Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.92K photos
695 videos
138 files
3.03K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#WCCE2024

XALQARO KREATIV IQTISODIYOT ANJUMANI


Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi (World Conference on Creative Economy, WCCE) xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yordam berish, inklyuziv, barqaror iqtisodiyotni shakllantirishda ijodkorlikning rolini qayd etish va eʼtiborni resursga asoslangan iqtisodiyotdan bilimga asoslangan iqtisodiyotga o‘tkazishga qaratilgan. 2−4- oktyabr kunlari Toshkentda IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot anjumani bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿

U “Inklyuziv kreativlik: o‘zgargan voqelik” mavzusida tashkillashtirildi. Mazkur konferensiya butun dunyo bo'ylab 2000 dan ortiq kreativ soha rahbarlari va yetakchilarini kreativ iqtisodiyotning kelajagi va eng yangi texnologiyalar, shu jumladan sun'iy intellektning ushbu jadal rivojlanayotgan sohaga ta'sirini muhokama qilish uchun birlashtirdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ham kreativ iqtisodiyot forumida ishtirok etdilar. Ishtirokchilar nafaqat yangi bilimlarga ega bo'ldi, balki madaniy dasturdan ham bahramand bo'ldilar.

Konferensiya interfaol tarzda o'tkazilib, ishtirokchilarga nafaqat ma'ruzalarni tinglash, balki mahorat darslari va g'oyalar tanlovi davomida yetakchi mutaxassislar bilan faol muloqot qilish imkonini ham berdi.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM