizning bilim darajasi bilan tanishishdi. Ayniqsa, Hindistondan kelgan vakil, dsaIB maktabi direktori, maktabimizning ta’lim tizimi va o‘quvchilarimizning bilim darajasi bilan qiziqdi. U kelajakda ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Yurtimiz ta’lim tizimida yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorlik va o‘zaro tajriba almashishlar taʼlim sifati va samaradorligida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro #hamkorlik #IB
#International_Baccalaureate

XORIJDAN TASHRIF


🇺🇿🇷🇺13-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabiga IB (International Baccalaureate) dasturiga asoslangan ta'lim jarayonini yaxshiroq tushunish va baholash maqsadida Rossiya federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi direktori Mixail Mokrinskiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🌏Delegatsiya a'zolari maktab binosining ichki va tashqi qismlarini, o'quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, zamonaviy sinfxonalari va laboratoriyalarni ko'rib chiqdilar. Shuningdek, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasida taklif va tavsiyalar berildi.

Maktab rahbariyati hamda MYP dasturi kordinatori, fan liderlari (ona-tili va adabiyot, ingliz tili hamda matematika, jismoniy tarbiya fanlari) bilan MYP dasturi yuzasidan muloqotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, dars mashg‘ulotlari kuzatildi va o'qituvchilarga muhim tavsiyalar berildi. Dars jarayonida IB dasturining metodologiyasi, talabalarning faol ishtiroki va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.✒️

Tashrif davomida darslar davomida o'quvchilarning mustaqil ishlash, izlanishlar olib borish va turli mavzularni global miqyosda tahlil qilishdagi yondashuvlarini kuzatdi. Shu bilan birga, u o'qituvchilarga o'quv jarayonini yanada interaktiv qilish, talabalarga yaratgan muhitni rivojlantirish va darslarni IB metodologiyasiga to'liq moslashtirish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Bu tashrif o'quvchilarga yuqori sifatli ta'lim berish, shuningdek, o'qituvchilarning malakasini oshirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. Kelajakda ushbu tavsiyalar asosida maktabda dars jarayonlari yanada takomillashib, o'quvchilarning ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM