Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.77K subscribers
9.64K photos
675 videos
138 files
2.95K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining 1-tur jarayonlariga start berildi.

Mazkur turda ishtirokchilar yozma topshiriqlarga javob berishlari kerak bo’ladi.

👉 Shaffoflikni ta’minlash maqsadida mazkur jarayonlar
jonli efirda uzatib boriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Ochilish_marosimi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev so’zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi.

📌Ma’lumot uchun, mazkur xalqaro olimpiadada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan jami 30 ga yaqin o‘quvchilar qatnashmoqda. Yurtimiz sharafini olimpiadaning hududiy bosqichi g‘oliblari, jami 42 nafar 7-8-sinf o‘quvchilari himoya qiladi.

❗️ Ushbu olimpiada maktab o'quvchilari o'rtasida bu yil ilk marotoba o‘tkazilmoqda.

✔️ Kun davomida ishtirokchilar uchun interaktiv mashg’ulotlar ham tashkil etildi.
-
Состоялась церемония открытия Международной олимпиады юных математиков имени ал-Хоразми, организованной Министерством дошкольного и школьного образования

В начале мероприятия выступили с речью и пожелали удачи участникам первый заместитель министра дошкольного и школьного образования Усмон Шарифхожаев и директор Агентства специализированных образовательных учреждений Алишер Уббиев.

📌Следует отметить, в этой международной олимпиаде принимают участие около 30 школьников из Азербайджана, Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана. Честь нашей страны будут защищать победители областного этапа олимпиады, всего 42 ученика 7-8 классов.

❗️Эта олимпиада среди школьников в этом году проводится впервые.

✔️ В течение дня для участников были организованы интерактивные занятия.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

❗️ Unda O’zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 6 ta kumush, 13 ta bronza medalini qo’lga kiritdi.

✔️ Olimpiada 2 bosqichda bo’lib o’tib, unda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan 70 nafar ishtirokchilar o’zaro kuch sinashishdi.

👉 G’olib jamoalar haqida saytimizda o’qing: https://uzedu.uz/uz/news/1094

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eko_oromgoh
#al_Xorazmiy #maktabi
#eco_schools

Respublikamizda eko-oromgoh loyihasi doirasida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda


❗️Xabaringiz bor, yurtimizda "Eco schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo 117 ta taʼlim muassasalari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ushbu loyihaga aʼzo bo'lgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi jami 18 ta maktablar uchun seminar-trening tashkil etildi. 📖

🌱🌱Treningda loyihaga a'zo maktablarga oʻquv mashgʻulotlar davomida oʻquvchilar va ularning ustozlari uchun "7 qadam metodologiyasi" hamda loyiha doirasida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar haqida ma'lumotlar berib o’tildi. Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining barcha maktablarida ushbu loyiha samaradorligini oshirish, ta'lim hamda eko madaniyatni shakllantirish xususida fikrlar tinglandi.

💚Ta’lim eko-oromgohlari — yurtimizni obod qilish, ko‘plab ekologik masalalar bo‘yicha bilimlarni oshirish istagidagi yoshlarni birlashtirishni ko‘zlagan tadbir. Bu yerda ishtirokchilar barqaror rivojlanish tamoyillari haqida bilib olish, atrof-muhitni muhofaza qilish usullari bilan tanishish va boshqa eko-maktab o‘quvchilari bilan birgalikda ekologik loyihalarda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasiga start berilmoqda

Bugun Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazilayotgan mazkur olimpiada 14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida tashkil etilmoqda. Unda 100 nafarga yaqin oʻzbekistonlik, shuningdek, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari, jami 120 nafardan ortiq oʻquvchilar ishtirok etadi.

❗️ Olimpiada bahslari 28-29-may kunlari yozma ish shaklida oʻtkaziladi hamda ishtirokchilarga 4 tadan masala beriladi. Har bir masala 10 ball bilan baholanadi, yakuniy natija jami ikki tur uchun maksimal 80 ballni tashkil qiladi.

👉 Gʻoliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan oltin, kumush, bronza medallari bilan taqdirlanadi.
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining asosiy sinov bahslari boshlandi

Mazkur xalqaro olimpiada sinovlari yozma ish shaklida oʻtkazilib, ishtirokchilarga 4 tadan masala berilmoqda. Har bir masala 10 ball bilan baholanadi.

👉 Eslatib oʻtamiz, Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilardan tashqari Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Ozarbayjon davlatlari vakillari ham ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

Bugun Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining 2-tur bahslari o‘tkazildi.

👉 Eslatib oʻtamiz
: olimpiada sinovlari yozma ish shaklida oʻtkazilmoqda hamda ishtirokchilarga har bir turda 4 tadan masala berilmoqda. Har bir masala 10 ball (jami 80 ball) bilan baholanadi.

⚡️Mazkur xalqaro olimpiada dasturi doirasida oʻquvchilar ishtirokida poytaxtimizdagi turli madaniyat maskanlariga sayohat tadbirlari tashkil etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#volunteers #alKhwarizmiVolunteers #olympiad #Al_Xorazmiy_olimpiadasi

🇺🇿 «Al-Xorazmiy volontyorlari» jamoasi qatnashgan 2-xalqaro yosh matematiklar olimpiadasi ham o‘z nihoyasiga yetdi.

📊 Volontyorlarni katta bir oilaga birlashtirgan Al-Xorazmiy nomidagi 2-xalqaro yosh matematiklar olimpiadasiga ko‘ngilli volontyor bo‘lib ishlash uchun 30 dan ortiq kishi qabul qilindi.

⤵️ Har bir viloyat va davlatlardan kelgan terma jamoalarga bittadan volontyor mas’ul bo‘lib biriktirildi. Ular qatnashuvchilarni vaqtida ovqatlanishga tushishlarini, musobaqalarda faol ishtirok etishlari hamda shu 5 kun ichida olimpiada haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlab berdilar.

Olimpiada jarayonlariga tayyorlanishdan boshlab, ishtirokchilarni kuzatishgacha davom etgan volontyorlik ishlariga yana:
🔵 do‘stona va pozitiv muhitni yaratishga qaratilgan turli(yakka va jamoaviy) sport musobaqalarini tashkil etish, ularni qiziqarli maromda o‘tkazish va g‘oliblarni munosib ravishda taqdirlash;
🔵 ovqatlarni toza va tartibliligini saqlagan holda oshxonada navbatchilik qilish;
🔵 olimpiadaning yaxlitligini ta'minlashga ko'maklashish, turlar davomida tartibni saqlashga yordam berish, ishtirokchilar tomonidan qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish, adolatli va shaffof raqobat muhitini ta'minlash.
🔵 muzey va istirohat bog'i bo'ylab ekskursiyalarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ekskursiya davomida ishtirokchilarga hamrohlik qilish kabi ishlar ham kirdi.

😀 Yakunda har bir volontyor sertifikatlar bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, bugun volontyorlar bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Volontyorlar vaqtlarini juda ham mazmunli o‘tkazganlari, keyingi loyihalarda mamnuniyat bilan qatnashmoqchi ekanliklari va ularni intizorlik bilan kutishlari haqida o'z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

😜 Jamoa a’zosi bo‘lish



🇺🇿 Подошла к концу 2-ая международная олимпиада юных математиков, в которой приняла участие команда «Волонтеры Аль-Хорезми».

📊 Более 30 человек были приняты в качестве волонтёров на 2-ю Международную олимпиаду юных математиков имени Аль-Хорезми.

⤵️ В сборные команды от каждого региона и страны было закреплено по одному волонтеру. Они позаботились о том, чтобы участники вовремя питались, принимали активное участие в спортивных соревнованиях и получали своевременно достоверную информацию об олимпиаде.

Волонтёрской работе, продолжавшейся от подготовки к олимпийским процессам до наблюдения за участниками входили и следующие обязанности:
🔵 организация различных (индивидуальных и командных) спортивных соревнований, направленных на создание дружеской и позитивной атмосферы среди участников, проведение их в интересной обстановке и соответствующее награждение победителей;
🔵 содействие в организации зоны питания, контроль чистоты и порядка;
🔵 содействие в обеспечении честности олимпиады, наблюдение за порядком во время проведения туров, контроль за соблюдением правил участниками, обеспечение честной и справедливой атмосферы соревнований;
🔵 содействие в организации и координация экскурсий в музей и парк, сопровождение участников во время экскурсий, обеспечение их безопасности и комфорта;

😀 По итогам каждому волонтёру были вручены сертификаты. Кроме этого, сегодня была проведена заключительная онлайн встреча, где волонтёры выразили мнение, что они провели время очень содержательно, готовы участвовать в следующих проектах и с нетерпением ждут их.

😜Стать частью команды

🚀 Telegram |📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM