Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.85K subscribers
9.55K photos
671 videos
138 files
2.93K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

USTOZLAR HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA!


☄️Muhammad al-Xorazmiy maktabining tinib-tinchimas matematiklari tomonidan nafaqat o‘zaro, balki, oliy o‘quv yurtlari ustozlari bilan ham do‘stona aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

📣 Bu galgi matematiklar seminarida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti ustozlari mehmon bo‘lishdi. Ulardan ustoz Rasul Qo‘shnazarov "Matematik analizning elementar matematikaga tadbiqlari" mavzusida taqdimot qildilar.

Taqdimotda hayotiy jarayonlarni modellashtirish haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Tajribali ustozlar Mirfozil Mirzaahmedov hamda Barat Rahimovlar mavzu doirasida o‘z fikr- mulohazalarini bildirdilar.🎙

📌So‘ngra ko‘plab matematika darsliklari muallifi, professor, fizika, matematika fanlari doktori – Bahodir Haydarov "Matematika fanini o‘qitishda MRT" mavzusini yoritib berdilar. O‘quvchilarga matematika fanini o‘qitishda "Moddiy-Rasmli-Timsolli" usulida nazariya va amaliyotni muvozanatda tutgan holda qanday tushuntirish metodlarini o‘rgatdilar.

Bundan tashqari, boshqa davlatlarda matematikani o‘qitishda nazariya va amaliyot qanday nisbatda ekanligi haqidagi statistikani ham taqdim etdilar.📈📉

Seminarlardan olinayotgan bunday foydali ma'lumotlar,albatta,keyingi uchrashuvlarni qiziqish bilan kutilishiga sabab bo'ladi.

ℹ️Tadbir so'ngida bundan keyingi seminar haqida kelishib olindi.
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nafosat #haftalik

NAFOSAT HAFTALIGI


📸 Bahor fasli kirib kelishi bilan insonlar yuziga samimiylik va tabassum yuguradi.

🌷Bu faslning go’zalligi, nafosati ayol-qizlarga o’xshatiladi. Bu bejizga emas. Chunki bahorning ilk tashrifidayoq eng nafis, eng latif bayram-Ayol-qizlarimiz bayrami nishonlanadi. 

🌷 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham bahorning ilk kunidan bu ajoyib bayramga start berildi. Mart oyining ilk haftasi “Nafosat” bayram haftaligi deb e’lon qilindi va har kun bir sinf o’rtasida “Balli, qizlar” ko’rik-tanlovi tashkillashtirilmoqda.

“Balli, qizlar” musobaqasi 4️⃣ ta shart asosida tashkil qilinib, bunda o’quvchilarning intellektual salohiyati, oila va ro’zg’or ishlaridagi qobiliyati hamda ijodiy mahorati baholanadi.

📚1-4-martda 5-6-7-sinf qizlari 6 ta guruh bo’lib bellashdilar. Sinflar kesimida g’olib bo’lgan jamoalar 7-mart kuni e’lon qilinadi va g’oliblar maktab ma’muriyati tomonidan baholanadi.
_____
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM