#trening
LIDER VA UNGA XOS FAZILATLAR
⚡️ Мuhammad al-Xorazmiy nomidagi иixtisoslashtirilgan maktabning liderlari bilan maktab psixologi tomonidan "Lider va unga xos fazilatlar" mavzusida trening tashkil qilindi.
⭐️ ✨ Ushbu treningda "Ko'prik", "Аkvarium", "Mening o'rnim" nomli mashg'ulotlar interfaol usulda o'tkazildi; bu metodlar o'quvchilarda o'zgacha qiziqish uyg'otdi va tadbir qatnashchilarning kayfiyatini, motivatsiyasini ko'tarishga xizmat qildi.
O'quvchilar liderlik borasida o'zlarining qiziqtirgan savollariga maktab psixologidan javob olishdi.
📌 Ushbu treningni o'tkazishdan maqsad: Мaktab qadriyati va jamoa bo'lib ishlash ko'nikmasini shakllantirish uchun yordam berish.
__
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web 📹 Youtube 🌐 Linkedin
LIDER VA UNGA XOS FAZILATLAR
O'quvchilar liderlik borasida o'zlarining qiziqtirgan savollariga maktab psixologidan javob olishdi.
__
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli #fizika
FIZIKA HAYOTNI YENGILLASHTIRADI!
💡 Fizika faniga qiziquvchi aziz o‘quvchilar! Qiziqarli fizika loyihasi doirasida maktabimizda "Quyosh energiyasidan foydalanib harakatlanuvchi mashina yasash"musobaqasi e'lon qilinmoqda. Siz fizika fanidan olgan bilimlaringizga tayanib ushbu musobaqada jamoa ko‘rinishida ishtirok etishingiz mumkin. Ixtiyoriy tarzda (guruhdagi o‘quvchilar aynan bir sinfdan bo‘lishi talab etilmaydi) 6 o‘quvchidan iborat jamoa tuzgan holda, maktabdagi Fizika fani o‘qituvchilaridan birini guruh rahbarligi uchun tanlab olasiz. ⚡️
⚙️ Musobaqa bir nechta shartlarda o‘tkaziladi:
➖ belgilangan masofani eng qisqa vaqt davomida bosib o‘tishi;
➖ belgilangan me’yordagi yuk bilan harakatlana olishi;
➖ belgilangan ma’lum trayektoriya bo‘yicha harakatlana olishi.
Qurilmalar, loyiha ishlari sifatida baholanadi. G‘oliblarni esa sovg‘alar kutmoqda. Shoshiling, o‘z jamoaingizni hoziroq shakllantiring❗️
Batafsil ma‘lumot uchun 👈
__
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web 📹 Youtube 🌐 Linkedin
FIZIKA HAYOTNI YENGILLASHTIRADI!
Qurilmalar, loyiha ishlari sifatida baholanadi. G‘oliblarni esa sovg‘alar kutmoqda. Shoshiling, o‘z jamoaingizni hoziroq shakllantiring
Batafsil ma‘lumot uchun 👈
__
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik
MUHAMMAD AL-XORAZMIY MAKTABIDA IB DASTURI
🇺🇿 🇷🇺 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB dasturi maqsad va vazifalari bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi. Treningda maktab rahbari S.Shakirova IB dasturi boyicha istiqbolli rejalar haqida gapirar ekan, bu vazifaga har bir pedagog xodim mas’ul ekanligini va jiddiy yondashish lozimligini alohida ta’kidladi.
Ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha rahbar o‘inbosari F.Ismailov Moskvaning Letovo shahri maktablarida IB dasturining joriy etilishi hamda afzalliklari va yutuqlari haqida o‘rganilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Shuningdek, trening davomida fan o‘qituvchilari – MYP koordinatori U.Sabirova hamda matematika fan yetakchisi Hamdamov Toshpo‘lat ushbu dasturning fanlarga tatbiq etilishi yuzasidan e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar va baholash mezonlariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir barcha uchun manfaatli bo‘ldi, har bir ishtirokchi o‘zini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.
__
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web 📹 Youtube 🌐 Linkedin
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik
MUHAMMAD AL-XORAZMIY MAKTABIDA IB DASTURI
Ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha rahbar o‘inbosari F.Ismailov Moskvaning Letovo shahri maktablarida IB dasturining joriy etilishi hamda afzalliklari va yutuqlari haqida o‘rganilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Shuningdek, trening davomida fan o‘qituvchilari – MYP koordinatori U.Sabirova hamda matematika fan yetakchisi Hamdamov Toshpo‘lat ushbu dasturning fanlarga tatbiq etilishi yuzasidan e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar va baholash mezonlariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir barcha uchun manfaatli bo‘ldi, har bir ishtirokchi o‘zini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.
__
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mukofot
UNVON MUBORAK!
🇺🇿 Har bir inson o‘z mehnatini samarasini ko‘rishni xohlaydi. Yillar davomida ter to‘kadi, vaqtini sarflaydi. Qadrli vaqtini o'quvchilarga ilm berishga sarflayotgan zahmatkash ustozlarimizdan bir qanchalari 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan davlatimiz rahbari tomonidan munosib taqdirlandilar.
🎖 Shunday ustozlarimizdan biri Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o'qituvchisi Ochilov Anvar "Shuhrat" medali bilan mukofotlandilar.
Maktab jamoasi nomidan Ochilov Anvarni muborakbod etamiz. Ustozimizga kelgusi ishlarda omad, muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tilab qolamiz!
__
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web 📹 Youtube 🌐 Linkedin
UNVON MUBORAK!
Maktab jamoasi nomidan Ochilov Anvarni muborakbod etamiz. Ustozimizga kelgusi ishlarda omad, muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tilab qolamiz!
__
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IELTS
ILM OLISH - KELAJAK POYDEVORI!
☄️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi Xasanov Kamronbek yosh bo‘lishiga qaramay ingliz tilini chuqur o‘rganib, dunyo bilan yuzlashishni maqsad qilgan yoshlardan biridir. U bilimga eltuvchi yagona yo‘l izlanishda ekanligini yaxshi tushungan holda 13 yoshida IELTS xalqaro imtihonida 7 ballni qo'lga kiritganini eshitib, juda quvondik!
✨ Kamronbekni qo‘lga kiritgan muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz. Bilim olib izlanishdan hech qachon to‘xtamasligini, yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz!
Yosh bo'lishiga qaramay, katta natijalar uchun mehnat qilayotgan va bunga erishayotgan har bir o'quvchimiz bilan faxrlanamiz‼️
__
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web 📹 Youtube 🌐 Linkedin
ILM OLISH - KELAJAK POYDEVORI!
Yosh bo'lishiga qaramay, katta natijalar uchun mehnat qilayotgan va bunga erishayotgan har bir o'quvchimiz bilan faxrlanamiz
__
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
Photo
#DG_ladies
#BAA
🇺🇿 🇦🇪 “Raqamli avlod qizlari” loyihasining faol ishtirokchilari orasida 10-03-sinf o'quvchisi Sevinchova Farzona hamda maktabimizning bitiruvchilaridan Maxkamova Maftuna va Vohidjonova Maftunalar 29-sentabrdan 5-oktabrga qadar "Emirates National School" bilan hamkorlikda raqamli texnologiyalar sohasida o‘z malakalarini oshirdilar va xalqaro mutaxassislar tomonidan mahorat darslarda qatnashdilar.
__
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web 📹 Youtube 🌐 Linkedin
#BAA
__
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#WCCE2024
XALQARO KREATIV IQTISODIYOT ANJUMANI
Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi (World Conference on Creative Economy, WCCE) xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yordam berish, inklyuziv, barqaror iqtisodiyotni shakllantirishda ijodkorlikning rolini qayd etish va eʼtiborni resursga asoslangan iqtisodiyotdan bilimga asoslangan iqtisodiyotga o‘tkazishga qaratilgan. 2−4- oktyabr kunlari Toshkentda IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot anjumani bo‘lib o‘tdi.🇺🇿
U “Inklyuziv kreativlik: o‘zgargan voqelik” mavzusida tashkillashtirildi. Mazkur konferensiya butun dunyo bo'ylab 2000 dan ortiq kreativ soha rahbarlari va yetakchilarini kreativ iqtisodiyotning kelajagi va eng yangi texnologiyalar, shu jumladan sun'iy intellektning ushbu jadal rivojlanayotgan sohaga ta'sirini muhokama qilish uchun birlashtirdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ham kreativ iqtisodiyot forumida ishtirok etdilar. Ishtirokchilar nafaqat yangi bilimlarga ega bo'ldi, balki madaniy dasturdan ham bahramand bo'ldilar.
Konferensiya interfaol tarzda o'tkazilib, ishtirokchilarga nafaqat ma'ruzalarni tinglash, balki mahorat darslari va g'oyalar tanlovi davomida yetakchi mutaxassislar bilan faol muloqot qilish imkonini ham berdi.
__
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web 📹 Youtube 🌐 Linkedin
XALQARO KREATIV IQTISODIYOT ANJUMANI
Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi (World Conference on Creative Economy, WCCE) xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yordam berish, inklyuziv, barqaror iqtisodiyotni shakllantirishda ijodkorlikning rolini qayd etish va eʼtiborni resursga asoslangan iqtisodiyotdan bilimga asoslangan iqtisodiyotga o‘tkazishga qaratilgan. 2−4- oktyabr kunlari Toshkentda IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot anjumani bo‘lib o‘tdi.